Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYAT MARKAZLARINING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYAT MARKAZLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moddiy texnika / ta’lim / davlat / nodavlat / qaror / imkon / tadbiq qilish / maktabgacha ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Aminjonova Maftuna G‘Ayratjon Qizi

Mazkur maqolada, o’zbekistondagi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tashkil etilganfaollik markazlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi haqida tushuncha va ularning bola rivojlanishiga ta’siri haqida ma‘lumotlar berilib o’tgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYAT MARKAZLARINING AHAMIYATI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA FAOLIYAT MARKAZLARINING AHAMIYATI

Aminjonova Maftuna G'ayratjon qizi

FarDU 1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10803957

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-March 2024 yil Ma'qullandi: 05- March 2024 yil Nashr qilindi: 11- March 2024 yil

KEY WORDS

moddiy texnika, ta'lim, davlat, nodavlat, qaror, imkon, tadbiq qilish, maktabgacha ta'lim

Mazkur maqolada, o'zbekistondagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etilgan faollik markazlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi haqida tushuncha va ularning bola rivojlanishiga ta'siri haqida ma'lumotlar berilib o'tgan

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.. Hozirgi kunda mamlakatimizda 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risidagi nizomi maktabgacha ta'limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta'limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg'or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi..

.Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin.

Til - hayotimizning ajralmas qismi bo'lib, biz unga o'z-o'zidan bo'lishi shart bo'lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o'zi nima, biz unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so'zlashni o'rganishimiz haqida esa unchalik ko'p o'ylab ham o'tirmaymiz. Maktabgacha ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiya bu bolalarni vositalar yordamida ta'lim materiallarini o'rganish orqali nutqini rivojlantirish, o'z fikrk erkin bayon eta olish, o'zaro muloqot, tevarak-atrof bilan tanishish jarayonini yangicha talqin etishdir. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi: - Qurilish va konstruksiyalash markazi - Syujet-rolli o'yinlar va dramalashtirish markazi

Til va nutq - Ilm-fan va tabiat markazi - San'at markazi. Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Tarbiyachi-pedagoglar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o'ynaydilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyalash jarayonida bu faoliyatlar orqali bolalarga ta'lim va tartbiya berishda pedagog muhim ro'l o'ynaydi. Albatta, bu 5 ta faollik markazlariga bolani jalb qilish ham tarbiyachi-pedagogning vazifasi hisoblanadi.

Bu faoliyat jarayonida bolalarning qiziqishlarini pedagog kuzatish orqali aniqlashi mukun. O'zbekistondagi maktabgacha ta'lim tashkilotida yosh guruhlari belgilanib qo'yilgan. Ya'ni kichik guruh yoshdagi bolalar 3-4 yosh, o'rta guruh yoshdagi bolalar 4-5 yoshni, katta guruh yoshdagi bolalar 5-6 yoshni va tayyorlov guruhidagi bolalar yoshi esa 6-7 yoshni tashkil etadi. Tarbiyachi o'quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak. Bola rivojlanishining o'ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma'lum bosqichlarini bosib o'tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tibor bilan munosabatda bo'lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta'kidlashadi.

Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, "San'at" markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan mustaqil ravishda o'z xayolot dunyosidagi shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola qulay muhitda o'z-o'zini rivojlantirishi mumkin. Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini bajaradilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar) Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo'naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to'g'ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o'ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchi va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni o"rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-tuyg'ularini va xattiharakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanish ta'lim asosida olib boriladi. Har qanday faoliyat turining rivojlanishi quyidagicha bo'ladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, so'ng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshirilad. Demak bolaning maktabgacha ta'lim muassasasida erkin faoliyati tashkil etilsa, bolalar tengdoshlari bilan erkin faoliyati shakillana boshlaydi va o'z-o'zidan bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi. Buning uchun tarbiyachi bolalar bilan suhbat, eksprement, ko'rgazmali metodlarni ko'proq qo'llashi kerak bo'ladi. Ta'lim markazlari orqali bolalarda erkin faoliyatni taminlashda tarbiyachi bolalarni markazlarga to'g'ri yo'naltirishi muhumdir. Agar bolani o'zi xohlagan markazga yo'naltirilmasa, bola bu ta'lim markazida erkin faoliyat olib borishni istamaydi, bolada norozilik kayfiyati paydo bo'ladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlash jarayonida har bir bola bilan ishlay olishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-2707-son qarori. // "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami", 2017 yil 9 yanvar, 1-son, 11-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"PQ-3261-son qarori. // "Xalq so'zi" gazetasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 181 (6875)-soni.

3. Nizomiddinovna K. N. Anthropocentric Approach to Language: Phatics and its Properties //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. -№. 10. - С. 107-110.

4. Khamroeva, Nafisa Nizomiddinovna. "THE IMPORTANCE OF COMPLIMENT IN THE NORMS OF SPEECH ETHICS." Scientific progress 2.7 (2021): 1213-1217.

5. Низомиддиновна X, Н. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //Суз санъати халцаро журнали. - 2020. - Т. 5. - №. 3.

6. Hamroyeva N. Bolalar nutqini ostirishda o'yinlar va sahnalashtirish faoliyatini ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.