Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNI UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNALOGIYASI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNI UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNALOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentsiya / kompitentlik / ijtimoiy kompetentsiya / pedagogik kompetentsiya / malaka / ko’nikma / tarbiyachilarni tayyorlash.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Sobirovich

Ushbu maqolada mazmunida umummadaniy kompitensiyalar tavsifi va ularni o’zlashtirish zaruriyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari umummadaniy kampitensiyalarini rivojlantirish haqida so’z boradi. “Kompetensiya”, “kompetentlik”, “ijtimoiy kompetensiya”, “kasbiy kompetensiya” tushunchalariga ta’rif berilgan. Bo'lajak pedagogning ta'lim jarayonidagi pedagogik mahorati va umumiy kompetensiyasiyalar ko'rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI BO’LAJAK TARBIYACHILARNI UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNALOGIYASI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI BO'LAJAK TARBIYACHILARNI UMUMMADANIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNALOGIYASI Soliyev Ilhomjon Sobirovich FarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi. FarDU, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12087930

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 05-June 2024 yil Ma'qullandi: 10- June 2024 yil Nashr qilindi: 18- June 2024 yil

KEY WORDS

kompetentsiya, kompitentlik, ijtimoiy kompetentsiya, pedagogik kompetentsiya, malaka, ko'nikma, tarbiyachilarni tayyorlash.

Ushbu maqolada mazmunida umummadaniy kompitensiyalar tavsifi va ularni o'zlashtirish zaruriyati, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari umummadaniy kampitensiyalarini rivojlantirish haqida so'z boradi. "Kompetensiya", "kompetentlik", "ijtimoiy kompetensiya", "kasbiy kompetensiya" tushunchalariga ta'rif berilgan. Bo'lajak pedagogning ta'lim jarayonidagi pedagogik mahorati va umumiy kompetensiyasiyalar ko'rib chiqiladi.

Pedagogik adabiyotlarda kompitensiya va kompitentlik atamalari ko'p qo'llaniladi va allaqachon o'zining o'rniga ega bo'lgan. Mazkur tushunchalarning keng qo'llanilishi, ayniqsa ta'lim mazmunini modernizatsiyalash (yangilash) zaruriyati bilan bog'liq, ammo ushbu atamalarning mazmun-mohiyati hali to'liq aniqlashtirilmagan. Mazkur muammo bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar kompitentlik tushunchasini kompitensiya orqali aniqlashtirishgan. Shuning uchun konpitensiya tushunchasiga izoh berish lozim.1

Kompetensiya - lot. "competere", ing. "competence", "competence" - "qobiliyat", "loyiq" degan ma'noni anglatadi. Agar kompetentsiya ma'nosiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bu faoliyatda "bilimdan, yuksak tajribadan, kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon etishda unumli foydalana olish" ma'nosini bildiradi, pedagogik jarayonlarni tahlil qilish bolaning har qanday rivojlanishini ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan amalga oshirish imkonini beradi.

"Kompitensiya" - muayyan muammo va ma'sala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddililikka ega bo'lishi va ularni hal qilishga yetadigan salohiyati tushiniladi. Demak, o'qituvchida kompitensiya ko'rinishlari umumiy va maxsus tarzda namoyon bo'ladi.

Kompitensiya - bu yuqori sifatli samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan predmetlar va jarayonlarning ma'lum bir doirasiga nisbatan belgilanadigan o'zaro bog'liq shaxsiy sifatlar (bilim, ko'nikma, malaka va faoliyat usuli) yig'indisini o'z ichiga qamrab oladi2.

"Kompetentlilik" - voqea-hodisalar, masalalar yechimi to'g'risida xabardor bo'lish, muayyan nufuzga ega bo'lishni o'ziga ifoda etadi.

1 Pedagogik atamalar ^'ай. - Т.: 0^1Т1, 2008. - 36 Ь.

2 Педагогика развития: ключевые компетенции и их составные: материалы 9-ой научно-практической

конференции. - Красноярск, 2003. - 25 с

Kompitemtlik - bu biror shaxsga mazkur jamiyat uchun muhum bo'lgan vazifalarni (masalalarni) hal etishga qaratilgan harakatlarining samaradorligini (natijalarini) baholash natijasida beriladigan ta'rifdir.

