Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik tarbiya berishning samaradorligi'

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik tarbiya berishning samaradorligi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ekologik bilim / ekologik tarbiya / faoliyat / jarayon / salohiyat / metod / usul / sayr / ekskursiya / samaradorlik / takomillashtirish / muhit / omil / vosita / imkoniyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zinora Otaniyozovna Ermatova

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarida ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo‘lgan muxabbatini, shakllantirish, inson va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqa, ekologik bilim, ekologik tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo‘llari, tabiat burchaklari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik tarbiya berishning samaradorligi»

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ekologik tarbiya berishning samaradorligi

Zinora Otaniyozovna Ermatova Buxoro tumani 9-DMTT

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarida ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan muxabbatini, shakllantirish, inson va tabiat o'rtasidagi o'zaro aloqa, ekologik bilim, ekologik tarbiya, maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo'llari, tabiat burchaklari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ekologik bilim, ekologik tarbiya, faoliyat, jarayon, salohiyat, metod, usul, sayr, ekskursiya, samaradorlik, takomillashtirish, muhit, omil, vosita, imkoniyat

Effectiveness of environmental education in preschool

educational organizations

Zinora Otaniyozovna Ermatova Bukhara district 9-SPO

Abstract: In this article, through the development of environmental education in children of preschool educational organizations, their love for nature, formation, interaction between man and nature, ecological knowledge, ecological education, ways of introducing preschool children to nature, we are talking about the corners of nature.

Keywords: ecological knowledge, ecological education, activity, process, potential, method, method, walk, excursion, efficiency, improvement, environment, factor, tool, opportunity

Bugungi kunda ekologik vaziyat insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri sanalib, inson va tabiat o'rtasidagi buzilgan o'zaro aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.

Sir emaski, insonlarning tabiiy boyliklarimizdan me'yoridan ortiqcha, oqilona foydalanmasliklari oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib borayapti. Atmosfera havosi ifloslanib, o'rmonlar siyraklashib borayapti shuningdek, o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari siyraklashib tugab bormoqda. Aholini energiya, chuchuk suv muammolari qurshab olmoqda, borgan sari suv havzalari ifloslanib, chiqindi moddalarning ortib bormoqda. Aholining yashash tarzi

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 113 [MJ^^^H

murakkablashib bormoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.

Inson va tabiat o'rtasidagi buzilgan o'zaro aloqani saqlab qolish uchun insoniyatni, o'sib kelayotgan yosh avlodni ekologik bilimlardan xabardor etib borish, tabiatga bo'lgan mehrini yoshlikdan shakllantirib, uyg'otib borish maqsadga muvofiq sanaladi.

Ekologik bilim bu o'zi nima? - Ekologik bilim atrof-olam, tirik tabiatning tuzilishi, borliq, o'sish, rivojlanish, o'zgarish, yer yuzidagi tirik jonzotlar, ularning yashash tarzi, holati, atrof-muhit o'rtasida munosabatlar, hodisalar, qazilma boyliklar, tabiiy boyliklar, ularning soni, sifati, hajmi, xossalari, xilma-xilligi hamda ulardan oqilona foydalanish, tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini haqidagi bilimlar yig'indisidir.

Inson tabiatga munosabatni, uning hodisalari, qonuniyatlarini bilishi, o'rganishi, uni asrab avaylashi va ular asosida o'z hayotini rivojlantirishi muhim ahamiyatli sanaladi. Aks holda insoniyat katta tabiiy ofatlarga duch kelishi mumkin.

Umumiy qilib aytganda ekologik bilim, ta'lim va tarbiya, tabiat bilan munosabat - tabiat va insoniyat o'rtasidagi doimiy uzviy birlikdir.

Insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, unga butun umri davomida tabiat bilan ongli ravishda aloqa, atrof-muhitni asrab-avaylash, tabiatga hurmat, qushlarga, hayvonlarga mehribonlik va e'tibor, ko'chat ekish, tabiiy boyliklarni ko'paytirish, bog'u-rog'lar, gulzorlar tashkil qilish kabi ezgu, yaxshi xislatlar uning qalbiga singdirib boriladi. Ammo bu jarayonlarga insoniyat panja ostidan qaramoqda. Ekolobik bilim, ekologik tarbiyaning yetmasligi evaziga muvozanat buzilmoqda.

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ekolobik bilim, ekologik tarbiya berish, ularni tabiat bilan tanishtirishning bir qancha zamonaviy usullari mavjud bo'lib, tabiatga mehr, unga ehtiyotkorlik munosabat, asrab-avaylash hislarini shakllanib borishiga xizmat qiladi.

Barchamizga ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'liimiy faoliyatlar bolalarga ta'lim va tarbiya berishning asosiy vositasi sanaladi. Bolalarga ta'limiy-tarbiyaviy jarayonlar "Ilk qadam" davlat dasturi asosida, ta'lim tamoyillariga tayangan holda ularning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda tashkil etiladi.

