I VOLUME Э I ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.S) | Google Scholar | SJIF (5.70S) | UIF (S.3)
IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTAB RAHBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATI PEDAGOGIK MUOMMO SIFATIDA Abduraimov Sirojiddin Faxriddin o'g'li
Termiz davlat universiteti Ta'lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi 2 -kurs magistranti Achilov Nuriddin Abbug'affarovich Ilmiy rahbari, Phd https://doi.org/10.5281/zenodo.10578058 Annotatsiya: Ushbu maqolada ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi va ushbu tizimdagi maktab rahbarlarining faoliyati, ularning boshqaruv faoliyati pedagogik holati o'rganilgan. Bundan tashqari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimi dagi maktab rahbarlarining boshqaruv faoliyati pedagogik muammo sifatida ham o'rganilgan.
Kalit so'zlar: rahbar, mutaxassis, modernizaysiya, Agentlikning hududiy bo'limi, kadrlarni tanlash, pedagogik loyiha, jamoa, zamonaviy kasb kompetensiyalari, boshqaruv.
MANAGEMENT ACTIVITY OF SCHOOL LEADERS IN THE SYSTEM OF THE AGENCY OF SPECIALIZED EDUCATIONAL INSTITUTIONS AS A
PEDAGOGICAL PROBLEM Abstract: In this article, the agency system of specialized educational institutions, the activities of school leaders in this system, and the pedagogical status of their management activities are studied. In addition, the management activity of school leaders in the system of the Agency of Specialized Educational Institutions was studied as a pedagogical problem.
Keywords: leader, specialist, modernization, regional department of the Agency, personnel selection, pedagogical project, team, modern professional competencies, management.
УПРАВЛЕНЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ШКОЛ В СИСТЕМЕ АГЕНТСТВА ПРОФИЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ
КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА Аннотация: В данной статье изучается агентская система специализированных образовательных учреждений, деятельность руководителей школ в этой системе, педагогический статус их управленческой деятельности. Кроме того, управленческая деятельность руководителей школ в системе Агентства специальных образовательных учреждений изучалась как педагогическая проблема.
Ключевые слова: лидер, специалист, модернизация, региональное отделение Агентства, кадровый отбор, педагогический проект, коллектив, современные профессиональные компетенции, менеджмент.
KIRISH
Respublikamizda mustaqillikka erishilgandan so'ng ta'lim tizimini isloh qilish masalasi dolzarb masalalar safida ko'rildi va 1997-yilda "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun mustaqil O'zbekistonning mavjud maktab ta'lim tizimini tubdan isloh qilish uchun asos bo'ldi. Lekin shunday bo'lsada mamlakatimiz ta'lim tizimini zamonaviy xalqaro darajalarga olib chiqish uchun ilk qadam hisoblanadi. Bu qonun ta'limni modernizatsiya qilishda ta'limni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)
Mamlakatda dunyoning ilg'or rivojlangan mamlakatlaridagi ta'lim tizimi o'rganilib, milliy manfaatlarga to'g'ri kelgan tajribalar ta'lim tizimida qo'llanila boshlandi. Shu sababli hozirgi mustaqil davlatning maktab ta'limini rivojlantirishda maktab boshqaruvini modernizatsiya qilish, maktab rahbarlarining eski kasbiy kompetensiyalari o'rniga yangi zamonaviy kasbiy kompetensiyalar bilan almashtirish vaqti yetib keldi. Bu masalada O'zbekiston zamonaviy, erkin fikrlovchi, ijodkor hamda har tomonlama rivojlangan rahbarlarga ehtiyoj sezmoqda. ASOSIY QISM
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi ta'lim muassasalari rahbarlari bugungi zamonaviy ilm-fan, axborot texnologiyalari yutuqlaridan xabardor bo'lishi, menejmentning yangi metodlarini qo'llagan holda o'zi boshqarayotgan muassasani rivojlantirishga intilishi lozim.
Ma'lumki respublikamizdagi umumta'lim maktablari va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi ta'lim muassasalari boshqaruv shaklida turli farqli jihatlar mavjud:
- Ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyati tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limlari tomonidan emas, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligining hududiy bo'limlari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
- Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o'quvchilar test va suhbat bosqichidan so'ng qabul qilinadi, ya'ni ta'lim muassasasi rahbari kadrlarni tanlashda Agentlikning hududiy bo'limi bilan hamkorlik qiladi;
- Ixtisoslashtirilgan maktablarda formativ va summativ baholash tizimi asosida ish olib boriladi. Bunda o'qituvchi maksimal 100 ballning faqat 10 foizini o'zi qo'yishi mumkin. Qolgan 90 foizi Agentlik tomonidan tayyorlangan materiallar orqali o'quvchi bilimi baholangandan so'ng qo'yiladi. Ya'ni o'quvchi bilimini baholashda inson omili maksi mal darajada kamaytirilgan, shu bilan birgalikda o'quvchining egallagan bahosi orqali o'qituvchining ish sifatini ham aniqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa ta'lim muassasasi rahbari va xodimidan muntazam ravishda o'z ustida ishlashni talab etadi.
