Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID JAHON TAJRIBALARI TAHLILI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID JAHON TAJRIBALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
24
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rejalashtirish / boshqaruv funksiyalari / motivlash / nazorat qilish / boshqaruv turlari va usullari / ijtimoiypsixologik / marketing / innovatsion boshqarish. / управление / планирование / функции управления / мотивация / контроль / виды и методы управления / социально-психологический / маркетинг.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.T. Hamdamova

mazkur maqola maktabgacha ta’lim sohasiga oid bo‘lib, maqolada boshqaruv usullari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruvning turlari hamda boshqaruvning ijtimoiy – psixologik ucullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE WORLD EXPERIENCE IN IMPROVING THE MANAGERIAL COMPETENCE OF THE HEAD OF THE DOW

эта статья относится к области дошкольного образование, и в ней рассматриваются методы управления, функции управления, виды управления и социально-психологические аспекты управления.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID JAHON TAJRIBALARI TAHLILI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.T. Hamdamova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqola maktabgacha ta'lim sohasiga oid bo'lib, maqolada boshqaruv usullari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruvning turlari hamda boshqaruvning ijtimoiy - psixologik ucullari yoritilgan.

MAQSAD: pedagogik sharoitlarni tavsiflash; maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining kasbiy malakasini rivojlantirish shakllari va usullari taklif etishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, anketa, kuzatish, metodlaridan, shuningdek, N.P.Kapustinning «O'quvchilar tarbiyasi darajasini diagnostikalash» metodi, E.G.Eydemiller, V.Yustiskisning «Tarbiya nuqsonlari omillarini aniqlash» testi, T.I.Pashukova tomonidan ishlab chiqilgan «O'smirlar shaxsidagi egotsentrik yo'nalishlarning sifat ko'rsatkichlari», V.Stefansonning «Guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasini o'rganish», Y.Kulning «Rejalashtirishda harakatni nazorat shkalasi» metodikalaridan, S.R. Panteleyev va V.V. Stolin tomonidan «Subyektiv lokal nazorat», Y.V.

Zalyubovskayaning «Shaxs tomonidan guruhni idrok etishni o'rganish», Meri Edvarsning «Shaxsni ma'qul topilgan jihatlarni aniqlash», M. Kubishkinaning «MAS» so'rovnomalaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: Amaliyot shuni ko'rsatadiki, zamonaviy sharoitda maktabgacha ta'limni samarali boshqarish faqat ta'lim olish imkoniyati, uning sifatini oshirish sharoitida mumkin va ko'p jihatdan rahbarning malakasiga bog'liq. Strategiya rahbardan yangi vakolatlarni, innovatsion faoliyatga tayyorlikni, maktabgacha ta'lim tashkilotida ko'p funktsiyali o'quv muhitini ta'minlashni talab qiladi. Shunday qilib, hozirgi bosqichda ta'lim tizimi fan bilan bog'liq va jamiyatning iqtisodiy o'sishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Rahbarlarinig kasbiy tayyorlashning beqaror amaliyoti sharoitida boshqaruv organlari tomonidan menejerlarni tayyorlash tizimi alohida ahamiyatga ega.

XULOSA: ta'lim boshqarmasi ta'lim tashkilotlariga nisbatan maslahat, ekspert, uslubiy, axborot, nazorat funktsiyalarini bajaradi va barcha ta'lim tashkilotlarini rivojlantirish, o'qituvchilarning malakasini oshirish bo'yicha koordinator bo'lib, kasbiy malakaga tayanadi

Kalit so'zlar: rejalashtirish, boshqaruv funksiyalari, motivlash, nazorat qilish, boshqaruv turlari va usullari, ijtimoiypsixologik, marketing, innovatsion boshqarish.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Hamdamova M.T. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini takomillashtirishga oid jahon tajribalari tahlili. // Inter education & global study. 2024. №6. B.41-47.

АНАЛИЗ МИРОВОГО ОПЫТА ПО СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ РУКОВОДИТЕЛЯ ДОУ_

© М.Т. Хамдамова1Н

Ташкентский государственный педагогический университет им. Низами, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: эта статья относится к области дошкольного образование, и в ней рассматриваются методы управления, функции управления, виды управления и социально-психологические аспекты управления.

