Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediakompetentlik / globallashuv / jamiyat / axborot muhiti / innovatsion jarayonlar / axborot maydoni

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibragimova Shoira Tursunmuratovna

Maqola maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining mediakompetentligini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan. Muallif mediakompetentlik maktabgacha taʼlimdagi innovatsion jarayonlar bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan taʼlim muhitini yaratish va rivojlantirish uchun vosita boʻlib xizmat qilishini taʼqidlab oʻtgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYA JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Ibragimova Shoira Tursunmuratovna

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, 373-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11256003

Annotatsiya. Maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining mediakompetentligini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Muallif mediakompetentlik maktabgacha ta'limdagi innovatsion jarayonlar bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim muhitini yaratish va rivojlantirish uchun vosita bo 'lib xizmat qilishini ta'qidlab o'tgan.

Kalit so'zlar: Mediakompetentlik, globallashuv, jamiyat, axborot muhiti, innovatsion jarayonlar, axborot maydoni.

Maktabgacha ta'lim tizimining zamonaviy rivojlanishi maktabgacha ta'lim tarbiya jarayoniga yangiliklarni faol joriy etishni o'z ichiga oladi, bu esa uning faoliyati samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday holda maktabgacha ta'limdagi innovatsion jarayonlar bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim muhitini yaratish va rivojlantirish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim amaliyotida bolalarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun nafaqat mazmuni, balki ta'lim-tarbiya texnologiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu innovatsion resurslardan biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'lib, ular ta'limning mavjudligi, o'zgaruvchanligi va maktabgacha yoshdagi bolalarning faolligi va harakatchanligini oshirishga yordam beradi.

Mediata'limning o'zi nima, uning mohiyati va xususiyatli jihatlari nimada ekanligi borasidagi so'nggi yillarda pedagogik muhitda eng dolzarb masalaga aylandi. Ta'limning axborot-kommunikatsiya vositalariga asoslangan zamonaviy ta'lim paradigmasi bolalarga tayyor bilim va ko'nikmalarni uzatishni emas, balki bolada mustaqil faoliyat ko'nikmalarini uyg'otishga asos bo'ladi. Shu bilan birga, bolalarning bevosita o'quv faoliyati davomida ishlashi interaktiv kompyuter dasturlari va audio-vizual vositalar orqali o'qituvchi bilan muloqot qilish xarakteriga ega.

Media iste'molining yuksak darajasi hamda zamonaviy jamiyatlarning ommaviy axborot vositalari bilan to'lib-toshganligi.

1. Medianing mafkuraviy muhimligi, va sanoat tarmog'i sifatida ularning auditoriya ongiga ta'siri.

2. Media axborot miqdorining tez o'sishi, uni boshqarish hamda uning tarqalishi mexanizmlarining kuchayishi.

3. Asosiy demokratik jarayonlarga medianing suqilib kirishi jadalligi.

4. Barcha sohalarda vizual kommunikatsiya va axborot qiymatining ortishi.

5. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni kelajakdagi talablarga mos yo'nalish bilan o'qitish zarurati.

6. Axborotni xususiylashtirishning o'sib borayotgan milliy va xalqaro jarayonlari.

Shunday qilib, media (ommaviy kommunikatsiya vositalari) kishilar hayotida va ta'lim

jarayonida kundan-kunga katta-rol o'ynamoqda.

Mediata'limning maqsadi yoshlarda mediaga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, uni o'quv muassasasidan (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, oliy o'quv yurtlarini) keyingi hayotda ommaviy axborot vositalarining kreativ (ijodkor) foydalanuvchisiga aylantirishdir.

Mediata'limning asosiy vazifalari: zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida yangi avlodni turli axborotni tushunishga, uning ruhiyatga ta'siri oqibatlarini anglashga, texnik vositalar yordamida kommunikatsiyaning og'zaki bo'lmagan shakllari asosida muloqot usullarini o'zlashtirishga o'rgatishdir.

Aksariyat mamlakatlardagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda ko'plab olimlar, mutaxassislar ta'kidlayotganidek, "axborot rolining o'sib borishi davrida o'sib kelayotgan avlodni dunyoviy axborot makoniga kirishga tayyor emasligi muammosiga" afsuski qo'shilmaslik mumkin emas.