- Ma'lumki, tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi buxgalteriya xodimlari tomonidan tumandagi mavjud umumta'lim muassasalarining moliyaviy faoliyati muvofiqlashtirib boriladi. Ixtisoslashtirilgan maktablarning har birida hisobchi lavozimi joriy etilgan. Bu holat rahbardan yuqori moliyaviy savodxonlikni talab qiladi.
Ta'lim muassasalarini boshqarishning bir qancha funksiyalari mavjud. V.S.Lazarev ular orasida rejalashtirish, tashkil etish, yetakchilik va nazoratni ajratib turadi. Ushbu asosiy funktsiyalarga V.A.Slastenin pedagogik tahlil, maqsadni belgilash, tartibga solishni qo'shadi. Ushbu o'qituvchilarning fikrlarini umumlashtirib, biz pedagogik jamoani boshqarishning quyidagi funktsiyalarini ochib beramiz: tahlil qilish, maqsadni belgilash va rejalashtirish, tashkil etish, etakchilik, nazorat va tartibga solish.
Pedagogik boshqaruv tuzilmasi quyidagi darajalarni o'z ichiga oladi: 1) pedagogik jamoa faoliyatini boshqarish; 2) o'qituvchining faoliyatini boshqarish; 3) talaba faoliyatini boshqarish. Pedagogik voqelik - vertikal va gorizontal ravishda ierarxik bog'langan tizimlar yig'indisidir (tizim - bu o'rtasida ma'lum munosabatlar paydo bo'ladigan elementlar to'plami).
Pedagogik loyihalar muayyan maqsad bilan amalga oshiriladigan faoliyatning nisbatan alohida sohalari (qismlari)dir.
Rahbar ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhlarda rasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi va makro muhitning elementi hisoblanadi. Rahbar holatining barqarorligi ko'proq bo'lib, u ma'lum
| VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)
bir tizimda bir necha marta ko'proq vakolatlarga, qaror qabul qilish, buyruq berish, topshiriqlar berish, talab qilish huquqlariga ega. Qaror qabul qilish jarayoni birmuncha murakkabroq bo'lib, ko'pgina, turli xil vaziyatlarni qamrab oladi va bu vaziyatlar faqatgina bitta guruhga tegishli bo'lmaydi. Rahbar ma'lum bir kengroq ijtimoiy tizimning kichik bir guruhida faoliyat ko'rsatsada, uning harakat doirasi keng hisoblanadi. Ayrim mutaxassislaming fikriga ko'ra, liderlik jamoa faoliyatining samaradorligini oshirishda rahbarlik tushunchasini to'ldiradi.
"Rahbar" degan nomga ega bo'lgan har bir shaxs o'z tashqi qiyofasi, madaniyat kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan atrofdagilarga hamisha ibrat namuna bo'lmog'i lozim. Biz yuqorida ta'kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, bugungi maktabgacha va maktab ta'limida sohasida faoliyat olib borayotgan rahbarning kompetentligi yo'nalishidagi ba'zi kamchiliklari haqida quyidagi holatlarni tahlil qilindi:maktablarda boshqaruv ishlarini talab darajada emasligi; fidoyilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, kreativlikning yetishmasligi; huquqiy madaniyat va savodxonlikning pastligi; adolatlilik, halollik va insoflilikning yetishmasligi; ish jarayonida mahalliylik va urug' aymoqchilikning ustuvorligi; metodik birlashmalarga e'tibor bermaslik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning yo'qligi;maktablarda jamoa ishlarini noto'g'ri taqsimlash va nazoratning pastligi; kasbiy va ilmiy tajribaga ega emaslik.
G.Kunts va S.O.Dannelning aniqlashicha, "agar bo'ysunuvchilar rahbarlar tomonidan o'rnatilgan tartib qoidalar va ehtiyojlarga ko'ra boshqarilsa, ular o'z imkoniyatlarining taxminan 60 yoki 65% darajasida ishlashi mumkin, ya'ni o'z ishida saqlanib qolish maqsadida, shunchaki o'z majburiyatlarini qoniqarli darajada bajaradi, bo'ysunuvchilarning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish uchun, rahbarlar liderlikni amalga oshirish bilan ularda tegishli mulohaza shakllantirishi zarur" Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta'sir o'tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog'liq boshqaruvning tarkibiy qismidir. Saylab qo'yilgan yoki tayinlangan rahbar qator funktsiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag'batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni amalga oshiradi.
XULOSA
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 23 avgustdagi xalq ta'limi tizimi xodimlari bilan bo'lgan telemuloqotda quyidagicha fikrlarni bildirganlar: "Hozirgi zamon o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biri - kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodligi va o'z kasbini sevishidir. Bu fazilatlar pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi".
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. 488-b.
2. Kenjaboyev A, Kenjaboyeva D. Pedagogik deontologiya va kompetentlik. Termiz 2022 yil. 100 bet.
3. Kenjaboyev A.E. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va pedagogik mahorati. Zamonaviy ta'lim jur. 2020 № 10. 83 bet.
4. Kenjaboyev A.E. "Zamonaviy o'qituvchining kasbiy kompetentligi va kreativligi -bugungi kun talabidir". Xalq ta'limi jurnali 2020 yil № 5.9-11 bet.
5. M.Ochilov. "Muallim qalb me'mori" Toshkent "O'qituvchi" 2001 yil.