ЦЕЛЬ: характеристика педагогических условий; состоит в предложении форм и методов развития профессиональной компетентности руководителя дошкольной образовательной организации.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались интервью, анкетирование, методы наблюдения, а также метод Н.П. Капустин «Диагностика уровня образования учащихся», Э.Г. Эйдемиллер, тест В. Юстискиса «Детерминирующие факторы образовательных дефектов», Т.И. Пашуковой «Качественные показатели». эгоцентрических направлений в личности подростков».

Из методов В. Стефансона «Исследование мотивации поведения в группе», Ю. Куля «Шкала контроля движений в планировании», «Субъективного локального контроля» С.Р. Пантелеева и В.В. Столина, «Исследование группового восприятия личностью» Ю.В.Залюбовской, «Личность» Мэри Эдвардс, определяющая благоприятные стороны», опросники «МАС» М.Кубишкиной.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: практика показывает, что эффективное управление дошкольным образованием в современных условиях возможно только в условиях доступности образования, повышения его качества и во многом зависит от квалификации руководителя. Стратегия требует от руководителя новых компетенций, готовности к инновационной деятельности, обеспечения многофункциональной образовательной среды в дошкольной образовательной организации. Таким образом, на современном этапе система образования связана с наукой и служит основой экономического роста общества. В условиях нестабильной практики профессиональной подготовки руководителей особое значение приобретает система подготовки руководителей органами управления.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: управление образования оказывает консультативные, экспертные, методические, информационные, контролирующие функции в отношении образовательных организаций и является координатором по развитию

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

всех образовательных организаций, по повышению квалификации педагогов и опирается на профессиональную компетентность

Ключевые слова: управление, планирование, функции управления, мотивация, контроль, виды и методы управления, социально-психологический, маркетинг.

Для цитирования: Хамдамова М.Т. Анализ мирового опыта по совершенствованию управленческой компетенции руководителя доу. // Inter education & global study. 2024. №6. С. B.41-47.

ANALYSIS OF THE WORLD EXPERIENCE IN IMPROVING THE MANAGERIAL COMPETENCE OF THE HEAD OF THE DOW_

© Mahzuna T. Hamdamova1®

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan

Annotation

INTRODUCTION: this article belongs to the field of Preschool education, and it deals with management, management methods, management functions, types of management and sociopsycholog ical aspects of management.

AIM: characteristics of pedagogical conditions; consists in the proposal of forms and methods for the development of professional competence of the head of a preschool educational organization.

MATERIALS AND METHODS: during the research, interviews, questionnaires, observation methods were used, as well as the method of N. P. Kapustin "Diagnostics of the level of education of students", E.G. Eidemiller, the test of V.Yustiskis "Determining factors of educational defects", T.I.Pashukova "Qualitative indicators". egocentric directions in the personality of adolescents." From the methods of V. Stefanson "Study of themotivation of behavior in a group", Yu. Kul "Movement control scale in planning", "Subjective local control" S.R. Panteleev and V.V.Stolin, "Study of group perception by personality" by Yu.V.Zalyubovskaya, "Personality" by Mary Edwards, determining favorable aspects," "MAS" questionnaires by M. Kubishkina.

DISCUSSION AND RESULTS: practice shows that effective management of preschool education in modern conditions is possible only in conditions of accessibility of education, improvement of its quality and largely depends on the qualifications of the head. The strategy requires new competencies from the head, readiness for innovative activities, and provision of a multifunctional educational environment in a preschool educational organization. Thus, at the present stage, the education system is connected with science and serves as the basis for the economic growth of society. In conditions of unstable practice of professional training of managers, the system of training managers by management bodies is of particular importance.

