Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TAʼLIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TAʼLIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axloqiy meʼyor / qadriyat / bola kompetensiyasi / “Men” obrazi / tayanch kompetensiya.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Karimova Moxichexra Rixsibayevna

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim berishda kompetensiyaviy yondashuv asoslari ochib berilgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolaning tayanch va rivojlantiruvchi kompetensiyalari yoriitib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TAʼLIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA'LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Karimova Moxichexra Rixsibayevna

Yangixayot tumani 50-DMTT direktori MTTDMQTMOI mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11257069

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv asoslari ochib berilgan. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolaning tayanch va rivojlantiruvchi kompetensiyalari yoriitib berilgan.

Kalit so'zlar: axloqiy me 'yor, qadriyat, bola kompetensiyasi, "Men" obrazi, tayanch kompetensiya.

O'zbekiston Respublikasi hukumati ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olishni kengaytirish maqsadida respublikada maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha besh yillik Davlat dasturini va Yo'l xaritasini ishlab chiqdi1. Maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha davlat vazifalarini bajarish uchun Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.

Boshlang'ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.

Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat'i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Kompetensiyalar - bu ko'p yo'nalishli tushuncha bo'lib, u maktabgacha ta'lim bo'g'inida bolaning muvaffaqiyatli o'qishi va rivojlanishini, shuningdek, uning boshlang'ich maktabning 1-sinfida o'qishi davomidagi muvffaqiyatini shartlaydigan bilim, mahorat, ko'nikma, qadriyatli yo'l-yo'riqlar va xulq-atvor ko'nikmalarining jamlanmasini namoyon qiladi.

Kompetensiyalarning tarkibiy elementlari

Bilim - bu kishida mavjud bo'lgan axborotlar hajmidir. Pedagogikada bilim - bu borliqni o'rganish faoliyati jarayonining natijasi bo'lib, u mos holdagi inson ongida tasavur, tushuncha, fikr shakllarida ifodalanadi.

Qadriyatlar - bu insonning hayotda erishishi lozim bo'lgan, xohlayotgan maqsadlarga umumiy ishonchidir. Ular harakatlarni motivatsiyalaydi, shuningdek, qanday qilib harakat qilish lozimligi to'g'risidagi masalani hal qilishda ko'rsatmali tamoyillar bo'lib ham xizmat qiladi. Qadriyatlar ham o'zining, ham boshqalarning harakatlarini baholash uchun, fikrlar, pozitsiyalar va xulq-atvorni asoslash uchun, muqobil variantlarda qaror qabul qilish uchun, boshqa kishilarning xulq-atvorini rejalashtirish va ularga ta'sir o'tkazishga intilishda mezonlarni taqdim etadi.

1DOROJNAYA KARTA» po dalneyshemu sovershenstvovaniya sistemw doshkolnogo obrazovaniya v Respublike Uzbekistan. Natsionalnaya baza dannwx zakonodatelstva, 05.04.2018 g., /3651/

Pedagogikada:

Mahorat - bu bilimlarga asoslangan, harakatlarning yangi usullarini o'zlashtirishdagi oraliq bosqichdir.

Ko'nikmalar - bu ongli harakatlarni amalga oshirish jarayonida hosil qilinadigan avtomatlashtirilgan komponentlardir. Amaliy ko'nikma - bu konkret masalani hal qilishda yoki maqsadga erishish uchun uni qo'llay olish qobiliyatidir.

Maktabgacha yoshdagi bolada tayanch muhim kompetensiyalar.

MAKTABGACHA YOSHDAGI (6-7 YOSH) BOLANING TAYANCH KOMPE TENSIYALARI

Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.

O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.

Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tuta olish mahorati.

Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

Pedagoglar tayanch kompetensiyalar (TK) haqida nimalarni bilishlari kerak:

- TK bilim, ko'nikmalar, munosabatlar va qadriyatli yo'l-yo'riqlarni qamrab oladi;

- TK pedagoglardan va bolalarga ta'lim beruvchilardan bolalarning tayyorligini, ularning xohish-istaklarini, shuningdek, o'qishga imkoniyatlari va qobiliyatlarini ko'rib chiqish zaruratini talab qiladi;

- TK hamkorlikda/birgalikda "ishlaydi" yoki "harakat qiladi" va bir-birlariga ta'sir ko'rsatadi;

- TK bolalarni qachonlardir kelajAKda dunyo ishlarida ishtirok etishga tayyorlashning o'rniga hozirda va shu yerda dunyo ishlarida ishtirok etishga imkoniyatlari va qobiliyatlarini kuchaytiradi;

- TK pedagoglardan nafaqat bolalar o'qiyotganliklari va rivojlanayotganliklarini his qilishni, balki ular qanday o'qiyotganliklarini va kelajakda o'z o'qish faoliyatlarini davom ettirishga qanchalik qobil ekanliklarini ham his qilishni talab qiladi;

- TK o'zlarini jarayonda namoyon qiladi va ular harakatni talab etadi;

- TK bu nafaqat asosiy ko'nikma va mahoratning yangicha nomidir. Ular shu jumladan, bu ko'nikmalar bilim, munosabat, qadriyatlar bilan qanday nisbatlanishini ham qamrab oladi va bu ko'nikmalar turli-tuman vaziyatlarda boshqalar bilan o'zaro harakatlarda qanday qilib foydalanilishi/ishga tushirilishini ham bildiradi;

- TK nafaqat kichik yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan, ularni barcha (rahbarlar, ota-onalar, pedagoglar, mahalliy hamjamiyat a'zolari) ham egallashlari lozimdir;

- TK kichik yoshdagi bolalarga o'ziga ishonch orttirishga, butun hayot davomida faol jalb qilinishga, o'qib-o'rganishga yordam beradi;

- TK rivojlanishning har bir sohasidagi o'qish jarayoniga biriktirilishi zarurdir;

- TK samarali pedagogika yordamida rivojlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolada tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish

(maktabgacha yoshdagi 6-7 yosh) mazmuni:

Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilish doirasini (boshqa guruh tarbiyachisi, mudira, uslubchi, psixolog, mehmonlar, tengdoshlarining ota- onasi) kengaytirish.

