Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
14
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ART pedagogikasi / tasviriy san’at / ijodkorlik / san’at / mahorat / chizma / shakl / rang / tasvir / tafakkur / mezon / ijodkorlik omili / ijodkorlik parametrlari / innovatsiya / intelekt.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzayeva Dilfuza

Maqolada maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalari ijodkorligini rivojlantirishda ART pedagogika vositasidan foydalanishning dolzarbligi, mavzuga oid adabiyotlar tahlili, bolalar ijodkorligini tasviriy san’at mashg‘ulotlari jarayonida oshirib borish, bolalarni tasviriy san’atga qiziqtirish, ularda estetik did va nafosatni shakllantirishga oid ma’lumotlar berilgan. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari asosida ART pedagogikasi vositasida tayyorlov guruhi bolalarining ijodkorligini rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY TADQIQOTLAR TAHLILI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY TADQIQOTLAR

TAHLILI

Mirzayeva Dilfuza Shavkatovna

Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi dotsenti

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalari ijodkorligini rivojlantirishda ART pedagogika vositasidan foydalanishning dolzarbligi, mavzuga oid adabiyotlar tahlili, bolalar ijodkorligini tasviriy san'at mashg'ulotlari jarayonida oshirib borish, bolalarni tasviriy san'atga qiziqtirish, ularda estetik did va nafosatni shakllantirishga oid ma'lumotlar berilgan. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari asosida ART pedagogikasi vositasida tayyorlov guruhi bolalarining ijodkorligini rivojlantirishning takomillashtirilgan modeli tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: ART pedagogikasi, tasviriy san'at, ijodkorlik, san'at, mahorat, chizma, shakl, rang, tasvir, tafakkur, mezon, ijodkorlik omili, ijodkorlik parametrlari, innovatsiya, intelekt.

Аннотация. В статье представлена информация об актуальности использования арт-педагогики в развитии творчества детей дошкольной подготовительной группы, анализ литературы по теме, Повышение детского творчества в процессе занятий изобразительным искусством, интерес детей к изобразительному искусству, формирование у них эстетического вкуса и утонченности. На основе государственных требований к развитию детей раннего и дошкольного возраста предложена усовершенствованная модель развития творчества детей подготовительной группы средствами арт-педагогики.

Ключевые слова: художественная педагогика, изобразительное искусство, творчество, искусство, мастерство, рисунок, форма, цвет, образ, мышление, критерий, фактор творчества, параметры творчества, инновации, интеллект.

Annotation. The article provides information on the relevance of the use of the art pedagogical tool in the development of the creativity of children of the preschool preparatory group, the analysis of thematic literature, the increase in children's creativity in the process of fine arts training, the interest of children in the Fine Arts, the formation of aesthetic taste and sophistication in them. On the basis of state requirements for the development of children of early and preschool age, an improved model of the development of the creativity of the children of the preparatory group through art pedagogy was recommended.

Keywords: art pedagogy, fine arts, creativity, art, skill, drawing, form, Color, Image, thinking, criterion, factor of creativity, parameters of creativity, innovation, intelekt.

Kirish.

Dunyoda ijtimoiy jamiyat rivojining turli sohalarida ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashi va ijodiy tafakkurini tizimli rivojlantirish, jahon standartlariga asoslangan pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda ta'limni axborotlashtirish sharoitida maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida ART pedagogikasi vositalaridan innovatsion yondashuvlarga asoslangan holda maqsadli qo'llashga alohida e'tibor qaratilmoqda[1]. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning intellektual salohiyatlarini oshirish masalalari bilan BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari - 2030" dasturi, Erasmus + Capacity Building Project dasturi, IMEP loyihasi, yagona Yevropa ta'lim hududi ham alohida dastur asosida izchil shug'ullanmoqda.

Xalqaro miqyosda maktabgacha ta'lim sohasida kechayotgan islohotlar, fan va texnikaning ilg'or tajribalarini jadallik bilan amaliyotga qo'llash maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "2030-yilgacha barcha o'g'il bolalar va qiz bolalar uchun kichik yoshdagi bolalarni rivojlantirish, parvarishlash va maktabgacha o'qitishning sifatli tizimlaridan ular boshlang'ich ta'limni olishga tayyor bo'lishlari maqsadida bemalol

foydalanish imkoniyatini ta'minlash'^ga ma'sul bo'lgan tarbiyachi pedagoglarning mahorati, kasbiy kompetentligi hamda kreativ potensialini takomillashtirishni taqozo qilmoqda.

