Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AQLIY TARBIYANI TASHKIL ETILISHI VA AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AQLIY TARBIYANI TASHKIL ETILISHI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / davr / insonparvarlik / axloq / ta’lim / aql / zakovat / o’qituvchi / natija / oila / aqiliy tarbiya / donishmandlik / zukkolik / aqliy tajriba / aqliy yetuklik / aqliy faoliyat / aqliy mehnat. / Man / era / humanitarianism / morality / education / intelligence / intelligence / teacher / result / family / mental education / wisdom / ingenuity / mental experience / mental maturity / mental activity / mental work.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rajabova M.Y.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o‘rni haqida so‘z yuritilgan. Muallif bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlarining muhim ahamiyatini ko‘rsatib o‘tilgan va yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION AND IMPORTANCE OF INTELLECTUAL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article talks about the role of mental education in raising preschool children to become fully mature individuals. The author shows and explains the importance of cognitive processes in children's mental development.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA AQLIY TARBIYANI TASHKIL ETILISHI VA AHAMIYATI»

Rajabova M. Y.

Fan va texnologiyalar universiteti o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA AQLIY TARBIYANI TASHKIL ETILISHI VA AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning har tamonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashda aqliy tarbiyaning o 'rni haqida so 'z yuritilgan. Muallif bolalarning aqliy rivojlanishida bilish jarayonlarining muhim ahamiyatini ko'rsatib o'tilgan va yoritilgan.

Kalit so'zlar: Inson, davr, insonparvarlik, axloq, ta'lim, aql, zakovat, o'qituvchi, natija, oila, aqiliy tarbiya, donishmandlik, zukkolik, aqliy tajriba, aqliy yetuklik, aqliy faoliyat, aqliy mehnat.

Rajabova M.Y.

Science and technology university teacher

ORGANIZATION AND IMPORTANCE OF INTELLECTUAL EDUCATION IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract. This article talks about the role of mental education in raising preschool children to become fully mature individuals. The author shows and explains the importance of cognitive processes in children's mental development.

Key words: Man, era, humanitarianism, morality, education, intelligence, intelligence, teacher, result, family, mental education, wisdom, ingenuity, mental experience, mental maturity, mental activity, mental work.

O'sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma davrlarda bo'lgani kabi, hozir ham millatning ilg'or kishilari diqat markazida bo'lib kelmoqda.Xo'sh, dunyoqarashni o'zini qanday tushunish kerak?

Dunyoqarash-bizni o'rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o'rin tutadi, uning ongi qanday paydo bo'ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir. Inson o'z faoliyatida malum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan, tushuncha va g'oyalardan foydalanadi. Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini baholaydi, ularni o'ziga talqin etib, ma'lum xulosalarga keladi.

Aql - keng ma'noda sezish va idrok etishdan boshlanib tafakkur va hayotni o'z ichiga oladigan bilish Jarayonlari yig'indisidir.

Aqliy tarbiya — bu aqlni rivojiantirish maqsadida yoshlarga muntazam va maqsadga muvotlq pedagogik ta'sir koTsatish. U yosh avlodning insoniyat

to'plagan bilimlar, malaka va ko'nikmalarda, qoidalarda o'z ifodasini topgan ijtimoiy-tari.xiy tajribani egallashning rejali jarayoni sifatida ro'y beradi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma'lum maqsad asosidagi ta'sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otish, aqliy malaka va ko'nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql his-tuyg'ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo'lgan jarayonlar yig'indisidir. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shug'ullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi.

Sharq va G'arb xalqlari yaratgan og'zaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta'lim-tarbiyaga doyr ilg'or fikrlarini o'rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini o'rganish biz uchun juda qimmatlidir:

— ta'lim-tarbiya to'g'risidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bog'chalari amaliy hayoti bilan bog'lab, bo'lajak tarbiyachi;

— o'qituvchilarga o'rgatish hamda xalq ta'limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur o'rganib, bo'lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;

— maktabgacha tarbiya muassasalarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish:

— birinchidan, bolalar sog'lig'ini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini ta'minlaydi;

— ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojl antiradi;

— uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon o'lkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, o'rtoqlik va jamoatchilik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;

— to'rtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi. Demak, bilish jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyg'ulari shakllanadi.

Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bo'lib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bo'ladi.

