Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O`QITISH METODLARI VA YONDASHUVLARI (5-6 YOSH MISOLIDA)'

KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O`QITISH METODLARI VA YONDASHUVLARI (5-6 YOSH MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Play-based learning / ritm / lug'at o’yinlari / multimedia texnologiyasi / TPR. / Play-based learning / rhythm / vocabulary games / multimedia technology / TPR.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nargisa Ergashevna Saparova

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini turli hil metodlar va yondashuvlar asosida samarali tashkil etish bayon qilingan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalami savodga o‘rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg‘ulotlaming samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the effective organization of the English language to preschoolers based on various methods and approaches. The use of multimedia technology in the preparation groups of pre-school educational institutions is important for the development of the child's ability to remember, in addition to increasing the effectiveness of the training.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O`QITISH METODLARI VA YONDASHUVLARI (5-6 YOSH MISOLIDA)»

KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI OQITISH METODLARI VA YONDASHUVLARI (5-6 YOSH MISOLIDA)

Nargisa Ergashevna Saparova

Termiz davlat universiteti, Fakultetlararo chet tillari kafedrasi o'qituvchisi

nargisaergashevna7777@mail.ru

Ushbu maqola maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini turli hil metodlar va yondashuvlar asosida samarali tashkil etish bayon qilingan. Maktabgacha ta'lim muassasalari tayyorlov guruhlarida bolalami savodga o'rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish mashg'ulotlaming samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, bolaning xotiraga olish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: Play-based learning, ritm, lug'at o'yinlari, multimedia texnologiyasi, TPR.

This article describes the effective organization of the English language to preschoolers based on various methods and approaches. The use of multimedia technology in the preparation groups of pre-school educational institutions is important for the development of the child's ability to remember, in addition to increasing the effectiveness of the training.

Keywords: Play-based learning, rhythm, vocabulary games, multimedia technology, TPR.

Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sog'lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoit yaratilmoqda, hamda bolalarni maktabda muntazam ravishda ta'lim olishga tayyorlash ota-onalarga yordam berilmoqda. So'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya mazmuni, shakli vosita va metodlarini yangilashga alohida e'tibor berilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bolalarda aqliy faoliyatni dastlab muomala orqali, so'ng

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

mashg'ulotlar, o'yinlar, bilim berish orqali amalga oshirildi. Bu borada bir necha olimlar o'z fikrlarini ifoda etishgan, jumladan I.

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

V. Raxmanov, G.X. Bakiyeva, G.T. Maxkamova, F.R. Kadirova, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q. Sattorov va boshqalar. Erta ta'lim sohasida chet tilini o'qitishning ilmiy va uslubiy rivojlanishi hamda tanqidiy o'rganish masalalariga N. N. Achkasova, O. A. Osiyanova, N. A. Malkina, O. A. Denisenko, B. Cheptsova ish olib borishgan. Biroq, yurtimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga chet tilini, jumladan ingliz tilini o'rgatish xususida ilmiy tadqiqotlar yetarlicha emas.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Yoshdagi bolalarga, xususan 5-6 yoshdagi bolalarga, ingliz tilini o'qitish maxsus yondashuv va metodlarni talab etadi. Bu yoshdagi bolalar tabiatan qiziquvchan, faol va ko'proq o'yin orqali o'rganishga moyil bo'lgani sababli, ularning o'qitish usullari ham shunga mos bo'lishi kerak. Quyida ba'zi asosiy metodlar va turlari keltirilgan:

Metodlar va Yondashuvlar

O'yin orqali o'qitish (Play-based learning)

- Lug'at o'yinlari: Rasmli kartochkalar, so'zlarni qo'llash uchun oddiy

- Role-playing (Rol o'ynash): Turli rollarni ijro etish orqali tilni mashq qilish.

- Interaktiv o'yinlar: Kompyuter yoki planshet orqali taqdim etilgan o'yinlar.

O'yinlar talabalarning diqqatini jamlash va sinfni boshqarishga yordam beradi.

