MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA
MASHG'ULOTLARIDA BOLALARGA FOLKLOR QO'SHIQLARNI
O'RGATISH
Muzaffar O'rinovich Naimov Denov tadbirkorlik va pedagogikka instituti
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa ta'limining o'ziga hos hususiyatlari haqida ma'lumot berilgan. Musiqa mashg'ulotlarida folklor qo'shiqlari ya'ni o'yin folklori, mavsumiy hamda marosim qo'shiqlarini o'rgatish orqali yosh avlodni milliy urf-odatlarimiz, marosimlar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishtirish haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek mashg'ulot jarayonida musiqa rahbari zimmasidagi yuklatiladigan mas'uliyatlar ko'rsatib o'tilgan.
Kalit so'zlar: marosim, folklor, an'ana, urf-odatlar, milliy qadriyatlar, hamohang, diapazon, metod, galagov
TEACHING FOLKLORE SONGS TO CHILDREN IN MUSIC LESSONS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS
Muzaffar Orinovich Naimov Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Abstract: This article provides information about the unique features of music education in preschool educational institutions. In the music classes, it was considered to familiarize the young generation with our national traditions, rituals and their history by teaching folklore songs, i.e. game folklore, seasonal and ceremonial songs. Also, during the training, the responsibilities of the music director were shown.
Keywords: ritual, folklore, tradition, customs, national values, harmony, range, method, galagov
Kirish: Yurtimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan barcha sohalarda bo'lgani kabi san'at va madaiyat sohasiga ham katta etibor qaratila boshlandi. Hususan, milliy o'ziga xoslikning shakllaninshida muhim omil sanalgan milliy madaniyatimizga, marosimlarga, an'anaviy musiqa va uning ijrochiligiga xususan folklor qo'shqilariga e'tibor nihoyatda oshdi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek: "Tengsiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz san'atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni
ITFVE^^Hl 204 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg'or fikrli olimlar va san'atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir". Demak, folklor san'atiga xos ijro uslublarida yaratilgan musiqiy namunalarni MTT tarbiyalanuvchilariga o'rgatish musiqa rahbari zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda. Malumki, folklor qo'shiqlari ajdodlarimizdan bizgacha bobodan o'g'ilga, momodan qizga, ustozdan shogirdga an'anaviy ya'ni og'izdan og'izga o'tib o'g'zaki tarzda yetib kelgan. Respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilgan folklor-etnografik ansambllar ana shunday xayrli ishni ya'ni folkolr qo'shiqlarini ommaviy tadbirlarda, umumxalq bayramlarida, festivallarda, ko'rik tanlovlarda zamonga moslashtirib, sayqallashtirilib ijro etishmaqda. Pirovardida, folklor qo'shiqlari yanada rivojlanib kelmoqda. Shunday ekan MTT tarbiyalanuvchilari ham folklor qo'shiqlarini o'rganish orqali qadimiy urf-odatlar, udumlarimiz mavsumiy, oilaviy mehnat marosimlari bilan bog'liq qo'shiqlarni kuylash orqali milliy qadryatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalanadilar.
Bolalarga folklor qo'shiqlarini o'rgatish jarayonida bolalar yoshini inobatga olinishi muhimdir. Folklor qo'shiqlarini o'rgatish jarayonini qo'shiqlarning kelib chiqish tarixi, asrlar silsilasidan o'tib bizga qadar yetib kelish bosqichlarini tarbiyachi pedagog ertak tarzida bolajonlar yetkazib beririshi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayonda tarbiyachi nafaqat bir asar tarixi haqida bilim beradi, balki yosh avlod qalbida ezgulikka, tarixiy voqeylikka hurmat ruhini shakllantira boradi. Bu esa pedagogikaning bosh maqsadlaridan biridir.
Shu bilan bir qatorda asarning audio, video variyantlariga ham e'tibor qaratish lozim. Folklor qo'shiqlarning aksariyat qismini marosimlar bilan bog'liq qo'shiqlar tashkil etadi. Xususan, Surxon marosim qo'shiqlari 3 turkumga bo'linadi: mavsumiy-marosim, oilaviy-maishiy qo'shiqlari va diniy ibodat aytimlari. Mavsumiy-marosim qo'shiqlari mazmun jihatidan, bajarayotgan vazifasi va ijro uslubiga ko'ra quyidagilarga tavsiflanadi:
1. Umumxalq marosim va bayramlari bilan bog'liq, masalan, Navro'z qo'shiqlari (Navro'z, Jarchilar qo'shig'i, Muborakbod, Yilboshi, Navro'znoma, Sumalak, Boychechak, Lola sayli, Hey lola, Xalinchak va boshqalar).