Hozirda "Yevropa uchun tayanch kompetensiyalar" deb nomlangan Yevropa kengashi simpoziumida belgilangan tayanch kompetensiyalar quyidagilar:

O'rganishi kerak: tajribadan ahamiyatga ega xulosa chiqarish; egallagan bilimlarini o'zaro bog'lay olish, ularni tartiblashtirish; o'ziga mos keladigan o'rganish usullarini aniqlash; muammolarni echa olish.

Izlash: mustaqil bilim olish bilan shug'ullanish; turli ma'lumotlar bazasini izlash; tevarak-atrofdan surishtirish; ekspertdan maslahat olish; axborot olish; hujjatlar bilan ishlash va ularni turkumlash.

O'ylash: o'tgan va hozirgi voqealar orasidagi o'zaro bog'liqlikni topish; jamiyat rivojlanishining u yoki bu jihatlariga tanqidiy yondashish; murakkablik va o'ziga bo'lgan ishonch yo'qolishiga qarshi turmoq; bahslashuvlarda o'z pozitsiyasini egallash va shaxsiy nuqtai nazariga ega bo'lish; o'qiyotgan va ishlayotgan joydagi siyosiy va iqtisodiy muhitning muhimligini anglash; salomatlik, iste'mol qilish, tasviriy san'at va adabiy asarlarni baholay bilish.

Hamkorlik qilish: guruhda ishlash va hamkorlik qila olish; qarorlar qabul qilish, anglashilmovchilik va janjallarni bartaraf etish; kelisha olish; shartnomalarni ishlab chiqish va bajarish.

Faoliyatga kirishish: loyihada qatnashish;javobgarlikni zimmasiga olish; guruhga yoki jamoaga kirish hamda o'z hissasini qo'shish; hamkor ekanligini isbotlash; o'z ishini tashkil qila bilish; hisoblash va modellashtirish texnikalaridan foydalana bilish.

Ko'nikish: yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish; tez o'zgarishlar oldida moslashuvchanligini isbotlash; yangi echimlarni topa bilish.3 Ma'lum bir sohadagi faoliyatga doir kompetensiyalarga quyidagilar kiradi: "Til va kommunikativlik"; "Ijod va dizayn"; "Inson va jamiyat"; "Salomatlik va harakat", "Tabiat va texnika".

Ijtimoiy kompetensiyalarga kommunikativlik, jamoada ishlay olish, konfliktlarni bartaraf qila olish, boshqalarni tushunish, kirishimlilik, ijtimoiy javobgarlik kiradi.

Britaniya maktablarida oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida olingan. Ularni shartli ravishda bir nechta guruhlarga birlashtirish mumkin. Asosiy kompetensiyalar: muloqotga kirishish; hisob-kitoblar yuritish; axborot savodxonligi. Keng ko'lamli tayanch kompetensiyalar: boshqalar bilan ishlay olish; o'qish va takomillashish malakasi; turli masala va muammolarni echish ko'nikmasi.4

Shu bilan birga, fanda sinonimik ma'noda qo'llanadigan "kompetensiya" va "kompetentlilik" tushunchalarini o'zaro farqlash lozim. Ushbu tushunchalar o'zbek pedagogik maktabi uchun yangilik emas, biroq shunga qaramay,ularni turlicha tushunish kerakligiga e'tibor qaratish kerak.

3 Turdiev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015. - 15 b.

4 Turdiyev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015.- 13-16 b.

N.Sh.Turdiyev, Y.M.Asadov, S.N.Akbarova, D.Sh.Temirovlarning "kompetentlilik", "kompetensiya" tushunchalari tavsiflarida quyidagi holatlarga alohida e'tibor qaratiladi:

• bilimlar majmuining amalda qo'llanilishi;

• shaxsning uquvi, xislatlari, fazilatlari;

• amaliy faoliyatga tayyorgarlik o'lchovi;

• muammolarni hal etish, amalda zarur natijalarni qo'lga kiritish layoqati;

• shaxsning professional faoliyatini ta'minlovchi bilim, ko'nikma, malakalar yaxlitligi;

• faollashgan (amaliyotga tatbiq etilgan) o'quv, bilim, tajribalar majmui;

• shaxsning maqsadli yo'naltirilgan emotsional iroda kuchi.

