Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tayyorlov guruhi / pedagogik asoslar / maktab hayoti / kundalik hayot

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mangliyeva Dilrabo Madiyorovna

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash va maktab ta’limi tayyorgarligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINING TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORGARLIK DARAJASINI ANIQLASH

Mangliyeva Dilrabo Madiyorovna

Xorazm viloyati, Shovot tumani 39- sonli DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11476447 Annotatsiya. Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta 'limiga tayyorgarlik darajasini aniqlash va maktab ta 'limi tayyorgarligiga ta 'sir etuvchi asosiy omillar haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tayyorlov guruhi, pedagogik asoslar, maktab hayoti, kundalik hayot.

Ushbu muammoning yechimini topishda maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda quyidagi ob'ektiv va sub'ektiv shart- sharoitlarning yaratilishi muhim ahamiyatga ega.

A) Sub'ektiv shart-sharoitlar.

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi

— bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha ota-ona, pedagog hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti hodimlarining bu borada muayyan bilimga ega ekanligi;

— Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash qiziqarli va ichki intilishning mavjujudligi;

B) Ob'ektiv shart-sharoitlar.

— Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashga oid mavzularda yaratilgan manbalar ilmiy, ilmiy - ommabop, metodik adabiyotlar, darslik, qo'llanma hamda ko'rgazmali qurollarning mavjudligi;

— Ta'lim jarayonining axborot va texnik vositalar bilan yetarli darajada ta'minlanganligi va hakazolar.

Metodlar og'zaki metod uning mazmunini ifodalovchi quyidagida o'z aksini topadi (Ma'ruza, semenar, konferensiya). Ko'rgazmali metod mazmunini ifodalovchi shakllarni bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha bukled, elektron darslik, plakat va boshqa didaktik materiallar to'plami, vedio syujet, (bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha) va hakozalar.Yuqoridagi manbalarni o'rganish natijasida mazkur band yuzasidan quyidagi xulosaga kelish mumkin.

1. So'nggi yillarda "Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi" muammo sifatida o'rgangan va bu borada bir qator konsepsiyalarga asoslangan.

2. Tayyorlov guruhi bolalarini maktab ta'limiga tayyorlashning pedagogik asoslari mavzusida yartilgan manbalardan muammoning u yoki bu jihati alohida-alohida tatbiq etilgan. Shu bois, bu masalani yaxlit bir butun hamda har tomonlama yondashuv asosida tatbiq etish dolzarb va pedagogik muammo sifatida izlanishlar olib borish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda.

3. Chiqarilgan nazariy xulosalarga asoslangan holda tatqiqotchilik faoliyatini yo'lga qo'yishda dastlabki pedagogik va psixologik jihatdan "Maktab ta'limiga tayyorlash" tushunchalariga sharh berishda boshlash lozim degan to'xtamga keldik. Zero bu tarzdagi h arakat tatqiqotning umumiy mohiyati to'g'risida aniq tasavvurning hosil bo'lishiga zamin yaratdi.

Bolarni maktab ta'limiga o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktab ta'limiga tayyorgarlik maktabgacha ta'lim tashkilotlari va oilada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaga berilgan ta'lim va tarbiyaning muhim yakunidir. Bolaning maktab ta'limiga tayyorgarlik darajasi maktab bolaga qo'yadigan talablar majmui orqali

aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial- psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.

Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi atrofdagilar bilan munosabat sistemasining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rinni ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq endi ta'lim majburiy bo'ladi va birinchi sinf o'quvchisidan to'rtta jiddi y munosabat talab etiladi.

Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi. Har qanday pedagog hech qanday vositalardan foydalanmay, bolani maktabga tayyorgarligini aniqlay oladi. Ba'zi ota-onalar ham bola qanchalik sog'lom, chaqqon, mustaqil, aqlli, o'qishga tayyor ekanligini taxminan bilishadi.

Ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyati maktab ta'lim tizimini doimo takomillashtirib borishidir. Maktab ta'limiga 1-sinfga keluvchi o'quvchidan qandaydir maxsus bilim va ko'nikmalarni emas, balki ilgarigi yillarga nisbatan aqliy faoliyatning murakkabroq shakllarini, axloqiy irodaviy sifatlarinng yuksakroq rivojlangan darajasini o'z xatti-harakatini boshqarish qobilyatini katta ishonchlilik qobilyatini talab qiladi.

Maktabda o'qishga axloqiy, irodaviy tayorgarlik bolaning maktabga bolalik oxiriga kelib axloqiy xatti-harakat iroda axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashga hamda o'zining o'qituvchi, sinfdoshlar bilan o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi.