2. Yil fasli, ya'ni mavsum va mavsumiy-mehnat marosimlari qo'shiqlari bahor, yer haydash, ekin ekish, yoz, kuz, qish vaqtida (Shohmoylar, Qo'sh haydash, Dehqonlar qo'shig'i, Sust xotin, Turna keldi, Hamal, O'roqchi, Mayda, Shamol chaqirish, Choy momo, Qor chaqirish, Do'rsi-do'rsi, Shohi Naqshband va boshqalar)
3. Yilnoma va tavqim bilan bog'liq qo'shiqlar ( Yo ramozon yoki Yo rabiman).
Oilaviy marosim qo'shiqlari uch guruhga bo'linadi:
1. To'y-marosim qo'shiqlari.
2. A'za-motam aytimlari.
3. Oilaviy-maishiy marosim aytimlari.
205 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
To'y-marosimlariga "Beshik to'y", "Soch olar to'y", "Sunnat to'y", "Muchal to'y", "Nikoh to'y"lar kiradi. To'y-marosim qo'shiqlariga (Hay yorey, hay do'st", "O'ian", "Yor-yor", "Kelin salom","Muchal" qo'shiqlari va boshqalar).
Bahorda nishonlanadigan bayramlardan eng qadimiysi "Navro'z" bayramidir. Navro'z bayramida yigit-qizlar bayramona milliy liboslar kiyib, boshlariga gulchambarlar taqishib, raqsga tushib, bahorning elchisi boychechakka atab "Boychechak" qo'shig'ini kuylaganlar:
Boychechak chiqibdi bugun Navro'z ekan, Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. Hamma bir-biriga jigar so'z ekan-o, Boychechak chiqibdi bugun Navro'z ekan.
Mehnat jarayoni bilan bog'liq mavsumiy-marosim qo'shiqlari kishilarning mehnat turi bilan bog'liqdir. Bu kabi qo'shiqlardan yana biri "Mayda" qo'shig'idir. O'rib olingan hosilni dehqonlar xirmonga to'plashib, uni quritishib, so'ngra qo'sh ho'kizlar yordamida galagov qilib yanchishgan. Mana shu jarayonda "Mayda" qo'shig'ini kuylashgan:
Mayda desam ho'p deding - maydayo, mayda, Somonini ko'p deding maydayo, mayda. Mayda qilsang yarashar maydayo, mayda, Jami jonvor qarashar maydayo, mayda.
Qo'shiq quvnoq ohangda ijro etiladi. Bolalar bunday qo'shiqlarni zavq-shavq bilan, ko'tarinki kayfiyatda kuylashadi. Yakka qo'shiq kuylashdan jamoa bo'lib folklor qo'shiqlarni kuylash biroz mehnatni ko'proq talab etadi. Folklor qo'shiqni kuylaganda faqat kuylash emas, balki raqs harakatlari bilan hamohangligida bajarib kuylashlari kerak. Shuning uchun musiqa rahbari bilan raqs mutaxasisslari bilan hamfikr bo'lib ishlasagina yaxshi natijaga erishishlari mumkin. Musiqa rahbaridan yana bir mas'uliyatli jihat talab etiladi. Folklor qo'shiqlarni bolalar ovoziga ya'ni diapozoniga moslashtirish mas'uliyati bo'ladi. Bunday ishlar amalga oshirilsa bolalar ovozida zo'riqish sezilmaydi, natijada bolalar erkin holda bemalol kuylay olishadi.
MTT da musiqa rahbari so'zlash, ko'rgazmalik va amaliy metodlardan ham unumli foydalana olsagina asl maqsadiga erishgan bo'ladi. Folklor qo'shiqlarni kuylagan bolalarda vatanparvarlik, bahodirlik, mardlik, jasurlik hamda milliy qadryatlarimizga hurmat ruhi mujassam bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev.Sh.M "O'tmishning aks sadosi, bugungi kunning jarangdor ovozi" Xalq so'zi - 2019.7-aprel №68 (7298)-51.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26- apreldagi PQ-304-sonli "Baxshichilik va dostonchilik" to'g'risidagi qarori.
ITÏy^^^BI 206 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJlF 2022)
3. Naimov.M.O'. "Qadim Surxon navolari" - T. San'at 2006
4. Qurbonov.S "Folklor musiqa o'qitish metodikais" T.Ilm-Ziyo-Zakovot 2021.
5. G'affurov.H "Xalq o'yinlari, qo'shiqlari va an'analariga bir nazar"
6. Toshkent, Kamalak 1992.
207
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)