Научная статья на тему 'TARBIYACHI VA OTA-ONALARNING O‘ZARO HURMATGA ASOSLANGAN MULOQOTINING KALIT FAKTORLARI'

TARBIYACHI VA OTA-ONALARNING O‘ZARO HURMATGA ASOSLANGAN MULOQOTINING KALIT FAKTORLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
338
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muloqot / hamkorlik / talabchan ohang / munosabat / faktor / tinglash / ta’sirchan. / communication / collaboration / demanding tone / attitude / factor / listening / impressive.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Buzrukova, Dilorom Ma’mirxonovna

Maqolada tarbiyachi ota-onalar bilan muloqotga kirishish jarayonini bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni boshlashlaridan avvalroq amalga oshirilishi muhimligi va bu muloqot tarbiyalanuvchilar boshlang’ich ta’lim olishga o’tkazilgunga qadar davom etishi lozimligi, ota-onalarga qanday ma’lumotlar kerak ekanligini, qaysi axborotlarni eshitishni istashlarini aniqlashlari, shuningdek, tarbiyachi ota-onalardan qanday ma’lumotlar olishni xohlashini tushuntirishi, ota-onalar bilan muloqotga kirishning eng maqbul yo’lini aniqlay olishi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

KEY FACTORS FOR RESPECTFUL TEACHER-PARENT COMMUNICATION

In the article, the importance of communicating with parents before the children start attending preschool and the need to continue this communication until the children are transferred to primary education, what information parents need, it is thought that they can determine what information they want to hear, and also explain what kind of information they want to receive from parents, determine the most optimal way to communicate with parents.

Текст научной работы на тему «TARBIYACHI VA OTA-ONALARNING O‘ZARO HURMATGA ASOSLANGAN MULOQOTINING KALIT FAKTORLARI»



o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

TARBIYACHI VA OTA-ONALARNING O'ZARO HURMATGA ASOSLANGAN MULOQOTINING KALIT FAKTORLARI

Buzrukova Dilorom Ma'mirxonovna

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi E-mail: mdbuzrukova@gmail. com Tel: +99891-282-28-88

ANNOTATSIYA

Maqolada tarbiyachi ota-onalar bilan muloqotga kirishish jarayonini bolalar maktabgacha ta 'lim tashkilotiga borishni boshlashlaridan avvalroq amalga oshirilishi muhimligi va bu muloqot tarbiyalanuvchilar boshlang'ich ta'lim olishga o 'tkazilgunga qadar davom etishi lozimligi, ota-onalarga qanday ma'lumotlar kerak ekanligini, qaysi axborotlarni eshitishni istashlarini aniqlashlari, shuningdek, tarbiyachi ota-onalardan qanday ma'lumotlar olishni xohlashini tushuntirishi, ota-onalar bilan muloqotga kirishning eng maqbul yo'lini aniqlay olishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: muloqot, hamkorlik, talabchan ohang, munosabat, faktor, tinglash, ta 'sirchan.

In the article, the importance of communicating with parents before the children start attending preschool and the need to continue this communication until the children are transferred to primary education, what information parents need, it is thought that they can determine what information they want to hear, and also explain what kind of information they want to receive from parents, determine the most optimal way to communicate with parents.

Key words: communication, collaboration, demanding tone, attitude, factor, listening, impressive.

"Ilk qadam" davlat o'quv dasturida Maktabgacha ta'lim tashkilotlari oila va mahalliy jamoatchiliklar bilan yaqindan hamkorlik olib borishda samarali natijalarga erishilishi alohida ta'kidlangan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri-bolalar tarbiyasida oilalarga professional pedagogik-psixologik yordam ko'rsatishdan iborat bo'lib, shu bilan birgalikda uning o'rnini to'liq egallamasdan uning ta'lim funksiyalarini to'ldirish va to'liq amalga oshirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun o'zaro hamkorlik qilish jarayonining inkor qilib bo'lmaydigan afzalliklari ko'p. Bu tarbiyachilar va ota-onalarning bolalarni tarbiyalashda birgalikda ishlashga bo'lgan ijobiy qarashidir. Ota-onalar

