Научная статья на тему 'UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI'

UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
92
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi O‘zbekiston / boshqaruv kadrlari / boshqaruv / kompetensiya / davlat xizmati / boshqaruv salohiyati / nazariy-konseptual asoslar / professional faoliyat / muvofiqlashtirish / o‘quv dasturlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xamdamova Xayotxon Xaydaraliyevna

Mazkur maqolada boshqaruv kadrlar kompetentligi masalasi, rivojlanish bosqichlari hamda uni yuksaltirishning nazariy-konseptual metodologik asoslari o‘rganilgan. Unda xorijiy va mahalliy olimlarning “kompetensiya” tushunchasiga doir ilmiy qarashlari, davlatning rahbar kadrlar tayyorlash siyosati va dunyoda kechayotgan tendensiyalarga oid faoliyati,kadrlarning professional bilimi, salohiyati va kompetensiyalarining o‘sishini muvofiqllashtirish masalalaritahlil qilingan. Unda shuningdek, O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat organlaridagi rahbar kadrlarfaoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Hozirgi global pandemiya sharoitida rahbar kadrlarda zarur bo‘lgan boshqaruv kompetensiyalari va boshqaruv faoliyatiga doir rahbar kadrlarining kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMTA’LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

UMUMTA'LIM MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

Xamdamova Xayotxon Xaydaraliyevna

Qo'qon unversiteti Ta'lim muassasalari boshqaruvi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11531985

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshqaruv kadrlar kompetentligi masalasi, rivojlanish bosqichlari hamda uni yuksaltirishning nazariy-konseptual metodologik asoslari o'rganilgan. Unda xorijiy va mahalliy olimlarning "kompetensiya" tushunchasiga doir ilmiy qarashlari, davlatning rahbar kadrlar tayyorlash siyosati va dunyoda kechayotgan tendensiyalarga oid faoliyati,kadrlarning professional bilimi, salohiyati va kompetensiyalarining o'sishini muvofiqllashtirish masalalaritahlil qilingan. Unda shuningdek, O 'zbekistonda kadrlar siyosati va davlat organlaridagi rahbar kadrlarfaoliyatining o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Hozirgi global pandemiya sharoitida rahbar kadrlarda zarur bo'lgan boshqaruv kompetensiyalari va boshqaruv faoliyatiga doir rahbar kadrlarining kompetensiyalarini shakllantirish bo 'yicha o'quv dasturlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, boshqaruv kadrlari, boshqaruv, kompetensiya, davlat xizmati, boshqaruv salohiyati, nazariy-konseptual asoslar, professional faoliyat,muvofiqlashtirish, o'quv dasturlar.

Аннотатсия. В данной стате рассматриваются вопросы компетентности управленческого персонала, этапы развития и теоретико-консептуалные основ совершенствования.Анализируются научные взгляды зарубежных и отечественных ученых на понятие «компетентности, государственную политику подготовки руководящих кадров и деятелност в соответствии с современнымитенденсиями в мире, увязку профессионалных знаний, потенсиала ироста компетенсий. Также рассматриваются особенности кадровой политики в Узбекистане и деятелност руководящих кадров в государственных органах. В условиях современной глобалной пандемии вносятсяпредложения и рекомендатсии усовершенствованию программ обучения для формирования управленческих компетенсий, необходимы в менеджменте.

Ключевые слова: новый Узбекистан, управленческий персонал, управление, компетенсия, государственная служба, управленческий потенсиал, теоретикоконсептуалная база, профес- сионалная деятелност, координатсия, программы обучения.

Abstract. This article examines the issue of the competence of management personnel, the stages of development and the theoretical and conceptual methodological bases of its improvement. It analyzed the scientific views of foreign and local scientists on the concept of "competence ", the policy of the state on the training of leading personnel and the activities related to the current trends in the world, the issues of coordinating the growth ofprofessional knowledge, potential and competence of personnel. It also researches the specific characteristics of the personnel policy and the activities of the leading personnel in state bodies in Uzbekistan. In the current global pandemic conditions, suggestions and recommendations were made regarding the improvement of training programs for the formation of management competencies and competencies of management personnel necessary for management personnel.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Keywords: new Uzbekistan, management personnel, management, competence, public service, management capacity, theoretical and conceptual foundations, professional activity, coordination, educational programs.

