Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA OʻYINLI TAʼLIMIY MUHITNI YARATISH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA OʻYINLI TAʼLIMIY MUHITNI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
43
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nutq / kompetensiya / hamkorlik / qobiliyat / rivojlanish / taʼlimiy muhit / oʻyin / metod.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Erhanova Nasiba Absayitovna

Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarinnig “Til va nutqrivojlanish markazida oʻyinlar asosida taʼlimiy jarayonni tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, “Til va nutqrivojlanish markazida oʻyinli diaktik taʼminotdagi muammolar va ularning yechimlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINING “TIL VA NUTQ” MARKAZIDA OʻYINLI TAʼLIMIY MUHITNI YARATISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING "TIL VA NUTQ" MARKAZIDA OYINLI TA'LIMIY MUHITNI

YARATISH

Erhanova Nasiba Absayitovna

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11234711

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarinnig "Til va nutq" rivojlanish markazida o'yinlar asosida ta'limiy jarayonni tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, "Til va nutq" rivojlanish markazida o'yinli diaktik ta'minotdagi muammolar va ularning yechimlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: nutq, kompetensiya, hamkorlik, qobiliyat, rivojlanish, ta'limiy muhit, o'yin,

metod.

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning aqlan, jismonan va ma'nan-axloqan rivojlantirish ularning iste'dodini, ijodiy va intellektual qobiliyatini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovasiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dyekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonuni, 2020-yil 23-sentyabrdagi Ta'lim to'g'risidagi O'RQ-637-son Qonuni maktabgacha ta'lim tizimidagi me'yoriy-huquqiy asos uchun zamin bo'ldi.

"O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarining maktabgacha ta'lim tushunchasiga: "maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon", tarzida ta'rif berilgan".

Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantiruvchi ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ishlar Janubiy Koreya maktabgacha ta'lim tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar uch yoshdan boshlab, koreys va ingliz tillarida o'qish va yozishni o'rganadilar. Shu yoshdan boshlab bolalarda ravon so'zlash, nutq qo'nikmalarini egallash, elementar matematik tasavvurlar shakllantiriladi. Koreyslar bolalarning jismonan sog'lom va baquvvatligiga, shuningdek, musiqa saboqlarining o'zlashtirilishiga, nutq ravonligiga, milliylik, milliy qadriyatlar, axloq-odob qoidalari, ekologik tarbiya va mentalitetga xos an'analarni o'rganish va ularni qadrlashga alohida e'tibor qaratadilar. Yuqoridagi talablarni bajarilishini ta'minlash maqsadida maktabgacha ta'lim bo'g'inidan boshlab bolalarga juda ham katta hajmda uy vazifalari va topshiriqlar beriladi.

Ushbulardan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish muhim va zarur. Buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarining "Til va nutq" rivojlanish markazida tashkil etiladigan ta'limiy jarayonlarni innovatsion didaktik asoslarga ko'ra olib borish zaruriyati mavjud.

Tadqiqotimiz davomida biz maktabgacha ta'limda bolalarning nutq va muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishda pedagogik innovatsiyaning mazmun-mohiyatini quyidagilarda belgiladik:

• ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda amaldagi "Ilk qadam" davlat o'quv dasturidagi beshta soha o'rtasidagi uzviylik va izchillikni saqlab qolish;

• bolalarning nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi metodlarni joriy qilish;

• ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning nutqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda maktabgacha ta'lim tashkilotida asosiy faoliyat o'yin ekanligini hisobga olish va o'yin oqali muammolarni yechishga o'rgatish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining "Til va nutq" rivojlanish markazida tashkil etiladigan innovatsion faoliyatning an'anaviy faoliyatdan farqi shundaki, pedagog ustoz rolini o'ynamaydi, balki ta'lim-tarbiya jarayonida hamkor rolini o'ynaydi va u "yonda emas, yuqorida emas, balki birga" pozisiyasiga amal qiladi.

