Научная статья на тему 'TALABALARNING BOSHQARUV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION MENEJMENTNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

TALABALARNING BOSHQARUV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION MENEJMENTNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
11
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rejalashtirish / boshqaruv funksiyalari / motivlash / nazorat qilish / boshqaruv turlari va usullari / ijtimoiypsixologik / marketing / innovatsion boshqarish. / планирование / функции управления / мотивация / контроль / виды и методы управления / социально-психологический / маркетинг / Инновационный менеджмент.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — M.T. Hamdamova

mazkur maqola maktabgacha ta’lim sohasiga oid bo‘lib, maqolada boshqaruv usullari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruvning turlari hamda boshqaruvning ijtimoiy – psixologik ucullari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FORMATION OF THE MANAGERIAL CULTURE OF STUDENTS PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF INNOVATION MANAGEMENT

данная статья относится к сфере дошкольного образования, в ней освещаются методы управления, функции управления, виды управления, а также социально – психологические аспекты управления.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING BOSHQARUV MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION MENEJMENTNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.T. Hamdamova1^_

1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqola maktabgacha ta'lim sohasiga oid bo'lib, maqolada boshqaruv usullari, boshqaruv funksiyalari, boshqaruvning turlari hamda boshqaruvning ijtimoiy - psixologik ucullari yoritilgan.

MAQSAD: talabalarning boshqaruv madaniyatini shakllantirishda innovatsion menejmentning pedagogik imkoniyatlarini tadqiq qilishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: "Menejment qoidalariga rioya qilib ishlayotgan maktab rahbarlari bugungi ta'lim sohasidagi islohotlarni his etib, boshqarishni zamonaviy kompetentlik qoidalari asosida ishni tashkil etib kuchli instruktiv yetakchilik, aniq belgilangan maqsad, o'qituvchilardan kutilayotgan ijodiy natijalar, o'qib-o'rganish, o'rgatish uchun zaruriy muhit, o'quvchilar va sinfni doimiy kuzatish, oila, maktab, mahalla hamkorlik aloqalarini mustahkamlaydilar. Yangi ilmiy izlanishlar obod mahalla, obod mahalla, obod uy va namunaviy oila tashabbusi asosida rahbarlik ishlarini tashkil etishni talab qiladi. "Boshqaruv madaniyati - bu ma'muriy ijtimoiy va rahbarning psixologik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi professional va ishchanlik sifatli sintezidir.

XULOSA: ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har bir pedagogo'qituvchi o'zining butun bilim va tajribasini ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga yo'naltirishi bugungi kunning muhim dolzarb masalasidir.

Kalit so'zlar: rejalashtirish, boshqaruv funksiyalari, motivlash, nazorat qilish, boshqaruv turlari va usullari, ijtimoiypsixologik, marketing, innovatsion boshqarish.

ФОРМИРОВАНИИ УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ культуры учащихся ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ИННОВАЦИОННОГО МЕНЕДЖМЕНТА

© М.Т. Хамдамова1^

Ташкентский государственный педагогический университет им. Низами, Ташкент, Узбекистан_

Iqtibos uchun: Hamdamova M.T. Talabalarning boshqaruv madaniyatini shakllantirishda innovatsion menejmentning pedagogik imkoniyatlari. // Inter education & global study. 2024. №5. B.558-564.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: данная статья относится к сфере дошкольного образования, в ней освещаются методы управления, функции управления, виды управления, а также социально - психологические аспекты управления.

ЦЕЛЬ: состоит в исследовании педагогических возможностей инновационного менеджмента в формировании управленческой культуры учащихся.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а степень статистической достоверности полученных результатов подтверждалась факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: "руководители школ, работающие в соответствии с правилами менеджмента, почувствовали реформу в современном образовании, организовав управление работой на основе современных правил компетентности, чтобы обеспечить сильное учебное лидерство, четко определенную цель, творческие результаты, ожидаемые от учителей, необходимая среда для обучения, обучения, постоянное наблюдение за учениками и классом, семья, школа, окрестности укрепляют партнерские отношения. Новые научные исследования требуют организации управленческой работы на основе инициативы "процветающая махалля", "процветающая махалля", "процветающий дом" и "образцовая семья". "Культура управления-это качественный синтез профессионального и делового в успешном осуществлении управленческого социально-психологического процесса руководителем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: актуальным вопросом сегодняшнего дня является то, что каждый педагог-педагог, работающий в системе образования, направляет все свои знания и опыт на совершенствование системы образования.

