Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM MUTAXASSISLARIDA EKOESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM MUTAXASSISLARIDA EKOESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ekoestetika / ekoestetik bilim / ekologik-ekoestetik ta’lim omillari / ekologik ta’limning asosiy tamoyillari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Egamberdiyeva Turg’Unoy Axmadjonovna, Ashurova Oygul Anvarjonovna

Maqolada Bo‘lajak maktabgacha ta’lim tizimi pedagoglarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish ekologik ta’lim-tarbiya jarayoni, Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarda ekologik-estetik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish murakkab jarayon hisoblanishi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM MUTAXASSISLARIDA EKOESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM MUTAXASSISLARIDA EKOESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI USTUVOR YO'NALISHLAR

*Egamberdiyeva Turg'unoy Axmadjonovna, 2Ashurova Oygul Anvarjonovna

1Farg'ona davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti "Pedagogika" kafedrasi

o'qituvchisi pedagogika fanlari doktori.prof 2Farg'ona davlat universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti "Maktabgacha ta'lim"

kafedrasi o'qituvchisi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11048558

Annotatsiya. Maqolada Bo'lajak maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish ekologik ta'lim-tarbiya jarayoni, Bo'lajakpedagog-tarbiyachilarda ekologik-estetik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish murakkab jarayon hisoblanishi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ekoestetika, ekoestetik bilim, ekologik-ekoestetik ta'lim omillari, ekologik ta'limningasosiy tamoyillari.

Аннотация. В статье говорится о том, что развитие экоэстетической культуры педагогов будущей системы дошкольного образования является экологическим образовательно-воспитательным процессом, формирование системы эколого-эстетических знаний и навыков у будущих педагогов-воспитателей является сложным процессом.

Ключевые слова: экоэстетика, экоэстетические знания, эколого-экоэстетические воспитательные факторы, основные принципы экологического образования.

Abstract. The article says that the development of the eco-aesthetic culture of teachers of the future preschool education system is an ecological educational process, the formation of a system of ecological and aesthetic knowledge and skills of future educators is a complex process.

Keywords: eco-aesthetics, eco-aesthetic educational factors, eco-aesthetic education, basic principles of environmental education.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida ham bolalarni maktabgacha yoshdanoq tabiatni asrab avaylashga oid ekologik bilimlar bilan qurollantirish va tabiat bilan yaqindan tanishtirib borish, ularga ekologik tarbiya berish, shu orqali bolalarning borliq to'g'risidagi tasavvurlarini boyitish, dunyoqarashini o'stirish, hayotiy tajribalarini mustaxkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini, ma'naviy hissiyotlarini taraqqiy toptirish yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, bolalarga inson umri tabiat bag'rida kechishini, inson va tabiat o'zaro bog'liqligini, ularning bir-biriga nisbatan ta'sir ko'rsata olishini hamda bu ta'sirlarning ijobiy va salbiy oqibatlarini anglatish, shu orqali bolalar o'rtasida ekologik tarbiyani yo'lga qo'yish, yosh qalblarda ona tabiatga mehr-muhabbat tuyg'ularini uyg'otish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Buning uchun esa bolalarni tarbiyalovchilari, ya'ni maktabgacha ta'lim mutaxassislarining o'zi kuchli kasbiy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi hamda tayanch kompetensiyalar shakllangan bo'lishi talab etiladi.

Bo'lajak maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglarining ekoestetik madaniyatini rivojlantirish ekologik ta'lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda ekologik-estetik dunyoqarashni shakllantirish orqali ekoestetik madaniyat rivojlanib boradi. Shunday ekan, bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda ekologik ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ekologik ta'lim-tarbiya jarayoniga ekoestetik bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'htibor qaratish dolzarblik kasb etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Milliy ta'lim tizimida endilikda maktabgacha ta'lim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-3261-sonli qarori va unga ilova qilingan «Yo'l xaritasi»ning 1-bandiga muvofiq maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tuzildi. 2019-yil 16-dekabrdagi

"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hamda 2019-yil 6-avgustda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi «O'zbekiston Respublikasida ekologik ta'limni rivojlantirishkonsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 434-sonli qarorini amalga joriy etish maqsadida «Maktabgacha ta'limtashkilotlarida ekologik ta'lim va tarbiyani rivojlantirish chora-tadbirlari» bo'yicha 7/1 va 6-sonli qo'shma qarorida ekologik ta'lim va tarbiyani qaytadan ko'rib chiqish vazifasi yuklatildi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.01.2024 yildagi PQ-21-son O'zbekiston respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi vazifalar ko'rib chiqild.

Bo'lajak pedagog-tarbiyachilarning ekoestetik madaniyati ekologik bilim va ko'nikmalar hamda estetik did va nafosatlilikning o'zaro uyg'unligiga asoslangan umummadaniyatning tarkibiy qismi bo'lib, unga ko'ra tabiyatga, atrof-muhitga va butun ekotizimga go'zallik sifatida qarash, ularning ulug'vorligini anglash va shu asosida ekologik mas'uliyatlillikni his qilish madaniyati hisobalandi.

Bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda ekologik-estetik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki uzluksiz ta'lim tizimini birinchi bosqichi bo'lgan maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ta'lim tarbiyasi juda murakkab jarayon bo'lib, bu jarayonda moddiy va ma'naviy hayotga oid ilk tushunchalar bolalar ongida shakllantiriladi. Bunday murakkab jarayonni amalga oshirishda tarbiyachilik faoliyatini mas'uliyat bilan bajaruvchi mutaxassislarni tayyorlashda ayrim ilmiy yondoshuvlar asosida yaratilgan bo'lajak mutaxassislarni pedagog kasbiy tayyorlashga oid professogramma o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston yangi taraqqiyot bosqichida ham ekologik masalalar, tabiatda ro'y berayotgan noxush hodisalar oqibatini bartaraf etish, ro'y berishi mumkin bo'lgan bunday vaziyatlarning oldini olish kabi dolzarb vazifalarga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Insonning tabiatga noto'g'ri munosabati natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlarning oldini olishda ekologik ta'lim-tarbiyaning o'rni nihoyatda katta.

Bo'lajak pedagog-tarbiyachilarda ekoestetik madaniyatni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonning maqsad va vazifalarini ko'rib chiqish, ustuvor vazifalarini belgilab olish uchun ekologik ta'lim-tarbiya va unga aloqador tushunchalarning mazmun mohiyatini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq ish bo'ladi.

Ekoestetik ta'lim va tarbiya orqali kishilarda, jumladan, yoshlarda tabiatni go'zallashtirish borasidagi tasavvurlar, o'z yashash muhiti to'g'risidagi bilimlar, atrofimizdagi olam, tabiat va insonlarni o'zaro uzviy bog'langanlik haqidagi estetik dunyoqarashlar, o'z o'lkasi va vatanining ekologik tizimlari (ekotizimlari), ularning paydo bo'lishi, evolyutsion rivojlanishi, antropogen o'zgarishi, makon va maydon bo'yicha tarqalish qonuniyatlari, undan kelib chiqadigan hususiyatlari, boyliklari, holati, kelajak istiqbollari, milliy, regional va global miqyosdagi tabiat va jamiyat munosabatlari, amaliy ekologik ko'nikma va malakalar, Yer yuzasi atrof-muhitini muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmularini qayta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

tiklashga oid muammolarni anglash va ularning yechimini topishga doir to'g'ri qarorlarni qabul qilish kompetensiyasi rivojlantiriladi.

Aslida, ekologik ta'lim, tarbiya va amaliyot mohiyati uning uch yo'nalishdagi tadqiqot qilish, o'rgatish va amalga joriy etish predmetida o'z aksini topadi: ekotizimlarni (tabiiy va antropogen o'zgargan) muhofaza qilish; ekotizimlarning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish; buzilgan ekotizimlarni qayta tiklash lozimligi takidlangan.

Ekologik ta'lim-tarbiya tabiat va jamiyat o'rtasidagi uzviylikni ta'minlash hamda tabiiy barqarorlikni saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, ekologik ta'lim-tarbiya yoshlarni tabiatdan ongli ravishda foydalanish va ular qalbida tabiatga mehr-muhabbat uyg'otish hamda tejamkorlikka o'rgatishda qo'l keladi. Albatta, yosh avlod qalbida tabiatga nisbatan hurmat hissini shakllantirish va rivojlantirish muhim masalalardan sanaladi. Bu, o'z navbatida, pedagog kadrlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to'laqonli huquqiy-me'yoriy baza yaratildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Ta'lim to'g'risida"gi qonunlar, shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta'lim-tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Ta'kidlash joizki, "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta'lim muassasalarida ekologiya fanini o'qitishning majburiyligini ta'minlash mustahkamlab qo'yilgan. Tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, ularni muhofaza qilish masalalarini ongli ravishda hal etish uchun oila, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlab bolalarda tabiatga mehr-muhabbat ruhini shakllantirish, ekologiyaga oid bilimlarni ular shuuriga singdirish darkor. Bu kelajakda atrof-muhitni muhofaza qila oladigan va tabiatdan oqilona foydalanadigan avlodni shakllantirishning muhim shartidir. Zero, o'sib kelayotgan yosh avlod tabiat haqidagi bilimlarni egallab, tevarak-atrofning nozikligini, uning go'zalliklarini qalban his qila olsagina, ona Vatanga, uning tabiatiga muhabbati oshadi. Ta'lim tashkilotlarida o'qitish jarayonida bolalar ongini hozirgi ekologik muammolar mohiyatini ochib beruvchi bilimlar bilan boyitish va shu bilimlarni ularning amaliy faoliyati, ijtimoiy mehnati bilan mustahkamlab borish maqsadga muvofiq. Bunday mas'uliyatli vazifani hal qilish uchun tarbiyachidan shu soha bo'yicha bilimga, pedagogik mahoratga, yuksak ekologik madaniyatga ega bo'lish, shuningdek, tinimsiz izlanish, o'rganish talab qilinadi. Bu borada ta'lim tashkilotlarida "Ekologik markaz", "Ekologik to'garak"larni tashkil qilish, muntazam ravishda ekofestivallar yoki tanlovlar o'tkazib turish, o'quv-metodik qo'llanmalar, darsliklar, ko'rgazmali materiallarni nashr etish yaxshi samara berishi, shubhasiz. Ekologik ta'lim-tarbiyani yuzaga keltiruvchi maskanlardan yana biri - bu mahalla. Darhaqiqat, xalqimizda tabiatga bo'lgan ehtirom tarix kabi ko'hnadir. Shu ma'noda azaliy qadriyatlarimizdan bo'lmish umumxalq hasharlarini o'tkazish va ularga yoshlarni ko'proq jalb etish ayni muddao. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishga bag'ishlangan turkum ko'rsatuv, eshittirishlar, ijtimoiy ekologik roliklarni muntazam efirga uzatib borish, vaqtli matbuot nashrlarida maqolalar chop etish orqali targ'ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish ham aholining ekologik madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Muxtasar aytganda, jamiyatimizda yoshlarning ekologik-huquqiy ta'lim-tarbiyasi, ekologik madaniyatini yuksaltirishning yo'nalishlari ko'p. Eng muhimi, ular hayotimiz asosi bo'lgan tabiat ne'matlarini asrashga xizmat qilsagina, oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga erishamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Конституцияси. -Тошкент.: Адолат, 2023. -Б.76.

