Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
TA'LIM TIZIMIDA LIDERNING BOSHQARUVCHILIK KO'NIKMASI
Abror Tojimurot o'g'li Qodiraliyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi o'qituvchisi
qodiraliyev31 @gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ta'limda lider qanday xususiyatlarga ega bo'lishi keraligi. Lider tomonidan olib borilarigan ishlar, yetakchining qobiliyatlari, shaxsiy fazilatlari va bu fazilatlar ta'lim jarayoniga qanday ta'sir o'tazish xususiyatlari haqida fikr, mulohazalar bildirilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim jarayoni, lider, intellekt, yetakchi faoliyati, qobiliyat, liderlik fazilatlari, stogdid, Fidler, Mitchel, Xaus, Vrum - Yetton modeli, K.Berd, A.Leontyev.
АННОТАЦИЯ
В этой статье какими характеристиками должен обладать лидер в образовании. Были высказаны мнения и комментарии о проводимой руководителем работе, способностях руководителя, личных качествах и о том, как эти качества влияют на образовательный процесс.
Ключевые слова: Воспитательный процесс, лидер, интеллект, активность лидера, способности, лидерские качества, стогдид, Фидлер, Митчелл, Хаус, Врум - модель Йеттона, К. Бэрд, А. Леонтьев.
ABSTRACT
In this article, what characteristics should a leader have in education. Opinions and comments were expressed about the work carried out by the leader, the leader's abilities, personal qualities and how these qualities affect the educational process.
Keywords: Educational process, leader, intelligence, leader's activity, ability, leadership qualities, stogdid, Fiedler, Mitchell, House, Vroom - Yetton model, K. Baird, A. Leontiev.
Ta'lim jarayonida liderning o'rnini yoritishdan avval, lider o'zi kim degan savolga to'xtalib o'tsak. Stiven Kovi ta'biri bilan aytganda "lider so'zi ingliz tilidan tarjima qilinganda: yetakchi, boshliq, rahbar ma'nolarini anglatadi". Hech bir inson lider bo'lib tug'ilmaydi va uni kimdir liderga aylantirmaydi, u o'zini lider qiladi.
17-aprel, 2024
114
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
Rahbar lavozimi ortidan hurmatga erishadi, lider esa hurmat ortidan lavozimga erishadi. Bir taraflama olib qaraganda ularning vazifasi va ma'suliyati ham, xususiyatlari ham teng. Lekin shunday bo'lishiga qaramasdan rahbarlik rasmiy, liderlik norasmiy lavozim hisoblanadi. Rahbar o'z atrofidagi ishchilarga "Nima qilish kerak"ligini aytib turadi. Lider esa o'z ortidan ergashuvchilarga nima qilish kerakligini ko'rsatib unda o'zi ham ishtirok etadi. Ular bilan birgalikda harakat qiladi. Otabek Hasanov: "Liderni yuzaga chiqaradigan asosiy omil - uning ilmidir" - deb ta'kidlashi bejiz emas. Negaki o'z mutaxassisligi bo'yicha ma'lum bir darajadagi bilimga ega bo'lish shaxsni o'ziga ishonishi va yetakchi his qilishiga yordam beradi. Agar bilim yetarli bo'lmasa ustunroq bo'lgan inson liderlikni olib ketadi. Shunday ekan lider o'z sohasining mutaxassisi bo'lishi, o'ziga berilishi mumkin bo'lgan savollarning barchasiga aniq javoblari bo'lishi lozim. Mustahkam bilim kishiga ishonch beradi. Liderdagi ishonch har qanday vaziyatlarda o'zini oqlaydi. O'ziga ishongan inson ortidan izdoshlarini ergashtirishga oladi. Qayerda, kimlar orasida liderlik qilishidan qat'iy nazar, o'z ustida ishlash samaralidir. Lesli Kassidi aytganidek "Maqsadlari sari har kuni kichik qadamlar ajoyib natijalarga olib keladi" Haqiqatdan ham bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yashash, o'z o'rnini topish uchun ham harakat qilishda davom etish lozim. Lider - bu, birinchi navbatda, kuchli xarakter egasi bo'lmog'i lozim. Ta'lim sohasida bugungi kunda liderlarga bir muncha muhtojlik sezilarli darajada oshib bormoqda. Bugungi kunda ta'limda yetakchilar o'z izidan qolgan bilimli yoshlarni ergashtirib, mamlakat rivoji uchun juda katta hizmat qilishmoqda.
Liderlik — maqsadlarga erishishda individumlar va odamlar guruhiga ishlash hissini uyg'otish uchun ta'sir ko'rsatish qobiliyatidir [1]. Bixeyviorist olimlar samarali liderlikning asosiy omillarini aniqlashda 3 ta yondashuvni qo'llaydilar: shaxsiy fazilatlar nuqtai nazaridan yondashuv; xatti-harakat yondashuvi; va vaziyatli yondoshuv [2].