Maktabni, axloqiy-irodaviy tayyorgarlik mazmuninio'quvchi tutgan o'rnidan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xilqiga qo'yiladigan talablarga ko'ra aniqlanadi. Bu talablar maktabda o'qishning dastlabki kunlaridanoq o'quvchi oldiga o'quv majburiyatlarini mustaqil va ma'suliyatni his etgan holda baj arish tartibli va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishini talab etadi. Bu yuksak talablarni baj arishga tayyorlash oldindan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va oilada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo'naltirilgan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy hulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida rivojlanadigan o'z xulq-atvorini boshqarish qobilyati qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo'yilgan maqsadga erishishda qat'iya tni namoyon qilish, kerakli ishni o'ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg'itadiganiga qarshi o'laroq oxirigacha bajarish ko'nikmasi va shu e'tiborga loyiqdir.Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyorilikni rivojlanish asosini maktabgacha tarbiya yoshi oxiriga kelib tarkib topadigan sabablar, o'zaro bo'ysinuvchilari tashkil qiladi. Sabablarning o'zaro bo'ysinganligi katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli intilishlariga aloqadordir.

Maktab ta'limi tayyorgarligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar. Bolani qachon va qancha tayyorlash kerakligi haqida kattalar orasida turli fikrlar mavjud. Ko'pchilik ota-ona va tarbiyachilar 3 yoshdan boshlab, 1-sinfga bir yil qolgungacha tayyorlashni kuchaytirish kerak deb hisoblashadi. Ammo boshqalar faqat maktabdan oldingi bir yil davomida tayyorgarlik qilish kerak deb aytishadi. Ba'zi ota-onalar MTTga borishi bilan maktabga tayyorgarlik boshlanadi, deb o'ylashadi. Maktab hayotiga bolani kim tayyorlashi kerak? MTT tarbiyachilari bolani maktabga tayyorlash butun MTT davrida amalga oshishi kerakligini tushunishadi va dastur talablariga binoan uni amalga oshirishadi. Lekin aynan maktabga borishdan avval ular tayyorgarlikka alohida diqqat-e'tiborini qaratishadi:

talaffuzdagi kamchiliklarni bartaraf etishadi, bilimlarni bir sistemaga solishadi, qo'llarning mayda harakatini rivojlantirishadi va hokazo.

Lekin, oila bola tug'ilishidan keyin yashaydigan birinchi ijtimoiy muhit. Oilada bola o'zining birinchi ijtimoiy tajriba va malakalarini orttiradi, ota-ona va kattalar namunalari orqali tarbiyalanadi, oilaviy rishtalarni tushunib yetadi va qadrlaydi. Shuning uchun bolani maktabga tayyorlashda oila hal qiluvchi, muhim ahamiyatga ega. Ota-onalarning ko'pchiligi bolani maktabga tayyorlashda bog'cha bilan oilaning hamkorligi zarur deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar esa bolani maktabga tayyorlashda javobgarlikni MTTga yuklashadi, ba'zilari esa butun javob -garlikni o'z bo'yniga olishadi.

Y.A. Kamenskiy o'zining «Onalar maktabi» kitobining maktabga tayyorlash bobida yozishicha, barcha insonlar bajaradigan ishlar, ma'lum bir tayyorgarlikni talab qiladi. Ota-onalar shuni o'ylab, o'z bolalarini maktabga tayyorlashadi. Maktabga har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, Kamenskiy ota-onalar uchun quyidagi vazifalarni ko'rsatadi:

1.Bolalarda maktabga borganda, o'z tengdoshlari bilan o'qigan va o'ynaganda xursandchilik hissini tug'dirish.

2.Bolalarga maktabdagi ta'limning mohiyatini tushuntirish, ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.

3.Bolalarda bo'lajak o'qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni shakllantirish. 1 Hozirda ota-onalar bolalarni maktabga qanday tayyorlashmoqda. Ota-onalarning ko'pchiligi

maktabda yaxshi o'qishning shartlaridan biri shaxsning umumiy rivojlanishi deb hisoblashadi. Ammo, bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb bilishadi, shuning uchun mashg'ulotlarda bilim, nutq, tafakkur va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o'ringa bolaning o' qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo'yishadi, yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o'yinlar o'ynashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ullantirishadi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'illanuvchilar 6-7 yoshli bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda asosiy shart hisoblangan maktabgacha bo'lgan hayot tarzi uning maktabda kechadigan kundalik faoliyatga o'tishida bir ko'prik vazifasini o'tashi hamda oila yoki MTTdagi ta'lim-tarbiya sharoitlaridan umumiy o'rta ta'lim maktablarida beriladigan ta'lim-tarbiya muhitga silliq o'tishini ta'minlashi zarurligini ham hisobga olishlari lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ozbekiston Respublikasi maktabgacha tarbiya. Toshkent 2020 y.

2. Maktabgacha ta'lim jurnali. №1 -2022 y.

3. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch-sinov dasturi. Toshkent - 2019 y.

4. Sh.Shodmonova, «Maktabgacha ta'lim pedagogikasi» Toshkent 2003. Elektron ta'lim resurslari

5. www. tdpu. uz

6. www. pedagog. uz

1 Y.A. Kamenskiy. «Onalar maktabi»

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.