Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Norkulova Dilorom Sadikovna

Axborot sohasiga taraqiyotning strategik resursi sifatida qaralmoqda. Jahon taraqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelmoqda. Jumladan axborot maydonida u yaqqol namoyon bo‘lib, uzviy bog‘liq holda kechmoqda. Jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy – texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining o‘zagini tashkil etib, taraqiyotning bosh omiliga aylanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISH»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI

RIVOJLANTIRISH

Norkulova Dilorom Sadikovna

Xarazm viloyati Xanka tumani 35-sonli MTT derektori https://doi.org/10.5281/zenodo.11256294

Axborot sohasiga taraqiyotning strategik resursi sifatida qaralmoqda. Jahon taraqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelmoqda. Jumladan axborot maydonida u yaqqol namoyon bo'lib, uzviy bog'liq holda kechmoqda. Jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy - texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining o'zagini tashkil etib, taraqiyotning bosh omiliga aylanmoqda.

Shuning uchun ham kishilarda ayniqsa, o'sib kelayotgan yoshlarda axborot olish madaniyatini shakillantirish asosiy vazifalardan biri xisoblanadi. Shunday ekan, axborot makonini globallashuvi sharoitida mediata'limining o'rni nihoyatda muhim bo'lib, ijtimoiy - siyosiy ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim tizimining zamonaviy rivojlanishi maktabgacha ta'lim tarbiya jarayoniga yangiliklarni faol joriy etishni o'z ichiga oladi, bu yesa uning faoliyati samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday holda maktabgacha ta'limdagi innovatsion jarayonlar bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim muhitini yaratish va rivojlantirish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim amaliyotida bolalarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun nafaqat mazmuni, balki ta'lim-tarbiya texnologiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu innovatsion resurslardan biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'lib, ular ta'limning mavjudligi, o'zgaruvchanligi va maktabgacha yoshdagi bolalarning faolligi va harakatchanligini oshirishga yordam beradi.

Mediata'limning o'zi nima, uning mohiyati va xususiyatli jihatlari nimada ekanligi borasidagi so'nggi yillarda pedagogik muhitda eng dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy shartlaridan -bolalar kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini biladigan, u bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterlardan foydalanishning sanitariya me'yorlari va qoidalarini, ularni qo'llashning axloqiy qoidalarini biladigan bola shaxsini tarbiyalashdir. Shu bois, inson hayotining xususan, bolalar hayotining barcha sohalariga mediaaxborotning kirib kelishidan tashvishlangan jamiyatning ehtiyoji mediata'lim zaruratini keltirib chiqardi. Mediapedagoglar va nazariyotchilar orasida eng nufuzlilaridan biri L.Masterman (L.Masterman) bugungi olamdagi mediata'limning ustuvorligi va dolzarbligining 7 sababini asoslab bergan:

Media iste'molining yuksak darajasi hamda zamonaviy jamiyatlarning ommaviy axborot vositalari bilan to'lib-toshganligi.

1. Medianing mafkuraviy muhimligi, va sanoat tarmog'i sifatida ularning auditoriya ongiga ta'siri.

2. Media axborot miqdorining tez o'sishi, uni boshqarish hamda uning tarqalishi mexanizmlarining kuchayishi.

3. Asosiy demokratik jarayonlarga medianing suqilib kirishi jadalligi.

4. Barcha sohalarda vizual kommunikatsiya va axborot qiymatining ortishi.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

5. Maktab o'quvchilari (talabalar)ni kelajakdagi talablarga mos yo'nalish bilan o'qitish zarurati.

6. Axborotni xususiylashtirishning o'sib borayotgan milliy va xalqaro jarayonlari. Shunday qilib, media (ommaviy kommunikatsiya vositalari) kishilar hayotida va ta'lim

jarayonida kundan-kunga katta-rol o'ynamoqda.

Mediata'limning maqsadi yoshlarda mediaga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, uni o'quv muassasasidan (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, oliy o'quv yurtlarini) keyingi hayotda ommaviy axborot vositalarining kreativ (ijodkor) foydalanuvchisiga aylantirishdir.

Maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyachilarining mediasavodxonligini rivojlantirish uchun: maktabgacha ta'lim tashkilotlarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash; kompyuter o'quv dasturlari bankini tizimlashtirish; didaktik va metodik materiallar tayyorlash; ta'lim jarayoni va boshqarish uchun dasturiy ta'minot faoliyati; va Internetga kirish xususiyatlaridan to'liq foydalanish; maktabgacha ta'lim saytini yanada rivojlantirish; maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachi-o'qituvchi va xodimlarining media madaniyatini takomillashtirish yanada yaxshi natija beradi.

Xulosa qilib aytganda, mediata'lim mamlakatimizning ta'lim sohasida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida munosib o'rin egallashi lozim. Bu vazifani bajarishda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari faoliyatini samarasini oshirish beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Hayotda o'z isbotiga ega bo'lgan dono xalqimizning "Bola tuqqanniki emas - tarbiya qilganniki" degan maqolining asl mohiyati ham shunda.

Bizning mamlakatimizda mediata'limni rivojlantirish istiqbollari XXI asrda shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, bugungi kunda o'ta dolzarb va ahamiyatli bo'lib turgan fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish muammolari bilan bevosita bog'liqdir.

REFERENCES

1. Fedorov A.V. Sovremennbiy mir i mediyaobrazovanie. Jurnal «Mediyaobrazovanie» №2 2008g. G. Tagenrog.

2. Paxrutdinov Sh.I. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas'uliyati. T., Akademiya 2011.

3. Umarova N.T. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. Akademiya. T., 2005.

4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

5. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

6. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.