Научная статья на тему 'O’quvchining aqliy tarbiyasi'

O’quvchining aqliy tarbiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
165
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
aqliy tarbiya / dunyoqarash / aqliy salohiyat / aql / ilmiy dunyoqarash

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftuna To’lqinboy Qizi Tilovova, Dinara Sayfiddin Qizi Shamsiddinova

Ushbu maqolada o’quvchilarning aqliy tarbiyasi, tarbiyani hamda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning turli usullari va vositalari, o’quvchilarning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan e’tibor haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’quvchining aqliy tarbiyasi»

O'quvchining aqliy tarbiyasi

Maftuna To'lqinboy qizi Tilovova Dinara Sayfiddin qizi Shamsiddinova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarning aqliy tarbiyasi, tarbiyani hamda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishning turli usullari va vositalari, o'quvchilarning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan e'tibor haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: aqliy tarbiya, dunyoqarash, aqliy salohiyat, aql, ilmiy dunyoqarash

Mental education of the student

Maftuna Tolqinboy kizi Tilovova Dinara Sayfiddin kizi Shamsiddinova Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: This article talks about the intellectual education of students, various methods and means of developing education and scientific outlook, and the attention aimed at increasing the intellectual potential of students.

Keywords: mental education, worldview, intellectual potential, mind, scientific worldview

Aqliy tarbiya - shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, kamol topishi, yuksalishi, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Aqliy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hisoblanadi. O'quvchilarning aqliy tarbiyasini, ilmiy dunyoqarashini shakllantirish millatning ham yuksalishiga, ravnaq topishiga sababchi bo'ladi. Shuning uchun ham millatning ilg'or kishilari bu masalaga jiddiy qarashadi va mas'uliyat bilan yondashishadi. Har qanday millatni ham ilmli, bilimli, zakovatli yoshlar tanitadi, rivojlantiradi. Darhaqiqat, bejizga bugungi kunda biz yoshlarga ko'plab imkoniyatlar yaratib berilmayapti. Biz yosh avlodning aqliy salohiyatimizni oshirish, iste'dod hamda iqtidorimizni yuqori darajada shakllantirish millatimiz kelajagiga qaratilgan e'tibor sanaladi.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, aqliy tarbiyaning asosiy vazifasi dunyoqarashni shakllantirishdir. Dunyoqarash o'zi nima? Dunyoqarash olam, dunyo to'g'risidagi qarashlar, bilimlarning jamidir. Dunyoqarash kishining atrof-olam haqidagi mustaqil qarashlari demakdir. Insonning ilmiy dunyoqarashi oshsa aqliy tarbiyasi ham

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1157

mukammallashadi. O'quvchi aqliy tarbiyani jamiyatdan, yonidagi kishilardan oladi. Atrofdagi voqea- hodisalarni ko'rib, fikr qilib, ularga munosabat bildirib o'quvchining dunyoqarashi rivojlanadi. O'quvchi-yoshlar qancha kitob o'qisa shuncha fikrlashi o'zgaradi. Falsafiy, siyosiy, psixologik kitob, jurnallar mutolaa qilish o'quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi.

Aqliy tarbiyaning vazifalari turli bilimlarni egallash, dunyoqarashni shakllantirish, iqtidor , qobiliyat, aql kuchi, bilim va zakovatni rivojlantirish kabilarni o'z ichiga oladi. Aqliy ta'lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur rivojlanadi.

