BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINING AMALIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INSON RESURSLARINI
BOSHQARISH TAMOYILLARI Beknayeva Shahnoza Vladimirovna
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutxassislarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish instituti 2-bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10680708
Annotatsiya. Maktabgacha ta'limda inson resurslari salohiyati va saviyasiga ta'sir etuvchi omillar. Inson resurslarini boshqarishning ilg'or xorijiy tajribalari va ulardan respublikamiz maktabgacha ta'lim tashkilotlaridafoydalanish maqsadlariyoritib berilgan.
Kalit so'zlar: kadrlar siyosati, boshqaruv, tamoyil, rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat
Boshqarish jarayoni bir tomondan, menejerning maqsadlari, ko'rsatmalari va qobiliyatlari bilan, boshqa tomondan esa boshqaruv amalga oshirilayotgan vaziyat bilan aniqlanadi. Vaziyatni aniqlovchi omillar masalaning qo'yilishidan, xodimlar muammolarini hal qilish uchun nazarda tutilgan potensialdan va tashqi muhitning hukmron sharoitlaridan kelib chiqadi.
Boshqaruv uslubi deganda menejer xulqining odatiy ko'rinishi va o'zini tutish usullari tushuniladi.
Qabul qilinadigan qarorlarda boshqaruvchilarning ishtirokiga ko'ra boshqaruvning ideal-tipik avtoritar, aloqadorlik va avtonom (muxtor) uslublari ajratiladi.
Boshqaruvning avtoritar uslubi menejer uchun hokimiyat mavjud bo'lganda irodaning yakka shaxsliligi va markazlashganligini namoyon bo'lishi bilan ajralib turadi. Menejer hal qiladi va buyuradi, xodimlar bu farmoyishlarni bajarishlari lozim. Bunda turli holatlar ko'zga ko'rinadi:
• buyruqbozlik uslubi. Menejer boshqariluvchilarning ishtirokisiz hal qiladi va qat'iy buyuradi, xodimlar jazolar xavfi ostida unga ergashishga majburlar;
• avtokratik uslub. Bunda menejer ixtiyorida hokimiyat uchun katta apparat mavjud;
• byurokratik uslub. Menejer obro'si bu yerda rasmiy tabaqaviy tartiblardan kelib chiqadi. Menejerlar va xodimlar bitta batafsil qoidalar tizimiga bo'ysunadilar;
• patriarhal (matriarhal) uslub. Menejer "oila boshlig'i" obro'si yordamida qayg'urib va butun javobgarlikni o'z zimmasiga olib, qarorni tushuntiradi va buyuradi, xodimlar unga bo'lgan cheksiz ishonch asosida bo'ysunadilar;
• xushmoyillik uslubi. Menejer o'z obro'sini shaxsning eng yaxshi takrorlanmas sifatlari asosida qaror toptiradi va shunga yarasha yuqori shaxsiy mavqega erishadi, xodimlar uning qarorlari ortidan ergashadilar, chunki uning ichki ijobiy xislatlariga ishonadilar.
Boshqaruvning aloqadorlik uslubi qarorlar qabul qilish jarayonida xodimlarning ishtiroki bilan ajralib turadi. Bunda quyidagi holatlarni farqlash muhim:
• kommunikatsiya uslubi. Menejer o'z qarorini qabul qilinganini aytishga qiynaladi va shuning uchun xodimlarga ma'lum qilgandan keyingina qaror chiqaradi, xodimlar savollar berishi, o'z fikrini bildirishi mumkin, biroq, farmoyishlarga rioya qilishlari kerak;
• maslahat uslubi. Menejer qarorlarni faqat batafsil axborot va bahslashuvdan so'nggina qabul qiladi, shuningdek xodimlar tomonidan qaror va muammoning optimal yechimlari to'g'risida kiritilgan takliflarni inobatga oladi. Xodimlar, muhokamaviy ishtirok etib, qabul qilingan qarorlarni bajaradilar;
• qo'shma qarorli boshqarish uslubi. Bunda menejer muammoni o'rtaga qo'yadi va uni hal qilish uchun cheklangan shart-sharoitlarni o'rnatadi, xodimlar kelishilgan chegaralarda o'tkaziladigan tadbirlar to'g'risida mustaqil qaror chiqaradilar, menejer ruxsat beradi, lekin ta'qikqash huquqini saqlab qoladi;
• avtonom uslubi. Menejer hal qilish jarayonida o'z zimmasiga moderator (ya'ni o'zini chetga oluvchi) rolini oladi va yechimlarni jamlashga qiynaladi, xodimlar mustaqil chegaralar belgilanmagan holda, odatda ko'pchilik bilan qaror qabul qiladilar.