CONCLUSION: the Department of Education performs advisory, expert, methodological, informational, and control functions in relation to educational

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

organizations and is the coordinator for the development of all educational organizations, teacher training, and relies on professional qualifications

Key words: planning, motivation, control, types and methods of management, socio-psychological, marketing, innovation management.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetentligini shakllantirish bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar nafaqat tarkibni tanlashga, balki rahbarlar amaliyotga yo'naltirilgan boshqaruv faoliyatga jalb qilishga asoslangan, uning doirasida rahbarlar turli xil boshqaruv qobiliyatlari va boshqaruv vazifalarini hal qilish usullarini bevosita o'zlashtirdilar. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining tashkiliy jihatlarini aniqlab, biz kompetensiyaviy yondashuvning asosiy qoidalariga asoslandik, xususan:

- boshqaruvni shakllantirish jarayonining shaxsiy yo'nalishini kuchaytirish, ya'ni rahbarlarning qiziqishlari va ehtiyojlariga tayanib, o'quv jarayonini faollashtiradigan tanlov sharoitlarini yaratish; bu rahbarning o'zi izlanishi, o'z bilimini yaratishi kerakligini anglatadi;

- faoliyatning yangi turlari va usullarini ishlab chiqish orqali kasbiy muammolarni hal qilishga o'rgatish. Shu munosabat bilan rahbarlarni nafaqat ilmiy asoslar va boshqaruv faoliyatini amalga oshirishning turli usullari bilan tanishtirish, balki ularni loyihalash, tahlil qilish, baholash va o'zini o'zi baholash vaziyatiga tushirish muhim sanaladi;

- shaxsni o'z-o'zini rivojlantirishga yo'naltirish. Biz uchun asosiy talab rahbarlarning taklif etilayotgan boshqaruv vazifalarini hal qilishda mustaqilligi va ijodkorligi namoyon bo'lishi uchun sharoit yaratish, shuningdek, o'zlarining o'sishi, yutuqlarini ko'rish imkoniyatini berish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish va boshqarishga oid tadqiqotlar A.V.Shin, F.R.Qadirova, D.Babayeva, M.N.Xushnazarova, Sh.A.Sodiqova, Sh.Shodmonova, Z.F.Azizova, G.A.Berdialiyeva, N.Sh.Abdullayeva, M.A.Abdullayeva, Sh.N.Qosimova, M.T.Xamdamova, G.N.Nigmatova Sh.B.Raximova va boshqalar tomonidan olib borilgan. Shuningdek, U.I. Inoyatov, S.T.Turg'unov, M.A.Yuldashev, Ya.U.Ismadiyarov va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida ta'lim muassasalarining boshqaruvi yo'nalishida kadrlarni tayyorlash, innovatsion-menejmentni shakllantirish, ta'lim menejmentini takomillashtirish sifati masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Kompetensiya va kompetentlilik masalalari, ta'lim tizimi rahbar xodimlar malakasini oshirishning ilmiy va pedagogik asoslariga oid ilmiy izlanishlar A.A.Alimov, O.A.Quysinov, MDH olimlaridan E.N.Belova, I.B.Bicheva, A.A.Derkach, L.G.Kiseleva, A.N.Kuzmitsskaya, Yu.V.Podzyubanova, E.F.Zeer, A.K.Markova, M.M.Potashnik va boshqalar tomonidan olib borilgan bo'lsa, xorijiy olimlardan R.E.Boyatzis, S.I.Zmeev, R.Dave kabi olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida tadqiq etilgan. Ilmiy kuzatishlar va

For citation: Mahzuna T. Hamdamova. (2024) 'Analysis of the world experience in improving the managerial competence of the head of the dow', Inter education & global study, (6), pp. B.41-47. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tahlillarga ko'ra, malaka oshirish ta'limida maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetentliligini rivojlantiruvchi mexanizmlar to'liq tadqiq etilmaganligi, malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv kompetentliligini xorijiy tajribaga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida rivojlantirish muammosining saqlanib qolayotganligi ushbu tadqiqot mavzusini "Xorijiy tajribalar asosida rahbar kadrlarning boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish (maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining malaka oshirish jarayoni misolida)" deb nomlanishiga asos bo'ldi.