Bu ko'p jihatdan tarbiyachi-pedagoglarning mediasavodi pastligi oqibatidir. Bularning barchasi mediata'limning ahamiyatini o'ta dolzarblashtirmoqda. AQSHda axloq tomonga e'tibor qaratilgan: u yerda ommaviy axborot vositalari bolalarga ular uchun nomunosib bo'lgan qadriyatlar va xatti-harkatlarni singdirishi borasidagi tashvishlar mavjud. Va nihoyat 1970-yillarda mediata'lim yana bir jihat - siyosiy jihatni kasb etdi. Ommaviy axborot vositalari siyosiy qarash va e'tiqodlarni shakllantirishga mas'ulligi borasidagi tasavvurlar vujudga keldi. Shunday qilib, an'anaviy mediata'lim yoshlar tarbiyasining quyidagi maqsadlarini ilgari surgan:

- yuksak madaniyatga hurmat;

- axloqiy sog'lom xatti-harakat me'yorlari;

- siyosat to'g'risidagi oqilona tasavvurlar.

Bugungi kunda ushbu sohada yangi ommaviy axborot vositalar paydo bo'lishi bilan yuzaga kelgan o'zgarishlar yuz bermoqda. Ko'pincha mediata'lim yoshlarni ommaviy axborot vositalardan asrashi lozim bo'lgan emlash turi sifatida idrok etilmoqda, ammo bunday yondoshuv barcha narsani salbiy oqibatlarga olib borib taqagan holda bolalarga yangi ommaviy axborot vositalardan foydalanishdan olinishi mumkin bo'lgan barcha qoniqishlarni bera olmaydi. Bugungi kun mediata'limdan yoshlarni o'z tanloviga ko'ra ongli qaror qabul qilishni rag'batlantiruvchi himoya va tayyorgarlikning omuxta shakllarini taqozo etmoqda. Mediata'lim yoshlar o'rtasida ommaviy axborot vositalarni tushunishni rivojlantirishni ko'zda tutadi, bu o'z navbatida ularni qurshab turgan. Demak, besh yoshda bunday ta'limning asosini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o'yin faoliyatining tarbiyaviy xarakteri tashkil etishi kerak. Qiziquvchan maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari kompyuterda o'yin o'ynab o'z qiziqishlari bilan bog'liq bo'lgan narsalarni eslab qoladilar, shuning uchun bunday tadbirlar o'ziga xos, qisqa va tushunarli bo'lishi kerak. Ma'lumotlarni shunday joylash kerakki o'rganayotgan bolaning tajribasiga asoslangan bo'lishi kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarining mediakompetentligini rivojlantirish uchun: maktabgacha ta'lim tashkilotlarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash; kompyuter o'quv dasturlari bankini tizimlashtirish; didaktik va metodik materiallar tayyorlash; ta'lim jarayoni va boshqarish uchun dasturiy ta'minot faoliyati; Internetga kirish xususiyatlaridan to'liq foydalanish; maktabgacha ta'lim saytini yanada rivojlantirish; maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagog va xodimlarining media madaniyatini takomillashtirish yanada yaxshi natija beradi.

Xulosa qilib aytganda, mediata'lim mamlakatimizning ta'lim sohasida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida munosib o'rin egallashi lozim. Bizning mamlakatimizda mediata'limni rivojlantirish istiqbollari XXI asrda shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, bugungi

kunda o'ta dolzarb va ahamiyatli bo'lib turgan fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish

muammolari bilan bevosita bog'liqdir.

REFERENCES

1. Федоров А.В. Современный мир и медиаобразование. Журнал «Медиаобразование» №2 2008 г. г. Тагенрог.

2. Paxrutdinov Sh.I. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas'uliyati. T., Akademiya 2011 yil.

3. Umarova N.T. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. Akademiya. T., 2005 yil.

4. Qosimov S.S. Axborot texnologiyalari. O'quv qо'llanma. Toshkent. Aloqachi. 2006 yil.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.