Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
12
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Normurodova Shaxnoza Aktamovna

Mamlakatimizda taʼlim tizimiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda taʼlim tizimida, jumladan, birinchi bosqich maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yoʻnalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning samarali olib borilishini taʼminlash va bu jarayonlarni pedagogik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilish zarurati tugʻildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI»

«MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARI

Normurodova Shaxnoza Aktamovna

Toshkent shahar, Yangihayot tumani, 49-sonli DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11234614

Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda ta'lim tizimida, jumladan, birinchi bosqich maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo'nalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samarali olib borilishini ta'minlash va bu jarayonlarni pedagogik nuqtayi nazardan chuqur tahlil qilish zarurati tug'ildi.

Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yilga mo'ljallangan rejasida tizimni yaxshilash, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yuzasidan bir nechta chora-tadbirlarni bajarish rejalashtirilgan. Bu rejaning yutuqlaridan biri bo'lib maktabgacha ta'lim uchun kompetentli-yo'naltirilgan "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturining ishlab chiqilishi, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishga qo'yiladigan Davlat talablarining yangilanishi hisoblanadi.

Jumladan, MTT ta'lim jarayonining tamoyillari quyidagilardan iborat:

• bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish;

• ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;

• bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

• bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;

• o'yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish;

• bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

• bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;

• MTTning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

• milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;

Bolaning maktabgacha ta'lim tashkilotidagi rivojlanishini qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari javobgar bo'ladi.

Qo'shimcha ta'limiy xizmatlarni tashkil qilish: Qo'shimcha ta'limiy xizmatlar maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan, bolalar va aholi ehtiyojlariga muvofiq, imkoniyatlardan kelib chiqan holda tashkil etiladi.

Qo'shimcha ta'limiy xizmatlar fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil etishda ko'ngillilar, ota-onalar va sponsorlar ishtirok etishi imkoni istisno qilinmaydi.

Alohida ehtiyojlari mavjud bo'lgan bolalar uchun ta'limiy faoliyat:

Maktabgacha ta'lim tashkilotida alohida ehtiyojlari mavjud bo'lgan bolaning rivojlanishini qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni tashkil qilish uchun maktabgacha tashkilotning rahbari javob beradi.

Zarur bo'lganda, maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagoglar tarkibi va rahbariyati, tor doiradagi mutaxassislarni jalb qilgan holda, bola uchun o'quv-tarbiya faoliyatning (rivojlanishining) individual rejasini tuzadilar.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

Ota-onalar bilan hamkorlik: Bola har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun MTT ota-onalar bilan hamkorlik qilishning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

• MTTga nisbatan ota-onalar umidlarini hisobga olish;

• erta rivojlanish masalalarida ota-onalarga ma'lumot berish;

• ota-onalarni o'quv-tarbiya faoliyatida faol ishtirok etishga jalb qilish;

• ota-onalarning MTT hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son qarori.

2. Grosheva I.V., Evstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/". Toshkent, 2022-y.

3. Kalmuratov T.N. O novoy forme gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v oblasti doshkolnogo obrazovaniya. lxvi international correspondence scientific and practical conference «european research: innovation in science, education and technology/ Septembr 09-10, 2020 London, United Kingdom

4. Valiyeva Feruza Rashidovna, Raximova Surayyo Saloxiddinovna Innovative approaches to preschool education management// International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECS) ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 04 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.