Shunday qilib: "kompetensiya" - o'z ichiga shaxsga oid o'zaro bog'liq sifatlarning barchasini, ya'ni kompetensiyalar va faoliyat usullarini qamrab oladi, ularning predmet va jarayonlarning ma'lum kategoriyalariga aloqasi, insonning ularga nisbatan sifatli va sermahsul faoliyati uchun alohida ehtiyoj bor.

Tadqiqotda ko'pchilik mualliflarning fikrlariga qo'shilgan holda umumiy, shaxsga bevosita bog'liq bo'lmagan va ma'lum bir faoliyat turini egallash bo'yicha shaxsiy tajriba sifatida "kompetensiya" va "kompetentlik" kategoriyalari farqlandi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompetensiyaviy yondashuvga ko'ra, "asosiy kompetensiyalar" tushunchasini ajratib ko'rsatish mumkin. Asosiy kompetensiyalar - bu "zamonaviy jamiyatning o'sib borayotgan dinamikasi sharoitida insonni vaziyatni tushunishga, shaxsiy va kasbiy hayotda natijalarga erishishga imkon beradigan eng umumiy (universal) qobiliyat va ko'nikmalardir".5 Asosiy kompetensiyalar universal aqliy vositalar bo'lib, inson uchun muhim bo'lgan maqsadlarga erishish usullarini o'z ichiga oladi. Ular professional va subyektiv xususiyatga ega bo'lib, inson hayotining asosini tashkil qiladi. Shuning uchun jamiyatning har bir a'zosi asosiy kompetensiyalarni egallashi kerak.

Kompetentsiyalar doirasida shakllanadigan asosiy kompetensiyalarni egallash talabi maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim faoliyati natijalariga qo'yiladigan talablarni ko'rib chiqishni taqazo etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining egallagan kompetensiyaviy bilimlari maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanadigan kompetentsiyalarga ta'sir etadi va shuningdek, maktabgacha hamda boshlang'ich ta'limning uzluksizligini ta'minlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning egallashi lozim bo'lgan asosiy kompetensiyalari O.F.Borisova ishida quyidagicha ko'rsatib o'tilgan:

Qadriyat-semantik kompetentsiya g'oyalarni rivojlantirish sohasiga tegishli bolani o'rab turgan ijtimoiy-madaniy muhitning qadriyatlari va unga mos keladigan xatti-harakatlar. Avvalo, bu insonning fikr erkinligi va amalga oshiriladigan turli yo'llar va variantlarni hurmat qilish. Ijobiy munosabatlar, sevgi, oilaviy hayot, muhtojlarga yordam va qo'llab-quvvatlash, o'z o'rnini topish va mavjud bo'lgan hamma narsaga munosabatini tushunish qadriyatlari.

Umummadaniy kompetentsiya madaniyatga oid bir qator masalalarni qamrab oladi. Bu muloqot madaniyati, turmush madaniyati va kundalik faoliyatini tartibga solish. Bu bola ulg'aygan joyning madaniyati, milliy mintaqaviy o'ziga xoslik, an'analar, madaniy tadbirlar bilan to'yinganlik, odamlarning ma'naviy ehtiyojlari va amalga oshirish imkoniyati. Ushbu kompetensiya san'at, din, sport va yana bir qancha sohalar doirasida rivojlanadi.

5 Иванов Д.А. Компетентности и компетентность^ подход в современном образовании. 2007. - 32 с.

М.: Чистые пруды,

Kognitiv kompetentsiya o'z-o'zini ta'lim olish, ma'lumot olish, uni qayta ishlash, ta'lim ko'nikmalari va aqliy operatsiyalarni o'zlashtirish, o'z harakatlarini rejalashtirish, xatolarni o'z-o'zini nazorat qilish sohasidagi kompetensiyalar majmuasini o'z ichiga oladi.

Kommunikativ kompetentsiya - bu bolaga turli yoshdagi insonlar bilan nizosiz munosabatda bo'lish, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish, umumiy natijaga erishish, turli xil ma'lumotlarni o'zlashtirish imkoniyatini beradigan kompetensiyalar to'plami.