Ключевые слова: планирование, функции управления, мотивация, контроль, виды и методы управления, социально-психологический, маркетинг, Инновационный менеджмент.

Для цитирования: Хамдамова М.Т. Формировании управленческой культуры учащихся педагогические возможности инновационного менеджмента. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 558-564.

THE FORMATION OF THE MANAGERIAL CULTURE OF STUDENTS PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF INNOVATION MANAGEMENT_

© Mahzuna T. Hamdamova1®

Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Tashkent, Uzbekistan Annotation

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

INTRODUCTION: this article relates to the field of preschool education, it highlights management methods, management functions, types of management, as well as socio-psychological aspects of management.

AIM: the aim is to study the pedagogical possibilities of innovative management in the formation of the managerial culture of students.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the study, such methods as conversation, socio-psychological survey, observation were used, and the degree of statistical reliability of the results obtained was confirmed by factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: "school leaders working in accordance with the rules of management have felt the reform in modern education, organizing work management based on modern competence rules to ensure strong academic leadership, a clearly defined goal, creative results expected from teachers, the necessary environment for learning, learning, constant supervision of students and the classroom, family, school, neighborhood strengthen partnerships. New scientific research requires the organization of management work based on the initiatives "prosperous mahalla", "prosperous mahalla", "prosperous house" and "exemplary family". "Management culture is a qualitative synthesis of professional and business in the successful implementation of the managerial socio-psychological process by the head.

CONCLUSION: an urgent issue today is that every teacher-educator working in the education system directs all his knowledge and experience to improve the education system.

Key words: planning, management functions, motivation, control, types and methods of management, socio-psychological, marketing, Innovative management.Key words:

Boshqaruv faoliyatining nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqish va maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish ta'lim jarayonining mazmunini tavsiflashga davom etish va rahbarning kasbiy tayyorgarligini mazmunini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik menejment, nazariy va amaliy faoliyat masalalari bilan boyitishning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Shu munosabat bilan pedagogik menejmentning nazariy asoslari parallel ravishda bayon qilingan yondashuvni amalga oshirish va amaliyotga yo'naltirilgan boshqaruv faoliyat jarayonida tegishli ko'nikma va malakalar ya'ni, boshqaruv faoliyati bo'yicha talabalarning madaniyati shakllanadi va takomillashadi.

Hozirgi kun zamonaviy ta'limining rivojlanishi yangi yo'nalish - innovatsion faoliyatni taqozo etmoqda. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos bo'lgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida G'arbiy Yevropa va AQShda paydo bo'lgan. Dastlab innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.KanKalik, N.V.Kuzmina,

For citation: Mahzuna T. Hamdamova. (2024) 'Formation of students' managerial culture pedagogical possibilities of innovation management', Inter education & global study, (5), pp. 558-564. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

V.A.Slatenin, A.I.Sherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg'or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazaridan yoritilgan. X.Barnet, Dj.Basset, D.Gamilton, N.Gross, M.Mayez, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem ishlarida innovatsion rivojlanishlarni boshqarish, ta'limdagi o'zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti» va «faoliyati» uchun zarur bo'lgan shart -sharoitlar masalalari tahlil qilingan. Yangilik kiritishning psixologik aspekti amerikalik olimlardan biri E. Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo'lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etgan.

Pedagogik menejment, boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti masalalari mazmunini ishlab chiqish nuqtayi nazaridan, uchta bosqichni ajratish mumkin: yo'nalish (mo'ljalli), o'quv (predmet) -uslubiy va tadqiqot1.