2. Узбекистон Республикаси Президентининг П^-3160-сон «Маънавий маърифий ишлар самарадорлигини ошириш ва сохани ривожлантиришнинг янги боскичга кутариш тугрисида »ги ^арори. // Халк сузи. 2017 йил 28 июь.

3. Узбекистон Республикаси Президентининг «Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида»ги П^-2909 сонли ^арори // Халк сузи. 2017 йил 16 май.

4. Узбекистон Республикаси Президентининг «Педагог кадрларни тайёрлаш, халк таълими ходимларини кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида» 2017 йил 26 сентябрдаги П^-3289-сон, Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2017 йил 28 декабрдаги «Педагог ходимларни кайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида» 1026-сонли карори

5. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 25 январдаги ПФ-5313-сонли «Умумий урта, урта махсус ва касб-хунар таълими тизимини тубдан такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида»ги Фармони.

6. Узбекистон Республикаси Президентининг Узбекистон Республикаси Президентининг «Иктидорли ёшларни аниклаш ва юкори малакали кадрлар тайёрлашнинг узлуксиз тизимини ташкил этиш чора-тадбирлари тугрисида»ги П^-4306-сонли ^арори. // Халк сузи. 2019 йил 4 май

7. Узбекистон Республикаси Президентининг «2019-2023 йилларда Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университетида талаб юкори булган малакали кадрлар тайёрлаш тизимини тубдан такомиллаштириш ва илмий салохиятни ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида»ги П^-4358-сонли ^арори. // Халк сузи. 2019 йил 18 июнь.

8. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2019 йил 27 май, 434-сонли «Узбекистон Республикасида Экологик таълимни ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тугрисида»ги карори.

9. Узбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлиги (МТВ ) хамда Экология ва атроф-мухитни мухофаза килиш давлат кумитасининг 2019 йил 6 августда «Мактабгача таълим ташкилотларида экологик таълим ва тарбияни ривожлантириш чора-тадбирлари» буйича 7/1 ва 6-сонли кушма карори.

10. Ashurova, O. A. (2021). AESTHETIC EDUCATION AS A FACTOR OF PROFESSIONAL TRAINING OF PRESCHOOL TEACHERS IN A PEDAGOGICAL UNIVERSITY. Theoretical & Applied Science, (5), 425-427.

11. Ashurova, O. (2021). Analysis of foreign experience on the development of eco-aesthetic culture of future preschool education specialists. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1478-1484.

12. Ashurova, O. A. (2021). SOCIO-HISTORICAL TRADITIONS OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 46-52.

13. Ashurova, O. (2021, December). THE IMPORTANCE OF AESTHETICITY OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 88-90).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

14. Anvarjonovna, A. O. (2021). Factors for the Development of Ecoesthetic Culture of Future Preschool Educational Professionals. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(5), 162-164.

15. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254258).

16. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254258).

17. Anvarjonovna, A. O. (2021). AESTHETIC CULTURE OF THE EDUCATOR. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 253-255).

18. AO Anvarjonovna - Emergent Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL),2022 TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF FUTURE SPECIALISTS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS(7-12)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.