Shaxsiy kompetentsiyalarga mustaqil faoliyat, muammolarni mustaqil hal qilish, o'z-o'zini rivojlantirish va o'z-o'zini bilish yo'llari; shuningdek, o'zini shaxs sifatida anglash, mustaqil tanlov qilish va bu tanlov uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olish qobiliyati. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirish va o'stirish ko'p jihatdan tarbiyachiga bog'liq bo'lib, avvalo, tarbiyachi turli kompetensiyalarni egallashi lozim. Ayniqsa, bugungi kunda umummadaniy kompetentsiyaga egalik shaxsning turmush madaniyati va kundalik faoliyatini tartibga solishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Umummadaniy kompetentlikning asosiy vazifalari sirasiga moslashish, muloqotchanlik, milliy mintaqaviy o'ziga xoslik, shaxsiy va umummadaniy tajribalarning uyg'unlashuvi kabi jihatlarni kiritish mumkin. Shaxs umummadaniy kompetentligining qay darajada ekanligi o'zaro shaxslararo munosabatlarni olib borish, faoliyatni yo'lga qo'yish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa, kompetentlik individuallik xarakteriga ega. Kompetentlikning asosiy mezoni mahsuldor faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi.

Bo'lajak makatabgacha ta'lim tarbiyachilarida uumummadaniy kompetentlikni rivojlantirishning barcha xususiyatlarini to'liq o'rganish uchun quyidagi qator jihatlarga e'tibor qaratish lozim:

ta'lim-tarbiya jarayonida milliy, ma'naviy va tarbiyaviy qadriyatlarga talabalarda umummadaniy kompetentlikni rivojlantirishning muhim omili sifatida qarash;

— bo'lajak tarbiyachilarda umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish uchun ularda yuqori darajadagi kommunikativ va psixologik to'siqlarni kamaytirishga doir maxsus bilimlar tizimini shakllantirish;

— bo'lajak tarbiyachilarda umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning nazariy asoslarini aniqlash masalasini hal qilish;

— umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbiy pedagogik ta'lim sharoitida ushbu jarayonning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadga muvofiq.

Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim-tarbiyaga to'laqonli tayyorlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi, eng avvalo, yuqorida ko'rsatilgan barcha sifatlar, qobiliyatlar, pedagogik-psixologik ko'nikmalar, mashg'ulotlarni tashkil etish shartlarini o'rganishi kerak, to'g'ri olib borish, texnologiyalardan to'g'ri foydalanish malakalariga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega.

Maktabgacha yoshning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shuni ta'kidlash kerakki, o'qituvchi bolaning shaxsiy madaniyati asoslarini rivojlantirish, uning hissiy farovonligini ta'minlash, uning rivojlanishi uchun psixologik-pedagogik sharoitlarni yaratishda muhim rol o'ynaydi. Shu bois maktabgacha ta'lim muassasasida maktabgacha yoshdagi bolalik davrining munosibligini to'liq anglab etuvchi malakali pedagog kadrlarga ega

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

bo'lish juda muhimdir..

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Pedagogik atamalar lug'ati. - T.: O'zPFITI, 2008. - 36 b.

2. Allambergenov A.J. Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarida kasbiy texnologik kompetentlikni rivojlantirish: pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Nukus - 2020. 25 b.

3. Педагогика развития: ключевые компетенции и их составные: материалы 9-ой научно-практической конференции. - Красноярск, 2003. - 25 с

4. Xodjayev B.X. Umumta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish: Ped. fan. dok. ... diss. -Toshkent, 2016. - 79 b

5. Turdiyev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015.- 13-^16 b.

6. Turdiyev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015.- 8b.

7. Turdiev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. - T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015. - 15 b.

8. Иванов Д.А. Компетентности и компетентностный подход в современном образовании. - М.: Чистые пруды, 2007. - 32 с.

9. Борисова О.Ф. Формирование социальной компетентности детей дошкольного возраста: дис...канд. пед. Наук. Челябинск, 2009. 195 c

10. Бердиева Х.Б. Развитие социокультурной компетентности у будущих учителей начальных классов //Педагогическое образование и наука. - 2020. - №. 1. - С. 128-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.