Научная статья на тему 'VAZIYATLI YONDOSHUV VA UNING BOSHQARUV NAZARIYASI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI'

VAZIYATLI YONDOSHUV VA UNING BOSHQARUV NAZARIYASI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1584
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Vaziyatli / vaziyatli yondashuv / tamoyil / boshqaruv / nazariya / tashkilot / rahbar / situational / situational approach / principle / management / theory / organization / leader

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Saidova Xilolaxon Rashidjon Qizi

Ushbu maqolada vaziyatli yondashuv elementlari, mohiyati bir qancha olimlarning vaziyatli yondashuv borasida olib borgan tadqiqot ishlari, bergan fikrlari bundan tashqari tashkilot maqsadlariga erishishda qaysi usullar va vositalar foydalanish vaziyatni oldindan ko’ra bilish vaziyatga qarab ish yuritish borasida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SITUATIONAL APPROACH AND ITS ROLE IN THE DEVELOPMENT OF CONTROL THEORY

The article examines the elements of the situational approach, the essence of the research work of several scientists on the situational approach, their opinions, as well as what methods and tools to use to achieve organizational goals.

Текст научной работы на тему «VAZIYATLI YONDOSHUV VA UNING BOSHQARUV NAZARIYASI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI»

VAZIYATLI YONDOSHUV VA UNING BOSHQARUV NAZARIYASI RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Saidova Xilolaxon Rashidjon qizi [email protected] Qo'qon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada vaziyatli yondashuv elementlari, mohiyati bir qancha olimlarning vaziyatli yondashuv borasida olib borgan tadqiqot ishlari, bergan fikrlari bundan tashqari tashkilot maqsadlariga erishishda qaysi usullar va vositalar foydalanish vaziyatni oldindan ko'ra bilish vaziyatga qarab ish yuritish borasida so'z borgan

Kalit so'zlar: Vaziyatli, vaziyatli yondashuv, tamoyil, boshqaruv, nazariya, tashkilot, rahbar.

THE SITUATIONAL APPROACH AND ITS ROLE IN THE DEVELOPMENT OF CONTROL THEORY

Saidova Khilolahon Rashidjon qizi [email protected] Kokand State Pedagogical Institute

Abstract: The article examines the elements of the situational approach, the essence of the research work of several scientists on the situational approach, their opinions, as well as what methods and tools to use to achieve organizational goals.

Keywords: situational, situational approach, principle, management, theory, organization, leader.

XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari postindustrial axborot rivojlanish bosqichiga o'tdilar. Ilmiy-texnik taraqqiyotning yanada tezlashishi tashkilotlarning tashqi va ichki muhitida bir qancha o'zgarishlarga olib keldi. Oldingi, nisbatan bir tekis va asosan aniq voqealar rivojidan farqli o 'laroq, 1960 yillarning oxirlaridan boshlab, vaziyat tez va ko'pincha oldindan aytib bo'lmaydigan darajada o'zgarishni boshladi. Natijada, biznesning raqobatbardoshligi uning moslashuvchanligi, dinamikligi va tashqi muhit talablariga moslashuvchanligi bilan aniqlana boshladi. Bunday sharoitda vaziyatli yondashuv keng ommalasha boshladi.

"Favqulodda vaziyat yondashuvi" atamasi so'zma-so'z tarjima qilinganda "vaziyat, vaziyatga bog'liq bo'lgan ehtimoliy yondashuv" deb tarjima qilinadi.

Adabiyotlarda ushbu atamaning eng keng tarqalgan va yetarli darajada tarjimasi "vaziyat yondashuvi" dir. Vaziyatli yondashuv ko'pincha tashkiliy muammolar va ularning yechimlari to'g'risida vaziyatni o'ylash deb nomlanadi.

"Vaziyatli yondashuv" tushunchasini "vaziyat metodi" tushunchasi bilan aralashtirmaslik kerak. Vaziyat usuli Garvard biznes maktabida bo'lajak menejerlarni tayyorlash metodikasining asosidir. Boshqaruvning eng xilma-xil jihatlari bo'yicha yuzlab aniq misollar, holatlar va vaziyatlarni tahlil qilish asosida talabalarga amaliy boshqaruv ko'nikmalari o'rgatiladi. Ushbu yondashuvda tajriba ilmiy usullardan ko'ra muhimroqdir.

Menejmentda vaziyatli yondashuv elementlarini avvalgi mualliflarning asarlarida topish mumkin. Ba'zi adabiyotlarda vaziyatli yondashuv M.P.Follet, T.Berns va G.Stalkerlarning tadqiqotlari mahsuli deb hisoblanadi. Lekin, boshqa bir adabiyotlarda ushbu yondashuv avvalo, bu Lao-szi, N.Makiavelli va B.Trentovskiy asarlariga taalluqli ekanligi ko'rsatilgan. Qadimgi xitoy mutafakkiri Lao-szi ta'kidlashicha, menejment san'ati muayyan vaziyatga mos keladigan to'g'ri boshqaruv uslubini tanlash qobiliyatidir, chunki boshqaruvning dastlab yomon yoki dastlab yaxshi uslublari mavjud emas, ularga mos yoki noo'rin vaziyatlar mavjud.