Dunyo, inson, aql-zakovat, ma'naviyat-bular bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Dunyo bunyod bo'libdiki, inson dunyo yuzini ko'ribdiki, o'zini inson sifatida anglabdiki, u o'zini borliqning eng mukammal mavjudoti sifatida aql -

zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma'naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma'lum bir maqsad bilan kelmaydi. U o'zligini idrok etgandan so'ng hayotda yashashdan ma'no izlaydi va shu narsa uning hayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom-nishon qolmaydi, hayotning ma'nosiga, qadriga yetmaydilar. Insonlar bor - mana shu kelishi bilan ketishi o'rtasidagi "umr" deb atalmish vaqtga chaqmoqday chaqnab, o'zlarining yorqin izini qoldiradilar. Bu iz o'chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o'zidan keyin yaxshi ot qoldiruvchilar ma'naviy yuksak insonlardir. Ma'naviy komil insongina shunday yuksaklikka, avlod-ajdodlar qalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir.

Demak, inson o'z hayoti va faoliyatini mazmunli o'tkazish uchun avvalo o'zini o'rab turgan borliqni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo'lishi lozim. Chunki inson aqli va uning hayotida muxim o'rin tutishi, aql-idroktufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo'ylik, to'g'rilik, uzoqni ko'ra bilish, nafsning ko'yiga tushmaslik kabi hususiyatlarni amalga oshirishi mumkin. Xalqimizning "Aql insonning ko'rki", "Aql suvdan tiniq, oynaday ravshan" kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun g'oyat oliy ne'matdir. Aql bilan ilm-ma'rifat egallanadi, kasb xosil qilinadi, dunyo sirlari o'rganiladi. "Aql-yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki noxaq bilib olinadi", "Aql-jonning xayoti, jon esa jasadning hayoti, tan esa jasadning hayoti!", "Kishining nafsi aql dan ustun bo'lsa, undan odamning hayvondan farqi yo'q"

Aql kishining o'z irodasi, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy xaqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuqtai-nazardan amal qilishdir. Aql insonlarning piri komili, murshidi, yagonasidir. Rux ishlovi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila din va e'tiqodni mahkam qaladi, shariat hukmlariga bo'ysunadi. Insonlarning do'sti uning aqlidir. Dushmani esa uning nodonligidir. «Ollox eng g'azab qilgan kishi ahmoqdir. Chunki u eng aziz narsadan maxrumdir». Olimlarning fikricha, aql ikki turli bo'ladi. Insonni hayvondan ajratib turadigan tug'ma aqli tabiiy va kasbiy bu tabiiydir. Inson tabiatdagi aqlni o'tkirlash va o'stirish faoliyati bu kasbiydir. Bu esa aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan xosil bo'ladi. U aqlni rivojlantirish uchun ham xar bir kishi xayotdan tajriba orttirish va ilm ma'rifat o'rganishi zarur, xar kimki, aqlga oshno bo'lsa, u jamiki ayblardan poklanadi, xaqiqatni, anglab, kamolotga yetadi.

Aql, zakovat jihatdan yetuk bo'lmagan inson hech qahon o'z Vatanini, o'z dinini, eng asosiysi o'zligini anglay olmaydi, o'zligini anglamagan inson esa manqurtga aylanib qoladi. Bu esa ertangi porloq kelajagimizning halokatidir. Bizning bu boradagi eng asosiy vazifamiz yoshlarni ma'naviy barkamol, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan, yurt istiqboli uchun qayg'uradigan komil insonlarni tarbiyalashimiz, ularni kamol zarur. Komil inson deganda, biz avvalo ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo'ladigan bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo'lmaydi. Uxar bir narsani aql, mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo'ladi.

Darhaqiqat ilm-ma'rifalilik kuch-quvvat manbai, qalbga nur, o'ziga ziyo bag'ishlaydigan buyuk ne'matdir. Shu sababli ham inson hayotda qunt bilan ilmni o'rganishi tufayli aql-zakovati yuksaladi, baxtli hayot uchun kurashadi. Bizga ma'lumki, inson hayoti uchun muhim bo'lgan ilm hikmatlarini o'rganishda ota -bobolarimizning faoliyati va ularning yoshlarga ko'rsatgan g'amxo'rliklari beqiyosdir. Xalqimiz orasidagi quyidagi o'g'itlar insonlarni ilm-ma'rifatga da'vat etuvchi buyuk kuchdir.

Inson uchun aql, eshik ochuvchi, axloqiy yo'l ko'rsatuvchidir. Yetuk axloq vaodobinsonning ziynati, donolarning fazilatidir. Aqlli kishi ahloqli bo'lsagina, xalqiga, mamlakatiga, yoru do'stlariga naf keltiradi. Alisher Navoiy o'zining aqli, ibratli axloqi, odobi bilan mamlakatiga, xalqiga hech qachon so'nmaydigan buyuk meros qoldiradi. U o'zi hayot bo'lgan davrlardayoq, aqli va axloqi bilan xalqiga, mamlakatiga ko'p foyda keltirgan. Aqliy tarbya insoniyat paydo bolgandan boshlab tarbiyaning ustuvor vazifasi bolib kelgan.

