MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OILALAR VA MAXALLIY JAMOATCHILIK XAMKORLIKDAGI FAOLIYATDA PEDAGOGNING ROLI
Muxtaramova Nigina Raxmatilloevna
Ozbekiston, Samarqand viloyati Samarqand shaxar 95-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti
direktori
https://doi.org/10.5281/zenodo.11234567
Annotatsiya. Maktabgacha yoshdagi bolani to'liq tarbiyalash oila, mahalliy jamoatchilik va MTT o'rtasida yaqin hamkorlik sharoitida amalga oshiriladi. Ma'lumki, oila bolalarni ijtimoiylashishi uchun birinchi va eng muhim institutdir. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturini amalga oshirishda MTTlariga oila va mahalliy jamoatchiliklar bilan yaqindan hamkorlik qilish vazifalarni qo'ydi. MTTlarining asosiy vazifalaridan biri - bolalar tarbiyasida oilalarga professionalpedagogik-psixologikyordam ko'rsatishdan iborat bo'lib, shu bilan birgalikda uning o'rnini to'liq egallamasdan uning ta'lim funksiyalarini to'ldirish va to'liq amalga oshirishdan iborat.
Kalit so^zlar: individualyondashuv, maxalla, jamoatchilik, do'stona muloqat, ota-onalar, pedagog.
Аннотация. Полноценное воспитание дошкольника осуществляется в условиях тесного сотрудничества семьи, местного сообщества и ДОУ. Известно, что семья является первым и важнейшим институтом социализatsiи детей. В рамках реализaции государственной образовательной программы «Илк кадам» перед ДОУ была поставлена задача тесно сотрудничать с семьями и местными сообществами. Одной из основных задач ДОУ является профессиональная педагогическая и психологическая поддержка семей в воспитании детей заключается в том, чтобы показать и в то же время дополнить и полностью реализовать ее воспитательные функции, не заменяя ее полностью.
Ключевые слова: индивидуальный подход, сообщество, сообщество, дружеское общение, родители, педагог.
Abstract. Full education of a preschool child is carried out in the conditions of close cooperation between the family, local community and preschool educational organization. It is known that the family is the first and most important institution for the socialization of children. In the implementation of the "Ilk Kadam" state educational program, preschool educational organization were tasked with closely cooperating with families and local communities. One of the main tasks of preschool educational organizations is professional pedagogical and psychological support to families in raising children is to show, and at the same time to supplement and fully implement its educational functions without completely taking its place.
Keywords: individual approach, community, community, friendly communication, parents, pedagogue.
Bolalarni barkamol tarbiyalashga ularning ota-onalari va jamoatchilikning ta'lim jarayonida faol ishtirokisiz erishib bo'lmaydi, ota-onalarning MTT ning oila bilan hamkorligi borasidagi qarashlari turlicha bo'lganligi bois MTT sharoitlaridan ota-onalarning qoniqish jihatlari o'zgarib bormoqda. Ba'zi oilalarda ota-onalarning o'z farzandlarini tarbiyalash va shaxsiy rivojlanishi masalalarini hal qilishdan voz kechish tendensiyasi kuchaygan. Ba'zi ota-onalar esa faqat bolaning ovqatlanishi bilan qiziqishadi, ular MTT ni faqat bolalarni boqadigan joy deb
hisoblashadi. Boshqalar MTT ularning farzandlariga ta'lim berishlari kerak deb hisoblashadi. Tarbiyachilarning maslahatlarini e'tiborsiz qoldiradigan ota-onalar toifasi ham uchraydi. Ba'zi ota-onalar, ularning vazifasi faqat bolaning kiyinishini ta'minlashdir deb hisoblashadi. Ota-onalarning pedagogik faoliyat sohasiga jalb etilishi, ularning ta'limiy o'yin faoliyati jarayoniga qiziqishi o'z bolasi uchun juda muhimdir.
Xo'sh, qanday qilib tarbiyachi ota-onalarning ta'limiy o'yin faoliyati jarayoniga ko'proq jalb etilishi va faolligiga hissa qo'shishi mumkin?
Bolalarimizning yuqori sifatli ta'lim olishiga, ota-onalarning ehtiyojlari va bolalarning manfaatlarini to'liq qondirishga, bola uchun yagona ta'lim makonini yaratishga faqat erta bolalikdan vasiylik va oila o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning yangi tizimini ishlab chiqqan holdagina erishish mumkin.
MTTlari uchun o'zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo'lmaydigan afzalliklari
ko'p.
Bu tarbiyachilar va ota-onalarning bolalarni tarbiyalashda birgalikda ishlashga bo'lgan ijobiy qarashidir. Ota-onalar MTT lari har doim pedagogik muammolarni hal qilishda yordam berishiga va shu bilan birga ularga hech qanday zarar yetkazmasligiga amindirlar, chunki ular oila nuqtai nazarini va bola bilan o'zaro munosabat bo'yicha takliflarni hisobga oladilar. Tarbiyachilar, o'z navbatida, pedagogik muammolarni hal qilishda ota-onalarning istaklarini inobatga oladilar.
Bu erda bolalar asosiy manfaatdor taraf hisoblanadi.
Bu bolaning shaxsiy xususiyatlarini inobatga olishni taqozo etadi, tarbiyachi esa oila bilan doimiy aloqada bo'lib, o'z tarbiyalanuvchisining o'ziga xos xususiyatlari va odatlarini biladi va faoliyatida ularni hisobga oladi, bu esa o'z navbatida pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishga omil bo'ladi.