Ta'limda o'yinlardan foydalanish ham muhim sinfni boshqarish vositasidir.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga ingiliz tilini o'rgatishda turli usullardan foydalanish mumkun. Misol uchun tarbiyalanuvchilarga ingiliz tilini o'rgatishda mashg'ulotimizni turli o'yinlar orqali o'tkazishimiz mumkun. Mashg'ulotni boshlashdan oldin uni qanday tushuntirishni o'ylab ko'rishi kerak. Tushuntirish juda qisqa, aniq, lo'nda bo'lishi kerak. O'yin mazmuni, qoidalarini tushuntirishda mayda gaplardan xoli bo'lish zarur. Undan keyin o'yinchilardan kim qaysi yerda qanday holatda turishini aytib o'tish kerak. Uch yashar bolalarning bilim doirasi tor bo'ladi, diqqati doimo chalg'ib turadi. Shuning uchun bolalarga oddiy va ularga oson tushunadigan o'yinlarni o'rgatish kerak. Bunday o'yinlarda qush va hayvonlar yoki ularning rasmlari, o'yinchoqlar, ertaklardan foydalanilsa yaxshi bo'ladi. Bu o'yinlar, albatta, mazmunli va ibratli bo'lishi shart. Til materialini yaxshiroq bilgan kishi g'olib hisoblanadi . Shunday, kichik holatda bolalarga chet tilni o'rgatish ancha mushkul va mas'uliyatli. Bolalarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o'rgatish uchun ko'rish va eshitishni boshqarish mumkin:

o'yinlar.

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

Qo'shiqlar va She'rlar (Songs and Rhymes)

- Bolalar uchun mos keladigan qo'shiqlar orqali yangi so'zlar va iboralarni o'rganish.

- Ritm va rimoq orqali talaffuzni va yodlashni yaxshilash. Bu dumaloq raqslar, qo'shiqlar va sheriklar tanlovi bilan raqslar kabi an'anaviy o'yinlarning barcha turlari bo'lib, ular muloqot qobiliyatlarini egallashga emas, balki nutqning fonetik va ritmik-melodik jihatlarini yaxshilashga yordam beradi.

Cloud

What is fluffy?

What is white?

What can you see

When skies are bright?

What can float?

What brings rain?

What may be higher Than a bird or plane?

Say it out loud

Tovush va harakatlar (Total Physical Response - TPR)

- Tovushlar va harakatlarni birgalikda qo'llab, so'zlar va iboralarni harakat orqali o'rganish.

- Masalan, "jump" (sakra) so'zini aytib, bolalarni sakratish.

Hikoyalar va kitoblar (Storytelling and Picture Books)

- Rasmli kitoblarni o'qish va muhokama qilish orqali yangi so'zlarni o'rganish.

- Hikoyalar orqali tilning grammatik tuzilishini tushunish.

Matnli va multimediali materiallar (Multimedia Resources)

- Multfilmlar, bolalar uchun mo'ljallangan video darsliklar.

- Rasm va ovozli interaktiv dasturlar. Tarbiyalanuvchilar Present Continious tarkibini yaxshiroq o'zlashtirishlari uchun rasmli o'yinni qo'llash mumkin. Bolalarga hali ko'rmagan rasmlaridagi personaj nima qilayotganini topish taklif etiladi.

Masalan,

P1: is she running? P2: No, she isn't

P1: Is the girl standing? P 2: Yes, she is.

Rasmda ifodalangan harakatni to'g'ri topgan bolalar g'olib xisoblanadi. G'olib bo'lgan bola boshlovchi bo'lib boshqa rasmni oladi. Hikoya tuzish jarayonida bolalarning narsalarni ko'rib idrok etishi, eslab hikoya qilish,

Cloud!

tasavvur etib hikoya qilish kabi qismlarga bo'linadi. Ko'rgan narsalarni idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq materiallar

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalarning hammasi ham nutqning bog'liqligi va maqsadga yo'naltirilganligi bilan muhimdir.

