Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA XALQARO HAMKORLIK TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA’LIMDA XALQARO HAMKORLIK TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
93
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
taʼlim sifati / xorijiy tajriba / o‘quv reja / maktabgacha taʼlim / malaka oshirish / loyiha / tadqiqot / koʼnikma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva Nafisa Shavkatovna

Maqolada xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish maktabgacha taʼlim sifatini oshirish omili ekanligi va hozirgi kunda xorijiy loyihalar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar mazmuni yoritilgan. Shu bilan birga yosh avlodni voyaga yetkazishda Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid metodlaridan foydalanishning samarali tomonlari keltirib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA XALQARO HAMKORLIK TA’LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA»

MAKTABGACHA TA'LIMDA XALQARO HAMKORLIK TA'LIM SIFATINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA

Abdullayeva Nafisa Shavkatovna

Maktabgacha talim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, p.f.d (DSc), dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.11202345

Annotatsiya. Maqolada xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish maktabgacha ta'lim sifatini oshirish omili ekanligi va hozirgi kunda xorijiy loyihalar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar mazmuni yoritilgan. Shu bilan birga yosh avlodni voyaga yetkazishda Sharq mutafakkirlarining ta'lim-tarbiyaga oid metodlaridan foydalanishning samarali tomonlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, xorijiy tajriba, o'quv reja, maktabgacha ta'lim, malaka oshirish, loyiha, tadqiqot, ko'nikma.

Аннотация. В статье подчеркивается, что использование опыта зарубежных стран является фактором повышения качества дошкольного образования, а также содержания работ, проводимых совместно с зарубежными проектами. При этом отмечены эффективные аспекты использования образовательных методов восточных мыслителей в воспитании следующего поколения.

Ключевые слова: качество образования, зарубежный опыт, учебная программа, дошкольное образование, профессиональное развитие, проект, исследование, навыки.

Abstract. The article highlights the fact that the use of the experience of foreign countries is a factor in improving the quality of preschool education, and the contents of the work carried out together with foreign projects. At the same time, the effective aspects of using the educational methods of Eastern thinkers in bringing up the next generation are mentioned.

Keywords: quality of education, foreign experience, curriculum, preschool education, professional development, project, research, skills.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmonining 38-maqsadida Maktabgacha ta'limdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish, maktabgacha ta'lim tizimiga xususiy sektor mablag'larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish vazifalari belgilab berilgan. Shu bilan bir qatorda 39-maqsadida maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, bog'cha xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish, 2022-2026 yillarda 160 mingdan ziyod pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish vazifalari belgilab berilgan.

Uzluksiz ta'limning bosh bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim yosh avlod tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Tarbiya avvalambor oiladan, ta'lim-tarbiyaning birgalikda olib borilishi maktabgacha ta'limdan boshlanadi.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko'ra respublikamizda jami 35260 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Shundan 6824 tasi davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 28436 tasi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bo'lib, 828 tasi xususiy, 1418 tasi DXSH, 26190 tasi oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti hisoblanadi.

Hozirgi kunda bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish 74,3%ga yetkazildi va respublikamiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 170 mingga yaqin pedagog kadrlar faoliyat olib bormoqda. Shundan 120 minggi davlat, 50 mingga yaqini nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib boradi. Respublika bo'yicha oliy ma'lumotli kadrlar 34% tashkil etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonlarini rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida tashkil etish, yosh avlodga milliy qadriyatlarga asoslangan ta'limiy faoliyatlarni amalga oshirish maqsadida 2018-yil Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi Xalqaro bolalar jamg'armasi (YUNISEF) bilan hamkorlikda "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Dasturni amalda qo'llash jarayonida kamchiliklar aniqlandi va 2022-yil "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini takomillashtirilgan ikkinchi nashri amaliyotga joriy qilindi. Pedagog-tarbiyachilarga davlat dasturini amalga oshirishda, oy mavzulari bo'yicha maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkillashtirishda, 5 ta markaz faoliyatini faollashtirishda o'z malakalarini oshirib borishlari muhim jarayon hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, ularni rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan respublikada maktabgacha ta'lim yo'nalishida tayanch institut Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirish instituti 2018-yilda tashkil etilgandan buyon shu kunga qadar jami 37580 ta, shulardan 12680 ta rahbar va 24900 ta pedagog kadrlarni yangi, zamonaviy metodikalar, xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan o'quv dasturlari asosida o'qitildi va jarayon davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligining 2023-yil 20-iyundagi "Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida o'qitishni tashkil etish chora-tadbirlari haqida"gi 62-son buyrug'iga asosan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun 40 soatga mo'ljallangan qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilda va trening Jahon bankining ta'lim bo'yicha maslahatchisi tomonidan o'tkazildi.

Yaponiyaning JICA loyihasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda maktabgacha talim muassasalarida inkyuziv ta'lim amaliyotini kuchaytirish" loyihasi doirasida yil davomida treninglar tashkil etildi va Yaponiyada 17 nafar, Toshkentda 25 nafar IMTTda faoliyat ko'rsatayotgan pedagoglar malakasi oshirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi va "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkilotining O'zbekistondagi filiali o'rtasida imzolangan anglashuv Memorandumga asosan institut qoshida maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralarini kasbiy malakasini oshirish, jumladan shoshilinch holatlarda bolalarga birinchi tibbiy yordam ko'rsatish ko'nikmalarni shakllantirish uchun maxsus o'quv uskunalar, o'quv trenajor, maneken va mulyajlar bilan jihozlangan hamda metodik va uslubiy materiallar bilan ta'minlangan simulyatsion markazning faoliyati joriy yildan boshlab yo'lga qo'yildi hamda ushbu markazda hamshiralarni malakasini oshirish yuzasidan o'quv dasturi ishlab chiqildi va 2023 yil ushbu markazda 160 nafar hamshira malakasi oshirdi.