Mavzuning dolzarbligi.

Maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarning ijodkorligini rivojlantirishda ART pedagogikasi vositasidan foydalanish tayyorlov guruhi bolalarining iqtidori yordamida ularning muayyan sohasidagi faoliyatlari rivojlanishiga asos bo'ladi [1]. Bu esa yosh avlodning rivojlanishi uchun potensial imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Yosh avlodda ijodkorlik ko'nikmalarining rivojlantirilishi, bilish faolligining oshishi ko'p jihatdan mavjud shart-sharoitlar va ta'lim-tarbiya mazmuni bilan bevosita bog'liq. Ta'lim-tarbiua mazmunida xalq ijtimoiy tajribasining ifodalanishi jarayon subuyektlarida ijodiy faollikning vujudga kelishiga imkoniyat yaratadi.

Asosiy qism.

Art-pedagogika — bu ta'limda san'atni o'rganish va rivojlantirish uchun vosita sifatida foydalanishni nazarda tutadi. U murakkab ijodiy jarayonlar, emotsional rivojlanish va ijtimoiy adaptatsiyani rag'batlantirish maqsadida turli san'at turlarini, masalan, musiqa, rasm, teatr va raqsni o'z ichiga oladi[2].

Maktabgacha ta'limda Art-pedagogikasidan foydalanishning bugungi kundagi dolzarbligi o'ziga xos xalqaro talablarga mos ravishdagi ta'lim dasturlari asosida bolalardagi ijodkorlik, emotsional rivojlanish, ijtimoiy ko'nikmalarga egalik, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish kabi ehtiyojlarni qondirishga yo'naltirilgan metodikalardan foydalanish ko'lamini kengashtirish bilan bog'liqdir. ushbu zarurat va dolzarblik quyidagi talablardan iborat:

1 .Ta'limda ijodkorlik: Zamonaviy dunyoda ijodkorlik va innovatsiya talab etiladi. Art-pedagogika o'quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi.

2.Emotsional rivojlanish: San'at insonning his-tuyg'ularini ifoda etishga va tushunishga yordam beradi. Bu, o'z navbatida, emotsional intellektual rivojlanishni rag'batlantiradi.

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 83-qarori, 4.2. vazifasi.

3.Ijtimoiy ko'nikmalar: Art-pedagogika jamoa ishini va ijtimoiy aloqalarni rivojlantiradi. U o'quvchilarning bir-biri bilan hamkorlik qilish qobiliyatini oshiradi.

4.Shaxsiy rivojlanish: San'at orqali o'zini ifoda etish va shaxsiy tajribalarni bildirish imkoniyati, o'quvchilarning o'zini anglashini yaxshilaydi.

5.Kreativ ta'lim metodlari: Art-pedagogika an'anaviy ta'lim usullarini boyitib, o'quvchilarni faol ishtirok etishga va o'rganish jarayoniga jalb etadi.

6.Madaniy tushuncha: San'at orqali madaniyatni o'rganish va uni qadrlash, o'quvchilarning global dunyodagi o'rnini yaxshilaydi.Shu sababli, art-pedagogika ta'lim jarayonida muhim vosita sifatida qabul qilinmoqda.

Art-pedagogikaning asosiy prinsiplari:

1 .Ijodiy yondashuv: San'atni ijodkorlik va o'zini ifoda etishni rivojlantirish uchun foydalanish.

2.Emotsional jalb etish: San'at o'quvchilarga o'z emotsiyalari va his-tuyg'ularini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

3.Ijtimoiy o'zaro aloqa: Birgalikdagi ijodiy loyihalar jamoa ishini va ijtimoiy integratsiyani rag'batlantiradi.

4.Shaxsiylashtirilgan ta'lim: Har bir o'quvchining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga oladi.

Art-pedagogika sidan maktabgacha ta'lim jarayonlaridan boshlab foydalanish har bir shaxsning hayot va kasbda foydali bo'ladigan ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ijodkorligini ART pedagogikasi orqali rivojlantirishning dolzarbligi quyidagi omillarga ham bog'liq:

-maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlari, ularni namoyon qilish imkoniyatlari va ijodiy faolligini oshirish masalalari o'quv-tarbiya jarayonining yetakchi yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

-ART pedagogikasining metodlari, vositalari va texnologiyalari bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. bu esa bolalarning ijodiy tafakkuri, fantaziyasi va ijodiy faoliyatini rag'batlantirish imkonini beradi.