Yangi O'zbekistonning taraqiyotini asosi bo'lgan islohotlarni amalga oshiruvchi rahbar kadrlar boshqaruv kompetensiyalarini yuksaltirish munosib rahbar kadrlar tayyorlashning asosi hisoblanadi. Rahbar kadrlarda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirishda ikki muhim vazifa, ya'ni strategik jihatdan inson kapitalini rivojlantirish, taktik jihatdan bozor iqtisodiyoti talablariga mos bilim va malakalarni shakllantirishga e'tibor qaratiladi. Bu borada XX asrning 90 -yillarida strategik menejment nazariyasida boshqaruv kompetensiyalari dominant konsepsiyaga aylanib, rahbar kadrlarda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish asosida raqobatbardosh ustunliklarni shakllantirishni nazarda tutish muhim ahamiyat kasb etgan edi. Shu boisdan rahbar shaxsining asosiy vazifasi odamlarga xizmat qilish, ularni rozi qilishdan iborat bo'lib, ular o'z mas'uliyati va javobgarligini, avvalo, vijdoni oldida, unga ishonch bildirgan odamlar, el-yurt oldida chuqur anglashi, zimmasiga yuklangan vazifalarni ado etish uchun o'zi jonbozlik ko'rsatib, o'zgalarni ham fidokorlikka chorlashi hamda ishlashi lozim. Shu boisdan bugungi kunda ushbu maqsadlarga erishish uchun rahbarlar oldiga muhim vazifalar qo'yilib, ushbu yo'nalishdagi tadqiqotlarni yanada kengaytirish vazifalari turipti.

Bugungi kunda davlat boshqaruvini modernizatsiyalashda professional yo'naltirilgan kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlat boshqaruvining samaradorligi ko'p jihatdan davlat organlari faoliyati sifatiga, shuningdek, davlat xizmatchilarining professional mahoratiga bog'liq. Davlat organlarining vazifalarini amalga oshirish, kun tartibiga qo'yiladigan yangi vazifalarni hal etishning samarali usullarini izlash davlat xizmatchilarining professional jihatdan yuqori mahoratga ega bo'lishini, kasbiy rivojl anishini talab qiladi. Shiddatli ravishda o'zgarib borayotgan ijtimoiy muhitda boshqaruv egiluvchan bo'lishi kerak. Shu bilan birga, boshqaruv qarorlarini tezkorlik bilan qabul qilish va ularni amalga oshirishni ta'minlash hamma boshqaruvchilarning qo'lidan kelmasligi ham mumkin. Davlat xizmatchisi - vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda doimo ijodiy yondashuvni talab qiladigan kasb. Shuning uchun, davlat xizmati tizimidagi mutaxassislardan o'z professional faoliyatida ilmiy darajalarini muntazam oshirib borish talab qilinadi. Mamalakatimizdagi davlat boshqaruvining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi tendensiyalarining mavjudligi davlat xizmatchilarini kompetensiyalarni oshirilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bugungi kunda 78 davlat xizmatchilari kompetensiyalarini oshirishda jahon tajribasida tan olingan ilmiy nazariyalarning hamohangligini ta'minlash taraqqiyotimizning asosiy ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Acosiy qism Buguni kunda boshqaruv kadrlar kompetentligi va uning nazariy asoslarini o'rganish, ular faoliyati yuksalishining nazariy-konseptual asoslarini takomillashtirishdadavlatning rahbar kadrlar tayyorlash siyosati va dunyoda kechayotgan tendensiyalar muhim rol o'ynaydi. Bu borada bugungi kunda bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarur bo'lib, ular quyidagilardan iboratdir:

* boshqaruv kadrlar kompetentligi yuksalishining nazariy-konseptual asoslariga doir tadqiqotlarni amalga oshirish;

* boshqaruv kadrlar salohiyati", "boshqaruv kadrlari salohiyatini rivojlantirish mexanizmi" tushunchalari mazmunining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash.

