Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING NUTQIY KO‘NIKMALARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING NUTQIY KO‘NIKMALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
44
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya sohasidagi islohatlar / ta’lim tizimi / ta’limning ilk bosqichi / nutqiy muloqot / nutqiy bilim / ko‘nikma va malaka.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xallakova Aziza

Maqolada ta’limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta’limda tarbiyalanuvchilarning nutqiy jarayonga kirishish omillari, muammo va yechimlar yuzasidan mulohazalar bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING NUTQIY KO‘NIKMALARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING

NUTQIY KO'NIKMALARI

Xallakova Aziza

Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman 10-sonli DMTT tarbiyachisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7491075

Annotatsiya: Maqolada ta'limning dastlabki bosqichi maktabgacha ta'limda tarbiyalanuvchilarning nutqiy jarayonga kirishish omillari, muammo va yechimlar yuzasidan mulohazalar bildirildi.

Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya sohasidagi islohatlar, ta'lim tizimi, ta'limning ilk bosqichi, nutqiy muloqot, nutqiy bilim, ko'nikma va malaka.

Yurtimizda ta'lim-tarbiya sohasidagi islohatlarning ko'lami, mazmun va maqsadlari takomillashib bormoqda. O'zining iqtisodiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy jihatdan erkin va taraqqiy etgan bo'lishini istagan davlat, avvalo, bu tizimga katta ahamiyat qaratishi lozim. Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlarning asl mohiyati o'sib kelayotgan yosh avlodning milliy mafkuramiz g'oyalarini targ'ib etuvchi, ajdodlar merosini asrab avaylash bilan bir qatorda ularda ilgari surilgan fikr va ta'limotlarni joriy etuvchi, mustaqil O'zbekistonning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarini anglagan holda ularning amaliyotchisi sifatida harakat qiluvchi shaxsni shakllantirishga qaratilgan. Bu kabi oliyjanob maqsad va vazifalarning amalga oshishida ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatayotgan biz o'qituvchilarning xizmati katta. Ta'limning ilk bosqichidayoq o'quvchi shaxsining individual xususiyatlari kashf etiladi va unda bilim, salohiyat, idrok, mustahkam xotira, ijodiy yondashuv, erkin fikrlash elementlari tarkib topadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul qilingan tarbiyalanuvchi va tarbiyachi o'rtasida mashg'ulotning birinchi kunidayoq nutqiy muloqot jarayoni boshlanadi. Bu jarayonda dastlab tarbiyachi faol shaxs bo'lib mashg'ulotning katta qismida o'zi nutq so'zlaydi, bolaga rejada belgilangan bilimlarni tezroq o'rgatishga intiladi. Masalan, "Alifbe" fanidan ma'lum sana uchun belgilangan harfning talaffuzi va yozilishini o'rgatishni maqsad qilib belgilab oladi va belgilangan maqsaddan aslo og'ishmaydi. Mashg'ulot asosan, tarbiyalanuvchi shaxsini harfning yozilishini o'rgatishga safarbar qilish bilan o'tadi. Vaholangki, ta'limning ilk bosqichidayoq suhbatga tortilmagan, faol nutqiy muloqotga kirishmay o'rgangan bola ta'limning keyingi bosqichlarida ham umuman, maktabda, dars jarayonida mustaqil, erkin, ortiqcha his-hayajonsiz nutqiy faoliyatni amalga oshira olmaydi. Shu boisdan bola maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrifining ilk bosqichidayoq tarbiyachi tomonidan faol nutqiy jarayonga tortilishi kerak. Masalan, mashg'ulotning birinchi kunlaridayoq bo'lajak

o'quvchi ijodiy va erkin nutq hosil qilishiga erishish uchun unga quyidagi savollarni berish mumkin.

-Sen hozir nimani xohlayapsan?

-Kelajakda kim bo'lishni istaysan?

-Uyingdagi yaxshi ko'rgan hayvonlaring haqida gapirib ber?

-Eng yaxshi ko'rgan o'yinchoqlaring haqida so'zlab bera olasanmi?

Bu kabi savollar tarbiyalanuvchining nutqiy muloqotga kirishish qiyinchiliklarini bartaraf etadi, shaxsini erkin, ijodiy og'zaki nutq jarayoniga tayyorlaydi, o'zi ko'rgan, bilgan, his qilgan hodisalari haqida ilhomlanib so'zlashga rag'batlantiradi. Bola bu jarayonda mashg'ulotning nofaol, harakatsiz ob'yektidan faol, ishlovchi sub'yektga aylanadi. Kichik shaxsda nutqiy bilimning ko'nikma va malakaga aylanishi bilan bir qatorda, berilgan savol yuzasidan mushohada yuritish, mavjud fikrlarni analiz va sintez qilish xususisyatlari takomillashadi. Omma oldida o'zini to'g'ri, erkin tutish, jamoatchilik orasida mustaqil, izchil, individual, ravon nutq hosil qilish imkoniyatiga shart-sharoit yaratiladi. O'zidagi mavjud bilimlardan foydalanish, nazariyani amaliyot bilan bog'lash, darsning integratsiyalashuviga erishiladi. Aksincha, ta'limning ilk bosqichida tarbiyalanuvchiga o'zi tushunmagan, idrok etishga qiynalgan, hali anglab ulgurmagan fan sohalarining ba'zi juz'iy, elementar savollariga ham zo'rma-zo'rakilik bilan javob talab qilish tarbiyalanuvchi shaxsida aqliy va nutqiy qiyinchilik tug'diradi. Bu kabi savollarga quyidagilarni kirish mumkin:

-O'zbekiston qachon mustaqillikkka erishgan?

-O'zbek alifbosida nechta unli va undosh harflar mavjud?

- Respublikamiz nechta viloyatdan tashkil topgan?

-(Ma'lum bir harfni ko'rsatib) Mana shu harfdan boshlanuvchi so'z ayt?

Yuqoridagi savollarni bilish tarbiyalanuvchi uchun o'ta zarur bo'lishi shart emas. Ularni bilib olish bolaning xotira mashqi uchun xizmat qilishi mumkin, lekin mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarining malakaga aylanishida to'sqinlik qiladi. Bu kabi savollar ta'sirida qolgan tarbiyalanuvchi nutqiy muloqotdan chetda qoladi. Savolning javobi haqida bilmagan, eshitmagan, yoki xotirasidan ko'tarilgan bola shaxsida uyalish, izza bo'lish, tushkunlikka tushish natijasida hech qanday nutqni amalga oshira olmaslik kabi agressivlik yuzaga keladi. Salbiy kayfiyatga tushgan tarbiyalanuvchi nafaqat, maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi, guruhdoshlari, do'stlari bilan, balki, o'z oilasi bilan ham nutqiy muloqotga kirishishni istamaydi. Shu sababdan ta'limning dastlabki bosqichidayoq bolada og'zaki nutq ko'nikmalarini shakllantirish, faol nutqiy jarayon uchun imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish dolzarb masaladir. Yaratilgan imkoniyat va shart-sharoit bola shaxsida o'z-o'zidan qoniqish hosil qilish, individual dunyoqarash, shaxsiy xarakter va xususiyatlarining tarkib topishi, salohiyat va qobilyatning kashf etilishida muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. E. Begmatov, А. Boboyeva, M. Asomiddinova, B. Umurqulov, O'zbek nutqi madaniyati ocherklari. -Toshkent 1998.

2. Siddiq Mo'min. So'zlashish san'ati, Farg'ona 1997.

3. www. ziyonet. com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.