-ijodiy qobiliyatlarning shakllanishi va rivojlanishi bolalarning umumiy rivojlanishi va shaxsiy sifatlarining shakllanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

-bolalar ijodkorligini ART pedagogikasi vositalari orqali rivojlantirish yetakchi rivojlangan mamlakatlarda maktabgacha ta'lim tizimining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Biz mavzu bo'yicha belgilangan vazifalarni bajarish jarayonini maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarining ijodkorligini rivojlantirishda ART pedagogikasi vositalaridan foydalanishga oid adabiyotlarni hamda ilmiy tadqiqot ishlarini o'rganib chiqishdan boshladik.

Mamlakatimiz pedagog olimlarining ushbu mavzudagi ilmiy tadqiqotlari haqida ham ma'lumotlar topdik. Jumladan, Sh.R. Rajabova maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ART pedagogikasi vositalari orqali shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. U bolalarning ijodiy tafakkuri, fantaziyasi va ijodiy yondashuvlarini rivojlantirishda rassomlik, musiqa, harakatli o'yinlar va dramatizatsiyadan foydalanish usullarini ishlab chiqqan[3].

A.A.Abduqodirov maktabgacha ta'lim muassasalarida ART pedagogikasi usullarini qo'llash orqali bolalarning estetik idrokini rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan. U bolalarga ta'sir etuvchi zamonaviy san'at turlarini o'rgangan va ularni maktabgacha ta'lim faoliyatiga joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqqan.

G.A.Raxmatova bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda milliy an'analar va hunarmandchilikdan foydalanish masalalarini tadqiq etgan. U o'zbek xalq amaliy san'ati asarlarining bolalar ijodkorligiga ta'sirini o'rgangan.

M.B.Hakimova maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar teatrining ijodiy rivojlanishini ta'minlash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. U bolalarning dramatik qobiliyatlarini rivojlantirishda teatr san'atining o'rni va ahamiyatini asoslab bergan.

G.A.Axmedova maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqaviy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda an'anaviy va zamonaviy musiqiy vositalardan foydalanish masalalarini tadqiq etgan.

A.N.Lutfullayev maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ertak va dostonlar vositasida rivojlantirish bo'yicha ilmiy-metodik ishlanmalar yaratgan. U xalq og'zaki ijodi asarlarining bolalarning fantaziya va ijodkorligiga ta'sirini o'rgangan.

R.R.Mo'minova maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy savodxonligini rivojlantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalarini ilmiy jihatdan asoslab bergan. U bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o'zbek xalq amaliy san'ati vositalarida namoyon bo'lishini tadqiq etgan.

D.SH.Ikromova maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning musiqaviy-harakatli ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqqan. U an'anaviy o'zbek raqslari va zamonaviy harakatli o'yinlarning bolalar ijodkorligiga ta'sirini o'rgangan.

M.Q.Xudoyberdiyev maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda xalq og'zaki ijodi asarlarining o'rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Z.N.Mavlonova bolalarning ijodiy fantaziyasini rivojlantirishda ertaklar, milliy binolarimiz, harakatli o'yinlar va teatr san'atining samarali vositalar ekanligini isbotlagan.

N.B.Abdullayeva maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy tasavvuri va fantaziyasini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish masalalarini yoritib bergan. U zamonaviy raqamli vositalar orqali bolalar ijodkorligini rag'batlantirish yo'llarini ishlab chiqqan.

SH.R.Xolmirzayeva maktabgacha yoshdagi bolalarning loyihalash va konstruktiv qobiliyatlarini rivojlantirishda o'yinlar va qo'lda yasalgan buyumlar vositasidan foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan.

A.R.Rajabov maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni teatr san'atiga hamda individual ijodiy faoliyatga yo'naltirish orqali ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullarini ishlab chiqqan.

D.A.Azimova maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda syujetli-rolli o'yinlar va dramatizatsiyaning ahamiyatini asoslab bergan.

G.N.Ibragimova maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini milliy hunarmandchilikka oid turli xil ijodiy loyihalar yordamida rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan.