L.Vigotskiy shunday deb yozgan edi: "O'yin - bu harakatdagi tasavvur. Ijodiy jarayon o'yinda rivojlanadi, chunki haqiqiy sharoitlar yangi g'ayrioddiy ma'noga ega". Uning nuqtayi nazari o'yinning psixologik mexanizmi butunlay tasavvurning ishi bilan bog'liq ekanligiga asoslanadi. O'yin harakatdagi fantaziyadan boshqa narsa emas. "Bolalar o'yini - fantaziya o'zining to'liq namoyon bo'ladigan va u butunlay o'z sohilida oqadigan sohadir".

O'yin texnologiyasi o'yindagi ta'lim elementlarining mazmunini o'z ichiga oladi, shu bilan bolaning motivasiya darajasini oshiradi. O'yin texnologiyasining ahamiyati shundaki, u o'yin-kulgi va dam olish emas, balki u o'rganish, ijodkorlikni rivojlantirish va bolalar uchun ijtimoiy lashuv ko'nikmalarini egallash uchun xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilar bilan birgalikdagi ta'limiy faoliyatlarda o'yin usullarini muntazam ravishda qo'llash tavsiya etiladi.

Aynan "Til va nutq" markazida o'yinlar orqali rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishning ahamiyati katta. "Til va nutq" markazida turli xil o'yin faoliyatlarida ishlatiladigan barcha zarur didaktik materiallar tarbiyalanuvchilarni so'zlashga, hikoya qilishga undaydigan bo'lishi kerak.

"Til va nutq" markazini yaratish bir qator talablarga ega:

■ "Til va nutq" markazini jihozlashda barcha vositalar guruhning yosh xususiyatlariga to'liq muvofiq bo'lishi shart.

■ Tarbiyalanuvchilarga "Til va nutq" markazida o'zlarini qulay his etishlari uchun jozibali sharoit yaratilgan bo'lishi.

■ Markazda xavfsizlik talablariga to'liq rioya qilish, kitoblar qo'yiladigan javonning shishali bo'lmasligi, mayda qo'l motorikasini rivojlantirish uchun detalli didaktik o'yin vositalarining joylashtirilganligi.

Barmoq teatri uchun milliy qo'g'irchoqlarning joylashtirilganligi.

"Til va nutq" markazida quyidagi didaktik vositalar bo'lishi zarur:

- Kitob javoni;

- Tarbiyalanuvchilar nutqini oshirishga qaratilgan matnlarga, rasm, ertak va hikoyalarga boy bo'lgan kichik kutubxona tashkil etish;

- Tarbiyalanuvchilar nutq markazlari - artikulyasiya markazlarini rivojlantiruvchi vositalar (oyna, suratli ko'rgazmalar, illyustrativ materiallar);

- Didaktik materiallar (rangli kubiklar, harflar yozilgan kubiklar, ertak syujetlari aks etgan kubiklar, magnitli doska);

- Nutqda ishtirok etadigan nafas yo'llarini rivojlantiruvchi vositalar (sovunli quvnoq

pufakchalar, osilmachoq detallar);

- Ko'rgazali vositalar (meva va sabzavotlarning mulyajlari, har xil mavzuga doir

ko'rgazmalar).

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. - Toshkent. - 2020.

3. Turdiyeva M.J., Olimov K. T. Game Technologies As An Innovative Type Of Student-Centered Education. // The American Journal of Social Science and Education Innovations. -2021. - T. 3. - №. 02. - S. 183-187

4. Erxanova N, Ro'ziyeva Z. Tarbiyachi kitobi. // Markazlarda o'yin mashg'uloti. "Davr press". - Toshkent. - 2019-y. - 142 b.

5. Ishmuxamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari (2 kitob).—T.: TDPU, 2010

6. Бабаева Т.И., Римашевская Л.С. «Как развивать взаимоотношения и сотрудничество дошкольников в детском саду. Игровые ситуации, игры, этюды: учебн-методическое пособие - СПб.: ООО «ИЗДАТЕЛЬСВО «ДЕТСТВО-ПРЕСС», 2012.

7. Kalmuratov T.N. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish."IJTIMOIY FANLAR" KAFEDRASI "MILLIY TARBIYa VA ZAMON" Respublika ilmiy - amaliy onlayn konferensiyasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.