Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNING UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNING UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentsiya / kompitentlik / ko’nikma / malaka / komunikativ / ijtimoiy / shaxsiy / bilish / ta’lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Shokirjonova Zuhraxon Murodjon Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachilarning umummadaniy kompitensiyalarini rivojlantirish hamda pedagogik mahoratlar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNING UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH»

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2024 yil Ma'qullandi: 10- June 2024 yil Nashr qilindi: 18- june 2024 yil

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari

bo'lajak tarbiyachilarning umummadaniy

kompitensiyalarini rivojlantirish hamda pedagogik mahoratlar haqida so'zyuritiladi.

KEY WORDS

kompetentsiya, kompitentlik,

ko'nikma, malaka, komunikativ, ijtimoiy, shaxsiy, bilish, ta'lim-tarbiya.

Maktabgacha ta'lim jadal rivojlanayotgan ta'lim sohasi bo'lib, u butun dunyo va mamlakatimizdagi ta'lim sohasi mutaxassislari va tadqiqotchilarining diqqat markazida bo'lib kelmoqda. Hozirgi kunda O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan "Ilk qadam"davlat o'quv dasturiga (2018-yil) o'zgartish va qo'shimchalar kiritish hamda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ikkinchi nashrini yaratish zarurati tug'ildi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim va tarbiya jarayonining maqsadi: bolaning tayanch kompetensiyalari va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllantirish uchun shart-sharoitlarni yaratishdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bugungi kunning talabiga aylanib borar ekan, tarbiyachida ushbu kompetensiya rivojlangan bo'lishi kerak.

Davlat o'quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Kompetensiya - bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Kompetentli bola o'z bilim, ko'nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo'llashi, o'z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog'liq bo'lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o'z ichiga oladi.

Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari:

• kommunikativ;

• ijtimoiy;

• shaxsiy ("Men" konsepsiyasini qurish);

• bilish

Kommunikativ kompetensiya - atrofdagi odamlar bilan o'zaro munosabatlarning konstruktiv usullari va vositalariga ega bo'lishni taqozo qiladi; muloqot qilish va yuzaga kelgan o'yin, bilish, maishiy va ijodiy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish qobiliyati.

Bu kompetensiyaga nutqni rivojlanish ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun zarur vositadir. Mazmunga boy va rag'batlantiruvchi ta'lim muhitida bolalar og'zaki va yozma muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradilar, bu ularga o'zlariga ishonishga, boshqalar bilan munosabatlarni o'rnatishga, dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga, mashg'ulotlarda ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo'lib bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o'zlarini namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni tushunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o'qish va yozishni o'z ichiga olgan mashg'ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar, ulardan foydalanadilar va kerak bo'lganda ularni turli xil muloqot holatlarida moslashtiradilar.

Bu kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli xil aloqa vositalari va kanallardan mustaqil foydalanish qobiliyatini o'z ichiga oladi; ta'lim olishi va rivojlanishida foydalanish uchun kerakli ma'lumotlarni qidirish, tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish, o'zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.

Ijtimoiy kompetensiya - bu bolaning belgilangan tartib va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda ishlash qobiliyati. Bolalar boshqalarni hurmat qilishni va ularning aytganlarini hisobga olishni o'rganadilar. Guruhlarda samarali ishlash uchun zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalariga amal qiladilar.

Muammoli vaziyatlarda ular yoshi va individual rivojlanish xususiyatlariga mos ravishda ularni hal qilish harakatlarini amalga oshiradilar. Ular tobora ko'proq o'zlarini guruhning bir qismi sifatida ko'radilar va o'z huquq hamda majburiyatlari borligini tushunadilar. Ular individual farqlarga ochiq. Bolalar boshqalar bilan uyg'unlikda yashashlari mumkin. Ular turli insonlar bilan muloqot qilishadi va atrofdagilarning madaniy jihatdan xilma-xilligini tan oladilar, ularga yordam beradilar va qo'llab-quvvatlay oladilar.

Shaxsiy kompetensiya ("Men" konsepsiyasini yaratish). Shaxsiy kompetensiyani rivojlantirish orqali bola maktabgacha yoshda shakllanadigan va butun hayoti davomida takomillashib boradigan bir qator xususiyatlarni namoyish etadi. Bu kompetensiya bolaning o'z-o'ziga g'amxo'rlik qilish uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyatini hamda kundalik hayotini boshqarish va barqaror sog'lom turmush tarzini amalda qo'llash mahoratini o'z ichiga oladi.