D.S.Eshonxo'jayeva maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda rassomlik va tasviriy san'at turlaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqqan. U bolalarning ijodiy qobiliyatlari va tasviriy savodxonligini oshirish bo'yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar tayyorlagan.

O.N.Xojiyeva bolalarning ijodiy fantaziyasini rivojlantirishda xalq hunarmandchiligi namunalarining o'rni va ahamiyatini ilmiy jihatdan asoslab bergan. U bolalarni milliy qadriyatlar asosida ijodiy faoliyatga yo'naltirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqqan.

F.O.Ruziyeva maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishda ertak va dostonlardan foydalanish metodikasini takomillashtirgan. U xalq og'zaki ijodi asarlariga asoslangan syujetli-rolli o'yinlar va dramatizatsiyalar orqali bolalar ijodkorligini rag'batlantirish yo'llarini yoritib bergan.

D.E.Rustamova maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy-konstruktiv qobiliyatlarini rivojlantirishda o'yin faoliyati va qo'l mehnatini o'rgangan. U bolalarga ijodiy yondashuvni singdirishda milliy hunarmandchilik namunalaridan foydalanish usullarini taklif qilgan.

M.SH.Sirojiddinova maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda sintetik san'at turlaridan (teatr, musiqa, raqs) foydalanish bo'yicha ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratgan.

E.S.Xolmurodova maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda topshiriqli o'yinlar va loyihalash mashg'ulotlarining ahamiyatini ilmiy asoslab bergan. U bolalar ijodkorligini rag'batlantirish maqsadida o'quv-tarbiya jarayoniga tematik loyihalarni joriy etish yo'llarini taklif qilgan.

M.M. Tosheva maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning musiqiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda an'anaviy o'zbek musiqa asarlaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqqan. U milliy musiqiy merosimizdan bolalar ijodkorligini oshirish maqsadida samarali foydalanish yo'llarini asoslab bergan.

MDH olimlarining maktabgacha ta'lim tashkilotlari bolalarining ijodkorligini rivojlantirishda san'at pedagogikasi vositalaridan foydalanish bo'yicha tadqiqotlari haqida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:

E.A. Flerinarning (Rossiya) maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini tasviriy san'at va xalq ijodiyoti vositalari orqali rivojlantirishga qaratilgan ishlari;

T.S. Komarovanin (Rossiya) bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda tasviriy faoliyat darslarining ahamiyatiga bag'ishlangan tadqiqotlari;

N.P. Sakulinaning (Rossiya) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni san'atga jalb qilish orqali estetik tarbiyalash masalalariga oid ishlari;

G.V. Labunskayaning (Ukraina) maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini musiqa va teatrlashtirilgan faoliyat orqali rivojlantirishga oid tadqiqotlari;

N.A. Vetluginaning (Rossiya) bolalarning turli badiiy faoliyat turlari jarayonida badiiy-ijodiy malakalarini shakllantirishga doir izlanishlari;

D.B. Elkonin (Rossiya) maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirishda o'yin faoliyatining o'rni va ahamiyatini o'rgangan;

L.S. Vigotskiy (Rossiya) bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish va uning psixologik mexanizmlarini yoritib bergan;

B.M. Teplov (Rossiya) bolalarning musiqaviy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan izlanishlar olib borgan;

V.A. Suxomlinskiy (Ukraina) bolalarning estetik tarbiyasi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda san'atning ahamiyati masalalarini o'rgangan;

O.V. Dibina (Rossiya) bolalarni turli san'at turlari vositasida ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borgan;

N.A. Vetlugina (Rossiya) bolalarning rassomlik, musiqa, teatr va boshqa san'at turlaridagi ijodiy faoliyatini rivojlantirish masalalarini o'rgangan;

S.A. Kozlova (Rossiya) maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning san'atga bo'lgan ehtiyojlari va ularni qondirish yo'llarini tadqiq etgan;

V.G. Nechayeva (Rossiya) maktabgacha yoshdagi bolalarni san'at vositalari orqali ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalariga e'tibor qaratgan;

YE.A. Flerina (Rossiya) bolalarda estetik idrok va obrazli tafakkurni rivojlantirish uchun zamonaviy san'at turlaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqqan;

G.N. Panteleyev (Rossiya) maktabgacha yoshdagi bolalarni turli san'at turlari yordamida ijtimoiy integratsiya qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan;

L.A. Paramonova (Rossiya) bolalarning ijodiy tafakkuri va fantaziyasini rivojlantirishda rasm, musiqa va harakatli o'yinlar vositasidan foydalanish usullarini ishlab chiqqan.