Pedarogika fanlari nazaruotchi olimlari S.Rajapov, S.Temurova, S.Nurmatova, B.Mirzahmedova, B.Adizov, R.Ogaevlartomonidan aqliy tardiyani ng shakllanish usullari va uni amalga oshirish tizimi aqliy tarbiyani shakllantirish to'g'rlsldagi fikrlari mavzuning o'rganilganlik darajaslni belgilaydi.

Insonni uluglash, uning kadriga yetish, ayniksa o'sib kelayotgan yosh avlodni aql-idrokli, odobli kilib tarbiyalash, ularni kamolotga yetkazish soxasida Respublikamizda bir kancha ishlarni amalga oshirmokda. Dunyo, inson, aql-zakovat, ma'naviyat-bular bir-biri bilan chambarchas boglikdir. Dunyo bunyod bo'libdiki, inson dunyo yuzini ko'ribdiki, o'zini inson sifatida anglabdiki, u o'zini borlikning eng mukammal mavjudoti sifatida aql- zakovati bilan tanib keladi. Inson ongi, tafakkuri va ma'naviyati tufayli shunday ustunlikka egadir. Inson dunyoga ma'lum bir maksad bilan kelmaydi. U o'zligini idrok etgandan so'ng xayotda yashashdan ma'no izlaydi va bu narsa uning xayoti mazmunini tashkil etadi. Insonlar bor, dunyoga keladilaru ketadilar, ulardan nom-nishon qolmaydi, xayotning ma'nosiga, kadriga yetmaydilar. Insonlar bor - mana shu kelishi bilan ketishi o'rtasidagi "umr" deb atalmish vaktga chakmokday chaknab, o'zlarining yorkin izini koldiradilar. Bu iz o'chmasdir. Mana shunday aql-zakovati bilan o'zidan keyin yaxshi ot koldiruvchilar ma'naviy yuksak insonlardir. Ma'naviy komil insongina shunday yuksaqlikka, avlod-ajdodlar kalbida zamonlar osha, asrlar osha yashashday sharafga sazovordir. Demak, inson o'z xayoti va faoliyatini mazmunli o'tkazish uchun avvalo o'zini o'rab turgan borlikni bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo'lishi lozim. Chunki inson aqli va uning xayotida muxim o'rin tutishi, aql-idrok tufayligina inson donolik, teran fikr, rostgo'ylik, to'grilik, uzokni ko'ra bilish, nafsning ko'yiga tushmaslik kabi xususiyatlami amalga oshirishi mumkin. Xalkimizning "Aql insonning ko'rki","Aql suvdan tinik, oynaday ravshan" kabi naqllar bejiz aytilmagan. Shuning uchun ham aql inson uchun goyat oliy ne'matdir. Aql bilan ilm-ma'rifat egallanadi, kasb hosil kilinadi, dunyo sirlari o'rganiladi. "Aql - yurak ichidagi nur, bu nur bilan haq yoki nohaq bilib olinadi",

"Aql o'z soxibini dunyo malomatlaridan kutkaradi", "Aql- jonning xayoti,jon esa jasadning xayoti, tan esa jasadning xayoti!", "Kishining nafsi aqldan ustun bo'lsa, unday odamning xayvondan farqi yo'k"

Aql kishining o'z irodasi, kalbi va fikri asosida dunyoviy, xayotiy haqikatlami anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuktai-nazardan amal kilishdir. Aql insonlarning piri komili, murshidi, yagonasidir. Rux ishlovi, aql boshlovchidir. Inson aqli ila din va e'tikodni maxkam kiladi, shariat xukmlariga bo'ysunadi. Insonlarning do'sti uning aqlidir. Olimlarning fikricha, aql ikki turli bo'ladi. Insonni xayvondan ajratib turadigan tugma aqli Tabiiy va kasbiy bu tabiiydir. Inson tabiatdagi aqlni o'tkirlash va o'stirish faoliyati bu kasbiydir. Bu esa aqlni ishlatish, tajriba va ilm olish bilan hosil bo'ladi. U aqlni rivojlantirish uchun ham har bir kishi xayotdan tajriba orttirishi va ilm-ma'rifat o'rganishi zarur, har kimki, aqlga oshno bo'lsa, u jamiki ayblardan poklanadi, haqikatni, anglab, kamolotga yetadi.

