MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARINING UMUMMADANIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK
JIHATLARI Shokirjonova Zuhraxon Murodjon qizi
Farg'ona davlat universiteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.13362081
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilarini umummadaniy kompetensiyani rivojlantirishda foydalaniladigan usullar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: kompetensiya, metodlar, didaktik, kompetentlik, interaktiv metodlar, usullar, interfaol usullar.
PEDAGOGICAL ASPECTS OF FORMATION OF GENERAL CULTURAL COMPETENCE OF EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL
ORGANIZATIONS
Abstract: This article talks about the methods used in the development of general cultural competence of educators of preschool educational organizations.
Keywords: competence, methods, didactic, competence, interactive methods, methods, interactive methods.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ОБЩЕКУЛЬТУРНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ВОСПИТАТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ
ОРГАНИЗАЦИЙ
Аннотация: В данной статье говорится о методах, используемых при развитии общекультурной компетентности воспитателей дошкольных образовательных организаций.
Ключевые слова: компетентность, методы, дидактика, компетентность, интерактивные методы, методы, интерактивные методы.
KIRISH
Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Farmoni bilan Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi Qarori misolida ko'rsak, mazkur konsepsiya maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, bir so'z bilan aytganda, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan bo'lib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi.
ASOSIY QISM
Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-xodimlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuv asosida ta'lim-tarbiya jarayonini amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki, bolalarda zarur kompetensiyalarni shakllantirish uchun, avvalo, bo'lg'usi tarbiyachining
o'zida kompenentlilik rivojlangan bo'lishi lozim. "Tayanch kompetensiyalar - inson kim va qanday kasb egasi bo'lishidan qat'iy nazar, shaxs hayotida, kasbiy faoliyatida, ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatli bo'lishi uchun egallashi lozim bo'lgan layoqatlar, qobiliyatlar va hayotiy ko'nikma va malakalar majmuidan iborat. Bunda har bir shaxs kommunikativ bo'lishi, axborot bilan ishlay olishi, shaxs sifatida o'zini-o'zi rivojlantirishi, ijtimoiy faol fuqaro bo'lishi, umummadaniy xislatlarga ega va fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo'lishi nazarda tutiladi" .
Biz tomonimizdan taklif etilayotgan quyidagi maktabgacha ta'lim muassasasi uchun mashg'ulot ishlanmasi, nafaqat tarbiyalanuvchilarga turli bilimlarni berishga, balki pedagoglarning ham amaliy faoliyatini o'stirishga, ularda umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirshga xizmat qiladi.
Mashg'ulotlar mazmuni:
Mavzu: Havo bilan tanishtirish.
Mashg'ulotning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bugun men sizlarga tadqiqot bilan shug'ullanadigan olimlar rolini bajarish imkoniyatini beraman. Hozir men sizlarga bir topishmoqni aytaman. Topishmoqning javobini topsangiz, tadqiqot nima bilan o'tkazilishini bilib olasiz.
Bolalar: Havo.
Tarbiyachi: Ayting-chi, atrofimizdagi havoni ko'ramizmi?
Bolalar Yo'q, ko'rmaymiz.
Tarbiyachi: Bolalar havoni ko'rish uchun biz laboratoriyaga boramiz (bolalar oq fartukni taqib stol atrofiga turadilar). Havoni bilish uchun uni tutishimiz kerak.
Tajriba 1. "Ko'rinmasni tut".
Tarbiyachi: Hammangiz stol ustidagi polietilen xaltani qo'lingizga oling, unda nima bor?
Bolalar: U bo'sh.
Tarbiyachi: Uni olib bir necha marta puflaymiz, endi uni buraymiz, xalta havoga to'ldi, havo to'ldirilgan xaltacha yostiqqa o'xshaydi. Havo butun yostiqchaga o'rnashib xaltachani egalladi. Agar biz uni echib yuborsak nima bo'ladi?
Bolalar: Xaltadagi havo chiqib ketadi, buyum o'z holiga qaytadi.
Tarbiyachi: Havoni sezish uchun uni tutishimiz kerak ekan, biz bunga erishdik. Biz havoni
tutdik.
Tajriba 2. "Puflash mashqi".
Tarbiyachi: Sizning oldingizda suv solingan stakan bor, stakanga solingan naychani puflaymiz va nima sodir bo'lishini kuzatamiz.
Bolalar: Mayda pufakchalar hosil bo'ladi.
Tarbiyachi: Biz puflaganimizda havo chiqib, suvda pufakchalar hosil bo'ladi. Demak, havoni yana bir bor kuzatdik.
Tajriba 3. "Uchar sharlar".
Tarbiyachi: Bolalar qaranglar, bugun mashg'ulotimizga uchar sharlar kelishibdi. Bittasi quvnoq, to'la va qip-qizil, ikkinchisi rangi oqargan, ozg'in va xafa. Siz nima deb o'ylaysiz ikkinchi shar nega unaqa?
Bolalar: Uning ichida havosi yo'q chiqib ketgan, bu shar dum-dumaloq bo'lishi uchun uni puflash kerak.
Tarbiyachi: Siz nima deb o'ylaysiz biz sharni puflasak, sharning ichida nima paydo bo'ladi?
Bolalar: Havo.
Tarbiyachi: Endi kaftlarimizni og'zimizga qo'yib nafas chiqaramiz, nimani his qildingiz? Bolalar javobi: Kaftimizga havo tekkanini.
Didaktik o'yin. "Cho'kadi-cho'kmaydi"
Bolalar navbati bilan sandiqchadan tosh, taxtacha, boshqa mayda predmetlarni tog'orachadagi suvga tashlab ko'radilar.
