Научная статья на тему 'ABU NASR FOROBIYNING TA‟LIM-TARBIYAGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI'

ABU NASR FOROBIYNING TA‟LIM-TARBIYAGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

81
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU NASR FOROBIYNING TA‟LIM-TARBIYAGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

ABU NASR FOROBIYNING TA'LIM-TARBIYAGA OID PEDAGOGIK QARASHLARI

X. K. Xudayberdiyeva

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Samarqand filiali dotsenti, O'zbekiston

Bugungi kunda mamlakatimiz ilm-fanida Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy tafakkuri yuzasidan yetarlicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, ularning insoniy fazilatlar, vatanga muhabbat, jasurlik, do'stlik, sadoqat, vafodorlik kabi tushunchalarning aksiologik talqinini ochib berish va shu asosda yoshlarning ma'naviy qiyofasini shakllantirish, yot mafkura, g'oyaviy tahdid va axloqiy inqirozdan himoya qilishda Markaziy Osiyolik mutafakkirlar ta'limotlaridagi altruizm, filantropiya va insonparvarlik tamoyillarini zamonaviy falsafiy yondashuvlar asosida tadqiq etish zarurati ortib bormoqda. Yoshlar ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda, ularda tabiat, jamiyatning kelib chiqishi, rivojlanishi haqida tasavvur hosil qilishda Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan ilmiy-falsafiy merosning o'rni muhim o'rin tutadi. Insoniyat falsafiy tafakkuri rivojida "Markaziy Osiyo Uyg'onish davrining ko'plab yorqin namoyondalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi"[1.253] o'zining boy ma'naviy-axloqiy ideallari bilan diqqatga sazovordir. Ushbu falsafiy merosdan foydalanish hozirgi vaqtda mustaqil jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifadir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar davrida jahon sivilizatsiyasiga o'zining boy ma'naviy me'rosi bilan muhim hissa qo'shgan buyuk allomalarning shaxsiyati, ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama, chuqur o'rganishga katta e'tibor berilmoqda. Mazkur masalada Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida "Hozirgi kunda O'zbekistonning kitob fondlarida 100 mingdan ziyod qo'lyozma asarlar saqlanmoqda. Afsuski, bu nodir kitoblar hali to'liq o'rganilmagan, ular olimlar va o'z o'quvchilarini kutib turibdi. Ushbu noyob asarlarda bugungi davr o'rtaga qo'yayotgan juda ko'p dolzarb muammolarga javob topish mumkin"[2.82], deya ta'kidlaydi. Shu bois, jamiyatning ma'naviy yuksalishi, vatanparvarlik tarbiyasi, uni da vlat barqarorligini saqlashdagi konstruktiv roli haqidagi turli davrdagi buyuk mutafakkir, alloma va jamoat arboblarining ilmiy-falsafiy qarashlarini chuqur tadqiq etsak, jahonning rivojlangan demokratik davlatlarining yuksalish tarixini o'rgansak, mamlakatimizni umuminsoniylik tendensiyalariga mos ravishda yuksaltirishimiz, xalqimizni davlat va jamiyatning milliy yuksalishida faol ishtirok etishga safarbap eta olamiz. Sharq

441

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Uyg'onish davrida juda ko'plab pedagogik asarlar yaratilgan bo'lib, ta'lim-tarbiyada inson komilligining xususiy va umumiy metodlari haqida o'lmas ta'limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar maydonga chiqdi. Anashunday allomalardan biri o'rta asr ijtimoiy - falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog' liq bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'imoti ta'lim - tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur Yunon faydasufi Arastudan keyin sharqda o'z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir - «Muallimiy soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Abu nasr Forobiy qomusiy olim hisoblanib, uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etilgan. Haqiqatdan ham Abu Nasr Forobiy o'rta asr davri ilm - fani taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olim. Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha sohalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy o'zidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli sohalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt - saodatga erishuvi uchun ularni baxtli - saodatli qila oladigan jamoa rahbari bo'lishi kerak deydi. U fozil shaharni boshqaradigan hokim tabiatdan: sog' - salomat bo'lib, o'z vazifasini bajarishda hech qanday qiyinchilik sezmaligi; tabiati nozik, farosatli; xotirasi mustahkam, zehni o'tkir, o'z fikrini tushuntira oladigan notiq, bilim-ma'rifatga havasli, taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, o'zini tiya oladiga bo'lishi (qimor yoki boshqa o'yinlardan) zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi, haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va elg'onchilarni yomon ko'radigan, o'z qadrini biluvchi va oriyatli bo' lishi, mol dunyo ketidan quvmaydigan, adolatparvar, qatiyatli, sabotli, jur'atli, jasur bo'lishi muhimligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni har bir etuk insonda ko'rishni istaydi.

