Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNINIG NAZARIY ASOSLARI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNINIG NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
30047
1040
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta`lim / elementar matematika / rivojlanish / ta`lim tarbiya / preschool education / elementary mathematics / development / education

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madinaxon Muxiddin Qizi Abdujalilova, Nigora Axmat Qizi Taxtaxodjayeva, Fotima-Bonu Qaxramon Qizi Eraliyeva, Odina Rustam Qizi Abdunabiyeva

Ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FORMATION OF MATHEMATICAL CONCEPTS OF PRESCHOOL CHILDREN

The scientific article describes the formation and development of mathematical imagination of preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNINIG NAZARIY ASOSLARI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNINIG NAZARIY ASOSLARI

Madinaxon Nigora Axmat qizi Fotima-bonu Odina Rustam qizi Muxiddin qizi Taxtaxodjayeva Qaxramon qizi Abdunabiyeva Abdujalilova Eraliyeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirish va rivojlantirish yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha talim, elementar matematika, rivojlanish, talim tarbiya

THEORETICAL FUNDAMENTALS OF FORMATION OF MATHEMATICAL

CONCEPTS OF PRESCHOOL CHILDREN

ABSTRACT

The scientific article describes the formation and development of mathematical imagination of preschool children.

Keywords: preschool education, elementary mathematics, development, education

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalashda jismoniy jihatdan tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Bolalarni jismoniy jihatdan tarbiyalash ta'lim tarbiya tizimida alohida o'ringa ega bo'lib, u bolani sihat-salomatlikka, to'g'ri jismoniy rivojlanishiga, yuksak madaniyatga maktabgacha ta'lim tizimida beriladigan bilimlarni chuqur o'zlashtirishga zamin tayyorlaydi.

Maktabgacha ta'limda jismoniy mashqlarning asosiy mazmuni badan tarbiya, harakatli o'yinlar va sport o'yinlari, sport mashqlari, oddiy turizmdir.. Malumki, bolalar jismoniy tarbiya mashqlari, o'yinlarni bajarganda 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 gacha sanash, yaqin, uzoq, baland, past, chamalash, doira, aylana, to'g'ri chiziq, to'g'ri turish, uchburchak, to'rtburchak, kabi so'zlarni eshitadi va so'zlaydi, bu so'zlar maktabgacha yoshdagi bolalarga elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishda ham ishlatiladi. Demak, maktabgacha ta'lim muassasalarida kichik, o'rta, katta va tayyorlov guruhlarida o'rgatiladigan elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish bo'yicha na'munaviy dasturda berilgan elementar matematik bilimlarni bolalarga o'rgatish jarayonini bilim va ko'nikmalarini samarali bo'lishini, bolalar ongida yanada mustahkam bo'lishini ta'minlashda,o'yinlarni bajarish davomida quyidagi elementar matematik tasavvurlarni:

son, sanoq, to'plam haqida, miqdor, shakl, miqdorviy tasavvur, vaqt haqida olgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash hozirgi kunda dolzarb va ahamiyatga molik bo'lib, maktabgacha ta'limda fanlar aro aloqadorlik bolalarni u yoki bu fandan olgan bilimlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirish bo'yicha umum metodik nazariy asoslari namunaviy dasturlari yaratilgan bo'lib, bu masala bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda.

Maktabgacha tayyorlov guruhida bolalarda ba'zi bir yashirin muhim matematik aloqalarni, munosabatlarni, "teng", "katta", "kichik", "butun va bo'lak" kattaliklar orasidagi bog'lanishlarni, o'lchov kattaliklari bilan son o'rtasidagi bog'lanishlarni aniqlay bilish ko'nikmasini rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning matematik tasavvurini shakllantirish mantiqiy tafakkurining yangi bosqichga ko'tarilishiga va ularning umuman aqliy faoliyati rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bolalarni ko'z bilan hamda ichida sanashga o'rgatib boriladi. Ularning ko'z bilan chamalash, shaklni tezda farq qila bilish qobilyati rivojlanadi.

Bu yoshda aqliy qobilyatni, mustaqil fikr yuritishni, analiz, sintez, taqqoslash kabi jihatlarini, muhokama qilish, xulosa chiqarish qobilyatini, miqdorviy tasavvurni rivojlantirish ham katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tayyorlov guruhining elementar matematik tasavvurini rivojlantirish bo'yicha dasturi bolalarning oldingi guruhlarda olgan bilimlarini umumlashtirish, bir tizimga keltirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.

Maktabga tayyorlov guruhida matematika bo'yicha haftasiga 2 ta mashg'ulot, yil davomida 72 ta mashg'ulot o'tkaziladi.

Mashg'ulotlarning davom etish muddati: birinchisi - 30 daqiqa, ikkinchisi - 2025 daqiqa.

Har bir mashg'ulot tuzilishi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o'rganish, o'tilganlarni takrorlash va mustahkamlash, bolalarning egallagan bilimlarini tekshirishga xizmat qiladi. Tayyorlov guruhida o'tkaziladigan matematik mashg'ulotda didaktik ko'rsatma materiallaridan keng foydalanilishi xarakterlidir. Amaliy ishlar, ko'rgazma tashkil qilish bilan bog'liq bo'lgan topshiriqlar ham namuna sifatida qaralishi mumkin. Pedagog - tarbiyachi ularga o'zida bo'lgan ko'rsatma-qo'llanmalarni hisobga olib tuzatishlar kiritishi mumkin.

Bolalarga matematikadan ta'lim berish va maktabgacha ta'limdagi o'quv-tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri — bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir.

Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to'laroq o'rganishga imkon yaratadi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o'zining mohiyati bo'yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi, matonat shakllanadi, ijodiy

qobiliyatlar rivojlanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo'ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Oilada ota-ona bo'lsa, maktabgacha ta'limda albatta tarbiyachi-pedagog bo'ladi.

Shuning uchun har bir pedagog bolaga matematik tasavvurlarni shakillantirar ekan, pedagogikaning nazariyasi va o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari (interfaol metodlar,individual yondashish,mustaqil shig'ullanishga o'rgatis va hk) hamda milliy istiqlol g'oyalari bilan qurollangan bo'lishlari kerak. Nazariy jihatdan to'la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va zamonaviy axborot texnologiyalarni bugungi kunda ta'lim jarayoniga qo'llash eng dolzarb masalaga aylangan.

REFERENCES

1. N.U.Bekboeva, U.S.Aliyeva Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish bo'yicha ta'lim mazmuni. "Maktabgacha ta'lim " jurnali №12, Toshkent 2000 y.

2. N.U.Bekboeva, Z.I.Ibrohimova, H.I.Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish" Toshkent. O'qituvchi. 1995 yil.

3. M.E.Jumayev "Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi" Toshkent. Ilm ziyo. 2010 yil.

4. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.

5. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI. The 21st Century Skills for Professional Activity, (9), 23-25.

6. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.

7. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 37-39.

8. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.

9. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.

10. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ ХУЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (7), 60-63.

11. Shaykhislamov, N. (2021). THE DIRECTION OF MODERN LINGUISTICS THE CONCEPT OF COGNITIVE LINGUISTICS. Scientific progress, 2(2), 16411646.

12. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нуткий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.