Tarbiyachi: Bolalar, ko'rdingizmi ichida havosi bor predmetlar suv ustida qalqiydi.
Enerjayzer. "Quvnoq sharchalar".
O'yinning borishi. Ushbu o'yin uchun 6-8 ta shar kerak bo'ladi. Ishtirokchilar "sanama" aytish orqali 3 yoki 4 guruhga bo'linadilar. Har bir guruh a'zolari davra qurib, birbirlarining qo'llarini mahkam ushlaydilar. Tarbiyachi har bir guruhga bir nechta shar beradi. Ularning vazifasi qo'llarini qo'yib yubormasdan sharlarni havoda iloji boricha ko'proq o'ynatishdan iborat. Yerga tushgan sharni olish mumkin emas. Sharlarni uzoq vaqt havoda ushlab o'ynatgan guruh g'olib deb topiladi.
Tajriba 4. Tomchini shishir.
Havo bilan rasm chizish.
Tarbiyachi: Qog'ozga daraxt chizamiz, buning uchun suvni ko'proq ishlatamiz. Bo'yoqli suyuq naychani olamiz, naychaning pastki uchini rasm markaziga yo'naltiramiz, so'ngra kuch bilan puflaymiz, keyin bo'yoqni har tomonga puflaymiz. Qaranglar, qanday qilib bo'yoq har tomonga tarqayapti. Bu nimaga o'xshaydi?
Bolalar: Daraxtga o'xshaydi.
Tarbiyachi: Bu sizga yoqdimi?
Bolalar: Ha.
Tarbiyachi: Sizlar zo'r havo izlovchilarsiz. Izlanishlarimiz natijasida quyidagilarni bilib
oldik.
- bizning atrofimizda havo borligini;
- havoni tutish usulini;
- havo suvdan engil ekanligini;
- havo predmetlar ichida ham borligini;
- havo inson tanasi ichida ham mavjudligini.
Shu tariqa mashg'ulot yakunlanadi.
Ushbu interfaol usullardan foydalangan holda turli qiziqarli mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish bolalarning ta'lim olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, tarbiyachilarni esa kompetentlik sifatlarini takomillashtiradi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qilib quyidagilarni aytish joiz:
- maktabgacha yoshdagi bolalar qiziquvchan, harakatchan, tashabbuskor, erkin fikrlovchi, kuzatuvchan, sog'lom bo'lishi kerak. Hozirda har bir bola erkin ijod qilishi va o'zining qobiliyatini ko'rsata olish huquqiga ega. Noan'anaviy mashg'ulotlarda interfaol usullarga asoslangan holda mehr bilan bolalarga iqtidorini namoyon qilishiga sharoit yaratib berish zarur. Tarbiyachilarning o'tayotgan mashg'ulotlari zamon talablari asosida bo'libgina qolmasdan, ularning o'zlari ham o'tayotgan mashg'ulotdan zavq olsinlar;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabga tayyorlashda bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar-interaktiv metodlardan foydalanish zarurdir, chunki noan'anaviy usullar bilan ta'lim-tarbiya berish hozirgi davrda juda yaxshi samara beradi, ta'lim sifatini oshiradi;
- tarbiyachi tomonidan qo'llaniladigan interaktiv usullar bolalarning qiziqishi va ehtiyojlarini qondiradigan darajada tashkil etilishi maktabgacha ta'limning sifatini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi;
- tarbiyachi tomonidan amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiya jarayoni zamon talab etayotgan milliy va umummadaniy kompetension bilimlarni o'zida mujassam etishi maqsadga muvofiq sanaladi.
XULOSA
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan tarbiyachi mehnat faoliyatining milliy va umummadaniy kompetensiyalarga yo'naltirilganligiga bog'liq. Pedagogik faoliyat natijasida shaxsda milliy fazilatlar shakllanishi, buning uchun ma'naviyat va qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma'nodagi ma'naviy shaxsga aylanishi kerak. Tarbiyachi mehnatining natijasi bo'lmish milliy fazilatlar shakllanadi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning tarbiyalanuvchilar jamoasi bilan olib boradigan ta'lim-tarbiyaviy faoliyatidagi samarali natijalari umummadaniy kompetensiyalar tufaylidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017 yildagi PF-5198-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y., 06/17/5198/0043-son; 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son). https://lex.uz/docs/3362886
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2019 yildagi PQ-4312-sonli "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori. // (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019 y., 07/19/4312/3106-son; 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021 y., 06/21/26/1111-son). https://lex.uz/docs/4327235
3. Turdiev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. -T.: T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, 2015.- 8-13-15-16- b.
4. Титова С.А Компетентностный подход в обучении: теоретические основы формирования общих компетенций у студентов системы среднего профессионального образования // Среднее профессиональное образование. - 2015. -No5.- С. 14-18.
5. Введенский В.Н. Моделирование профессиональной компетентности педагога // Педагогика, 2003. - №10. - 51 с.
6. Выготский Л.С. Вообрaжение и творчество в детском возрaсте. Педaгогические условия формировaния познaвaтельной aктивности млaдших школьников// Обрaзовaние в современном обществе: Сборник мучных трудов. - М.: МГПУ, 1998. -С. 59-65.
7. Xodjayev B.X. Umumta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish: Ped. fan. dok. ... diss. - Toshkent, 2016. - 79 b.
8. Хомский Н. Аспекты теории синтаксиса // Перевод с английского под редакцией и с предисловием В.А. Звегинцева // Изд-во Московского университета, 1998. - 233 с. -С.45.