Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
58
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta`lim / tarbiyachi / axloqiy sifatlar. o`sib ulg`ayish / kamol topish / farovonlig / shaxs manfaatlari / ijtimoiy xulq-atvor.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldasheva G.S.

Ushbu maqolada maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni yoritilgan. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o‘rni keng ko‘lamda o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O‘RNI»

Yuldasheva G.S.

UrDU Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYACHILIK KASBI VA UNING JAMIYATDA TUTGAN O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o'rni yoritilgan. Maktabgacha talim tashkilotlarida tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o'rni keng ko'lamda o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Maktabgacha talim, tarbiyachi, axloqiy sifatlar. o^sib ulg^ayish, kamol topish, farovonlig, shaxs manfaatlari, ijtimoiy xulq-atvor.

Yuldasheva G.S. teacher

Department of Preschool Education Methodology

Faculty of Pedagogy UrSU

TEACHING PROFESSION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS AND ITS ROLE IN SOCIETY

Abstract. This article describes the educational profession in preschool educational organizations and its role in society. The educational profession and its role in society have been widely studied in pre-school educational organizations.

Key words: Pre-school education, educator, moral qualities. growth, maturity, well-being, personal interests, social behavior.

Jamiyatimizning taraqqiy etishi, ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo shilishini ta'minlaydigan huquqiy demokratik davlat qurishni etuk va malakali yoshlarsiz hal etib bolmaydi. Shu bois respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va vazifasi inson va uning har tomonlama o' sib ulg ayishi, kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini royobga chiqarishning sharoitlarini, ularning ijtimoiy xulqatvorning andozalarini ozgartirishga qaratiladi.

Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni ozida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Shu jihatdan olib qaralganda maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida muhim o'rin tutadi. Maktabgacha ta'lim - bola tug'ilganidan to etti yoshgacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini, maktabgacha ta'lim tashkilot sharoitida

talim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini oz ichiga oladi. Har bir jamiyat o'zining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy ravnaqi uchun ma'suliyatli vazifani his etadigan, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdan manfaatdir. Zero, jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy zimmasiga har bir shaxs o'zining hayotidagi, o'z layoqati yo'nalishlarini kashf etishi, anglashi, xalq farovonligini oshirish yo'lida qo'lidan kelganicha samarali mehnat qilishi kabi ma'suliyat yuklangan. Jamiyatga yuklatilgan ushbu vazifalarni hal qilish ko'p jihatdan kelajak bunyodkorlarini tayyorlashga katta hissa qo'shuvchi tarbiyachilarning kasbiy mahoratiga bog'liq.

Bugungi kunda uzluksiz ta'limning muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim bosqichiga e'tibor har qachongidan ortib bormoqda. Ushbu ta'lim bosqichi keyingi ta'lim bosqichlarining poydevori ekani ham barchaga ma'lum.

O'zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko'p bosqichli ta'lim tizimiga o'tmoqda. O'quv-tarbiya jarayonida qo'llanilayotgan ta'lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o'rgatishi zarur. Xorijiy tajribalarini o'rganib, ularni mavjud sharoitimizga moslab tatbiq, amaliyotda foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ma'lumki, respublikamiz ta'lim-tarbiya tizimining boshlang'ich poydevori bo'lgan maktabgacha ta'limni sifatli va zamon talabi darajasida tashkil etilishini ta'minlash borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga sifatli tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish c hora-tadbirlari

to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi. Shu qaror bilan tasdiqlangan "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur"ning asosiy maqsadi, vazifalari va yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori da mavjud tizimli kamchiliklar, maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to'liq amalgaoshirishga to'sqinlik qilayotgan sabablar ko'rsatilgan. Ahamiyatli tomoni dunyo tajribasida hali kuzatilmagan yana bir qaror, ya'ni yurtboshimiz tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" PQ-3305-sonli Qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga berilgan sharhda ta'kidlanganidek: «... bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, har

jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasi dolzarbligicha qolmoqda». "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasi" sida esa "...maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish" masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab qo'yildi"

Yuqoridagi kabi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat hamda nodavlat tarmog'ini kengaytirish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlashda dasturilamalga aylandi. «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari» va «Ilk qadam» Davlat dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta'limni ham shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta'lim olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda yondashuvini talab etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish (rivojlanish) markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Pedagogik tajribalar shuni ko'rsatadiki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida shaxsga yo'naltirilgan yondashuv yetarlicha tadbiq etilmayapti. Shu maqsadda tadqiqotchilar tomonidan tarbiyalanuvchilarni pedagogik qo'llab -quvvatlash, ularning faolligini va bilishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, vositalarini va metodikasini ishlab chiqish muhimdir. Bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari ilmiy texnikaviytaraqqiyot jadallashayotgan davrda rivojlangan davlatlarda ancha ilgari shakllanganini inobatga olgan holda ular rivojlanishi, etimologiyasi, mashg'ulotlarda qo'llanilishi yuzasidan tarbiyachilar kengroq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Chunki bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim tarbiyachi va tarbilanuvchi o'rtasidagi o'zaro munosabat, hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, ta'lim oluvchini qadriyat sifatida e'tirof etilishi uchun sharoit yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Erkaboyeva N.Sh. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda pedagogik fikrlarning rivojlanshi (2002-2005-yillar), Monografiya. - T., 2006.

2. Zunnunov A. O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. - T.: Fan, 1996.

3. Boboyev H, G'afurov Z. O'zbekistonda siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ta'limot lartaraqqiyoti. - T., 2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.