Kompetensiyaviy yondashuvning nazariy qoidalaridan shu narsa kelib chiqadiki, o'qitishning asosiy qismi amaliy vazifa (vaziyat) bo'lishi kerak, uni hal qilish jarayonida faoliyatni amalga oshirish usullarini ishlab chiqish, ko'nikmalarni shakllantirish va menejment faoliyatida maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarining tajribali bo'lishi lozim. Professional boshqaruv vazifalarini samarali hal etishni ta'minlashda maktabgacha ta'lim tashkiloti boshqaruv funksiyalarini malakali bajarishga tayyorlik, boshqaruv malakasini shakllantirishning ko'rsatkichi bo'lgan amaliy muammolarni hal qilish tajribasi, shu bilan birga rahbarlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarish uchun haqiqiy amaliy boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligi hisobga olinadi. Ammo, ushbu faoliyatni simulyatsiya shakllaridan foydalanish orqali o'quv jarayoni individual o'quv mashg'ulotlarining bir qismi sifatida maxsus modellashtirish mumkin: boshqaruv amaliyoti, o'ziga xos o'yin ko'rinishdagi simulyatsion amaliy boshqaruv va boshqalar.

Ushbu ilmiy pozitsiyalar rahbar boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish jarayonini tashkil etish, maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv faoliyatini amalga oshirish maqsadlari, vazifalari, usullarini kelajakdagi kasbiy faoliyatida amalga oshirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, amaliy yo'naltirilgan faoliyatda rahbar tomonidan kasbiy bilimlarni o'rganish, ta'lim jarayoni sifatini oshirish, boshqaruv faoliyatini ijtimoiy modellashtirish tushuniladi. Natija amaliy yo'naltirilgan faoliyat shaxsiy tajriba bo'lishi, o'z navbatida boshqaruv muammolarini hal qilishda rahbarning kasbiy kompetentligining rivojlanganligi asos bo'ladi. Eng muhimi ta'lim jarayoni faoliyatini rag'batlantiradigan munosabatlar, qo'llab-quvvatlashlar rahbarlar boshqaruv faoliyati aspektida shaxsiy tenglikni qo'llab quvvatlaydi. Rahbar boshqaruv kompetentligini shakllantirish jarayonida rahbarlar faoliyatini amaliy jihatdan yo'naltirish, ta'lim metodlari (assisment, keys stadi) o'yin simulyatsiyasi (simulyatsiya, biznes, rolli o'yin)dan foydalangan holda tajribalar o'tkazishni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega sanaladi.

Maqsadimiz tinglovchilarni umumkasbiy tayyorgarligini oshirish asosida (boshqaruv psixologiyasi fani misolida) boshqaruvning ijtimoiy, psixologik, rahbarlikni o'ziga xos jihatlarini, tashabbuskorlik va liderlik sifatlarini egallash bo'yicha chuqur bilim berish, shuningdek, mantiqiy fikrlash, samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish malaka va ko'nikmalarni hamda boshqaruv qadriyatlarini shakllantirishdan iboratdir.

1940 yillarda E. Bern[32] tomonidan liderlikning 79 sifati aniqlangan. Bu ro'yxatda tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o'ziga ishonch, tez va aniq qarorlar

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qabul qilish kabi xislatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shundaki, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo'ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi. Bundan liderlik modelini yaratish oson emasligi to'g'risidagi xulosaga kelishimiz mumkin.

Rahbar shaxsining turli ta'riflari mavjud, lekin bu tushunchani to'laroq aks ettiradigan bo'lsak, shaxs tushunchasini quyidagisi o'rinli:

"Shaxs bu - o'zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari orqali tashqi olamni o'zgartira oluvchi subyekt, insondir".

E'tibor berilsa, ushbu ta'rifda shaxsga xos uch jihat sanab o'tiladi: bilish; hissiyot; munosabat.

Shu uch guruhga kiruvchi xislatlar yagona maqsadga, ya'ni tashqi olamni insonning o'z ehtiyojiga binoan o'zgartirishga qaratilgan. Inson xulqini tushunish va uni boshqarish uchun shaxs tabiati haqida ma'lum bir ma'lumotga ega bo'lish kerak. Tashkilotda shaxs o'zgalar bilan munosabatga kirishar ekan, demak, u turli ijtimoiy guruhlar faoliyatida qatnashadi. Shu munosabat bilan shaxs a'zo bo'lgan guruh va jamoalarga xos psixologik qonunlarni ham tahlil etish zarurati tug'iladi. Biz aynan rahbar shaxsi, uning muvaffaqiyatli boshqaruv faoliyati uchun xos va zarur xislatlar haqida to'xtalib o'tamiz.