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari har doim pedagogik muammolarni hal qilishda yordam berishiga va shu bilan birga ularga hech qanday zarar yetkazmasligiga amindirlar, chunki ular oila nuqtayi nazarini va bola bilan o'zaro munosabat bo'yicha takliflarni hisobga oladilar. Tarbiyachilar, o'z navbatida, pedagogik muammolarni hal qilishda ota-onalarning istaklarini inobatga oladilar. Bu yerda bolalar asosiy manfaatdor taraf hisoblanadi. Ushbu prinsip muloqotga ijobiy munosabatni bildiradi va ilk bolalik ta'limi tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan barcha ishlariga asoslanadi.Tarbiyachilar har kuni ota-onalar bilan muloqot qilishadi, butun oilaning maktabgacha ta'limga munosabati qanday bo'lishi, shu muloqotga bog'liq. Har kungi muloqot tarbiyachilr va ota-onalar o'rtasidagi xayrixohlik aloqasi o'tkaziladigan tadbirdan ko'proq narsani anglatadi. Muloqotdagi ijobiy munosabat tarbiyachilarga kundalik faoliyati davomida ota-onalar bilan ishlashi uchun zamin yaratadi. Tarbiyachilarning ota-onalar kategoriyalari bilan muloqotida talabchan ohang mos emas.Murabbiylik emas,balki hamkorlik muhim. Hamkorlikning individual yondashuv prinsipi nafaqat bolalar bilan ishlashda, balki ota-onalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar bilan muloqotda bo'lgan tarbiyachilar vaziyatni, ota-onalarning kayfiyatini his qilishlari kerak. Bu yerda tarbiyachilarning ota-onalarga ishonchi, hamdardligi va birgalikda muayyan vaziyatda bolaga qanday yordam berishini o'ylash qobiliyati va pedagogik qobiliyati muhim ahamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda aksariyat zamonaviy onalar va otalar ziyoli, bilimli va albatta o'z farzandlarini qanday tarbiyalash kerakligini yaxshi bilishadi. Shuning uchun bugungi kunda pedagogik bilimlarni o'rgatish va oddiy targ'ib qilish pozitsiyasi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin emas. Og'ir pedagogik vaziyatlarda oilaga o'zaro yordam va qo'llab-quvvatlash muhitini yaratish oilaviy muammolarni tushunish va yechimini topishda maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasining oila muammolarini hal qilishda samimiy yordam bermoqchi ekanligini e'tirof qilishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotining oila uchun ochiqligi har bir ota-onaga uning bolasi qanday yashayotganini va rivojlanishini bilish va ko'rish imkonyatini yaratib berishdan iboratdir. Bu muammoli vaziyatlarning paydo bo'lishini oldini olishda muhim ahamyatga ega bo'lib, tarbiyachilar va ota-onalar o'rtasida shaxsiy aloqalarni o'rnatish, har kuni ota-onalarga farzandi kunni qanday o'tkazganligi, nima o'rganganligi, qanday yutiqlarga erishganligi haqida ma'lumot berib borish kerak. Shuning asosida ota-onalarning psixologik qobilyatini qo'llab-quvvatlash zamonaviy davrning eng dolzarb vazifasiga aylandi. Oilalar bilan muloqotga kirishish jarayonini boshlash bolalar maktabgacha ta'lim tashkilotiga borishni boshlashlaridan avvalroq

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

amalga oshirilishi muhimdir va bu muloqot tarbiyalanuvchilar boshlang'ich ta'lim olishga o'tkazilgunga qadar davom etishi lozim. Biz ularga qanday ma'lumotlar kerak ekanligini, ular bizdan aynan qaysi axborotlarni eshitishni istashlarini aniqlashimiz, shuningdek, biz ulardan qanday ma'lumotlar olishni xohlashimizni tushuntirishimiz, ota-onalar bilan muloqotga kirishning eng maqbul yo'lini aniqlashimiz kerak. Shuningdek, munosabatlar va his-tuyg'ular ijobiy muloqot o'rnatishga ta'sir etishini hisobga olgan holda quydagilarga e'tibor berish juda muhimdir: So'zlovchini faqat eshitishgina emas, balki uning nima demoqchiligini tushunish, idrok etish, o'z diqqatini jamlagan holda hurmat bilan tinglash katta mahorat talab etadi. Oila a'zolari tarbiyachilar bilan bexijolat muloqotga kirishlariga sharoit yaratish uchun tarbiyachi no verbal muloqot elementlarini qo'llashi zarur, masalan, ularning ko'zlariga qarab tinglash, bosh qimirlatgan holda qiziqish namoyon qilib, ular bergan fikrlarni tasdiqlash va shu bilan so'zlashni davom ettirishlari uchun rag'batlantirishi lozim. Tarbiyachi ularni eshitib tushunganiga ishontirishi kerak, bunda o'z savollarini berishi, ularning fikrlarini takrorlagan holda so'zlashishi kerak bo'ladi. Oila vakillariga o'z fikrlari, g'oyalari, quvonch, maqsad va muammolarini ifodalashlari uchun vaqt va imkoniyat berish muhim. Tarbiyachi so'zlashdan ko'ra tinglash muhimroq ekanligini unutmasligi kerak. Faoliyati davomida ijobiy muloqot ko'nikmalaridan foydalanishda quyidagilarga amal qilishi maqsadaga muvofiq:

• Ota-onalarga savol yoki maslahat berishdan ko'ra ko'proq ularni tinglang. Og'zaki yoki yozma ravishda ota-onalarga farzandining tarbiyasi va rivojlanishi to'g'risida ma'lumot berib boring.

