Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING HAR XIL YOSH GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING HAR XIL YOSH GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3802
232
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematik tasavvurlar / elementar matematika / metod / tasavvur

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nigora Olimovna Saidova

Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim muassasalarida kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida o‘rgatiladigan elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish orqali elementar matematik bilimlarning bolalar ongida yanada mustahkam bo‘lishini ta‘minlashning ahamiyati xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING HAR XIL YOSH GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1612-1614

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASINING HAR XIL YOSH GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH

Nigora Olimovna Saidova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida kichik, o'rta, katta va tayyorlov guruhlarida o'rgatiladigan elementar matematika tasavvurlarini shakllantirish orqali elementar matematik bilimlarning bolalar ongida yanada mustahkam bo'lishini ta'minlashning ahamiyati xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: matematik tasavvurlar, elementar matematika, metod, tasavvur

KIRISH

Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda o'qitishning har xil usullarni — amaliy, ko'rsatmali, og'zaki, o'yin usullaridan dastur masalalari, bolalarning yosh, va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.

Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo e'tibor berib turishi quyidagilarni ta'minlaydi:

— elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;

— tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, olchami, shakli bo'yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (olchami yoki soni bo'yicha ort-tirish yoki ,kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan ob'ektlarning miqdori,shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va boglanishlarini aniqlash malakasi;

— bolalar o'zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo'yish, sanash, o'lchash bilan taqqoslash)ni yangi sharoitlarda qo'llashga yo'naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bolgan belgilar, xossalar, boglanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarini mustaqil izlashga yo'naltirish. Masalan, o'yin shart-sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarni topishni o'rgatish mumkin.

1612

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1612-1614

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Elementar matematik tasawurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o'rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o'zlashtirishga yo'naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashkil qilishdan iborat.

Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy usulning xarakterli xususiyatlari quyidagilardan iborat:

— aqliy faoliyat uchun asos bo'ladigan har xil amaliy ishlarni bajarish;

— didaktik materiallardan keng foydalanish;

— didaktik materiallar bilan amaliy ishlash natijasi sifatida tasavvurlarning paydo bo'lishi;

— eng elementar usulda sanash, o'lchash va hisoblash konikmalarini hosil

qilish;

— turmushda, o'yinda, mehnatda, ya'ni faoliyatning har xil turlarida shakllangan tasavvur va o'zlashtirilgan harakatlardan keng foydalanish.

Mazkur usul maxsus mashqlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu mashqlar ko'rsatish uchun belgilangan material shaklida, tashkil qilinishi yoki tarqatma material bilan mustaqil ish ko'riiishida topshiriq shaklida berilishi mumkin.

Mashqlar bolalarning yoshiga uning o'rnini bosishi bilan ham aniqlanadi. Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigai mashqlar o'yin elementlari kichik guruhda — syurpriz moment ko'rinishida, o'xshash harakatlar, ertak qahramoni va h. k. dan iborat bo'ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa xarakterini oladi.

Mashqlar bolalarning yoshiga qarab qiyinlashtirila boriladi. Ular bir necha bo'g'inlardan tashkil topadi. O'quv-bilish mazmuniga oid o'yin-mashqlar muammo shaklida emas, ko'pchilik hollarda ularni bajarish uchun tasavvur bo'yicha harakat qilish, topqirlikni namoyosh qilish, aqllilikni ko'rsatish talab qilinadi. Chunonchi, tarbiyachi kichik guruhdagi bolalardan har qaysi quyonni sabzi bilan siylashni taklif qiladi; katta guruhdagi bolalardan esa, doskaga osib qo'yilgan kartochkadagi doirachalar nechtaligini aytishni, guruh xonasidan xuddi shuncha buyum topishni, kartochkadagi doiralar miqdori bilan guruhdagi; buyumlar miqdori teng ekanini isbotlashni taklif qiladi. Agar birinchi holda mashq shartli ajratilgan bitta bo'g'indan iborat bo'lsa, ikkinchi holda 3 ta bo'g'indan iborat bo'ladi.

1613

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1612-1614

Komlpleks mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo'limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish imkonini beradi. Masalan, «Geomletrik figuralar», «Kat-talik», «Miqdor va sanoq» bo'limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini, beradi. Bu xil mashqlar mashg'ulotlarning foydali ish koeffitsisntini oshiradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim muassasalarida bunday xildagi mashqlar (ya'ni bir xil maqsadni kozlovchi va bir ma'noda amalga oshiriluvchi mashqlardan) keng foydalaniladi, bunday mashqlar tufayli zarur faoliyat usullari bajariladi: sanoqni, o'lchashni, eng sodda hisoblashni egallash amalga oshiriladi; bir qator elementar matematik tasavvurlar shakllanadi.

REFERENCES

1. M.E.Jumayev —Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasill Toshkent. Ilm ziyo. 2010 yil.

2. S.A.Ohunjonova. —Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash haqida (tarbiyachi va ota-onalar uchun tavsiya) Toshkent-1999y

3. Maktabgacha yoshda bo'lgan bolalar uchun rivojlantiruvchi o'yinlar (otaonalar va pedagoglar uchun qo'llanma) 1997yil.

4.www.referat.uz

5.www.google.uz

1614

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.