Ushbu olimlarning ilmiy ishlari maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatida bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ART pedagogikasidan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini takomillashtirish, metodik mazmunini yoritish hamda rivojlantirishning metodik ta'minoti masalalari o'rganilgan bo'lib, mazkur jarayonning takomillashuviga katta hissa qo'shgan.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, bolalarning ijodkorligini rivojlantirish maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada o'zbekistonlik olimlar tomonidan bir qator muhim ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lsada, lekin, aynan, ART pedagogikasi maktabgacha yoshdagi tayyorlov guruhi bolalarining ijodkorligini rivojlantirish mavzusida ilmiy tadqiqotlar mavjud emas. Ushbu mavzu esa, quyidagilarda o'z dolzarbligi bilan ahamiyatlidir:

Ijodiy qobiliyatlar maktabgacha yoshda rivojlanishining eng muhim davri hisoblanadi. Bu davrda bolalarning ijodiy tafakkuri, fantaziyasi va ijodiy faolligini oshirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ART pedagogikasi metodlari, vositalari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bolalar ijodkorligining shakllanishida muhim

12

rol o'ynaydi. Turli san'at turlari (rassomlik, musiqa, xoreografiya, dekorativ-amaliy san'at va boshqalar) bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali vositalar hisoblanadi[4].

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning ijodiy faolligini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish dolzarb pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, ushbu masalaga doir ilmiy ishlar va amaliy tajribalarni o'rganish va tizimlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotimiz davomida o'rganishlar natijasi shuni ko'rsatdiki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ART pedagogikasi vositalari yordamida bolalar ijodkorligini rivojlantirish muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Ma'lumki, bugungi ta'limning yuqori sifat bosqichiga chiqishi davrida bolalar ijodkorligini ART pedagogikasi vositalari orqali rivojlantirishning dolzarbligi quyidagi asoslarga tayanadi:

-maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatlarning shakllanish davri hisoblanadi. ushbu yoshda bolalarda ijodiy tafakkur, fantaziya va ijodiy faollik rivojlanishi muhim;

-san'at turlari (rassomlik, musiqa, harakat san'ati, teatr, amaliy-dekorativ san'at) bolalarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish va rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi;

-art pedagogikasining metodlari, usullari va texnologiyalari bolalar ijodkorligini rag'batlantirish hamda ijodiy faollikni oshirish uchun samarali vosita hisoblanadi.

O'zbekistonlik olimlar tomonidan ushbu masala yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ART pedagogikasi vositalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko'rsatib bergan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi omillar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ijodkorligini ART pedagogikasi vositalari orqali rivojlantirish masalasining dolzarbligini belgilagan holda ushbu muammoga o'ziga xos yondashuvlar asosida yechim berishgan. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar ijodkorligini

rivojlantirishda ART pedagogikasi metodlari, vositalari va texnologiyalaridan foydalanish juda muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Konsepsiya kreativnosti Dj. Gilforda i E. P. Torrensa. Konsepsiya kreativnosti kak universalnoy poznavatelnoy tvorcheskoy sposobnosti priobrela populyarnost posle vixoda v svet rabot Dj. Gilforda (Guilford J. P., 1967).

2. Sergeeva N. Yu. Art-pedagogika kak resurs gumanitarizatsii shkoli novogo veka // Problemi iskusstva v XXI veke: Zadachi shkoli: Sbornik statey po materialam Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii (Sankt-Peterburg, 22—23-noyabrya 2010 g.) / Pod nauchn. red. O. B. Ostrovskogo. — SPb.: Poltorak, 2010. — 450 s. — S. 132—133.

3. Dilova N.G. Strategies for preparing future teachers for interpersonal relationships through the legacy of eastern thinkers // Web of scholars: Multidimensional Research Journal (MRJ) Vol. 01 Issue: 07|2022 ISNN: (2751- 7543) http://innosci.org - P. 230-240.

4. Dilova N.G. "Uchinchi renessans" davrida ta'limning uzluksizligini ta'minlashda sharq allomalari merosidan foydalanish //"Maktabgacha ta'lim - maktab - oliy ta'lim" konsepsiyasi: muammo, yechimlar va istiqbollar: Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Buxoro, 2022. - B. 153-153.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.