Ma'muriy rahbar xatti-harakatining to'rt uslubini shartli ravishda farqlash mumkin:
■ avtokratik: rahbar — bajaruvchi;
■ byurokratik: boshqaruv "nomenklatura g'ildiragi" — bajaruvchi;
■ demokratik: rahbar — boshqaruv "ijtimoiy g'ildiragi" — bajaruvchi;
■ aristokratik: rahbar — mehnatni rag'batlantirish tizimi - bajaruvchi.
Boshqaruvga oid ilmiy adabiyotlarning tahlillariga ko'ra, rahbarlikni uch tipga ajratiladi. Bular avtoritar, demokratik va erkin (liberal).
Avtoritar rahbar - qarorlarni yakka o'zi qabul qiladi va bo'ysunuvchilarning xatti-harakatlarini, ularga tashabbus ko'rsatish imkoniyatini bermay, qat'iy ravishda belgilaydi. Bunday rahbarga o'z shaxsini yuqori baholash va qo'l ostidagilarning ishchanlik va insoniy sifatlariga yetarli baho bermaslik xos. U odatda o'zini va u boshqarayotgan tashkilotni, o'zini va unga bo'ysungan jamoani bir-biriga tenglashtiradi, ko'pincha ishda "yonadi", o'zini u siz tasavvur qila olmaydi, shaxsiy hayotini unutadi, kuchini ayamasdan, lekin qo'l ostidagilari haqida qayg'urmasdan ishlaydi. Avtoritar rahbar ko'pincha hech qanday harakatlarni, shu jumladan insonlarni ham ayamasdan ishlab chiqarish maqsadlariga erishishni ko'zlaydi. Bunday rahbar bilan birga kishilar o'zlarini "vulqon"dagidek, favquloddagi vaziyat holatida his qiladilar. Ularni zaruriyatsiz bezovta qiladilar, asablariga tegadilar, haddan tashqari ishlatadilar. Bunday tipni "Rahbar o'zini qanday tutmasligi kerak" degan qo'llanmaga kiritish mumkin. Biroq avtokratni qattiqqo'l rahbar bilan adashtirmaslik kerak.
Rahbarlikning demokratik uslubi bo'ysunuvchilarga ularning malakasi va ish xususiyatlariga mos bo'lgan mustaqillikni berish, ishlab chiqarish masalalarini ularning bevosita ishtirokida yoki hech bo'lmaganda ular bilan muhokama qilingandan so'ng hal qilish, ularning ishlashi uchun zaruriy sharoitlarni yaratish, ularning harakatlarini xolis baholash, insonlarga ijobiy munosabatda bo'lish va ularning ehtiyojlari haqida o'ylash kabilarni ko'zlaydi. Rahbarning bunday harakatlari nafaqat yakkaboshchilik prinsiplarini barbod qilib anarxiyaga olib keladi, balki rahbarning real hokimligini va obro'sini mustahkamlaydi, jamoada unumli ish sharoitini yaratishga ko'maklashadi. Rahbarlikning bu uslubida qo'l ostidagilarning tashvishlari va qiziqishlarini bilish zarur. Yirik yapon firmalarining birida shunday qoida mavjud: "Haftada soat, oyda kun". Aynan shunday davriylik bilan yuqori rahbarlikni o'z ichiga olgan ma'muriyat sexga keladi va xodimlar bilan yonma-yon konveyerda ishlaydi. Bunday amaliyot tashabbuskorlari hisoblaganidek, bu xodimlar bilan aloqani saqlashga, ularning kayfiyati, ish va turmush sharoitlarini bilishga imkon beradi. Rahbarlikning bunday uslubi eng ma'qul hisoblanadi.