* kadrlar texnologiyalarini ishlab chiqishning boshlang'ich sharti sifatida boshqaruvkadrlar salohiyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

* davlat xizmatida rahbar kadrlar kompetenligini haqiqiy holatini o'rganish;

* rahbar kadrlar uchun kompetensiyalar modellarini ishlab chiqish;

* rahbar kadrlarning kompetensiyalarini rivojlantirish uchun uslubiy yondashuvlarva vositalarni ishlab chiqish;

Boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishva h.k. Agar masalaning ilk nazariy asoslari va o'rganilish tarixiga murojaat qilinsa, boshqaruv kompetensiyalarini tizimli yondashuv asosida o'rganish A.N.Averyanova, V.G.Afanaseva, I.D.Andreeva, L.Bertalanfi, I.V.Blauberga, M.B.Baxtina, A.A.Bogdanova, Ye.P.Golubkova, V.N.Kuzmina, Ye.I.Morozova, A. G. Porshneva, Yu.M.Plotinskogo, L.A.Petrushenko, V.N.Sadovskogo, A.Fayolya, R.A.Fatxutdinova, Yu.I.Chernyaka, E.G.Yudina asarlarida ma'lum ma'noda o'rganilgan. Masalan, I.V.Blauberga asosiy kompetensiyalar tashkilotning raqobatbardosh ustunligining potensial manbai bo'lib, rahbar kadrlarning boshqaruvga doir noyob qobiliyati, bilimi va xulq-atvorini o'zida aks etiradi, deb ta'riflaydi [1. 2019. 16(2). 138]. Kompetensiyalar, shaxsning yurish-turishini baholashga oid bilimlar majmui bo'lib, u orqali biz tashkilotni samarali rivojlanishi yo'lida xodimning o'z faoliyatini amalga oshirishida qanday darajadagi muvaffaqiyatlarga erishayotganligini aniqlashimiz mumkin. Kompetensiyalar, mavjudligi odatda, shaxs xulq-atvorini o'lchovchi (indikatorlar yordamida) muayyan holatlar orqali qayd qilinadi (yaxshi shakllangan xulq-atvor va malakalar).

Ko'pincha kundalik muloqotda biz "kompetensiya" yoki "bilimdonlik" tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. Ayniqsa, "professional kompetensiya" tushunchasi ko'proq diqqatni tortadi. Lekin, ba'zan insonlar bilan ishlash borasida "kommunikativ kompetensiya" tushunchasi ham ishlatiladi. Bu aslida o'zgalar bilan til topisha bilish, o'z nutqini ravon va bir tekisda tuzish orqali fikrlarini boshqalarga etkaza olish kabi muhim xususiyatlar bilan bog'lanadi. Psi xologiya fanida, xususan, uning "Boshqaruv psixologiyasi" sohasida oxirgi paytlarda "ijtimoiy-psixologik kompetensiya" 79 fenomeni ajratilmoqdaki, mohiyatan u - kommunikativ kompetensiyadan kengroq va ko'pqamrovliroqdir. G.Mirolyubova o'zining "Menejerlar madaniy kompetensiya kompetensiyalarining rivojlanishi" (2005) deb nomlangan o'quv-uslubiy qo'llanmasida boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari xususida zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan qator fikrmulohazalarini ta'kidlab o'tadi. Shu bois ham, da'vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari xususida gap ketganda, mutaxassislar oldida boshqaruvchi shaxsiga xos quyidagi tayanch kompetensiyalarni aniqlash yoki o'rganish masalasi ko'ndalang turadi:

