Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
innovatsiya / kompetenlik / innovatsion jarayon / innovatsion fikrlash / innovatsion faoliyat / kompleks dastur

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova Nilufar Abdumavlyanovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta'lim jarayonlarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar, kompleks dastur tuzis, bunda innovatsiyani tadbiq etilishi zarur ketma-ketligini belgilash, innovatsiyani ta'lim jarayoniga kiritish kompleks dasturini ishlab chiqish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonni tashkil etish uchun ishlanmalar ishlab chiqish, tadbiq etish jarayoni, resurs ta'minoti (didaktik, moddiy, axborot vositalari), metodik, psixologik, tashkiliy ishlarni amalga oshirish yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA LIM JARAYONLARINI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION

YONDASHUVLAR

Karimova Nilufar Abdumavlyanovna

Toshkent shahar Olmazor tumani 423-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachi -metodisti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11256092

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonlarini tashkil etishga innovatsion yondashuvlar, kompleks dastur tuzis, bunda innovatsiyani tadbiq etilishi zarur ketma-ketligini belgilash, innovatsiyani ta'lim jarayoniga kiritish kompleks dasturini ishlab chiqish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayonni tashkil etish uchun ishlanmalar ishlab chiqish, tadbiq etish jarayoni, resurs ta'minoti (didaktik, moddiy, axborot vositalari), metodik, psixologik, tashkiliy ishlarni amalga oshirish yoritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, kompetenlik, innovatsion jarayon, innovatsion fikrlash, innovatsion faoliyat, kompleks dastur.

Аннотация. В статье рассмотрены инновационные подходы к организации образовательного процесса в дошкольных образовательных организациях, структура комплексной программы, определение необходимой последовательности внедрения инноваций, разработка комплексной программы внедрения инноваций в образовательный процесс, обучение в дошкольных образовательных организациях. Охватываются разработки организациями разработок для организации процесса, процесса внедрения, ресурсного обеспечения (дидактических, материальных, информационных средств), проведения методической, психологической, организационной работы.

Ключевые слова: инновация, компетентность, инновационный процесс, инновационное мышление, инновационная деятельность, комплексная программа.

Abstract. In the article, the creation of a system of preschool education, the creation of a system of preschool education, the creation of a program, the necessary sequence of researching innovation, the production of a comprehensive program of production of innovation into the educational process, in preschool educational institutions provide. development, implementation process, resource provision (didactic, material information, production), methodical, medical aid production are highlighted for the organization of the process.

Keywords: innovation, competence, innovative process, innovative thinking, innovative activity, complex program.

"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunni ta'lim jarayoniga tadbiq etishning dolzarb davri boshlandi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish bevosita maktabgacha ta'limda innovatsiyalarni kiritib borishni taqozo etadi.

Boshqacha aytganda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini innovatsion rejimda ish yuritishni tashkil etish, kundalik talabga aylanmokda.

Innovatsion faoliyatni tashkil etish hamda uni amalga oshirish direktor va pedagoglarning o'z ish faoliyatiga ma'suliyat bilan yondashishiga bog'liqdir. Buning

uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chuqur va atroflicha diagnostik tahlil o'tkazish talab etiladi. O'tkazilgan tahlillar asosida aniqlangan muammolar ularning yechimi va ta'lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etish vazifalari belgilanadi. Aniqlangan muammo va belgilangan vazifalarni amaliyotga tadbiq etish rejalari ishlab chiqiladi. Rej alarni tadbiq etish bo'yicha maxsus tadbirlar

tuziladi. Kutilayotgan aniq natijalarni olish uchun ish jarayoniga kuzatuv va tuzatishlar kiritib boriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotining an'anaviy boshqaruvidan hamkorlik ham ijodkorlik boshqaruviga o'tish uchun barcha choralar ko'rib boriladi.

Innovatsiyalar asosida ta'lim-tarbiyaviy ishni tashkil etish direktor, metodist, tarbiyachilardan juda ko'plab bilimdonlikni, kompetentlikni ilg'or texnologiyalarni o'qib o'rganishni talab etadi.

Innovatsion faoliyatda ish yuritish uchun direktor, metodist, tarbiyachilar innovatikaning asosiy tushunchalari ma'no-mazmunining mohiyatini o'rganishi, o'zlashtirib olishlari talab etiladi. Ya'ni pedagogik yangilik nima? Innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion fikrlash, innovatsion faoliyat kabilarni mustaqil o'qib o'rganish juda muhimdir.

Endi innovatsion jarayonni boshqarish va uning bosqichlari haqida to'xtalamiz.

I- bosqich. Tayyorlov bosqichi:

Maktabgacha ta'lim tashkilotining tashqi muhiti va ichki tomonlarini chuqur diagnostik tahlil qilish. Bunda quyidagi ishlarni amalga oshirish:

• Normativ dasturiy hujjatlar asosida ta'lim oldida turgan vazifalarni o'rganish, innovatsion g'oya va yangiliklarni izlash, topish va ularni bankini yaratish. Tashkilotdagi ta'lim-tarbiya amaliyotini tahlil qilish muammolarni aniqlash va nimalarni yangilash zarurligini aniqlash.

II- bosqich. Loyihalash:

• Namunali me'yorni

• Tatbiq etish uchun ideal natija (mag'sulot)ni belgilash:

Bunda pedagog amaliyotni o'zgartirish uchun etalon norma andozasi tuzilishini belgilash. Tadbiq etilishi zarur bo'lgan g'oyani izlash, topish, undan kutilayotgan natijaga qarab ta'lim jarayonini optimallash, muammoning ilmiy yechimini topish.

III- bosqich. Dasturlash:

• Kompleks dastur tuzish:

•Bunda innovatsiyani tadbiq etilishi zarur ketma-ketligini belgilash. Innovatsiyani ta'lim jarayoniga kiritish kompleks dasturini ishlab chiqish.

IV- bosqich.Tashkil etish.

• Ishlanmalar yaratish

• Tadbiq etish jarayoni

Resurs ta'minoti (didaktik, moddiy, axborot vositalari)

• Metodik, psixologik, tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

• Innovatsiyalarning muammolari, ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalar o'rnatish.

V- bosqich.Korreksiyalash

• Yangilikni tadbiq etishda joriy va yakuniy nazorat o'rnatish

• Kutilayotgan natija borayotgan jarayonga o'z vaqtida korrektirovka (tuzatishlar)

kiritish.

VI- bosqich. Ekspertizalash. Stabillashtirish

•Yangilikni tadbiq etish Boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish.

• Natijasi asosida uni amaliyotda keng qo'llash bo'yicha xulosa chiqarish. Yangilikni qo'llash yoki qo'lllamaslik bo'yicha takliflar tayyorlash.

VII- bosqich.Umumlashtirish va ommalashtirish.

•Yangilikni tadbiq etayotgan ta'lim tashkilotini rivojlanganlik darajasiga qarab, uni ta'lim tashkilotida keng targ'ib etish va tadbiq etish.

Biz yuqorida keltirgan algoritm asosida innovatsiyalar ta'lim-tarbiya jarayoniga keng joriy etilsa maktabgacha ta'limga qo'yilgan davlat talablarini to'la realizatsiya qilish imkoniyati yaratiladi. Bolalarni maktabga tayyorgarlik aqlan, jismonan, psixologik tayyorgarligi yangi talablar darajasida bo'lishiga erishiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonunni 2019 yil 16 dekabr. erishiladi

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-802-son qarori.

3. "Ilk qadam" takomillashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotining davlat o'quv dasturi.-T.:2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.