Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI O‘RNI VA AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tayyorlov / savodga o‘rgatish / ta’lim-tarbiya / dars / zamonaviy texnologiya / multimediya texnologiyasi / interfaol mashqlar / ijodiy tasavvur / kasbiy mahorat / pedagogik kuzatuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Achilova Soxiba Xamidovna, Mamasidiqova Choʻlponoy Erkinjonovna

Mazkur maqola maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishga bag‘ishlangan. Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, multimedia texnologiyasi shakllantirishning mаzmuni, shаkli hаmdа metоdik tа’minоti interfаоl yоndаshuv haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI O‘RNI VA AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARGA TA'LIM JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNI O'RNI

VA AHAMIYATI

1Achilova Soxiba Xamidovna, 2Mamasidiqova Cho'lponoy Erkinjonovna

1Qo'qon davlat pedagogika instituti maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11193095

Annotatsiya. Mazkur maqola maktabga tayyorlov guruhlarida tarbiyalanuvchilarni savodga o'rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishga bag'ishlangan. Maktabga tayyorlov guruhlarida bolalarni savodga o'rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanishning ahamiyati, multimedia texnologiyasi shakllantirishning mаzmuni, shаkli hаmdа metodik tа'minоti interfаоlyоndаshuv haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: tayyorlov, savodga o'rgatish, ta'lim-tarbiya, dars, zamonaviy texnologiya, multimediya texnologiyasi, interfaol mashqlar, ijodiy tasavvur, kasbiy mahorat, pedagogik kuzatuv.

Rivojlanib borayotgan O'zbekistonning kelajagi ko'p jihatdan komil, intellektual salohiyatli avlod va unga ta'lim-tarbiya berish sifatiga chambarchas bog'liq hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, ona-Vatanni, o'zi tugilib o'sgan hududni, xalqini sevadigan, istiqlol g'oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni kamol toptirish ta'lim sohasi siyosati oldidagi ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi.

Ta'lim tizimidagi tub islohotlar orqali ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalash mazkur yo'nalishning dolzarb muammolaridan biri hisoblanib, bu O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, ma'naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatidagi muhim vazifalaridan biri ekanligi ta'kidlangan. Maktabgacha ta'lim uzliksiz ta'limning dastlabki bosqishi hisoblanadi.

Bugungi kunda barcha ta'lim muassasalari, shu jumladan, maktabgacha ta'lim muassasalari zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari vositalari, turli o'quv hamda uslibiy materiallar bilan ta'minlanmoqda. Bu esa pedagog-tarbiyachilarning o'z mehnati faoliyatiga yangicha qarashni, yangicha yondashuvni, mashg'ulot o'tish jarayonida tarbiyalanuvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarga tushunarli va qiziqarli shaklda dars va mashg'ulot o'tishga erishishda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanishlari zaruriyati yuzaga keladi.

Hozirgi rivojlanib borayotga bir paytda maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayonida yangi kompyuter va axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'z navbatida, pedagog-tarbiyachilarning zamonaviy kompyuter, axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish va amaliyotga samarali joriy qilishni taqozo qiladi.

Multimedia terminining lug'vaiy ma'nosi (multim-mediur yoki multi-media) ikkita so'z yig'indisidan tashkil topgan. Muiti-ko'p, media-muhit ma'nosini bildiradi. Termin ilmiy va o'quv adabiyotlarida «ko'p vositalilik», «multimediya muhiti» «ko'p qatlamli muhit», «ma'lumot tashuvchi vosita» kabi talqin qilinib kelinmoqda[1].

«Multimedia» tushunchasi adabiyotlarda turlicha ta'riflar bilan yoritilgan. Jumladan, «Multimedia - deganda turli shakldagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi» [2, 20], «Multimedia - bir vaqtning o'zida turli ko'rinishdagi axborotlardan: matn, grafika, tovush va boshqalardan foydalanishni ko'zda tutgan foydalanuvchi interfeysining kontseptsiyasi», «Multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko'rinishidir».

Ta'lim jarayoniga multimedia vositalari asosida ta'lim-tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, mant, grafika va animatsiya effektlari asosida o'quv materiallarini maktabgacha yoshdagi bolalarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir [3].

Multimedia vositalari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish quyidagi afzalliklarga ega:

A) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyati bor;

B) ta'lim-tarbiya olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada

ortadi;

V) ta'lim-tarbiya olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;

G) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo'lganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishiladi.

Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a'zolariga nisbatan ko'rish a'zolari yordamida qabul qilingan ma'lumotni besh marotaba ko'p eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a'zolariga nisbatan ko'rish a'zolaridan olinayotgan ma'lumotlar qayta kodlashtirilmay to'gridan-to'g'ri xotiraga o'tadi va saqlanadi [4].

Multimediali o'rgatuvchi dasturlar sirasini matn, grafika, video, tovush va animatsiyalar tashkil etadi, ya'ni kompyuterga yozilgan maxsus dasturni ishga tushiradi. Mazkur dasturlar asosan fanning nazariy bo'limidan, amaliy mashg'ulotlari va nazoratlardan iborat bo'lishi mumkin. Bunday dasturlar orqali olingan bilim tarbiyalanuvchi xotirasida ko'p vaqt saqlanadi va zarur bo'lganda amalda qo'llanish imkonini yuzaga keltiradi.

Rivojlanayotgan bir davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, erkin qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanishi shubhasizdir.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchlarning yoshiga va ta'lim dasturiga mosligi e'tiborga olingan holda, multimedia texnologiyasi asosida tashkil etish hamda maktabgacha ta'lim muassasalarining maktabga tayyorlov guruhlari o'quv rejasi asosida olib borish maqsadga muvoffiq hisoblanadi. Bu esa maktabgacha tayyorlov guruhlari bolalarini savodga o'rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg'ulotlarning samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotirada saqlay olish qobiliyatini rivojlantirishda ahamiyati juda katta. Jamiyatda o'z o'rniga ega, o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh kadr bo'lishi uchun fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirish zamon talabi hisoblanadi[5].

Xulosa qilib aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tizimida tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini savodga o'rgatishda multimedia vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarda eshitish va ko'rishdagi tafovut hisobga olinib, multimedia texnologiyalaridan foydalanish natijasida bolalarda ko'rish qobiliyatining faol harakati natijasida xotiraning to'g'rida-to'g'ri ishlashi amaliyotda kuzatilgan jarayondir.

REFERENCES

1. Aripov M. Informatika va axborot texnologiyasi asoslari. - T, Universitet, 2001.

2. Adilova S. Multimedia va ularni ta'lim jarayonida qo'llash // Pedagogik ta'lim-T.: TDPU, 2001. № 2. - B. 20-21

3. Begmatova N.X. , Aripov M. Multimediya texnologiyasidan foydalanish . T., 2012.

4. Maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari uchun o'quv modullari 3-modul: Bosh shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim. T., 2012.

5. Hojieva, Minovvarxon. "TERMINOLOGIK KOMPETENTLIK-BO'LAJAK FILOLOG MUTAXAS SISLARNI TAYYORLASHNING ASOSI SIFATIDA." Scientific journal of the Fergana State University 3 (2022): 35-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.