Bolaga o'z ixtiyori bilan salomlashish, kattalarning savollariga javob berish, minnatdorchilik bildirish, kattalarga murojaat qilishning turli usullaridan foydalanishni o'rgatishni davom ettirish.

Odamlar bilan muloqot qilishda, suhbat va munozaralarda o'z fikrini ayta olish qobiliyatini shakllantirish. Mustaqil holda "Assalomu-alaykum", "Marhamat", "Rahmat", "Iltimos", "Xayr", "Ko'rishguncha", "Sog' bo'ling" kabi iltifotli so'zlarni, boshqalarga nisbatan "balli", "yasha" kabi olqishlarni ayta olishga odatlantirish.

Bolaga atrofdagilarni hurmat qilish muhimligini tushuntirish, oila a'zolari va ularning vazifalarini bilishga ko'maklashish, oila a'zolariga yordam berishga o'rgatish, zaruratga qarab yordam so'rab murojaat etishini rag'batlantirish. Bayram va tadbirlarda yaqin insonlarini so'z orqali tabriklashga o'rgatish.

O'yin kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni:

-Bolaning tasavvuri, tafakkuri hamda ijodiy layoqatini turli o'yinlar orqali shakllantirish, tashabbus, faollik va mustaqillikni rivojlantirish. Turli o'yinlar tashkil etish, o'yinlarda voqealar, hayotiy vaziyatlar, kattalar mehnatiga taqlid qilishni o'rgatish.

Mustaqil ravishda xonasini yig'ishtirishga va o'yinchoqlarini o'z joyiga terib qo'yishga odatlantirish.

Voqeaband-rolli o'yinlar. Bolaga o'yin mazmuniga mos tarzda turli xildagi rollar ijro etishni, anjomlar, qurilish materiallaridan foydalanish, o'yin uchun yetishmayotgan narsalarni (teatr bileti uchun chipta, xarid uchunpullar) mustaqil olish va yasashnio'rgatish.

Harakatli o'yinlar. Bolani mustaqil faoliyatlarida mazmunan turlicha bo'lgan harakatli o'yinlardan foydalanishga undash. Jismoniy sifatlarini (epchillik, tezkorlik, chidamlilikni), harakat muvofiqligi, makonda mo'ljal ola bilish ko'nikmasini rivojlantirishga yordam beradigan o'yinlar, musobaqalar o'tkazish. O'yin natijalarini xolis baholashga o'rgatish. Sport va xalq o'yinlariga bo'lgan qiziqishni rivojlantirish.

Sahnalashtirilgan o'yinlar. Teatrlashtirilgan o'yinlar orqali bolada teatr san'atiga bo'lgan qiziqishni tarbiyalash va ijodiy qobiliyatni rivojlantirish.

Bolaga sahnalashtirish uchun ertak, she'r va qo'shiqlarni mustaqil tanlash, bo'lg'usi spektakl uchun zarur anjom va dekoratsiyalarni tayyorlash, rollarni o'zaro taqsimlash imkoni berishlozim.

Ijro etayotgan obrazini yetkaza bilishda ijodiy mustaqillik, estetik did va talaffuzdagi aniqlikni rivojlantirish. Ifoda vositalaridan (gavda holati, imo-ishora, yuz ifodasi, ohang, harakat) foydalanishga o'rgatishda davometish.

Ta'limiy o'yinlar. Bolaning ta'limiy o'yinlarga qiziqishini kengaytirish va chuqurlashtirish, uning irodasini mustahkamlaydigan, chaqqon, ziyrak va hushyor bo'lishga undaydigan o'yinlardan keng foydalanish.

Bolada turli ta'limiy o'yinlarni tashkil etish, yetakchilik rolini bajarish malakasini rivojlantirish. Ta'limiy o'yin jarayonida tengdoshlari bilan hamkorlikda xarita va sxemalarni tanlash tartibi haqida kelishib olishga, o'z harakatlarini boshqa o'yin ishtirokchilari harakatlari bilan muvoffiqlashtirishga o'rgatish. O'yinda topqirlik, ziyraklik, sabr-toqatlilik, do'stlik, o'zaro yordam, vazifani mustaqil va maromiga yetkazib bajarish malakasini rivojlantirish.

Bolani ayrim ta'limiy o'yinlarni o'ylab topishga jalb qilish.

Sensor qobiliyatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

O'yinda maktabga tayyorgarlik uchun zarur bo'lgan sifatlarning, ya'ni mantiqiy fikrlash,

xayoliy tasavvur, tafakkur faolligi, fikrlarini erkin aytish, savollarga to'liq javob berish kabilarning

yuzaga kelishi va rivojlanishiga yordam berish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.

2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022-y.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 391-sonli qarori.

4. Maktabgacha ta'lim vazirining 2021-yil 12-iyuldagi "Maktabgacha ta'lim tizimida uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to'g'risida" 128-sonli buyrug'i

5. Valiyeva F.R. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi didaktik jarayonlarda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati // Multi disciplinary research studies and education, Kuala Lumpur, Malasiya 2021

6. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim sifatini boshqarishning o'ziga xos jihatlari. Ilim ham jamiyet. №4.2021. Bet 30-33. 3-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.