Shaxsiy fazilatlar nuqtai nazaridan yondoshuv. Liderlikning shaxsiy nazariyasi, shuningdek, buyuk insonlar nazariyasiga asosan, eng yaxshi rahbarlar xamma uchun umumiy bo'lgan shaxsiy fazilatlaming to'plamiga ega bo'ladi. Agar ushbu fazilatlarni e'lon qilish imkoniyati bo'lganda, odamlar ularni o'zlarida tarbiya qilishni o'rganib, samarali rahbar bo'lishni o'rganishgan bo'lar edilar. Bunday xususiyatlarning ba'zilari quyidagilar: intellekt (zakovat) va bilim darajasi, taassurot qoldiradigan tashqi ko'rinish, halollik, sog'lom fikr, ijtimoiy va iqtisodiy ma'lumot, tashabbuskorlik va o'ta yuqori ishonuvchanlik darajasi. Hatti-harakat yondoshuviga ko'ra, samaradorlik rahbarning shaxsiy fazilatlari bilan emas, balki o'ziga
17-aprel, 2024
115
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^
bo'ysungan xodimlarga nisbatan o'zini tutabilishi orqali belgilanadi. Uslubning samaradorligi aniq vaziyatning xarakteri bilan bog'liq, vaziyat o'zgarsa, shunga mos holda uslub ham o'zgaradi.
Vaziyatli yondoshuv. Keyingi izlanishlar ko'rsatishicha, rahbarlikning samaradorligida qo'shimcha omillar katta ahamiyat kasb etadi. Bu vaziyatli omillar o'ziga bo'ysunuvchilarning ehtiyojlari va shaxsiy fazilatlari, topshiriqlarning xususiyati, muhitning talablari va ta'siri, shuningdek, rahbardagi axborotni o„z ichiga oladi. Shuning uchun, liderlikning zamonaviy nazariyasi vaziyatli yondoshuvga e'tiborini qaratdi. Bu yondashuv ta'lim sohasida rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqishda muhim yondashuv hisoblanadi.
Samarali liderlikka vaziyatli yondoshuvlar. Rahbarlik jarayonidagi murakkabliklarni hal qilishda 4 ta vaziyatli modellar ishlab chiqilgan bo „lib ular quyidagilarni tashkil etadi: Fidler rahbarligining vaziyatli modeli, Mitchel va Xausning «yo„l-maqsad» yondoshuvi, Xersi va Blansharning hayot sikli nazariyasi va rahbar tomonidan qaror qabul qilishning VrumYetton modeli [3].
Fidler [4] raxbarligining vaziyatli modeli. Bu modelda rahbar xatti-harakatiga ta'sir etuvchi 3 ta omil ajratib ko'rsatiladi:
1. Rahbar bilan jamoa a'zolari o'rtasidagi munosabat.
2. Vazifa tarkibi. Vazifaning shakllanishida aniqlik va odatiylik.
3. Lavozimli vakolatlar [5].
Fidlerning fikricha, biror rahbarning uslubi doimiy hisoblanadi. Insonga qaratilgan rahbarlik uslubi, rahbar uchun vaziyatlarda samaraliroqdir. Bunday uslub rahbarning ta'sir etish imkoniyatini kengaytiradi.
Mitchel va Xausning «yo„l-maqsad» yondashuvi rahbarlarning vaziyatga mos holda rahbarlik uslubini qo'llashni talab etadi. «Yo„l-maqsad» termini kutilishlar nazariyasi kabi tushunchalarga yaqin, shuningdek, unumdorlik, natijalar kabilar ham shular jumlasidandir.
Rahbar tomonidan qaror qabul qilishning Vrum-Yetton modeli. Vrum-Yettonning qaror qabul qilish modeli e'tiborni qarorlar qabul qilish jarayoniga qaratadi. Model yaratuvchilari nuqtai nazariga muvofiq holda qo„l ostidagi xodimlarga qarorlar qabul qilishda qatnashishga ruxsat berish darajasidan bog„liq holda rahbarlar qo„llashi mumkin bo„lgan beshta boshqaruv uslublari mavjud. Bu besh uslub qaror qabul qilishning avtokratik uslubidan boshlanib, undan keyin maslahatli va nihoyat to„la qatnashish bilan tugatiladi. Bu uslublarning qaysi birini qo„llash vaziyat va muammolar xususiyatiga bog„liq bo„ladi. Ushbu model liderning boshqaruvchilik faoliyatida o„zi tomonidan qabul qilinadigan qarori qanday
17-aprel, 2024
116
Tashkent State University of Economics
jarayonda amal qilishi bilan bog'liq hisoblanadi. Vrum va Yetton vaziyatni baholashda rahbarlarga yordam berish uchun yettita mezon va qarorlar daraxti (shajarasi) modelini ishlab chiqishdi. Bu mezonlar asosida «bo'ysunuvchilar — rahbar» vaziyati baholanadi. Bu mezonlar:
1. Qarorlar sifati mohiyati.
2. Sifatli qarorlar qabul qilish uchun rahbardagi tajriba yoki yetarli axborotning mavjudligi.
3. Muammolarning tizimlashtirilganlik darajasi.
4. Bo'ysunuvchilaming tashkilot maqsadlari bilan roziligi va qarorlarning samarali bajarilishi uchun ularning qatnashishi ahamiyati.