Bolalar hayotdagi o'z o'rnini biladilar, o'zlarining, shuningdek, boshqalarning farovonligi haqida g'amxo'rlik qilishga o'rganadilar. Bola mustaqil va u o'ziga ishonadi. O'zining kuchli va zaif tomonlarini biladi, ularni bartaraf etish ustida ishlay boshlaydi. U o'zining boshqalardan farqli tomonlarini tushunadi. O'z g'oyalarini ilgari suradi va targ'ib qila oladi; o'zi uchun qaror qabul qilishni o'rganadi. U qanday tanlashni biladi, o'z oldiga maqsadlar qo'yadi. O'z harakatlari uchun tashabbus va mas'uliyatni namoyon qiladi. O'zining

yaxshi ko'rgan narsasi, qiziqishlari, his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashadi. O'sib borayotgan jismoniy, kognitiv, hissiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondiradi. O'z ehtiyojlarini bildiradi va ularni qondirishni biladi, o'zini boshqara oladi; sog'lom turmush tarzi qoidalariga, madaniy-gigiyenik tartib qoidalarga rioya qiladi, jismoniy tarbiya bilan shug'ullanadi, o'z salomatligi uchun mas'uliyatni namoyon qiladi.

Bilish kompetensiyasi bilim olish, o'qish va o'rganish, mustaqil ravishda izlanish, tahlil qilish va atrof-olamni tushunish uchun kerakli ma'lumotlarni tanlash qobiliyatini o'z ichiga oladi. Ular atrof-olamdagi yangi ob'yektlarni o'rganadilar va kashf etadilar. Boshqalar bilan o'yin va o'zaro muloqot jarayonida ular kuzatadilar va tajriba o'tkazadilar. Ular muammolarni tushunish va hal qilish uchun yangi imkoniyatlar o'ylab topadilar. Ular o'zlarining kashfiyotlari bilan o'rtoqlashadilar va asta-sekin mustaqil, o'z-o'zini boshqaradigan, tahlil qila oladigan va ijodkor shaxsga aylanadilar.

Bolalar muammoni hal qilishga e'tibor qaratishlari, muammolarni hal qilish strategiyalarini ishlab chiqishlari va atrofdagi dunyoni tushunish va tushuntirish uchun maqsadlar qo'yishda kognitiv qobiliyatlarini ishga solishlari mumkin. Bolalar o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini davom ettirishlari, o'rganishdan zavqlanishlari va o'rganganlarini baham ko'rishlari, kashfiyotlarini boshqalar bilan bo'lishishlari mumkin.

Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari - rivojlanish sohalari bo'yicha kompetensiyalarni o'zaro bog'liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, shuningdek, uning maktab ta'limi bo'lgan keyingi bosqichiga muammosiz o'tishi va unga tayyor bo'lishi, boshlang'ich ta'limda kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir.

Ushbu vazifa maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbichilarining asosiy foaliyati hisoblanadi. MTT tarbiyachisi - bu boshlang'ich maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan o'qituvchi, murabbiy. U ilk ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qiladi, bolalarga axloqiy ko'rsatmalarni singdiradi, ularni ijtimoiylashtirish va maktabga tayyorlash bilan shug'ullanadi.

MTT tarbiyachisi uchun rasmiylashtirilgan o'quv materialini taqdim etish emas, balki bolani o'quv jarayoniga tayyorlash, ta'lim jamoasida ijtimoiy aloqalarni o'rnatish muhimdir. Ushbu muammolarni hal qilish uchun tarbiyachi yosh avlod bilan hissiy, shaxsiy darajada munosabatda bo'lishi, har bir bolaga alohida e'tibor berishi, uning do'sti va maslahatchisi bo'lishi kerak. Shu bilan birga o'zida milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga intilishi lozim bo'lib, bu bevosita o'sib kelayotgan yosh avlodga milliy urf-odatlar, an'analar va umuminsoniy qadriyatlar, ijtimoiy me'yorlar xususidagi bilimlarni berishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli Qarori. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020 y., 09/20/802/1658-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son).

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.12.2020 yildagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-sonli Qarori. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020 y., 09/20/802/1658-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022 y., 09/22/153/0266-son).

3. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. -T.: 2022. - B. 102

4. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi. -T.: 2022. - 13 b..

5. Борисова О.Ф. Формирование социальной компетентности детей дошкольного возраста: дис...канд. пед. Наук. Челябинск, 2009. 195 с.

6. Development and implementing local educational standards / Ed. by Meyers R. ERIC. -Clearing House on Assessment and Evaluation, 1998. - P. 15.

7. Иванов Д.А. Компетентности и компетентностный подход в современном образовании. М. : Чистые пруды, 2007. - 32 с.

8. Jung E., Molfese V.J., Beswick J., Jacobi-Vessels J., Molnar A. Growth of Cognitive Skills in Preschoolers: Impact of Sleep Habits and Learning-Related Behaviors, Early Education and Development, 2009. 20:4. - P. 713-731.

9. Козловa O.A. Роль современных дидaктических игр в рaзвитии познaвaтельных интересов и способностей млaдших школьников // Нaчaльнaя школa, 2004. №11. - С. 49-55.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.