Ota-onalar mustaqil ravishda maktabgacha yoshda bolaning rivojlanishi vatarbiyasida zarur deb hisoblagan yo'nalishni tanlaydilar va shakllantiradilar, shuning uchun ota-onalar bolani tarbiyalash uchun javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar. Bu oilaviy aloqalarni emotsional mustahkamlash, umumiy qiziqishlar va birgalikda biror bir faoliyatni olib borish deganidir. Bu oilada va MTTda bolalarni yagona dastur asosida tarbiyalash va ularni rivojlantirish uchun imkoniyatdir.
Bu oilaning turi, oilaning turmush tarzi va oilaviy munosabatlarni inobatga olish imkoniyatini yaratadi, avval ota-onalar bilan ishlashning an'anaviy shakllarida buni amalga oshirish imkoniyati mavjud emas edi. Tarbiyachi bolalarning oila turini aniqlagandan so'ng, ota-onalar bilan o'zaro ishlashning muvaffaqiyatli shaklini tanlashi mumkin.
MTT va oilaning ta'lim-tarbiya funksiyalari Tarbiyachi va ota-onalarning hamkorligi sheriklarning teng huquqli pozitsiyasini, o'zaro ta'sir qiluvchi tomonlarning individual imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda hurmat qilishni anglatadi va tarbiyachilar, ota-onalar va jamiyat o'rtasidagi hamkorlikni amalga oshirishning eng muhim usuli bu o'zaro munosabatdir, bunda ota-onalar passiv kuzatuvchi emas, balki faol ishtirokchilar bo'lib, o'quv jarayoni, bolalarni parvarish qilish sifatini oshirish va rivojlantirish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda jamoaning to'liq a'zolari sanaladi. Bularning barchasi biz ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlashni MTT faoliyatini muvaffaqiyatli tashkil etish va pedagogik faoliyatining muhim
sharti sifatida_ko'rib chiqishga imkon beradi. Tarbiya va rivojlanish vazifalari bolalar bog'chasi
oila bilan aloqani saqlab, uni o'z ishiga jalb qilgan taqdirdagina muvaffaqiyatli hal qilinishi mumkinligini ta'kidlaydi. Oila va yosh bolalarni parvarishlashning maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishiga ta'siri prinsipial ravishda pedagoglar, jamoat tashkilotlari va oilalarning
birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi, bunda tarbiya bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslar, tashkilotlar, jamoat tashkilotlari birgalikda harakat qilishlari, kelishilgan talablarni bir-birlariga ko'rsatishi, bir- birlariga yordam berishi, pedagogik ta'sirni to'ldirish va kuchaytirishi kerak. Agar bunday birdamlik va sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirishga erishilmasa, unda muvaffaqiyatga erishish qiyin.
MTT bilan oila va jamoatchilikning o'zaro hamkorligini tashkil etish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
1. Tarbiyachilar va ota-onalar o'rtasidagi do'stona muloqot .
Ushbu prinsip muloqotga ijobiy munosabatni bildiradi va ilk bolalik ta'limi tarbiyachilarining ota-onalar bilan olib boradigan barcha ishlariga asoslanadi. Tarbiyachilar har kuni ota-onalar bilan muloqot qilishadi va bu butun oilaning maktabgacha ta'limga munosabati qanday bo'lishiga bog'liq. Har kuni tarbiyachilar va ota-onalar o'rtasidagi xayrixohlik aloqasi alohida o'tkaziladigan tadbirdan ko'proq narsani anglatadi. Ushbu tamoyil muloqotga ijobiy munosabatni nazarda tutadi va tarbiyachilar butun faoliyati davomida ota-onalar bilan ishlashi uchun zamin yaratadi. Tarbiyachilarning ota-onalar kategoriyalari bilan muloqotida talabchan ohang mos emas.
2. Individual yondashuv. Hamkorlikning ushbu prinsipi nafaqat bolalar bilan ishlashda, balki ota-onalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar bilan muloqotda bo'lgan tarbiyachilar vaziyatni, ota-onalarning kayfiyatini his qilishlari kerak. Bu yerda tarbiyachilarning ota-onalarga ishonchi, hamdardligi va birgalikda muayyan vaziyatda bolaga qanday yordam berishini o'ylash qobiliyati va pedagogik qobiliyati muhim.
REFERENCES
1. "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi 2019 yil 17 dekabrda qabul kilingan 595-sonli O'RQ.
2. 2.O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. - Toshkent 2018.
3. 3.Grosheva I., Yevstafeva L., Maxmudova D., Nabixanova Sh., Pak S., Djanpeisova G., Isxakova M. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi maktabgacha ta'lim muassasalari uchun. 2018 y.
4. Say Ye.F., Grosheva I.V., Nazarova V.A., Ismailova M.A.. Posobie dlya trenerov "Vnedrenie gosudarstvennoy uchebnoy programmbi "Ilk qadam" dlya doshkolnbix obrazovatelnbix uchrejdeniy i gosudarstvennbix trebovaniy k razvitiyu detey rannego i doshkolnogo vozrasta Respubliki Uzbekistan". - Tashkent, 2019 g.
5. F.R. Valiyeva To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/