Zamonaviy ta'lim mutaxassisning kelajakdagi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini yaratishi uzoq vaqtdan ma'lum. Ta'lim jarayonida zarur bilim va ko'nikmalar, kasbiy munosabat, faoliyatning ayrim turlariga va uning tuzilishiga tayyorlik to'plami shakllanadi. Ta'lim ma'lum qobiliyatlarning rivojlanish darajasini belgilaydi va hatto mutaxassisning individualligi yoki shaxsiy xususiyatlarini to'g'rilaydi va shakllantiradi..

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida" 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasining "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi ijrosini ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish, xodimlarning ta'limtarbiya jarayonidagi mas'uliyatini oshirish, tarbiyachi faoliyatining 5 muvaffaqiyati avvalo ta'limiy prinsip (qonuniyat)larni qanchalik to'g'ri amalga oshirishiga bog'liq. Ta'lim qonuniyatlari bu - o'qitish jarayoniga qo'yiladigan talablar yig'indisidir. Ta'lim prinsip (tamoyil)lari deb, ta'limning barcha bosqichlari va hamma predmetlarini o'qitish uchun asos bo'ladigan qonuniyatlar, qoidalarga aytiladi. Ta'lim qonuniyatlari tarbiyalanuvchi va tarbiyachi orasidagi eng muhim ichki ahamiyatni aks ettiradi. O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevral kuni e'lon qilingan farmoni asosida 2017—2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Bu strategiya loyihasi o'ta dolzarb bo'lib, aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi. Ijtimoiy sohalarning rivojlantirishida milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta'limning barcha darajalari va bo'g'inlarida ta'lim oluvchilarning ma'naviy va axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga hamda ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta'lim tashkilotlarini mintaqalashtirishga e'tabor qaratilgan.

1 Sh.Sh.Olimov, Sh.X.Samiyeva, N.X.Aslanova, F.J.Ro'ziyev. Innovatsion ta'lim texnologiyalari va metodlari. "Durdona" nashriyoti Buxoro -2022

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, kompetensiya rivojlanishining yo'nalish bosqichi talabalarning o'quv kurslariga kiritilgan umumiy tayyorgarlik va umumkasbiy tayyorgarlik fanlarni o'qitish bilan bir vaqtda "shaxs", "jamiyat", "ijtimoiy tizimlarni boshqarish", "menejment" va boshqa fanlarni o'qitish amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda "Boshqaruv psixologiyasi", "Maktabgacha ta'limda innovatsion menejment" fanlari katta rol o'ynaydi, ular doirasida ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy tizimlarning faoliyati, boshqaruv, alohida ijtimoiy hodisa va funksiya sifatida ochib beriladi. Ijtimoiy rivojlanishning maqsadi va ahamiyati sifatida rahbarning ushbu bosqichda shaxsga nisbatan shaxsiy pozitsiyasini shakllantirish asosiy vosita hisoblanadi. Shu munosabat bilan, o'quv fanlari doirasida zamonaviy dunyoqarash va axloqning umumiy aksiologik asoslari aniqlanadi. Talabalarning diqqat-e'tiborlari "yaxshi", "insoniylik", "qonun", "erkinlik", "shaxsning qadr-qimmati", "insonga hurmat" inson taraqqiyoti tarixida to'plangan tajribaning insonparvarlik asoslarini aks ettiruvchi umuminsoniy qadriyatlar ekanligiga qaratiladi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim yo'nalishida taxsil olayotgan talabalarning asta-sekin kasbiy faoliyatga tayyorgarligi rivojlanadi, dunyoqarashi, insonparvarlik va demokratik qadriyatlari shakllanadi.

Boshqaruv nazariyasi va amaliyotining metodologik asoslari shaxsga yo'naltirilgan mafkura ekanligini inobatga olgan holda, yuqorida aytib o'tilgan muhim jihatlar rahbarning boshqaruv kompetensiyasining kognitiv va qadriyatli tarkibiy qismlarini rivojlantirish funksiyasi vazifasini bajaradi.