Bozor tarkibini shakllantirish jarayonida N.Makiavelli vaziyatni tahlil qilish g'oyalarini ham shakllantirdi. U "Hukmdor" asarining "Odamlar ishi ustidan taqdirning kuchi qanday va unga qanday qarshi tura olasiz" deb nomlangan XXV bobida u quyidagi fikrlarga ishora qildi:

• "bizning ko'zimiz oldida o'zgarishlar shu qadar to'satdan ro'y beradiki, inson aqli ularning oldida ojiz";

• "insonlarning xatti-harakatlari vaqtning o'ziga xos xususiyatlariga mos keladiganlari (ya'ni o'z vaqtidan unumli foydalana biladiganlar) farovonlikni saqlaydi, xatti-harakatlari o'z vaqtlariga mos kelmaydiganlar o'zlarining farovonligini yo'qotadilar";

• "ehtiyotkorlik va sabr bilan ish tutgan odam uchun vaqt va sharoit qulay bo'lsa, u rivojlanadi, lekin u harakat tartibini o'zgartirmasa vaqt va sharoit o'zgarishi bilan uning farovonligi tugaydi"

Lao-szi va N.Makiavellining ushbu bayonotlari vaziyatli yondashuv nazariyasining rivojlanishi bir necha ming yillar oldin boshlanganligidan dalolat beradi.

XIX asrda B.Trentovskiy umumiy tamoyillar boshqaruvda aniqlikni tushunishga yordam beradigan birinchi qadam ekanligini ta'kidladi. Aslida u birinchi bo'lib zamonaviy situatsion yondashuvning asosiy tamoyillaridan birini aniq shakllantirdi, unga ko'ra menejer murakkab qayta aloqa tizimini hisobga olishi va boshqaruv qarorlarini muayyan vaziyatga moslashtirishi kerak. Avvalgi mualliflar singari,

B.Trentovskiy ham xuddi shu sharoitda bugun qabul qilingan qaror ertaga shartlar o'zgarganda umuman yaroqsiz bo'lib chiqishi mumkin deb hisoblagan.

1938 yilda Charlz Bernard o'zining "Rahbarning funktsiyalari" asarida rahbariyatni bo'ysunuvchilar tomonidan qabul qilishi to'rt shartning kombinatsiyasiga bog'liq degan tezisni ilgari surdi. Ular quyidagilar :

- bo'ysunuvchilar tomonidan ularga keladigan buyruqlarni tushunilishi;

- menejer tashkilot manfaatlari yo'lida harakat qiladi degan ularning ishonchi;

- tashkilot manfaatlari ularning manfaatlari bilan mos tushishiga ularning ishonchi;

- ularga bo'ysunish uchun jismoniy va aqliy qobiliyatlari.

Vaziyatli yondashuvning elementlari tashkilotlar sotsiologiyasi va tashkilotning umumiy nazariyasida, shuningdek R.Stogdill, T.Parsons, D.Pug (Pyu) va D.Xikson kabi olimlar va mutaxassislarning asarlarida shakllangan.

Shunga qaramay, vaziyatni tahlil qilishning yaxlit nazariyasi hatto yigirmanchi asrning birinchi yarmida ham hali mavjud emas edi. Vaziyatli yondashuvni ta'sirchan nazariy pozitsiyaga aylantirish 1950 yillarning oxirlarida, tizim nazariyasi asosida ilgari mavjud tushunchalarni sintezi boshlanganda boshlandi. Bunga asosan Joan Vudvordning empirik tadqiqotlari natijalari sabab bo'ldi.

Ammo, 1960-yillarning oxiriga kelibgina, menejment va ijtimoiy fanlarning tegishli fanlari turli vaziyatlarda tashkilotga va boshqaruv samaradorligiga ta'sir qiladigan vaziyatlar bilan kurashish uchun yetarli darajada rivojlandi. O'sha vaqtga qadar "nuqtai nazar" keng tarqalgan bo'lib, unga ko'ra menejer menejment nazariyasining ilmiy asoslarini bilishi kerak va bu asoslarni amalda qo'llash qobiliyati boshqarish san'ati hisoblangan. Vaziyatli yondashuvga ko'ra, vaziyatni tahlil qilish va tegishli boshqaruv usullarini tanlash fanga aylanib bormoqda. Shunday qilib, ilgari muvaffaqiyatli menejerning san'ati deb hisoblangan narsa, ya'ni vaziyatga mos ravishda boshqarish usullarini tanlashning o'zi endi menejment metodologiyasi va ilmiy vositalarining bir qismiga aylandi.

