Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI ILK YOSH BOLALARINING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKILLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI ILK YOSH BOLALARINING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKILLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
elementar / buyum / usullar / yosh / o’lcham / idrok

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saidova N.O, Ahmadjonova D.M

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalarni matematik tasavvurini shakillantirish ishlarini tashkil etish, ilk yoshdagi bolalarni buyumlar to’plami bilan ishlash, buyumlar o’lchami va shaklini farqlash haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI ILK YOSH BOLALARINING MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKILLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI ILK YOSH BOLALARINING MATEMATIK

TASAVVURLARINI SHAKILLANTIRISH 1Saidova N.O., 2Ahmadjonova D.M.

1 FarDU,o'qituvchisi 2FarDU,magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.11047911 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi ilk yoshdagi bolalarni matematik tasavvurini shakillantirish ishlarini tashkil etish, ilk yoshdagi bolalarni buyumlar to'plami bilan ishlash, buyumlar o'lchami va shaklini farqlash haqida yoritilgan.

Kalitso'zlar: elementar, buyum,usullar, yosh,o'lcham,idrok,

Аннотация. В данной статье рассказывается об организации работы по формированию математического воображения детей первого возраста, воспитывающихся в дошкольных образовательных учреждениях, работе детей первого возраста с набором предметов, дифференциации размеров и форм. объектов.

Ключевые слова: элементарный, предмет, методы, возраст, размер, восприятие, Abstract. In this article, it is explained about the organization of work on forming the mathematical imagination of children of the first age educated in preschool educational institutions, the work of children of the first age with a set of objects, the differentiation of the size and shape of objects.

Keywords: elementary, item, methods, age, size, perception,

Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakillantirishda tarbiyachi o'qitishning har xil usullari- amaliy,ko'rsatmali, og'zaki, o'yin usullaridan foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar - mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi. Tarbiyachining metod va usullarining asosli tanlanishiga ,har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor berib turishi quydagilarni ta'minlaydi:

-elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakillanishi va ularning nutqda aks ettirilishi,

-tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni o'lchami, shakli bo'yicha)idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar(o'lchami yoki soni bo'yicha orttirish yoki kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obyektning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi bo'yicha ajratish,aloqa va bog;lanishlarni aniqlash malakasi,

-bolalar o'zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo'yish,sanash, o'lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo'llashga yo'naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo'lgan belgilar, xossalar bog'lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo'naltirish.

Masalan,o'yin shartsharoitlaridagi belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyati,umumiy xossalarini topishni o'rgatish mumkin. Elementar matematika tasavvurlarni shakillantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi.Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o'rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellarva h.k) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quydagilardan iborat:

-aqliy faoliyat uchun asos bo'ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

- didaktik materiallardan keng foydalanish,

-didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarining paydo bo'lishi,

- eng elementar usulda sanash, o'lchash va hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish, -turmushda,o'yinda, mehnatda, ya'ni faoliyatning har xil turlarda shakillangan tasavvur

va o'zlashtirgan harakatlardan keng foydalanish. Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko'rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma material bilan mustaqil ish ko'rishda topshiriq shaklida berilishi mumkin. Mashqlar hamma bolalar bir vaqtda yoki bitta bola doska yoki tarbiyachining stoli oldida bajaradigan yakka tarzda bo'lishi mumkin. Hamma bolalar bajaradigan mashqlardan bilimlar o'zlashtirish va mustahkamlashdan tashqari, nazorat qilish uchun ham foydalanish mumkin. Yakka -yakka tarzda bajariladigan mashqlar ham o'sha vazifalarni bajaradi-yu, ammo ular bolalar faoliyatida yo'nalish oladigan obraz (namuna) sifatida ham xizmat qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o'yin elementlari kichik guruhda syurpriz moment ko'rinishida, o'xshash harakatlar , ertak qahramoni va h.k dan iborat bo'ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish musobaqa harakterini oladi.Mashqlar har bir yosh guruhiga qarab qiyinlashtirib boriladi.

REFERENCES

1. O'zbekistonRespublikasiPrezidentiSH.Mirziyayevning "2017-2021-yillarda maktabgachata'limtiziminiyanadatakomillashtirishchoratadbirlarito'g'risida"gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qarori

2. O'zbekistonRespublikasiPrezidentiSH.Mirziyoyevning 2017-yil 9-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-son qarori.

3. "Maktabgacha pedagogika" F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova-Toshkent,Tafakkurnashriyoti,2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.