Ma'lumki, qonuniyat - bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o'rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o'quv jarayonining xarakteri, uning vazifalari, mazmuni, shakllari: usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. Agar o'qitish jamiyat talablarini e'tiborga olmasa, u holda uni, albatta, qayta ko'rish, takomillashtirish kerak. Demak, ta'lim berish, tarbiyalash va tarbiyalanuvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur. Ifodalangan qonuniy ta'limiy aloqalarni va o'qitish qoidalarini ilmiy asoslangan o'zaro bog'lanishda qo'llash ko'nikma va malakalarni chuqur, puxta, ongli va ta'sirli o'zlashtirilishini ta'minlaydi. O'qitishni aynan shunday natijaga qaratish uning onglilik, puxtalik, ta'sirchanlik qoidalarini xarakterlaydi. Ta'limning mazmuni hayot, hozirgi zamon fani bilan bog'langan bo'lganligi uchun ham, vazifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish muammolari, ishlab chiqarishni 6 mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish kabilar asosida intensivlash o'z aksini topishi kerak. Har bir tarbiyachi shuni anglab yetishi muhimki, o'quv jarayonini samarali bo'lishi - bu, ishda o'zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, ta'limiy qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o'zaro aloqada foydalanish demakdir. O'qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va ta'limiy qoidalarini e'tiborga olish zarur.

Maktabgacha ta'lim yo'nalishida taxsil olayotgan talabalarning boshqaruv madaniyatini shakllantirishda "Boshqaruv psixologiyasi" fanining mohiyatli jihatlari muhim rol o'ynaydi, chunki uning doirasida bo'lajak rahbarlar kasbiy pedagogik faoliyatning

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

insonparvar va demokratik asoslarini, rahbarlik faoliyatining yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Umumkasbiy tayyorgarlik fanlarini informatsion ravishda pedagogik menejment savollari bilan to'ldirish imkoniyatlarini aniqlab "Boshqaruv psixologiyasi" kursining mazmunini, ya'ni tadqiqotchining o'z amaliyotida bo'lgan - "Boshqaruv psixologiyasida rahbar imidji" bo'limini tahlil qilish zarurati mavjud.

Umumkasbiy fanlar mazmuni o'z navbatida, pedagogik menejment, maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish nazariyasi va amaliyoti masalalari bilan boyitishning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mohiyatan va tarkibiy funksional yo'nalishga ega.

Tadqiqot maqsadlarini inobatga olgan holda, boshqaruv faoliyatining ayrim jihatlarini ochib beradigan tarkib bilan boyitilishi mumkin bo'lgan mavzularni tanlashda, bir-biriga yaqin, umumiy aksiologik va ijtimoiy-madaniy ildizlarga ega bo'lgan va bir vaqtning o'zida pedagogik masalalarni va boshqaruv faoliyatining ba'zi nazariy tomonlarini ko'rib chiqishga imkon beradigan ilmiy bilimlar tanlanadi.

"Boshqaruv psixologiyasida rahbar imidji" bo'limini o'rganishning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, bo'lajak rahbarlarning fikri, boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv imidjlarini shakllantirish, ushbu dars mashg'ulotida samarali faoliyatini ta'minlash maqsadidagi ta'sir etish imkoniyatlari" tushunchasi bo'lgan boshqaruv va kasbiy yo'nalishga asos yaratadi. Ushbu qismning mazmunini pedagogik menejment savollari bilan boyitib, maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining shaxsiy, boshqaruv va kasbiy pozitsiyasini shakllantirish jarayonida ham, uning boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida ham muhim bo'lgan jihatlarga to'xtaldik.