Shu bilan birga, "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkilot bilan hamkorlikda «Maktabgacha ta'lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish» mavzusida amaliy konferensiyalar o'tkazildi va unda 718 nafar maktabgacha ta'lim tashkilotlarning rahbarlari, metodist va pedagoglari o'qitildi va 60 nafar trener tayyorlandi.

«MTTlarda oziq-ovqat xavfsizligining tamoyillarini o'rganish va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish» mavzusidagi malaka oshirish treningida 180 nafar direktor, oshpaz va xo'jalik mudirlari o'qitildi.

UNICEF va YEIning moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan "Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta'lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan keng foydalanishni ta'minlash" loyihasi doirasida Afg'onistonlik oilalardagi maktabgacha yoshdagi bolalarni hamda extiyojmand oilalar farzandlariga maktabgacha ta'lim olish uchun teng huquqini ta'minlash maqsadida Termiz shahar, Termiz va Muzrobod tumanlaridagi umumiy turdagi MTTlarda 10 ta (400 o'rinli) innovatsion inklyuziv ko'p tillilikka yo'naltirilgan muqobil qisqa muddatli maktabgacha ta'lim guruhlari tashkil etildi. Bu guruhlar zamonaviy jihozlar, didaktik material va o'yinchoqlar bilan jihozlandi va bu guruhlarda ta'lim va tarbiya jarayonini tashkil etish uchun MTTDMQTMOI professor-o'qituvchilari tomonidan o'quv-amaliy treninglar o'tkazilib, ularda 30 nafardan ortiq metodist va pedagoglar o'qitildi hamda trenerlar tayyorlandi. 2023-2024 o'quv yilidan ushbu guruhlarning faoliyatini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan o'zaro aloqalar faol ravishda olib borilmoqda. Xususan, Maktabgacha ta'lim agentligining Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan tuzgan hamkorlik memorandumi bo'yicha koreyalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan "O'zbekistonda kadrlar tayyorlash, o'qitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha ta lim pedagog kadrlari salohiyatini oshirish loyihasi trening dasturi"ga asosan 2023-yil yanvar oyida qisqa muddatli o'quv kurslarining 1-bosqichi o'tkazildi va institutning professor-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.

MTTDMQTMOI va BMTning bolalar jamg'armasi UNICEFning asosiy milliy sheriklaridan biri hisoblanadi. Shunga binoan, 2024-yil boshidan UNICEF va MTTDMQTMOI hamkorligida malaka oshirish kurslari uchun o'quv reja va o'quv dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha hamkorlikdagi faoliyat amalga oshirilmoqda. Jumladan, Maktabgacha ta'lim agentligi, Islom taraqqiyot banki va BMTning UNICEF - bolalar jamg'armasi hamkorligida joriy yilning aprel-may oylarida "Maktabgacha ta'lim sohasidapedagoglarni tayyorlash tizimi uchun o'quv reja va dasturlarni yaratish" mavzusida seminar tashkil etilib, mavjud standartlar asosida innovatsion yondashuvlar bilan amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

MTTDMQTMOI tomonidan Rossiyaning "УчимЗнаем" gospital maktabi bilan hamkorlikda gospital maktablar pedagoglari uchun kasbiy rivojlantirish amaliyot dasturi tashkil etishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida «Uchim. Znaem» loyihasi tashkilotchilari bilan online uchrashuvlar tashkil etilib, loyihani yurtimiz maktabgacha ta'lim tizimida muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida «Uchim. Znayem» loyihasining tajribasi o'rganilib, loyihani MTTDMQTMOI professor-o'qituvchilari hamkorligida amalga oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida hamkorlar bilan uzoq vaqt davolanishga muhtoj maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim beradigan pedagoglarni tanlash va ularning malakasini oshirish, o'quv reja va dasturlar hamda ilmiy-metodik adabiyotlarni yaratishda hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.

Shuni aytish joizki, har bir davlatning o'ziga xos tarixi, ta'lim-tarbiya masalalarida o'z qarashlari mavjud. Albatta rivojlangan davlatlar tajribasini o'rganish, ularda berilgan ta'lim-tarbiya metodikalarni taxlil qilish juda muhim. Ularni amaliyotda qo'llashda albatta o'zimizni mentalitetimizga, milliy qadriyatlarimizga mos tomonlarini olgan holda amaliyotga joriy qilish ahamiyatlidir.

Xulosa o'rnida maktabgacha ta'lim sifati - uning xususiyatlari yaxlitligi, tarbiyalanuvchilarning ta'lim-tarbiya olishi va shaxsiy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan eng qulay usullar birikuvidan iborat murakkab jarayondir [2]. Biz yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishda o'zimizni Sharq olimlari, ota-bobalarimizni ta'lim-tarbiyada qo'llagan metodlaridan oqilona foydalansak, xorij tajribasini o'zimizni milliy tarbiyamizga mos tomonlarini ta'lim-tarbiya jarayonida targib qilsak davlatimiz rahbari aytganlaridek, III renesans poydevorini yaratib, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi buyuk allomalarni jamiyatda yetishib chiqishiga, milliy qadriyatlarimizni saqlab, tarbiyada o'zbek modelini dunyoga targ'ib qilish imkoniga ega bo'lamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni

2. Abdullayeva N.SH Klasterli yondashuv asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish. P.h.d (DSc). 22 bet Toshkent 2023

3. X.Usmonova ABU NASR FAROBIY tarbiya xususida "Pedagogikada ilmiy izlanishlar" Ilmiy Jurnal / http://pedagogy.dsmi-qf.uz №1 / Sentyabr 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.