Bolalarning aqlli bo'lishida oila, maktab, keng jamoatchilikning ta'siri kattadir. Aqlli bolalar qayerda bo'lmasinlar doimo ehtiyotkorlik bilan bilim va tarbiyali ekanligini namoyish etadilar.

Alisher Navoiy qanoatni to'ldiruvchi insoniy fazilatlar sabr, saxiylik, karam, muruvvat, himmat ekanligi ta'kidlab o'tadi. Mazkur xislatlarning bir-biriga yaqinligi hamda ularni insonning obro'-e'tiborini yuksak darajaga ko'tarishga xizmat qiluvchi xislatlar sanalishini aytib o'tadi. Ayni o'rinda sabr deb ataluvchi xislatga shunday ta'rif beradi: "Sabr achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf etuvchi. Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.

Alisher Navoiyning talqinicha, saxiylik, saxovat odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida ularga beriladigan minnatsiz yordamdir. Alloma insonlarni bir-birlariga nisbatan saxovat ko'rsatishga da'vat etadi. Himmatlilik, muruvvat, karam kabi xislatlar esa saxovatning tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ushbu fazilatlarga ta'rif berar ekan, mutafakkir quyidagi fikrlarni qayd etadi: "Saxiylik (qo'li ochiqlik) kishilik bog'ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir, odamgarchilik o'lkasining to'lqinli daryosi, balki u to'lqin daryosining asl gavharidir.

Yaxshilik - bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko'tarmoq va uni o'sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og'irligini ko'tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o'sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og'ziga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik" "Muruvvat karamning urug'-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo'lsa izzat va hurmatga sazovor bo'ladi" kabi fikrlar asosida esa muruvvat deb ataluvchi xislatga ta'rif beriladi. Alisher Navoiy karam va muruvvat sifatlarini ota-onaga qiyoslasa, vafo va hayoni esa egizak farzandlardir deya ta'kidlaydi.

Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to'xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm

inson uchun g'oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko'rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur». Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg'u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong'usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, g'ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog'liqdur».

Abdurahmon Jomiy o'zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o'lmas meros qoldiradi. U o'z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo'lda yozilgan "Baxoriston" asarida ta'lim-tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi.

Jomiyning fikricha, ilm inson uchun xayotiga yo'l ochuvchi va uni o'z maqsadiga erishtiruvchi omildir. Ilm va hunarni yoshlikdan egallash kerak. Ilm insonga hamma narsani oson va puxta anglab olishga yordam beradi, mehnatni yengillashtiradi. Jomiy yoshlarni ilmlarni egallashga da'vat etdi:

Jomiy o'z pedagogik qarashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so'z bilan zulmkorlarga ta'sir etishga da'vat etadi. Yuqoridagi misralarda qilingan nasihat da'vat garchi shoxlarga qaratilgan bo'lsa ham, xar bir ish va xolatda tadbir va aql bilan ish tutish, do'stlarga yaqinroq bo'lish, yomonlik qilishdan saqlanish, adolatli bo'lish xar bir insonga qarata qilingan xitobdir. Jomiy manmanlik, kekkayishlarni qoralaydi, g'ururlikni nodonlikning belgisi deb biladi. Inson xatto, boshqalardan biror sifati bilan yuqori darajali bo'lsa ham, kamtar bo'lishi kerak deydi.

Jomiy manmanlik nodonlik belgisi ekanligini uqtirib, yoshlarni bu illatlardan xoli, pok bo'lishga undaydi. Jomiy to'g'ri so'zlikni inson uchun zaruriy eng yaxshi xususiyat hisoblaydi, izxor etiladigan fikr so'z va harakat bilan uzviy birlikda bo'lmog'I kerak. Shoirning ta'kidlashicha, dilkashlik, shirinso'zlik, ochiq chexralik va quvnoqlik kishilarga yaxshi, yoqimli kayfiyat baxsh etadi. Ulug' adib o'z asarlarida hasislikni, o'grilikni keskin qoralaydi, oqilona yashash, ortiqcha boylikni muhtojlarga berish, qanoatli bo'lish g'oyalarini olg'a suradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Qodirova F.R, Toshpo'latova Sh.Q, Kayumova N.M, Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T-2019. Darslik.

2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo'stoni. 2013 y. Darslik.

3. Kayumova N.M Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU -2013. O'quv qo'llanma

4. Djurayeva.D.R. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari T.:2015 y. O'Zpfiti. Uslubiy qo'llanma.

5. Yo'ldoshev J. "Ta'lim yangilanish yo'lida" T.: O'qituvchi. 2000 yil

6. O.U.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. Toshkent, «Fan va texnologiyalar» nashriyoti. 2007 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.