Professional kompetensiya - bu o'zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal darajada yo'lga quyish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma'lumot, bilim hamda malakalarga ega bo'lishlikdir. [2] Uslubiy kompetensiya - bu rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko'nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma'lumotlar hamda topshiriqlarni tez, to'g'ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati. [3] Ijtimoiy-psixologik kompetensiya - bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o'zgalarni bilish, to'g'ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o'zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir. "Amaliy ijtimoiy psixologiya" (1998) kitobining mualliflari ijtimoiypsixologik kompetensiyaning 3 ta asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko'rsatishadi: (a) kommunikativ kompetensiya; (b) perseptiv kompetensiya; (c) interaktiv kompetensiya. Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreevaning uch tizimli muloqot to'g'risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo'lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko'pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Xususan, O'zbekistonda hozirgi kunda bu sohada ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, albatta. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yangi kompetensiyalarni o'rgatish bo'yicha malaka oshirish kurslari va seminar-treninglar olib borilmoqda. Tadqiqotchi E.G.Yudina asosiy kompetensiyalar - bu menejerlarning o'zlari to'g'ridan - to'g'ri idrok eta olmaydigan boshqaruvga doir bilimlar sifatida qaraydi. Shuningdek, boshqaruv samaradorligiga ta'sir etuvchi omil qatoriga kiradi deb ta'kidlaydi. Yuqoridagi fikrlarga munosabat sifatida shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pog'onalaridan ko'tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko'nikmalarini ob'ektiv baholash va malakasini oshirish (ilm.argos.uz) tizimi joriy etilmoqda. Lekin mazkur tizimdan foydalanish imkoniyati cheklanganligi, foydalanuvchilarni motivatsion rag'batlantirish tizimi yo'qligi, davlat xizmatchilarini o'z ustida ishlashi, boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirib borishga harakat qilishlari yuqori darajada emas. 80 Davlat fuqarolik xizmatchilarining boshqaruv salohiyatini yuksaltirish nazariyasi va amaliyoti masallari F.A.Aknazarova, L.P.Arskoy, N.M.Berejnova, V.A.Dyatlova, M.V.Gracheva, F. I.Gaynullinova, A.Garaщenko, T. I.Demchenko, A.P.Egorshina, P.V.Juravleva, E.M.Korotkova, V.V.Kornilova, M.I.Magurbi, A.P.Proxorova, V.V.Travina, F.E.Udalova asarlarida tadqiq etilgan. Ularda asosan rahbar kadrlarning kasbiy va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlarga muvofiq tarzdagi faoliyat mezonlari va ularni qay tarzda amalga oshirish mexanizmlari o'rganilgan. Boshqaruv sohasida tadqiqot olib borgan M.I.Magurbi boshqaruv kompetensiyalarining rahbar kadrlar professionalligini beligilaydigan asosiy omil sifatida qaraydi. Boshqaruv kompetensiyalari modellarini tahlil qilib, har soha uchun zarur bo'lgan boshqaruv kompetensiyalari ruyxatini shakllantiradi [2. 2010 №5]. Kadrlar kompetensiyasini o'rganishning nazariy va uslubiy asoslari K.Adamsa, R. Boyatsisa, K. Vudrafa, R. Dreykli, V.Dulevicha, L. Ziyala, M.Louzi, E.M.Korotkova, D. Makkelanda, B.Z. Mil-nera, K.Moloni, V.G.Smirnova, A.Farnema, A.Uayta kabi olimmlar tadqiqot ishlarida o'z ifodasini topgan. O'zbekistonda ham borada qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, jumladan O'zbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi xodimi I.Maxmudov tomonidan "boshqaruv professionalizmi" bo'yicha tadqiqotlar olib borilib, boshqaruv kompetensiyalari rahbar professionalizmini ifodalash birligi sifatida qaraladi.

Mazkur yo'nalishda yu.f.d. O.Mahkamov tomomnidan O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatining o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Lekin, hozirgi global pandemiya sharoitida rahbar kadrlarda zarur bo'lgan boshqaruv kompetensiyalarni: boshqaruv faoliyatiga doir katta hajmdagi axborotlar bilan ishlash (Big data), boshqaruv faoliyatini raqamlashtirish (digital management), boshqaruv faoliyatigadoir voqea, jarayon, hodisani bir necha yil oldinga nazar tashlagan holda kelajakdagi holatini ko'zdan kechirish, prognozlashtirish (Foresight), boshqaruv faoliyatidagi tizimli muammolarni tahlil qilish (Systems analysis), tanqidiy tahlil qilish (Systems analysis) va noaniqlik sharoitida optimal qarorlar qabul qilish (Decisionmaking) ko'nikma vamalakalarni o'zlashtirish darajasi pastligicha qolmoqda. Tarixchi, siyosatshunos olim A.Farnem kompetensiyalarni shakllantirish muammosi siyosiy fan nuqtai nazardan saylov va referendumlarda, sotsiologik tadqiqotlar jarayonda, ya'ni xalq bilan muloqot jarayonida, iqtisodiyot nuqtai nazardan bozor munosabatlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida ko'proq namoyon bo'layotganligini ta'kidlaydi. Buni muallif quyidagi jihatlar bilan izohlaydi: - boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, ularni murakkab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