Boshqaruv jarayonini psixologik tahlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning faoliyatini takomillashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.

Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun rahbarga qo'yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va boshqaruv faoliyatini to'laqonli amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi shaxs xususiyatlarini o'rganish zarurati tug'iladi.

Rahbar shaxsi tushunchasini tahlil etadigan bo'lsak, unga xos xususiyatlarni uch guruhga bo'lib o'rganamiz:

1. Biografik tavsif

2. Qobiliyat

3. Shaxsiy sifat va fazilatlar.

Rahbar shaxsining biografik jihatlariga uning yoshi, jinsi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va ma'lumoti kiradi.

Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning rahbar yoshiga bog'liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Aniqlanishicha, Yaponiya qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlarining o'rtacha yoshi 63,5 bo'lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 59da ekan. Yaponiya yirik kompaniya rahbarlarini o'rganishda uchraydigan va taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug'ligidir. Ba'zi bir tashkilotlarda (masalan, "Sony corporation") kompaniyasi prezidentining yoshi 65 deb cheklangan bo'lsa ham, lekin ko'pgina avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va undan yuqori ekanligi ajablanarli hol emas. Umuman olganda, Yaponiyada xodimning korxonaga bir umr yollanish tajribasi qo'llaniladi. Ma'lum bo'lishicha, yuqori bo'g'in rahbarlarining ko'pchiligi o'z tashkilotida ko'p yillar ishlaydi. Bu sohada o'tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar ularning sog'ligi ko'ngildagidek bo'lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba manbaidir.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Rahbarning yoshi haqida gapirar ekanmiz, nafaqat uning biologik jihatlari, balki, ijtimoiy jihatlari, hayotiy tajribasini ham nazarda tutish kerak. Ammo, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyaning kirib kelishi ularni o'zlashtirishda ma'lum mahoratni talab qiladi. Baxtga qarshi, hozirgacha kompyuterda ishlashni o'rgana olmayotgan katta yoshli rahbarlarni uchratish qiyin emas. Shu jihatdan olganda, yosh rahbar ko'pincha tashkilotga ilg'or texnologiya va tezkorlik olib kiruvchi omil sifatida qabul qilinadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълим жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш ва бошкариш назарияси ва амалиёти. Пед.фан.док. ... дисс.-Т.:2007.-305 б.

2. Белая К.Ю. Инновационная деятельность в ДОУ: Методическое пособие. М.: ТЦ Сфера, 2005. 64 с.

3. Берн Э. Лидер и группа. О структуре и динамике организаций и групп. -Екатеринбург: Изд-во «Литур», 2000. - 320 с.

4. М.хамдамова Мактабгача таълим ташкилотида мех,нат конунчилиги хужжатлари билан ишлаш Оъкув коълланма, Тошкент "Ozkitobsavdo" 2020, ISBN 978-99436297-6-9, UO'K: 373,2:37,9 (075), KBK: 74. 102 ya7, 204 bet

5. М.хамдамова Сборник научних статей по итогам работи, Международного научного форума том 2, «Наука и инновации - современнийе консепсии». Дата рассилки сборника - 18 октабря 2019 г, Москва 2019, 46-50 ст

6. М.хамдамова Методическая работа в дошколних образователних учреждений как фактор повишения качества образования«Проблеми та перспективи розвитку сучасно науки в краинах Эвропи та азии», ХХ межнародна науково-практична интернет- конференция- 31 жовтня 2019, зборник наукових пратс,переяслав-хмелнитский-2019, 67-70 ст

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HHamdamova Mahzuna Tursunovna, Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dots, [Хамдамова Махзуна Турсуновна, декан факультета дошкольного образования доктор философии по педагогическим наукам (PhD), доцент], [Mahzuna T. Hamdamova, Dean of the Faculty of Preschool Education, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasi 27- uy [адреа Узбекистан, город Ташкент Чиланзарский район улица Бунедкор дом 27], [address: Uzbekistan, Tashkent city Chilanzar district Bunyodkor street 27]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.