Научная статья на тему 'O’quvchilarning aqliy tarbiyasi'

O’quvchilarning aqliy tarbiyasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
593
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
dunyoqarash / tarbiya / aqliy tarbiya / aqliy rivojlanish / maktab va oila muhiti / aqlni rivojlantiruvchi o‘yinlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulbahor Jovliyeva, Sabina Botirova

Ushbu maqola o‘quvchilarning dunyoqarashi haqida tushuncha hamda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini asosiy vositalari nimada va bunga qanday erishish mumkinligi, aqliy rivojlanishni to‘g‘ri shakllantirish haqidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’quvchilarning aqliy tarbiyasi»

O'quvchilarning aqliy tarbiyasi

Gulbahor Jovliyeva Sabina Botirova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqola o'quvchilarning dunyoqarashi haqida tushuncha hamda o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini asosiy vositalari nimada va bunga qanday erishish mumkinligi, aqliy rivojlanishni to'g'ri shakllantirish haqidadir.

Kalit so'zlar: dunyoqarash, tarbiya, aqliy tarbiya, aqliy rivojlanish, maktab va oila muhiti, aqlni rivojlantiruvchi o'yinlar

Mental education of students

Gulbahor Jovliyeva Sabina Botyrova

Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: This article is about the understanding of students' worldview, what are the main tools of students' scientific worldview and how to achieve it, the correct formation of mental development.

Keywords: worldview, education, mental education, mental development, school and family environment, mind-developing games

Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o'rin bergan. Xususan, Abu Nasr Farobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm/fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug'ilganda mavjud bo'lgan bo'lsa, aqliy bilimni, ma'naviyati, ruhiyati, intelektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti, tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.

Abu Nasr Farobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o'zlashtirar ekan borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.

Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" ("Saodatga boshlovchi bilim") asari ta'bir joiz bo'lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, insonkamolotini

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1153

ta'minlashdagi roli, yovuzliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi to'g'risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo'lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi garov bo'lib, uning yordamida hatto osmon sari yo'l ochiladi.

Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,

Bilim tufayli, go'yo ko'kka yo'l topiladi.

Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to'qqiz-o'n asr vaqt o'tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo'ldi.

Aqliy tarbiya-shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni to'plash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasniflash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektual ko'nikmalar, ya'ni har qanday fanni o'rganishda qo'llaniladigan umumiy o'quv ko'nikmalari - o'qish, tinglash, o'z fikrini og'zaki bayon etish, yozish, manbaa bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash bo'yicha zarur bo'lgan maxsus ko'nikmalar(chizma, xaritalarni o'qiy olish, ularning natijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish ya'ni bolalarga olam ilmiy manzarasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni o'rab turgan barcha bilan tanishtirib boorish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta'lim, o'yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo'lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o'zlashtirishda ro'y beradi.

Aqliy tarbiya tabiatan insonga berilgan aqliy kuch hisoblanadi, insonning biluvchanlik qobiliyatining kuchli ekanligi uning aqliy tarbiyasi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Ba'zi insonlar tug'ma shunday bo'lsalar ba'zilar uni hayot yo'li davomida turli bilimlarni olish yo'li bilan oshirib boradilar. Aqliy tarbiyasi bor o'quvchi mustaqil fikr yurita oladi va mustaqil qarorlar qabul qila oladi hamda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga harakatni to'g'ri yo'naltira oladi.Shuning uchun ham o'quvchilarda aqliy tarbiyani rivojlantirish muhimdir.

Bilim dunyoqarashning asosini tashkil qiladi. Bilimi yuqori insonning dunyoqarashi ham yuqori bo'ladi. Aqli bilim o'quvchilarda tanqidiylik, mantiqiy fikrlay olish, ziyraklik, sinchkovlik qobiliyatlarini rivojlantiradi.

O'quvchilarning aqliy tarbiyasini rivojlantirishda jamiyat, oila, maktabning o'rni beqiyosdir. Solishtirib ko'radigan bo'lsak, bola kichikligidab boshlab sog'lom muhitda hamda kitobsevar, ziyoli oila qurshovida kata bo'lsa va maktabdaham muhit xuddi shunday yaxshi bo'lsa, ya'ni bola kichikligida sog'lom muhitda kata bo'lsa albatta

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1154

uning aqliy tarbiyasi yuqori bo'ladi. O'zini boshqara olish qobiliyati ham yuqori bo'ladi.

Hozirgi vaqtda o'quvchilarni aqliy faoliyatini rivojlantiruvchi turli o'yinlar mavjud.

Hozir vaqtda o'yinlarning yangi turi - kompyuter o'yinlari paydo bo'lmoqda. Ular bevosita intellektual rivojlanish bilan bog'liq. Bir tomondan, ular vizual-samarali va vizual-majoziy fikrlashni rivojlantirishdan iborat bo'lgan bolaning psixologik tayyorgarligini talab qiladi, boshqa tomondan, ular mantiqiy fikrlash asoslarini rivojlantirishning muhum vositasiga aylanishi mumkin. Biroq, kompyuter o'yinlari va ularning mazmuni jiddiy ilmiy asoslashni talab qiladi va hozirgacha bolalar bog'chalarida tajriba asosida, mutaxassislar - o'qituvchilar, psixologlar nazorati ostida qo'llanilishi mumkin. Ammo, shubhasiz, ular bolaning intellectual rivojlanishiga qaratilgan mablag'lar arsenalini to'ldiradigan kun uzoq emas.

Didaktik o'yinlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatida kata o'rin tutadi. Ular bevosita ta'lim faoliyatida va bolalarning mustaqil faoliyatida qo'llaniladi. O'quv quroli vazifasini bajaruvchi didaktik o'yin bevosita ta'lim faoliyatining ajralmas qismi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bu bilimlarni o'zlashtirish, mustahkamlash, kognitiv faoliyat usullarini o'zlashtirishga yordam beradi. Bolalar ob'ektlarning belgilarini o'zlashtiradilar, tasniflashni, umumlashtirishni, taqqoslashni o'rganadilar. Didaktik o'yindan o'qitish usuli sifatida foydalanish bolalarning darslarga qiziqishini oshiradi, diqqatni jamlashni rivojlantiradi va dastur materialini yaxshiroq o'zlashtirishni ta'minlaydi. Ushbu o'yinlar, ayniqsa, kognitiv rivojlanish, ijtimoiy va kommunikativ rivojlanish uchun sinfda samarali.

Yuqoridagi talablar bajarilsa, o'quvchilarda aqliy tarbiyani rivojlantirish ehtimoli oshadi. Albatta aqliy tarbiyani rivojlantirishda uni albatta yanayam shakllantirish va rivojlantirib borish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

2. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

3. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

4. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

www.openscience.uz/issn2181-0842 1155 [m^^^h

5. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 710-719. (2023)

6. Sattorov V.N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 734-745 (2023).

7. Sattorov V.N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

8. Sattorov V.N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

9. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

10. Jobborova Gulnoza Kadamovna. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, 7, 240-242. Retrieved from

11. Jobborova Gulnoza Kadamovna. PEDAGOGIK ODOB-AXLOQ VA TALABA XULQ - MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILLARI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. 3(1/2), Jan., 2023. 97-105.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1156

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.