professional, ijtimoiy va texnologik echimlarga tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarini shakllantirish; - har xil yoshdagi rahbarlar uchun eng maqbul o'qitish tizimini ishlab chiqish [4. 2014 №1 14.10.2021]. Siyosatshunos olim D. Ernazarov hozirgi globallashuv jarayonida rahbar kadrlarda siyosiy kompetensiyalarni yutuqligi, g'oyaviy-mafkuraviy kurashlarda rahbarning barqaror faoliyatini ta'minlaydi degan fikrni ilgari suradi. Nazarimizda mamalakatimizda bo'layotgan saylov jarayonlarida rahbarda nafaqat boshqaruv kompetensiya balki siyosiy kompetensiyalar (siyosiy hushyorlik, siyosiy ogohlik, siyosiy manfaatlarni anglash, siyosiy tashabbus va hakazo)ni bilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Resurs konsepsiyasining asoschisi Michigan Universitetining Biznes Oliy maktabi professori B. Vernerfelt edi, u 1984 yilda "Firmaning resurslar talqini" maqolasini e'lon qilgan va u erda raqobatbardoshlikning haqiqiy omillari aynan firma resurslari. Biroq, ilmiy yondashuvga ilmiy va ishbilarmon doiralarga bo'lgan qiziqish yuksalishini 1990 yilda K.Praxalada va G.Xamela "Korporatsiyaning asosiy kompetensiyalari", bu firma konsepsiyasining afzalliklarini biznes bo'linmalari portfeli sifatida emas, balki kompetensiyalar portfeli sifatida tushuntirib beradi.

Xorijiy olimlarning "kompetensiya" gadoir ilmiy qarashlari [5. 2011. - 57 s] Mualliflar «Kompetensiya» tushunchasining mazmuni R. Boyatsis - shaxsning motivlari, xususiyatlari, ko'nikmalari, ijtimoiy roli va bilimi kabi xususiyatlar majmui G.Kannak, Ya.Kibanov - qisqa vaqt ichida ko'rib chiqilgan, ushbu tashkilot xodimlariga tegishli bo'lgan bilim, ko'nikmalarning oqilona kombinatsiyasi M.Bomenzat - xodimlar o'rtasidagi bilim, ko'nikma va muloqot usullari majmui N.T.Bunimovich - ma'lum bir sohadagi bilim va tajriba; kimnidir alohida xabardor qiladigan savollar doirasi Xorijiy ilmiy tadqiqotlarda boshqaruv kompetensiyasi tushunchasi fanlararo yondashuv asosida o'rganiladi. Shuning uchun boshqaruv kompetensiyasini yoritishda masalaning ijtimoiy-siyosiy, psixologik, yuridik va menejment fani qonuniyatlari asosida tahlil qilishga zaruriyat to'g'iladi. Bu borada ko'pgina siyosatshunos olimlar rahbarning boshqaruv kompetensiyalarini baholashning samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari (KPI) bilan bog'laydi, asli bu noto'g'ri yondashuv, samaradorlikning muhim ko'rsatkichlari (KPI) asosida rahbar kadrlarning asosan mehnat faoliyati baholanadi. Rahbar kadrlarning boshqaruv komptensiyalari bu - rahbarning boshqaruv salohiyati, uning qobiliyati va boshqaruv sohasidagi bilimi va malkasida o'z ifodasini topadi.

Zamonaviy axborot jamiyatining bilimga asoslangan eng muhim qadriyatlari bu rahbarkadrlarning kasbiy va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, jamiyatda bo'ladigan o'zgarishlarga mos tarzda amalga oshirish tendensiyasi ko'zatiladi. Ya'ni, T.Dyuran kompetensiyaning uchta asosiy shakli yoki uch o'lchovini taklif qiladi: bilim, nou-xau va munosabatlar. Uning fikricha, boshqaruv kompetensiyalari - bilim, malaka, ko'nikma, tajriba, mas'uliyat va tashabbuslardan iborat bo'lishi kerak, deydi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev "kadrlar salohiyatiga, ularni xalq bilan ishlay olish qobiliyatiga alohida e'tibor qaratib, yangicha fikrlaydigan, innovatsion bilim va tafakkurgaega bo'lgan, xorijiy mamlakatlarda ta'lim olgan yosh, iqtidorli kadrlarni davlat boshqaruvi organlariga, korxona va tashkilotlarga, ta'lim muassasalariga rahbar etib tayinlash masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tardi. Chunki, shiddat bilan o'zgarib borayotgan zamon, davr talabi boshqaruv kadrlarining jamiyat ijtimoiysiyosiy hayotidagi o'rni va roliga mutlaq boshqacha talablarni qo'ydi. Ayniqsa, bugungi kunda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, ekologik, diniy va etnik muammolar 82 qatoriga koronavirus pandemiyasining kirib kelishi nafaqat insonlar sog'lig'ini saqlash, shuningdek, ularni pandemiya sharoitida ishlashi, oilasini boqish muammolari ham davlat, jamiyat oldida yana bir muammo sifatida ko'ndalang qo'yildi" [https://uza.uz/uz/]. Yevropaning bir qator davlatlarida va AQShda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

