Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHНИНГ O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHНИНГ O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot / mediasavodxonlik / bilim / malaka / ko‘nikma / omil

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Fozilova Nargiza Shuxrat Qizi

Axborot sohasiga taraqiyotning strategik resursi sifatida qaralmoqda. Jahon taraqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelmoqda. Jumladan axborot maydonida u yaqqol namoyon bo‘lib, uzviy bog‘liq holda kechmoqda. Jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy – texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining o‘zagini tashkil etib, taraqiyotning bosh omiliga aylanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHНИНГ O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI»

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 17-aprel

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHHHHr O'ZIGA XOS

HUSUSIYATLARI Fozilova Nargiza Shuxrat qizi

Toshkent Shahridagi Puchon Universiteti 1-kurs magistranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10982312

ÂHHomatsiya. Axborot sohasiga taraqiyotning strategik resursi sifatida qaralmoqda. Jahon taraqiyotining hozirgi bosqichida globallashuv jarayoni jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelmoqda. Jumladan axborot maydonida u yaqqol namoyon bo'lib, uzviy bog'liq holda kechmoqda. Jamiyatning global axborotlashuvi ilmiy - texnik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining o'zagini tashkil etib, taraqiyotning bosh omiliga aylanmoqda.

Kalit so'zlar: Axborot, mediasavodxonlik, bilim, malaka, ko'nikma, omil.

Maktabgacha ta'lim tizimining zamonaviy rivojlanishi maktabgacha ta'lim tarbiya jarayoniga yangiliklarni faol joriy etishni o'z ichiga oladi, bu yesa uning faoliyati samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday holda maktabgacha ta'limdagi innovatsion jarayonlar bola shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim muhitini yaratish va rivojlantirish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim amaliyotida bolalarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun nafaqat mazmuni, balki ta'lim-tarbiya texnologiyasi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu innovatsion resurslardan biri axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo'lib, ular ta'limning mavjudligi, o'zgaruvchanligi va maktabgacha yoshdagi bolalarning faolligi va harakatchanligini oshirishga yordam beradi.

Mediata'limning o'zi nima, uning mohiyati va xususiyatli jihatlari nimada ekanligi borasidagi so'nggi yillarda pedagogik muhitda eng dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning asosiy shartlaridan -bolalar kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini biladigan, u bilan ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan, maktabgacha ta'lim muassasalarida kompyuterlardan foydalanishning sanitariya me'yorlari va qoidalarini, ularni qo'llashning axloqiy qoidalarini biladigan bola shaxsini tarbiyalashdir. Shu bois, inson hayotining xususan, bolalar hayotining barcha sohalariga mediaaxborotning kirib kelishidan tashvishlangan jamiyatning ehtiyoji mediata'lim zaruratini keltirib chiqardi. Mediapedagoglar va nazariyotchilar orasida eng nufuzlilaridan biri L.Masterman (L.Masterman) bugungi olamdagi mediata'limning ustuvorligi va dolzarbligining 7 sababini asoslab bergan:

Media iste'molining yuksak darajasi hamda zamonaviy jamiyatlarning ommaviy axborot vositalari bilan to'lib-toshganligi.

1. Medianing mafkuraviy muhimligi, va sanoat tarmog'i sifatida ularning auditoriya ongiga ta'siri.

2. Media axborot miqdorining tez o'sishi, uni boshqarish hamda uning tarqalishi mexanizmlarining kuchayishi.

3. Asosiy demokratik jarayonlarga medianing suqilib kirishi jadalligi.

4. Barcha sohalarda vizual kommunikatsiya va axborot qiymatining ortishi.

5. Maktab o'quvchilari (talabalar)ni kelajakdagi talablarga mos yo'nalish bilan o'qitish zarurati.

6. Axborotni xususiylashtirishning o'sib borayotgan milliy va xalqaro jarayonlari.

"Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar"

Respublika ilmiy-amaliy anjumani 2024-yil 17-aprel

Shunday qilib, media (ommaviy kommunikatsiya vositalari) kishilar hayotida va ta'lim jarayonida kundan-kunga katta-rol o'ynamoqda.

Mediata'limning maqsadi yoshlarda mediaga nisbatan tanqidiy munosabatni shakllantirish, uni o'quv muassasasidan (maktabgacha ta'lim tashkilotlari, maktab, oliy o'quv yurtlarini) keyingi hayotda ommaviy axborot vositalarining kreativ (ijodkor) foydalanuvchisiga aylantirishdir.

Maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyachilarining mediasavodxonligini rivojlantirish uchun: maktabgacha ta'lim tashkilotlarni kompyuter texnikasi bilan jihozlash; kompyuter o'quv dasturlari bankini tizimlashtirish; didaktik va metodik materiallar tayyorlash; ta'lim jarayoni va boshqarish uchun dasturiy ta'minot faoliyati; va Internetga kirish xususiyatlaridan to'liq foydalanish; maktabgacha ta'lim saytini yanada rivojlantirish; maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachi-o'qituvchi va xodimlarining media madaniyatini takomillashtirish yanada yaxshi natija beradi.

Xulosa qilib aytganda, mediata'lim mamlakatimizning ta'lim sohasida, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimida munosib o'rin egallashi lozim. Bu vazifani bajarishda maktabgacha ta'lim muassasalari pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutlari faoliyatini samarasini oshirish beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Hayotda o'z isbotiga ega bo'lgan dono xalqimizning "Bola tuqqanniki emas - tarbiya qilganniki" degan maqolining asl mohiyati ham shunda.

Bizning mamlakatimizda mediata'limni rivojlantirish istiqbollari XXI asrda shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, bugungi kunda o'ta dolzarb va ahamiyatli bo'lib turgan fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish muammolari bilan bevosita bog'liqdir.

REFERENCES

1. Fedorov A.V. Sovremennbiy mir i mediyaobrazovanie. Jurnal «Mediyaobrazovanie» №2 2008g. G. Tagenrog.

2. Paxrutdinov Sh.I. Barqaror taraqqiyot va rahbar mas'uliyati. T., Akademiya 2011.

3. Umarova N.T. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash. Akademiya. T., 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.