Maktabgacha ta'lim yo'nalishida taxsil olayotgan talabalarning boshqaruv madaniyatini takomillashtirish boshqaruv malakasi asoslarini shakllantirish mazmunini boyitish munosabati bilan "Pedagogik kasbning umumiy xususiyatlari" mavzusining mazmunini kengaytirish zarurati yuzaga keladi, uning doirasida maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari pedagog tomonidan jamiyatda amalga oshirilgan tarixiy vazifalar bilan tanishtiriladi. Shu munosabat bilan, rahbarlar pedagogik ishning ko'p qirrali xususiyatidan xabardor bo'ladi: pedagog yosh avlodni tarbiyalash, o'qitish, rivojlantirish jarayonlarini tashkil qiladi va ta'minlaydi, ikkinchi tomondan, ko'p qirrali va ko'p darajali shaxslararo o'zaro munosabatlarga kirishadi va boshqaruv funksiyasini amalga oshiradi. Pedagogning ishini ko'p funksiyali deb bilish, pedagoglarga kasbiy ta'lim mazmunida o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita sohani - insoniyat tarixi va maxsus xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

"Kasbiy faoliyat va pedagogning shaxsiyati" mavzusini o'rganish pedagog va pedagogik madaniyat ajralmas ekanligini tushunishga olib keladi va pedagogik madaniyatning eng yuqori darajasi pedagogning qadr-qiymatini, ijtimoiy ahamiyatli xususiyatlarini uning faolligi, mas'uliyati, qarorlar qabul qilish va ular uchun javobgarlik va boshqalar, jamoat manfaatlariga xizmat qilishga tayyorgarligini shakllantirishni talab qiladi. Tadqiqotchilarning fikrlarini jamiyatning boshqa a'zolari bilan taqqoslaganda uning shaxsiyati, umumiy va kasbiy madaniyati ustunlikdan iborat bo'lganida ijtimoiy kutishlarni oqlaydi. Tadqiqotimizning aspektida maktabgacha ta'lim tashkilotida zamonaviy pedagogik xodimning bunday ilg'or, boshqaruv kompetentligi, masalan, boshqaruv funksiyalarini

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bajarishga tayyorgarlik, kasbiy vazifalarni samarali hal etishga erishish kabi boshqaruv kompetensiyasi bo'lishi kerak.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Begimkulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped.fan.dok. ... diss.-T.:2007.-305 b.;

2. Belaya K.Yu. Innovatsionnaya deyatelnost v DOU: Metodicheskoye posobiye. M.: TTS Sfera, 2005. 64 s.

3. Bern E. Lider i gruppa. O strukture i dinamike organizatsiy i grupp. - Yekaterinburg: Izd-vo «Litur», 2000. - 320 s.

4. M.Hamdamova Maktabgacha ta'lim tashkilotida mehnat qonunchiligi xujjatlari bilan ishlash O'quv qo'llanma, Toshkent "Ozkitobsavdo" 2020, ISBN 978-9943-6297-6-9, UO'K: 373,2:37,9 (075), KBK: 74. 102 ya7, 204 bet

5. M.Hamdamova Sbornik nauchnix statey po itogam raboti, Mejdunarodnogo nauchnogo foruma tom 2, «Nauka i innovatsii - sovremenniye konsepsii». Data rassilki sbornika -18 oktabrya 2019 g, Moskva 2019, 46-50 st

6. M.Hamdamova Metodicheskaya rabota v doshkolnix obrazovatelnix uchrejdeniy kak faktor povisheniya kachestva obrazovaniya«Problemi ta perspektivi rozvitku suchasno nauki v krainax Evropi ta azii», XX mejnarodna naukovo-praktichna internet-konferensiya- 31 jovtnya 2019, zbornik naukovix prats, pereyaslav-xmelnitskiy-2019, 67-70 st

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HHamdamova Mahzuna Tursunovna, Maktabgacha ta'lim fakulteti dekani pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dots, [Хамдамова Махзуна Турсуновна, декан факультета дошкольного образования доктор философии по педагогическим наукам (PhD), доцент], [Mahzuna T. Hamdamova, Dean of the Faculty of Preschool Education, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasi 27- uy [адрес: Узбекистан, город Ташкент Чиланзарский район улица Бунедкор дом 27], [address: Uzbekistan, Tashkent city Chilanzar district Bunyodkor street 27]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.