boshqaruv kadrlar kompetentligi yuksalishining nazariy-konseptual asoslarini takomillashtirish bo'yicha katta nazariy va amaliy tajribalar to'plangan. Xususan, D.Devis, D.Uorren, D.Vetten, K.Kameron va G.Minsberg kabi olimlarning tadqiqotlari tahlili bizga bir qator muhim yangiliklarni yaratishimizga turtki berdi. Ya'ni Yevropa mamlakatlarida boshqaruv kadrlari kompetensiyalarini yuksaltirishda quyidagi tendensiyalarga e'tibor qaratilgan: rahbar kadrlarning o'zgaruvchan rolni qayta ko'rib chiqish va menejerlarning ta'limdagi mas'uli yatini oshirish; rahbar kadrlarning kasbiy va boshqaruv kompetensiyalarni muntazam baholab borish orqali ularni malaka va ko'nikmalarini oshirish; etakchi kadrlar zahirasini yaratish bo'yicha nazariy jihatdan asoslangan va amalda sinovdan o'tgan tizimlarni qiyosiy o'rganib borish (benchmarking); - rahbar kadrlarni o'qitish va malakasini oshirish empirik ma'lumotlar vatadqiqotlarga asoslangan; - o'quv mashg'ulotlarida innovatsion usullar, vositalar, zamonaviy axborot vainteraktiv texnologiyalar va imkoniyatlarni to'liq va har tomonlama foydalanish; - seminar treninglarda zamonaviy rahbarning professional jihatdan muhimkompetensiyalarini shakllantirishga e'tibor kabilar. Tadqiqotlar asosida hulosa qilish mumkinki, har bir soha uchun alohida kompetensiyalar klasteri va modelini ishlab chiqish lozim. misol uchun oliy ta'lim tizimida Oliy ta'lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning bitiruvsini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy - metodik markazi tomonidan o'tiladigan har bir yo'nalish tinglovchilari uchun alohida kompetensiyalar ruyxatini shakllantirish lozim (1-jadval). Kompet ensiya Kutilayotgan natija Maxsus kurslar, modullar, interaktiv texnologiyalar nomi Muammolarn i hal qilish va qaror qabul qilish O'z vakolatlari doirasida boshqaruv qarorlarini qabul qilish qobiliyatidagi sifat o'zgarishlari, sifat uchun javobgarlikning namoyon bo'lishi va qabul qilingan qarorlarning o'z vaqtida bajarilishi

Natija uchun javobgarlik Ijrochilar o'rtasida asosiy vakolatlarni taqsimlash, natijaga yo'naltirilgan boshqaruv Seminar-trening - "Kadrlar faoliyatini nazorat qilish vabaholash" Yetakchili k qobiliyati liderlik qobiliyatini namoyon bo'li, tashabbuskorli va shijoat Aloqa o'rnatishbo'yicha trening - Boshqaruv mahorati" O'z o'zini baholash, tanqidiy fikrlash o'z o'zini rivojlantirish, o'z o'zini tanqidiy baholash, o'z ustida ishlash Individual konsultatsiyalar Stressga chidamli lik nizoli vaziyatlarda optimal qarorlar qabul qilish, nizolarni hal qila olish Trening "Emotsional barqarorlik" Dunyo tajribasiga e'tibor qaratilsa, masalan, davlat xizmati sifatini oshirish maqsadida Malayziya davlati 2002-yildan kompetensiyalarga asoslangan davlat xizmatchilarini tayyorlash tajribasiga o'tgan. Davlat xizmatida tanlov va ishga qabul qilish, malaka oshirish va rivojlantirish, kasbni rivojlantirish, ishlashni takomillashtirish va taqdirlash jarayonida kompetensiyalar baholab boriladi. Bugungi zamon talablari va mamlakatni rivojlantirish shartlariga mos ravishda davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirishning jihatlaridan biri davlat boshqaruvi kadrlarining professionalligi va kompetentligi hisoblanadi. Davlat xizmatchilari uzuluksiz, muntazam ravishda ijodiy, shaxsiy va kasbiy bilim, salohiyatlarini oshirib borishi shart ekanligi mustahkamlab qo'yilgan. Bunda davlat xizmatchilarining uzluksiz rivojlanib borishini amalga oshirish uchun davlat xizmati tizimiga ularning kasbiy va kompetensiyalarini oshirish uchun motivatsiyalashtiruvchi yangicha yondashuvlarni joriy etish nazarda tutilgan. Dunyo tarjribasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini o'rganish shundan dalolat beradiki, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bo'yicha maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan hududiy (mahalliy) dasturlar boshqaruv kadrlari va davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyati va kompetensiyalarini rivojlanishini tashkil etish va amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Lekin ko'pgina MDH davlatlarida boshqaruv raxbar kadrlar va davlat xizmatchilarining kasbiy salohiyati va kompetensiyalari rivojlanishini boshqarish bo'yicha aynan biror bir vakolatli davlat organi yoki tashkilot alohida mazkur vazifa bilan shug'ullanmaydi. O'zbekistonda bu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