• Oilalarga ma'lumot uzatish va ulardan ma'lumot olishning individual usullaridan foydalaning.

• Ota-onalar bilan uchrashuvlarni ularga qulay vaqt va joyda rejalashtiring.

• Savol berayotganda yoki biror narsa haqida xabar berganda, oila tushunadigan tildan foydalaning.

• Ota-onalarga o'zlari va boshqa oila a'zolari bilan bog'liq mavzularni ular bilan muhokama qilishni istayotganingizni tushunishlariga imkon bering.

• Ota-onalarga hamkorlik rejalari haqida gapirishdan oldin, ularning istak va xohishlarini hisobga oling.

• Ota-onalarning takliflari, g'oyalari va maxsus so'rovlariga tezkorlik bilan javob bering.

• Oilalar va ularning farzandlariga oid qaror qabul qilishda o'zingizning muammoni hal qilish ko'nikmalaringizdan foydalaning.

Noqulay vaziyatlarda o'zini tutishni to'g'ri shakllantirish pedagoglar va ota-onalar o'rtasida sog'lom munosabatlarni saqlashi mumkin. Ota-onalar va pedagoglar

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

o'rtasida mumkin bo'lga ziddiyatli to'qnashuvlarning sababi ko'pincha ota-onalarning fikriga ko'ra, uning bolasiga nisbatan adolatsizlik sodir bo'lgan vaziyatdir. Ota-onalar o'z farzandlariga nisbatan noto'g'ri muomala qilinayotganligi, yetarlicha e'tibor berilmayotganligini ro'kach qiladilar. Muloqot qilish qiyin bo'lgan ota-onalarning ikkita asosiy turi mavjud. Bular quyidagilar:

Shikoyatlar yozadilar yoki pedagog bilan boshqacha tarzda nizolashadilar: Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yordam bermaydi, bolaning maktabgacha hayotiga "kirib bormagan", muloqotga kirishmaydi, pedagogning talablarini inobatga olmaydi. Bunday ota-onalar bilan ziddiyatli vaziyatni hal qilishda pedagog quyidagi xatti-harakatlarga rioya qilishi lozim:

• hech qachon ota-onalar bilan suhbatni bolaning xatti-harakatlaridagi salbiy holatlarni ko'rsatishdan boshlamang;

• begona odamlar huzurida ota-onalar bilan bolaning xatti-harakatlarini muhokama qilmang;

• oldin bolaning MTTdagi ijobiy taraflariga urg'u bering;

• ota-onalarning mulohazalari, shikoyatlari, ularning shubhalari, e'tirozlarini diqqat va sabr bilan tinglang;

• aniq, lo'nda javoblar, asosli maslahatlar berish maqsadga muvofiq;

• ota-onada farzandiga bo'lgan ishonchni tarbiyalash zarur;

• ota-onalarning izzat nafsiga qattiq tegmang;

ota-onalarning farzandlarini tarbiyalash tajribasi qanchalik kichik bo'lishidan qa'tiy nazar, ularning vakolatlarini kamsitmang.

Tarbiyachi va ota-onalarning ziddiyatdan chiqishlarini eng samarali usullari-bu hamkorlik va murosaga kelish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Shin A.V. Nazarova V.A. va boshqalar " Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik" metodik qo'llanma Toshkent-2020.

2. Shodiyeva Q. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi

3. Гиясова, В. (2023). ОСОБЕННОСТИ КОМПОЗИЦИИ РУССКИХ И УЗБЕКСКИХ СКАЗОК. Science and innovation in the education system, 2(5), 125129.

4. GIYOSOVA, V. (2019). Functioning of fairy-tale as one of the variety of folklore text in oral folk art. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6),

124-126.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

5. Buzrukova, D. M. (2023). "MUHABBAT" HISSIY KONSEPTINING TURLI LINGVOMADANIYAT VAKILLARI IDROKIDAGI TASVIRI. BARQARORLIK VA YETAKCHITADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 3(1), 178-183.

6. Mamurkhanovna, D. B. (2022). The Concept Of "Love" As An Important Element Of The Emotional World Landscape. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(5), 95-98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.