Научная статья на тему 'YOSH O’QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASI'

YOSH O’QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4800
224
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
aql / tarbiya / dunyoqarash / e'tiqod / aqliy rivojlanish / aqliy tarbiya va uning vazifalari.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dilnoza Nazirqulova

Ushbu maqolada o’quvchilarning aqliy tarbiyasi va bu tarbiyaning ahamiyatlari, uning muhimligi va hayotda tutadigan o’rni haqida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSH O’QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASI»

YOSH O'QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASI

Dilnoza Nazirqulova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 203-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'quvchilarning aqliy tarbiyasi va bu tarbiyaning ahamiyatlari, uning muhimligi va hayotda tutadigan o'rni haqida yoritib berilgan.

Tayanch so'zlar: aql, tarbiya, dunyoqarash, e'tiqod, aqliy rivojlanish, aqliy tarbiya va uning vazifalari.

Aql - kishining o'z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma'naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilish imkonini beruvchi ne'matdir. Aql - inson kamolotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning yordamida odam hayotda o wz o'rni va nufuziga ega bo'ladi. Aqlning dalili bu fikrdir. Tarbiya bu jamiyatdagi shaxslarga, ya'ni insonlarga qaratilgan bo'lib, ularni ham jismoniy, ham ruhiy, ham madaniy shakillatiradigan amaliy pedagogik jarayon hisoblanadi. Tarbiyasiz jamiyatni ham insoniyatni ham shakllantirib bo'lmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyalar tarbiya orqali vujudga keladi.

Tarbiyani har bir odam turlicha talqin qiladi. Masalan, kimdir uchun tarbiya o'zini tarbiyali tutish, kattalarga salom berish bo'lsa, kimdir uchun ovqatlanish estetikasi, kiyinish madaniyati tarbiyani aks ettiradi. Tarbiya har bir inson uchun, u na katta va na kichkina yoshli bo'lsin, hamma hamma uchun zarur va muhimdir. Tarbiya rivojlanmagan oiladan tarbiytasiz jamiyat kelib chiqadi, tarbiyasiz jamiyatdan esa tarbiyasiz davlat (ya'ni tarbiyasiz, ma'naviyati past insonlardan tashkil topgan davlat). Bunday davlat esa turg'unlik va inqirozga mahkumdir. Tarbiya bu ta'lim olishga tayanch ham bo'lishi mumkin yoki to'siq ham bo'lishi mumkin. Masalan, agar o'quvchi tarbiyiyali bo'lsa, uning bilim olish imkoniyatlari kengroq bo'ladi. Ya'ni dars davomida mavzuni tinchlikda eshitadi va u yuzasidan ma'lum fikrga ega bo'ladi. Tarbiyasiz bolada esa aksincha, uning tarbiyasizligi( dars davomida gaplashib o'tirishi, boshqa o'quvchilarga halaqot berishi yoki o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik qilishi) uning ta'lim olishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Bunday o'quvchilarda sekin astalik bilan ham jismoniy, ham aqliy tarbiya darajasi pasayib boraveradi.

Dunyoqarash haqida gapiradigan bo'lsak, dunyoqarash bu tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir. Muayyan dunyoqarashga ega bo'lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish

jarayoni, sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to'laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas'uliyat tuyg'usiga ega bo'lishi uchun zamin yaratadi.

Insonlar qanchalik ko'p kitob o'qisa, hayot tajribalariga ega bo'lsa, atrofdagilar bilan fikr almashsa, mulohaza qilsa, uning dunyoqarashi shunchali rivojlanaveradi. Uning dunyoqarashi esa o'sgani sari esa uning fikrlashi, atrofdagi muhitga bo'lgan munosabati ham o'zgarib boraveradi.

E'tiqod- dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, manaviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko'rinishi; muayyan g'oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha bosqichlarda kechadi.

Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta'sir etish va natijaviylikning barcha imkoniyatlaridan kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin. Aqliy rivojlanish uchun inson fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Fikrlash orqali biron bir narsa hodisa, yoki voqelikka o'z qarashlaridan va bilimidan kelib chiqqan holda fikr bera oladi. U aqliy foaliyat mahsuli hisoblanadi. Fikrlash bu avloddan avlodga o'tib keladigan, ya'ni u merosiy tushuncha, barcha indonlarga xosdir. Fikrlashning ham o'ziga qarab turlicha turlari mavjuddir.

Aqliy rivojlanishda amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda, ilm olganlik ham muhim o'rin tutadi. Bunda insonning bilim salohiyati darajasi tushuniladi.

Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to'g'risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat bo'lib, uni samarali yo'lga qo'yish asosida dunyoqarash shakllanadi.

Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e'tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mazmunida ham yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligiga urg'u beriladi. Yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo'lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo'lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko'ra va baholay olishga imkon beradi.

Aqliy tarbiya jarayoni bir necha vazifalarni bajarishga yordam beradi: Masalan, Ularda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish, mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish. Va bilimlarni doimiy ravishda shakllantirishga intilish kabilarni o'z ichiga oladi. Shu qatorda aqliy bilim bizga bilimlarni o'zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga

intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o'z fikrini asoslash, mavjud ma'lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirishga asosiy tayanch bo'ladi.

Aqliy ta'lim va tarbiyaning birligi asosida esa tafakkur rivojlanadi. Uning shakllanishida esa ilmiy qarash o'ziga xos o'rin tutadi.

Ilmiy qarash-biron hodisa yoki jarayonning ilmiy jihatdan asoslovchi fikr yoki g'oyadir. Ilmiy qarash aqliy ta'limni rivojlantirish uchun asosiy tayanch bo'lib xizmat qiladi. Tarbiya har bir insonda turlicha bo'lgani kabi aqliy tarbiya ham hammada har xil rivojlangan bo'ladi. Ba'zi o'quvchilar uchun berilgan bilim tez yodda qolsa, ba'zilar uchun tushunarsiz bo'ladi. Aqliy tarbiya ham o'qituvchilar tomonidan bollarga o'rgatib borilganda ularda turlicha rivojlanadi. Aqliy tarbiya bu intizomga chambarchas bog'liq bo'lib intizom bor joyda tarbiya rivojlanishi mumkin. Intizom oddiygina maktab formasini kiyish, o'ng qo'l qoidasi, darslarda o'qituvchiga va atrofdagilarga hurmat bilan muomala qilish, qo'l ko'tarib javob berish kabi kichkinadek tuyulgan talablardan boshladi.

Xulosa qilib shuni aytish joizki, o'quvchilar ongida aqliy ta'limni rivojlantirish uchun boshlang'ich sinfdan boshlab turli xil metodlardan foydalanish kerak. Ularning yozma salohiyatini, gapirish va fikrlash doirasini kengaytirishga katta e'tibor qaratish zarur. Ularga oddiy darsliklardan tashqari qo'shimcha adabiyotlar berish, dunyoqarashlarini, fikrlash doiralarini kengaytirish lozim. O'z fikrni bemalol bayon eta olish, boshqalarning fikriga o'z fikrini bildira olish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. -T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.

2. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

3. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

4. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

5. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

6. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

7. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

8. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

9. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

10. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

11. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

13. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. https://uz.wikipedia.org/wiki/Tarbiya

15. https: //hozir. org/umumiy-pedago gika-v2. html?page=2

16. https://fayllar.org/oquvchilarning-ilmiy-dunyoqarashini-shakllantirish-aqliy-tarbi.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.