borada dastlabki qadamlar tashlandi, ya'ni bunday faoliyat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi shug'illanib kelmoqda va ushbu agentlik tomonidan talay tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xulosa Xulosa qilib aytganda, boshqaruv kadrlar kompetentligi yuksalishining nazariy- konseptual asoslarini takomillashtirishda davlatning rahbar kadrlar tayyorlash siyosati vadunyoda kechayotgan tendensiyalarni hisobga olish maqsadga muvofiq. Bir paytning o'zida kadrlarning professional sifatida shaxsiy rivojlanishini baholash, salohiyat va kompetensiyalarining o'sishi muvofiqllashtirish murrakkab jarayon. Shuning uchun mazkur sohada tizimli islohotlarni amalga oshirish kerak. Bizningcha bugungi kunda davlat boshqaruvini innovatsion rivojlantirish uchun rahbar kadrlarda quyidagi kompetensiyalarni yuksaltirish zarur:

• samarali muloqot qila olishi;

• strategik fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi;

•noaniq vaziyatlarda harakat qilish qobiliyati mujassam bo'lmog'i;

•ijodkorlik maxoratining mavjudligi;

•ishning yakuniy natijasiga e'tibor qarata olishi kabilar.

Umuman, bugungi kunda boshqaruv kadrlarining kompetentligiga qo'yilayotgan talablarning ortishi, ular faoliyati samaradorligini ob'ektiv baholashning zaruriyati va qolaversa kasbiy o'sishning uzluksizligini ta'minlash boshqaruv kadrlarining mehnat samaradorligini baholash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan "Assessment Centre"-baholash markaziga bo'lgan talab ortmoqda. Bunda davlat xizmatchilarining vakolatlari va kompetensiyalarinibaholashda qaysi mezonlarni tanlash kerakligini aniqlash, ish samaradorligining maqsadi va indikatorlarini belgilash lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Zaslavskaya O.Yu. RUDN Journal of Informatization in Education, 2019, 16(2), 138—14

2. Kamaletdinova A. B. Upravlencheskie kompetensii rukovoditelya kak faktor sozdaniya konkurentnogo preimuщestva organizatsii//Elektronnbiy jurnal

3. «Psixologicheskaya nauka i obrazovanie» www.psyedu.ru / ISSN: 2074-5885 / Email:[email protected] 2010, № 5

4. Jamiyat va innovatsiyalar - Obщestvo i innovatsii - Society and innovations Issue -1,

5. №02 (2020) / ISSN 2181-1415 Puzanova Janna Vasilevna, Kornauxova Yuliya Sergeevna Kompetentnostnbiy podxod v obrazovatelnoy i upravlencheskoy praktike: modeli kompetensiy // Vestnik RUDN. Seriya: Sotsiologiya. 2014. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/kompetentnostnyy- podhod-v-obrazovatelnoy-iupravlencheskoy-praktike-modeli-kompetentsiy (data obraщeniya: 14.10.2021).

6. https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/256

7. Ksenofontova X.Z. Kompetensii upravlencheskogo personala: teoriya i metodologiya razvitiya: Monografiya. - M.: Kreativnaya ekonomika, 2011. - 54

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.