1964 yilda Amerika Menejment Akademiyasining konferentsiyasida menejmentning yagona nazariyasini yaratish zarurligi to'g'risida qaror qabul qilindi. Ushbu nazariya, bir tomondan, boshqaruv amaliyotida kuzatilgan yangi hodisalarni tushuntirishi, ikkinchidan, o'zaro turli xil, ko'pincha qarama-qarshi tushunchalarni bir biri bilan bog'lashi kerak edi. Bu paydo bo'layotgan boshqaruv muammolarini hal qilish bo'yicha amaliy tavsiyalarni qabul qilish uchun asos yaratadi. Birlashtiruvchi kontseptsiya yangi vaziyatni boshqarish nazariyasi deb nomlandi.

T.Berns va G.Stalker - XX asrning 50-60 yillari - Amerika menejment nazariyotchilari - tashkiliy tuzilmalar turlarini o'rganish bilan shug'ullanishgan va 1961 yilda nashr etilgan "Innovatsiyalarni boshqarish" kitobining hammualliflari bo'lishgan. T.Berns va G.Stalker har bir turdagi sharoit boshqaruvning o'ziga xos

tashkiliy tuzilishi bilan ya'ni barqaror sharoitlar uchun - "mexanistik" tuzilish, o'zgaruvchan sharoitlar uchun esa - "organik" tuzilish tavsiflanadi degan xulosaga kelishgan. "Mexanik" tuzilma chuqur mehnat taqsimotiga va qat'iy qoidalarga asoslanadi. "Organik" struktura o'zgaruvchan muhit va vaziyatga qarab maqsad va vazifalarning o'zgarishi bilan tavsiflanadi.

Vaziyatli yondashuvning mohiyati vaziyat tushunchasini aniqlashdan iborat bo'lib, u muayyan vaqt ichida boshqaruvga ta'sir ko'rsatadigan o'ziga xos holatlar majmuasini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, menejmentdagi tizim yondashuv sharoitga qarab dolzarb, aniq tashkiliy va boshqaruv muammosini hal qilishdir.

Ya'ni turli xil boshqaruv usullarining yaroqliligi vaziyat bilan belgilanadi. Muayyan vaziyatni ko'rib chiqish rahbarga ushbu vaziyatga mos keladigan boshqaruv maqsadlariga erishishning eng samarali usullarini tanlashga imkon beradi.

Vaziyatli yondashuvda yetakchilik samaradorligida qo'shimcha omillar hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin deb taxmin qilinadi. Ushbu situatsion omillarga: bo'ysunuvchilarning ehtiyojlari va shaxsiy fazilatlari, topshiriqning mohiyati, talablari va atrof-muhit ta'sirlari kiradi. Vaziyatli yondashuvning asosiy g'oyasi yetakchining xatti-harakatlari muayyan vaziyatga bog'liqligini tahmin qilishdir.

Ayni paytda menejerga boshqaruv muammolarini hal qilishga imkon beradigan to'rtta vaziyatli model ishlab chiqilgan bo'lib quyida ular bilan tanishib o'tamiz.

1. F.Fidler (1925) tomonidan olib borilgan yetakchilikning vaziyatli modeli rahbarning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi quyidagi omillarni aniqlagan:

• Rahbarlar va jamoa a'zolari o'rtasidagi munosabatlar bu - bo'ysunuvchilar ko'rsatadigan sadoqatni, ularning rahbariga bo'lgan ishonchini va rahbarning shaxsiyatining ijrochilar uchun jozibadorligini nazarda tutadi.

• Vazifalar tarkibi bu - vazifaning tanishligini, aniq shakl va tuzilishning anglatadi.

• Rasmiy vakolatlar - aynan rahbarning lavozimi bilan bog'liq bo'lgan qonuniy kuch miqdori.

F.Fidler, har bir vaziyat o'ziga xos yetakchilik uslubiga ega bo'lishiga qaramay, u yoki bu rahbarning uslubi doimiy bo'lib qoladi, deb hisoblar edi.

2. T.Mitchell va R.Xaus tomonidan olib borilgan "yo'l-maqsad" ga yondashish modeli, ushbu modelga muvofiq, rahbar, bo'ysunuvchilarini belgilangan maqsadlarni amalga oshirishni tashkil qilib, ushbu maqsadlarga erishish yo'llarini quradi.