Liberal uslub. Buni ko'pincha rahbar ishni o'z holiga tashlab qo'yganda albatta, samarasiz sifatida ko'radilar. Ammo ayrim kichik jamoalarda, qayerda yuzaki majburlash va faoliyatni yo'naltirish talab qilinsa, u juda muhim, bunday uslub xodimlar bilan xushmuomala bo'lishni, ularning ish jarayoniga minimal aralashishni, bo'ysunuvchilar fikrini hurmatlashni, ishga doir bahslarini rag'batlantirishni va shu kabilarni ko'zlaydi.
Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritadigan zamonaviy rahbar eng avvalo, rahbarlik qilayotgan tashkilotning strategiyasi, yo'nalishi, maqsadlari va istiqbollarini yaxshi o'rgangan bo'lishi lozim. Rahbar, shuningdek, kadrlar siyosatini, qayerga qanday darajali mutaxassis zarurligini bilishi va sohalarning aniq, puxta bilimlarga ega bo'lishi lozim.
Xulosa qiladigan bo'lsak, zamonaviy rahbar ilmiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish bilan birga, u boshqaruv san'atini mukammal egallagan bo'lishi, shaxs sifatida insoniy qadriyatlar, urf-odat va atrofdagi odamlarning maqsadlari, niyatlarini to'liq tushunib yetishi, hurmat qilishi lozim. Shuningdek, tashkilotni boshqarishda rahbar xodimlar mehnatini to'g'ri tashkil qilish nihoyatda katta ahamiyatga ega. Ular inson resurslarini samarali boshqarishi uchun boshqaruv uslublari, boshqaruv taktika va strategiyasi, unda qo'llaniladigan vositalar haqida yetarli bilimlarga ega bo'lishlari kerak. Boshqaruvning avtoritar, aloqadorlik va avtonom uslublari mavjud bo'lib, rahbarlar turli vaziyatlarda ulardan unumli foydalana bilishi zarur. Rahbarlar qanday uslublarga ko'proq e'tibor berishiga qarab ularni avtoritar, demokrat va liberal rahbarlarga ajratish mumkin.
REFERENCES
1. Zigert, Verner. Rukovodit bez konfliktov / Vernenr Zigert; sokra^. per. s nem. N.V. Vardul, A.D. Bogomolova; nauchn.red., avt. predisl. A.L. Juravlev. — M.: Ekonomika, 1990. — 335 s.
2. Filosofskiy slovar / V.N. Miroshnichenko, L.V. Ostapenko, E.V. Shaxova. -M., 2004.- 560 s.
3. Shalayev, V.P. Genezis i sotsialnbiy smbisl sistemno-sinergeticheskoy paradigmbi: dis... d-ra filos. nauk. — N. Novgorod, 1997. -305 s.
4. Diyev, B.C. Upravleniye kak obyekt filosofskogo analiza / B.C. Diyev // Tezisbi Rossiyskogo filosofskogo kongressa: v 7 t. T.4. — SPb: Izd-vo SpbGU, 1997. — S.281-28.
5. Valiyeva Feruza Rashidovna, Abdunazarova Nargiza Fatxullayevna, Zakirov Alisher Akbarovich. The importance of ensuring the mental, physical, spiritual, spiritual development of educators of pre-school educational organizations. PhD. Valieva Feruza Rashidovna //Bosma //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry (TOJQI) Volume 12, Issue 8. July. 2021:6919.
6. Valiyeva Feruza Rashidovna, Sharipova Gulruhsor Nurkabilovna. Innovative technologies in improving the management of preschool educational organizations// Bosma// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE) DOI:10.9756/INTJECSE/V14I5.94 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 05 2022
7. Valiyeva Feruza Rashidovna, Raximova Surayyo Saloxiddinovna. Innovative approaches to preschool education management// Bosma// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 04 2022