TAHLIL VA NATIJALAR

Bu metodlar va yondashuvlardan foydalangan holda darsni samarali tashkil etish mumkin. Bolalarga qiziqarli va rag'batlantiruvchi usullar bilan o'rganishga yordam berish muhimdir. O'yinlar va interaktiv darslar bolalarning qiziqishini oshiradi va ularni til o'rganishga rag'batlantiradi. Kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini o'qitishda matnli va multimediali materiallar katta ahamiyatga ega. Bu materiallar bolalarning e'tiborini jalb qilishda va ularning o'rganish jarayonini qiziqarli va interaktiv qilishda juda samarali.

O'qitishning Turlari

Sinfxon o'qitish (Classroom Teaching)

An'anaviy maktabyoki bog'chasinflarida o'qitish. Bunda o'rganish qobilyatiga qarab bolalarni guruhlarga ajratib o'rgatish samarali natijalarni beradi.

Guruhli faoliyatlar va o'yinlar orqali tilni o'rganish.

Onlayn o'qitish (Online Teaching)

Zoom yoki boshqa platformalar orqali o'qituvchi bilan jonli darslar.

Onlayn resurslar va interaktiv o'yinlar yordamida mustaqil o'rganish.

Qo'shimcha darslar (Supplementary Lessons)

Bog'cha yoki maktabdan tashqari o'qituvchilar yoki repetitorlar orqali o'qitish.

Til markazlari va maxsus kurslar.

Uyda o'qitish (Homeschooling)

Ota-onalar tomonidan uyda o'qitish.

O'qitish materiallari va qo'llanmalar yordamida tilni o'rganish.

Bolalar ingliz tilini o'rganishda qiziqish va quvonch his qilishi uchun o'qitish jarayoni qiziqarli, ijodiy va interaktiv bo'lishi kerak. Bu yondashuvlar va metodlar orqali 5-6 yoshdagi bolalar ingliz tilini samarali va qulay o'rganishlari mumkin.

Yaxshi muhit yaratish: Ingliz tilini o'rganish uchun qulay va rag'batlantiruvchi muhit yaratish.

Muntazamlik va davomiylik: Har kuni yoki haftalik muntazam darslar o'tkazish.

Rag'batlantirish va maqtov: Bolalarning muvaffaqiyatlarini

XULOSA

maqtash va ularni rag'batlantirish.

B May, 2024

Multidisciplinary Scientific Journal

Ota-onalar ishtiroki: Ota-onalar ham ingliz tilini o'rganishda faol ishtirok etishi va qo'llab-quvvatlashi muhim.

REFERENCES

1. Z. Eshonqulova, and S. Saimova. "MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INGLIZ TILINI O'RGANISHNI DIDAKTIK LOYIHALASHTIRISH" Science and innovation, vol. 1, no. B8, 2022, pp. 10001002. doi: 10.5281/zenodo.7400504

2. Mustafoyeva Sitorabonu. "MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O'RGATISH USULLARI" Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, vol. 3, no. 5, 2022, pp. 38-42. https://doi.org/10.5281/zenodo.6696329

3. Karshieva B. F. A component of professional communicative competence in English is professional engineering knowledge //Journal of Universal Science Research. - 2023. - T. 1. - №. 12. - C. 257-261.

4. Fakhriddinovna, K. B., & Fakhriddinovna, U. N. (2021). The Use of Interactive Bilingual Learning for Teaching English Language the Ages Of 5-6. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 3, 135-138.

5. Ergashevna, S. N. (2023). PEDAGOGICAL PROCESS IN TRAINING SPECIAL SUBJECTS, TEACHING PROCESS, CONCEPT SYSTEM APPROACH. Open Access Repository, 4(3), 614-617.

6. Saparova, N. E. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASES OF TECHNOLOGIES FOR IMPROVING THE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN PRESCHOOL EDUCATION. Academic research in educational sciences, 2(11), 581-585.

@ • C

@ ©

https://t.me/ares uz

May, 20241

©

Multidisciplinary Scientific Journal

©

455

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.