Farobiy odamlarni turli belgilarga qarab guruhlarga bo'ladi. Bunda u kishilarning diniy mashabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlari, qobiliyatlari iqtidori, bilim ko'nikmalariga e'tibor berish zarur, deydi. U o'zining "Baxt saodatga erishuv yo'llari haqida risola" asarida "Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, -deb yozadi. Bu esa ilim va yaxshi axloq yordamida qo'lga kiritadi"

Forobiy ta'lim tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida ta'lim - tarbiyaning muhumligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi, ta'lim - tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Ihso-al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma'nolari to'g'risida» kabi asarlarida allomaning ijtimoiy - tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Forobiy ta'lim - tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo'lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o'z o'rni va xususiyati bor ekanligini alohida

442

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

ta'kidlaydi. Forobiy «Baxt - saodatga erishuv to'g'risida» asarida bilimlarni o'rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta'kidlashicha, avval bilish zarur bo'lgan ilm o'rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o'rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o'rganish lozim. Undan so'ng, umuman, jonli tabiat o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi, deydi. Forobiy inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo'lishi, ularning ko'maklashuviga yoki munosabatlariga muhtoj bo'ladi. Uning fikricha tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o'qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhumdir. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa hodisalarni o'zicha bila olmaydi. Unga buning uchun o'qituvchi bo'lishi lozimimligini ta'kidlaydi. Demak, Forobiy ta'lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Forobiy ta'lim va tarbiyaga birinchi marta ta'rif bergan olim sanaladi. Ta'lim - degan so'z insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatni, ma'lum hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o'rgatishdir, deydi olim. Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya'ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo'lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo'lishi bilan o'rganishidir.

Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va mulohazali bo'lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko'pchilik manfaatini yuqori qo'yish, haqiqat, ma'naviy yuksaklikka intilgan, adolatlilik kabi hislatlarni tushunadi. Ammo bu hislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli, ma'rifatli bo'lishidir. Shuning uchun ham Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog' liq holda, tafakkurga asoslangan ahloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me'yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida ham talqin etganligini ko'ramiz. Forobiy «Aql ma'nolari haqida» risolasida aql masalasini tahlil qilib, aql bilish haqidagi ta'limotida mantiq (logika) ilmi muhim o'rin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika o'rtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo'lda olib borish uchun aqlni to'g'irlab turadi deydi. Forobiy «Muzika haqida katta kitob» degan ko'p jildi asari bilan o'rta asrning yirik muzikashunosi sifatida ham mashhur bo'ldi. U muzika ilmini nazariy, amaliy jihatdan yoritib, muzikani inson ahloqini tarbiyalovchi sihat salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika sohasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muhim ahamiyatga molikdir.

443

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^Il

Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy - axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bu muhim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta'lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim - tarbiya ishlarini ikki yo'l bilan amalga oshirishni nazarda tutadi. «Amaliy fazilatlar va amaliy san'at (kasb-hunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yo'l bilan hosil qilinadi: bulardan birinchisi - qanoatbaxsh so'zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so'zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi g'ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi. Ikkinchi yo'l (yoki usul) - majbur etish yo'li. Bu usul gapga ko'nmovchi, qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlarga nisbatan qo'llaniladi. Chunki ular o'z istaklaricha so'z bilan g'ayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni o'rganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi bo'ladi. Kasb hunarlarni va juz'iy san'atlarni egallashga intilish bo'lmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shahar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad - ularni fazilat egasi qilib va san'at ahllariga aylantirishdir. Demak, Forobiy ta'lim - tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish maqsadini ko'zlaydi.

Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta'limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni o'z mohiyati bilan ijtimoiy, ya'ni faqat jamiyatda, o'zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi. Insonning kamolga yetishida ham aqli, ham axloqiy tarbiyaning o'zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta'lim - tarbiya usullari hozirgi davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.

References / Adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2018. - B.253.

2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2018. - B.82.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: O'zbekiston, 2017.

4. Forobiy. Fozil odamlar shahri. A.Qodiriy nomli xalq merosi nashriyoti. -Toshkent: 1993.

5. Hoshimov K, Nishonova S. Pedagogika tarixi. O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. -Toshkent: 2005.

444

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.