Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh.B.Sherqulova

Boshqarish jarayoni bir tomondan, menejerning maqsadlari, koʻrsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan esa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qoʻyilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan potensialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan kelib chiqadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH

Sh.B.Sherqulova

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani 18-DMTT gHpeKTopH https://doi.org/10.5281/zenodo.11274951

Boshqarish jarayoni bir tomondan, menejerning maqsadlari, ko'rsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan esa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qo'yilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan potensialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan kelib chiqadi.

Boshqaruv uslubi deganda menejer xulqining odatiy ko'rinishi va o'zini tutish usullari tushuniladi.

Qabul qilinadigan qarorlarda boshqaruvchilarning ishtirokiga ko'ra boshqaruvning ideal-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi.

Boshqaruvning avtoritar uslubi menejer uchun hokimiyat mavjud bo'lganda irodaning yakka shaxsliligi va markazlashganligini namoyon bo'lishi bilan ajralib turadi. Menejer hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim. Bunda turli holatlar ko'zga ko'rinadi:

• buyruqbozlik uslubi. Menejer boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va qat'iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga ergashishga majburlar;

• avtokratik uslub. Bunda menejer ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud;

Ma'muriy rahbar xatti-harakatining to'rt uslubini shartli ravishda farqlash mumkin:

■ avtokratik: rahbar — bajaruvchi;

■ byurokratik: boshqaruv "nomenklatura g'ildiragi" — bajaruvchi;

■ demokratik: rahbar — boshqaruv "ijtimoiy g'ildiragi" — bajaruvchi;

■ aristokratik: rahbar — mehnatni rag'batlantirish tizimi - bajaruvchi.

Boshqaruvga oid ilmiy adabiyotlarning tahlillariga ko'ra, rahbarlikni uch tipga ajratiladi. Bular avtoritar, demokratik va erkin (liberal).

Avtoritar rahbar - qarorlarni yakka o'zi qabul qiladi va bo'ysunuvchilarning xatti-harakatlarini, ularga tashabbus ko'rsatish imkoniyatini bermay, qat'iy ravishda belgilaydi. Bunday rahbarga o'z shaxsini yuqori baholash va qo'l ostidagilarning ishchanlik va insoniy sifatlariga yetarli baho bermaslik xos. U odatda o'zini va u boshqarayotgan tashkilotni, o'zini va unga bo'ysungan jamoani bir-biriga tenglashtiradi, ko'pincha ishda "yonadi", o'zini u siz tasavvur qila olmaydi, shaxsiy hayotini unutadi, kuchini ayamasdan, lekin qo'l ostidagilari haqida qayg'urmasdan ishlaydi. Avtoritar rahbar ko'pincha hech qanday harakatlarni, shu jumladan insonlarni ham ayamasdan ishlab chiqarish maqsadlariga erishishni ko'zlaydi. Bunday rahbar bilan birga kishilar o'zlarini "vulqon"dagidek, favquloddagi vaziyat holatida his qiladilar. Ularni zaruriyatsiz bezovta qiladilar, asablariga tegadilar, haddan tashqari ishlatadilar. Bunday tipni "Rahbar o'zini qanday tutmasligi kerak" degan qo'llanmaga kiritish mumkin. Biroq avtokratni qattiqqo'l rahbar bilan adashtirmaslik kerak.

Rahbarlikning demokratik uslubi bo'ysunuvchilarga ularning malakasi va ish xususiyatlariga mos bo'lgan mustaqillikni berish, ishlab chiqarish masalalarini ularning bevosita ishtirokida yoki hech bo'lmaganda ular bilan muhokama qilingandan so'ng hal qilish, ularning ishlashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning harakatlarini xolis baholash, insonlarga ijobiy munosabatda bo'lish va ularning ehtiyojlari haqida o'ylash kabilarni ko'zlaydi.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

Liberal uslub. Buni ko'pincha rahbar ishni o'z holiga tashlab qo'yganda albatta, samarasiz sifatida ko'radilar. Ammo ayrim kichik jamoalarda, qayerda yuzaki majburlash va faoliyatni yo'naltirish talab qilinsa, u juda muhim, bunday uslub xodimlar bilan xushmuomala bo'lishni, ularning ish jarayoniga minimal aralashishni, bo'ysunuvchilar fikrini hurmatlashni, ishga doir bahslarini rag'batlantirishni va shu kabilarni ko'zlaydi.

Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritadigan zamonaviy rahbar eng avvalo, rahbarlik qilayotgan tashkilotning strategiyasi, yo'nalishi, maqsadlari va istiqbollarini yaxshi o'rgangan bo'lishi lozim. Rahbar, shuningdek, kadrlar siyosatini, qayerga qanday darajali mutaxassis zarurligini bilishi va sohalarning aniq, puxta bilimlarga ega bo'lishi lozim.

Xulosa qiladigan bo'lsak, zamonaviy rahbar ilmiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish bilan birga, u boshqaruv san'atini mukammal egallagan bo'lishi, shaxs sifatida insoniy qadriyatlar, urf-odat va atrofdagi odamlarning maqsadlari, niyatlarini to'liq tushunib yetishi, hurmat qilishi lozim. Shuningdek, tashkilotni boshqarishda rahbar xodimlar mehnatini to'g'ri tashkil qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ular inson resurslarini samarali boshqarishi uchun boshqaruv uslublari, boshqaruv taktika va strategiyasi, unda qo'llaniladigan vositalar haqida yetarli bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Boshqaruvning avtoritar, aloqadorlik va avtonom uslublari mavjud bo'lib, rahbarlar turli vaziyatlarda ulardan unumli foydalana bilishi zarur. Rahbarlar qanday uslublarga ko'proq e'tibor berishiga qarab ularni avtoritar, demokrat va liberal rahbarlarga ajratish mumkin.

REFERENCES

1. 2019-yil 16-dekabrdagi 595-sonli "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni

2. Fatxuddinov R.A. "Innovatsionnbiy menedjment: klassifikatsiya, strukturw i otlichitelnwe chertw innovatsionnwx organizatsiy; Ekonomicheskiye zonbi, zakonw organizatsii, nauchnwe podxod w i printsipw i dr.": Uchebnik dlya vuzov. Izd.5-e, ispr., dop. "Piter", 2007.

3. Yo'ldoshev N.Q. Strategik menejment. Darslik. - T.: TDIU, 2012.

4. Yo'ldoshev N.Q., Nabokov V.I. Menejment nazariyasi. Darslik. T.: TDIU, 2012.

5. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

6. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.