Ta'limiy faoliyatlarda tarbiyachi tomonidan bolalarga dastlabki bilimlar berib boriladi. Bolalarga tarqatma materiallar, ko'rgazmalar, videoroliklar, rasimlar orqali atrof-olam, tabiat, hayvonot olami haqida bilimlar beriladi. Shuningdek, kuzatish, rasmlarni ko'rish, suhbatlar, didaktik o'yinlar, badiiy asarlarni, hikoyalarni o'qish, ekskursiya, mehnat faoliyatlari bolaga tabiatni his qilish, eshitish, kuzatish imkonini beradi. Shu tariqa bolalarda tabiatga munosabat odobini tarbiyalanib, bilimlari ortib boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalami tabiat bilan tanishtirishning quyidagi shakllari mavjud.

bolalarni tabiat bilan tamishtinsh J^llMi

M^hg^otlar o'tkazish

1-rasm. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish yo'llari

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sayr faoliyatlari, ekskursiyalar tashkil etiladi. Bu bolalar uchun tabiat va uning sirlari, undagi hodisalar, o'zgarishlarni amaliy kuzatish uchun tajriba maydonchasi sanaladi. Bu jarayonlarda bolalar ona tabiat, atrof-olam haqida aniq tasavvurga ega bo'ladilar.

Ekskursiya bolalarni tabiatni o'ziga xos hodisa va voqealari bilan tanishtiribgina qolmay, balki shu bilan qatorda insonlarni tevarak-atrofdagi o'zgartiruvchi faoliyatining natijalari bilan ham tanishtirib boradi. Bu esa kishilarning yaratuvchanlik faoliyatiga hurmatini tarbiyalaydi va unda qatnashish xohishini uyg'otadi, o'z o'lka tabiatidan, unda yashovchi mehnat ahlidan g'ururlanish hissini mustahkamlaydi.

Ekskursiya, sayr, mashg'ulotlar, mehnat faoliyatlari, shunga o'xshash barcha metodlar va usullar bolalarda tabiatga bo'lgan qiziqish shakllantirib boradi, ularni diqqatli bo'lishga, sinchkovlik bilan atrofni kuzatishga, kuzatilayotgan narsa-xodisani chuqurroq anglash, o'rganish, fikr yuritish, bilim doirasini kengaytirishga, turli xildagi tabiiy voqea va hodisalarni to'g'ri ifodalab berish ko'nikmalarini shakllanishiga o'rgatadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari guruh xonalarida tabiat burchaklari tashkil etilgan. Tabiat burchagining muhim tomoni shundaki, bolalarda tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, bizni o'rab turgan borliq bilan qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik, yer yuzidagi barcha jonzotlar, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlikni tarbiyalash, tabiiy boyliklar ularni tejash va oqilona foydalanish, kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiyalash kabi vazifalarni bolalar aynan shu yerda o'rganishadi.

O'simlik va hayvonot dunyosining rang-barangligi, ularning o'sib unishi va rivojlanishi, yashash tarzi, oziqlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi haqidagi tasavvur va tushunchalarni egallab boradilar. Tarbiyachi bolalarni solishtirma

analizga o'rgatadi, ular o'rtasidagi umumiylik va farqlarni, ularga xos belgilarni bilib oladilar.

Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarida ekologik tarbiyani rivojlantirish orqali ularning tabiatga bo'lgan muxabbatini, shakllantirish va kelajakda tabiiy fanlarni o'zlashtirishi uchun poydevor yaratiladi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda yuqorida aytib o'tilgan barcha metodlar, faoliyatlar, va zamonaviy usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Ekologik tarbiya berishdan maqsad bizni o'rab turgan atrof-olam va uning boyliklarini biladigan, undan oqilona foydalanadigan, tabiatga uning boyliklariga, go'zalligiga go'zallik qo'shadigan, ijobiy munosabatda bo'ladigan, tabiatning qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni voyaga yetkazishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.Turg'unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov "Ijtimoiy pedagogika asoslari" O'quv qo'llanma. Toshkent "Fan va texnologiya" 2008 y.

2. N.Egamberdiyeva "Ijtimoiy pedagogika" A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti T.: 2009 y.- 220 b.

3. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika".-T., "Ma'naviyat". 2019 y.- 688 b

4. Sh.A.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika". "Tafakkur sarchashmalari" T:. 2013 y.- 293 b

5. N.M.Qayumova "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y. -

183

6. D.Sh. Mirzayeva. Maktabgacha pedagogika. Durdona nashriyoti. Buxoro.:2021y.

7. Raxmonova S.M. "Preparing the graduate students of primary education for innovative professional activity". Web of Scientist: International Scientific Research Journal (WoS) ISSN: 2776-0979, Volume 4, Issue 8, August, 2023 y. P 288-293.

8. Raxmonova S.M. ."In improving the innovative professional activity of future pedagogues, problem-based learning the most effective method of teaching". Science and technologies. 2023 y. № 3 (1). P 107-112.

9. Raxmonova S.M. "Practical features of preparing primary education students for professional activity" Science and innovation in the education system, 2 (9), 2023 y. P 67-71.

10. PaxMOHOBa Сожида Мухаммадовна. "педагогико-психологические особенности подготовки учителей начальных классов к инновационной профессиональной деятельности. . innovative research in the modern world: theory and practice, 2(23), 92-94c. 11(39)-son 31.08.2023 y

11. S.M.Raxmonova Didactic possibilities of improving the methodology for preparing future educators of the preschool educational organization for innovative professional activities. pindus journal of culture, literature, and elt issn: 2792 - 1883 | volume 2 no. 12

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.