Aqliy tarbiya ta'lim, o'yin, mehnat jarayonida, hayotiy vazifalarni hal etish, tashqi muhitdan olinadigan axborotlarni qabul qilish va o'zlashtirishda ro'y beradi. O'quvchilarning aqliy tarbiyasi haqida gap ketadigan bo'lsa, avvalo, aql bo'yicha ozgina ma'lumot aytib ketish lozimdir. Aql - tushunchalar hosil qilish va ularning ustidan hukm chiqarish ya'ni o'zining fikr-mulohazalarini bemalol bayon eta olishdir. Avvalo, o'quvchilarning aqliy tarbiyasi shakllanishida oila a'zolarining roli juda katta hisoblanadi. Aqliy tarbiya ham inson tarbiyasi xulq atvori kabi rivojlanadi. Ota-onaning oiladagi munosabatlari xatti-harakatlari bola uchun namuna bo'la oladi. Ota-ona bergan tarbiya bolaning aqliy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsata oladi. Chunki bergan tarbiya orqali maktabga boradi va u yerdagi tengdoshlari orasida o'zining aqliy tarbiyasining qanchalik rivojlanganini ko'rsata boshlaydi. Masalan, oilada qanaqadir yomon vaziyat bo'ladigan bo'lsa bola ko'rgan voqealari tezda aql faoliyatiga signal beradi va shu orqali uning jamiyatga munosabati tengdoshlariga esa o'y-fikrlari o'zgarishi mumkin. Shuning uchun o'zbeklarda bir maqol bor: "Qush uyasida ko'rganini qiladi". biz ham buni bee'tibor qoldirmasdan albatta tushuncha berib yaxshi inson bo'lishida yordam berish zarur. Yana shuni ham aytib o'tish lozimki, o'quvchining aqliy faoliyatida o'qituvchi va murabbiylari maktabdagi yaqinlarining ham hissasi kattadir. O'qituvchining vazifasi ham shu aqliy tarbiyani o'zidan kelib chiqqan holda berishi mumkin. Misol tariqasida bir sinfda 30 ta o'quvchi tahsil oladi va ularning aqliy tarbiyasi shakllangan. 30 ta o'quvchi 30 xil xarakterga ega bo'lishi mumkin.

Ya'ni o'quvchining ma'naviy-axloqiy bilimlarini yoki boshqa insonlarga munosabatini har qanday vazifani ham yumishni ham aql bilan yuritishda o'qituvchi ham yaxshigina malakaga, tajribaga ega bo'lishi kerak. Balki shu o'qituvchining bir so'zi o'quvchining murosaga kela olmagan ishini hal qila olishi va yaxshi fikr yurita olishi mumkin. O'qituvchining bir fikri orqali o'quvchilarning aqliy faoliyatiga ta'sir o'tkaza olish mumkin. Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al Xorazmiy va shu kabi olimlar, bobolarimizning aqliy tarbiyasi rivojlanganligi, mukammal bo'lganligi tufayli hozirgi kunda bu insonlarni butun dunyo tanigan va ularni tan olgan. Bunaqa darajada bo'lganligi, shuncha kitoblarni yozganligi- barchasi aqliy tarbiyasiga bog'liq ekanligi, oxiri shunga taqalishini ko'ramiz. Hozirgi kunda u yetuk insonlarning o'z

www.openscience.uz/issn2181-0842 1158 [m^^^hl

bilimlari, aql-idroklari va tajribalari orqali yozilgan asarlari,kitoblari avloddan avlodga o'tib kelmoqda va barcha sohalarda ularning kitoblaridan foydanilgan holda tadbiq etilmoqda. Hozirgi O'zbek yoshlarining aqliy tarbiyasini mehnat, ishlab chiqarish sohasida ham ko'rishimiz mumkin. Yani ularning aqliy salohiyati tez shakllanganligi barcha yechimsiz narsalarga yechim topa olganligi uchun ham ishlab chiqarayotgan mahsulotlari dunyo yuzini ko'rmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shularni aytib o'tish lozimki, dunyoqarash ikki xil holatda rivojlanadi: Atrof-olamdan olingan taassurot va bilimlar, kundalik hayotda bo'lib o'tadigan voqea-hodisalar hamda ilm-fan tufayli to'plangan nazariy ma'lumotlar natijasida. Dunyoqarashning kengayishi aqliy rivojlanishga olib keladi. Bu insonning aqliy tarbiyasiga ham ta'sir ko'rsatadi. Tarbiyali insonning dunyoqarashi ham boshqacha bo'ladi. Jamiyatimizda dunyoqarashi keng insonlar ko'paysa, millatimiz yana ham ravnaq topadi. O'quvchilarning aqliy tarbiyasi yuqori darajada bo'lsa zamon yana ham rivojlanadi, jamiyatimizda bilimsiz inson qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil;

2. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tarbiya

4. https: //hozir. org/umumiy-pedago gika-v2. html?page=2

5. https://fayllar.org/oquvchilarning-ilmiy-dunyoqarashini-shakllantirish-aqliy-tarbi.html

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1159

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.