5. Rahbarning avtokratik qarori bo'ysunuvchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanishining tajribaga muvofiq belgilangan ehtimolligi.
6. Bo'ysunuvchilar muammolar bayon qilinganda vujudga kelgan vazifalarni bajarsalar, ularni motivlashtirish darajasi tashkilot maqsadlariga erishishga yordam beradi.
7. Muqobillikni tanlashda bo'ysunuvchilar orasidagi kelishmovchilikning ehtimollik darajasi [6].
Har qaysi mezon rahbar vaziyatni baholashda o'ziga beradigan savolga aylanishi mumkin.
Liderlik hodisasi to'g'risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari haqida ham qisqacha to'xtalib o'tish o'rinlidir. Liderlik ma'lum bir ishni bajarishda jamoaning yordami va haraktini birlashtiruvchi ijtimoiy ta'sir jarayonining majmui hisoblanadi. Liderlik o'z-o'zidan ro'yobga chiqib qolmaydi. Bu xususiyat bolaligidan turli qiyinchilik va to'siqlarni yengish orqali yoki turli motivatsiyar bilan erishiladi.
Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki bugungi kunda ta'lim sohasida liderning o'rnini va ahamiyatini yanada oshirish kerak. XXI asrda ko'plab qadriyatlarga munosabat o'zgargani sir emas. Shular qatorida insoniy munosabatlar, odamlar faoliyatini demokratik o'zgarishlar sharoitida boshqarish masalalariga nisbatan ham qarashlar birmuncha o'zgardi. Umuman olganda boshqaruv sohasida yetakchi o'z zimmasiga oladigan vazifalar ko'lamiga bog'liq bo'ladi. Ma'lumki, xorijiy mamlakatlarda boshqaruv ishlariga mas'ul bo'lgan shaxslarni yuqorida ta'kidlaganimizday "lider" deb atashadi. Aynan shu atama odamlar orasida yurib, obro' topgan, so'zi, fikrlashi, ish yuritishi va o'zgalarga ta'sir ko'rsata olishi bilan ajralib chiqqan shaxs uchun ham qo'llaniladi. Shu ma'noda Amerika Prezidentini misol qilishimiz mumkin: ham lider, atrofiga bir qator norasmiy guruh to'plagan, hali
117
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
hech qanday rasmiy maqomi yoq kimsa ham o'sha unga ergashuvchilar uchun líder hisoblanadi.
REFERENCES
1. N.M.Ziyavitdinova, Y.M.O'rinov, Sh.N.Xayitov Menejment, «Tafakkur-Bo'stoni» Toshkent — 2012
2. O'G'Li, Q.A.T. (2021). HARAKATLAR STRATEGIYASI-MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIKNI YANADA MUSTAHKAMLASH ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(2), 172-178.
3. Qodiraliyev, A.T.O.G.L. (2022). RAHBARNING BOSHQARUV FAOLIYATIDAGI INDIVIDUAL PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1151-1155.
4. Kodiraliev, A.T.U. (2022). CRITERIA FOR DEVELOPMENT OF LEADERSHIP SKILLS IN THE MANAGEMENT PROCESS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 519-525.
5. Qodiraliyev, A. (2022). Fuqarolik jamiyatini qurishda yosh avlodning ijtimoiy faolligini oshirishning roli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 13-19.
6. Кодиралиев, А. (2021). ЖАМОАТЧИЛИК ФИКРИНИНГ ОИЛАВИЙ ДАЁТ ВА ЁШЛАР ТАРБИЯСИГА ТАЪСИРИ. МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА: ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 3(11), 249-254.
7. Qodiraliyev, A.T.O.G.L. (2022). BOSHQARUV FAOLIYATIDA RAHBAR MA'SULIYATINI OSHIRUVCHI KOMPONENTLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1127-1131.
8. Tojimurot o'g'li, Q.A. (2023). RAHBAR SHAXSIY MAS'ULIYATINI OPSHIRUVCHI KOMPONENTLAR BORASIDA JAMOATCHILIK FIKRI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 29-32.
9. Tojimurot o'g'li, Q.A. (2023). ZAMONAVIY RAHBAR QIYOFASI: MA'NAVIY KAMOLOTI, SHAXSIY MAS'ULIYATI, BOSHQARUVCHANLIK KO'NIKMASI. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(5), 33-35.
118
17-aprel, 2024