Maqsadga erishish uchun rahbarning bo'ysunuvchilarga ta'sir qilish usullari orasida tadqiqotchilar quyidagilarni ajratganlar:

1. Bo'ysunuvchidan nima kutilayotganligini tushuntirish.

2. Yordam berish, maslahat berish va to'siqlarni olib tashlash.

3. Maqsadga erishish uchun bo'ysunuvchilarning harakatlarini yo'naltirish.

4. Bo'ysunuvchilarning qondirilishi mumkin bo'lgan ehtiyojlarini shakllantirish.

5. Maqsadga erishilganda bo'ysunuvchilarning ehtiyojlarini qondirish.

Maqsadga yo'l modeli qo'llab-quvvatlovchi uslub, instrumental uslub, ishtirokni rag'batlantiradigan uslub, yutuqlarga yo'naltirilgan uslub kabi yetakchilik uslublari orqali amalga oshiriladi.

3. P.Xersi va K.Blansharaning vaziyatli yetakchilik modeli (hayot sikli nazariyasi) eng samarali yetakchilik uslublari ijrochilarning yetukligiga, ularning xulq-atvori uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatiga, maqsadga erishish istagiga, shuningdek, muayyan muammolarni hal qilishda bilim va tajribaga bog'liqligiga asoslanadi.

Bundan tashqari, ijrochilarning yetukligi aniq vazifaga bog'liq bo'lgan holda boshliq tomonidan belgilanadi.

4. V.Vroom va F.Yetton tomonidan ishlab chiqilgan menejerning qaror qabul qilish modeli bo'ysunuvchilarning qaror qabul qilishda ishtirok etish darajasiga qarab yetakchidan foydalanishi mumkin bo'lgan yetakchilikning beshta uslubini tavsiflaydi:

1. Menejer o'zi mavjud bo'lgan ma'lumotlardan foydalangan holda qaror qabul qiladi.

2. Menejer bo'ysunuvchilar tomonidan berilgan ma'lumotlarga asoslanib qaror qabul qiladi, ularni muammoning mohiyati to'g'risida xabardor qiladi yoki bildirmaydi.

3. Menejer o'z bo'ysunuvchilariga muammoni taqdim etadi, ularning barcha fikrlarini tinglaydi va keyin o'zi qaror qabul qiladi.

4. Menejer muammoni bo'ysunuvchilar guruhiga taqdim etadi, u muhokama qiladi, so'ngra o'zi qaror qabul qiladi.

5. Menejer bo'ysunuvchilar guruhiga muammoni taqdim etadi, u bilan birgalikda yechim izlaydi va barchasidan eng maqbulini qiladi.

Bunday holda, vaziyatni baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalaniladi:

• yechim sifatining qiymati;

• sifatli qaror qabul qilish uchun menejerlar o'rtasida yetarli ma'lumot va tajribaning mavjudligi;

• muammoning tuzilish darajasi;

• bo'ysunuvchilarning firma maqsadlariga roziligi va qarorni amalga oshirishda ishtirok etish istagi;

• rahbarning avtokratik qarori bo'ysunuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga ishonch;

• maqsadga erishishda xodimlarning qiziqishi va boshqalar.

Yuqoridagilardan usullardan kelib chiqib, vaziyatli yondashuvdan foydalangan

holda menejerlar muayyan vaziyatda tashkilot maqsadlariga erishishda qaysi usullar va vositalar ko'proq yordam berishini tushunishlari mumkin. Bundan tashqari, aynan

vaziyatli yondashuv tashkilotning ichki va tashqi omillarga ta'sir etadigan boshqaruv tizimi sifatida qarashlarini kengaytirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yuldoshev N.K,, Nabokov V.I. "Menejment nazariyasi". Darslik. T.TDIU, 2013.

2. Qosimova D.S. -Menejment nazariyasill. O'quv - uslubiy majmua. T.: -TDIUI, 2011 y 14 - 15 bet.

3. Sharifxo'jayev М., Abdullayev Y. Menejment. Т:, -O'qtuvchill, 2001 y 48 -

bet

4. Machiavelli N. suveren URL: http://www.koob.ru/machiavelli/gosudar

5. Государственное управление : словарь-справочник по материалам «International Encyclopedia of Public Policy and Administration» : пер. с англ. Санкт-Петербург : Петрополис, 2001

6. История менеджмента : учебное пособие / Е.П.Костенко, Е.В.Михалкина ; Южный федеральный университет. - Ростов-на-Дону : Издательство Южного федерального университета, 2014.

7. Андруник А.П. Менеджмент [Электронный ресурс]: учебное пособие Перм 2015

8. E.A.Ivanova 'Теория Mенеджмента" Moskva 2014 8-b

9. Mahkamova, S.Yo'ldasheva, Sh.Xolmatova,O.Shmigun "Boshqaruv" Toshkent-2017.

10. Piter F. Druker "Менеджмент. Вызовы XXI века"Манн, Иванов и Фербер, 2020

11. Мескон М.Х., М.Алберт., Хедоури Ф. Основы мнежмента: - М.: Дело, 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.