Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim / boshqaruv madaniyati / boshqaruv ilmi / sifat / pedagog / bola rivojlanishi / samaradorlik

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saydaliyeva Xurshida Solijonovna

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining boshqaruv madaniyatini rivojlantirish omillarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORINING BOSHQARUV MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Saydaliyeva Xurshida Solijonovna

Andijon viloyati, Oltinko'l tumani, 4-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11256420

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining boshqaruv madaniyatini rivojlantirish omillarining mazmuni, mohiyati va ahamiyati haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar:Maktabgacha ta'lim, boshqaruv madaniyati, boshqaruv ilmi, sifat, pedagog, bola rivojlanishi, samaradorlik.

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash va ularga zamonaviy ta'lim berish hayotiy muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy faravonligi mamlakat yoshlarining aqliy va axloqiy salohiyati hamda ularning ma'naviy darajada yuksak rivojlanishiga bog'liq. Shuningdek, xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy fan, texnika va texnologiyalar, iqtisodiyot yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish masalasiga ham keng e'tibor qaratilmoqda.

Respublikamizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Maktabgacha ta'lim va tarbiya samaradorligini oshirishda va sifatli kadrlar tayyorgarligini ta'minlashda pedagogik boshqaruv muhim ahamiyatga ega sanaladi. Pedagogik boshqaruv ilmi muayyan bir faoliyatni tashkil etish va boshqarish yo'nalishidagi vazifalarni bajarish jarayonlarini o'rganishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Shuningdek, turli pedagogik vaziyatlarda boshqaruv funksiyalarini mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi lozimligi, muayyan funksional vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qanday omillar ta'sir ko'rsatishi mumkinligi haqidagi bilimlarni taqdim etadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining boshqaruv madaniyatini rivojlantirishda dastlab boshqaruvning nazariy-metodologik asoslari haqidagi ma'lumotlarga ahamiyat qaratilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Dastlab boshqaruv amaliyoti vujudga kelganligi, keyinchalik boshqaruvga oid nazariy yondashuvlar ilgari surilganligi haqidagi tarixiy ma'lumotlarni tahlil qilish ahamiyat kasb etadi. Boshqaruv haqidagi aniq ma'lumotlar, bilimlar va tajribalar bu sohada juda katta tajribaga ega bo'lgan ajdodlarimiz Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlar tomonidan ham ilgari surilgan. "Temur tuzuklari"ini ham ko'rsatish mumkin. Ushbu asarda boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlari haqida qimmatli fikrlar bayon qilingan. Boshqaruv pedagogikasida ajdodlarimizning qimmatli fikrlaridan samarali foydalangan holda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlaridan maktabgacha ta'lim jarayonlarini adolatli boshqarishga oid bilimlarni singdirish ushbu jarayon sifati va samaradorligini ta'minlashda alohida ahamiyatga ega. Chunki ajdodlarimiz har qanday jamoani boshqarish san'atini mukammal egallaganlar va bu sohada ham kelgusi avlodlarga arzigulik meros qoldirganlar. Xuddi mana shu merosdan maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogik ta'lim tizimida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu o'rinda, Sharqning buyuk mutaffakkiri qomusiy olimi Abu Rayxon Beruniy shunday yozadi: "Faxrlanish haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe'llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud salbiy sifatlardan, nopokliklardan tozalanishdir degan fikrni ilgari suradi. Kimda shunday sifatlar topilsa, xulquning foydasiga va kimda bular yetishmasa, xulq uning zarariga bo'ladi"[3]. Haqiqatda ham, ma'naviy-axloqiy komillik, vijdoniylik, or-nomuslilik,

o'zlik, Vatanga sadoqat, yaqinlariga g'amxo'r bo'lish va boshqa insoniy tuyg'ular o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Ularning asosida milliy tarbiya va katta mehnat yotadi. Bu borada oila, uzluksiz ta'limning ilk bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim, mahalla hamkorligida tarbiyalanuvchilarni buyuk siymolar bilan tanishtirish vositasida milliy g'urur, faxr, iftixor hislarini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbek pedagogikasiga hissa qo'shgan taniqli ma'rifatparvar adiblar Behbudir, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy kabi olimlar pedagogik fikr taraqqiyotida salmoqli hissa qo'shgan, o'z asarlarida o'zbek xalqining eng yaxshi an'analarini, boshqaruv madaniyati, adolat, ta'lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog va olimlardir.

Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda aytish o'rinliki ta'limdagi tub o'zgarishlar, yangi islohatlarni kirib kelishi, innovatsion ta'limni joriy qilinishi yangi boshqaruv paradigmasiga o'tishni taqozo etmoqda. Mavjud adabiyotlarda boshqaruvga bir qator ta'riflar berilgan.

Bir guruh olimlar jumladan, Ye.A.Klimov V.S.Lazarev, N.Nyukomb[4]lar boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga yoki guruhga "ta'sir etishi" tarzida talqin etganlar. Bu yo'nalish tarafdorlari boshqaruvni maqsadga yo'naltirilgan ta'sir etish, subyektning obyektga ta'siri natijasida obyektning o'zgarishidan iborat jarayon, deb hisoblaydilar.

M.Sharifxo'jayev, Yo.Abdullayevlarning "Menejment" darsligida boshqaruv so'zining ma'nosi faoliyat tarzida taqdim etilgan. Shuningdek, mutaxassislar "boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir" deya talqin qilganlar. Boshqa bir guruh olimlar "boshqaruv subyektlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir, ya'ni to'g'ri va teskari ta'sirlarning uzluksizligi, bir-biriga ta'sir etuvchi subyektlarning o'zgarishini uyg'un tarzda bog'liqligi" degan qarashlarni ilgari suradilar. Aksariyat izlanishlarda boshqaruv jamoa a'zolarining, insonlarning xatti-harakatini tartibga keltirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat sifatida izohlanadi.

M.M.Potashnik V.S.Lazarevlarning ta'biricha, boshqaruv - faoliyat turi hisoblanadi. Bunday yondashuv doirasida tarbiyachi-pedagoglarni alohida o'ziga xos faoliyat turiga o'rgatish muhim ahamiyat kasb etadi [4].

L.B.Itelson, A.A.Orlovlar nuqtai-nazariga ko'ra boshqaruv bir tizimning ikkinchisiga ko'rsatgan ta'sirini aks ettiradi. Bunda boshqaruv subyektning boshqaruv obyektiga ko'rsatadigan maqsadga yo'naltirilgan va obyektning o'zgarishiga olib keladigan ta'siri sifatida talqin etiladi. Bunday yondashuv doirasida faollik boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqariluvchilar esa jarayonning passiv ishtirokchilari sifatida namoyon bo'ladilar.

U.I.Inoyatov, R.Sh.Ahliddinov T.I.Shamovalar[2] boshqaruvni subyektlarning o'zaro bir-biriga ta'sir etuvchi faoliyati sifatida e'tirof etadilar. Bu jarayonda o'zaro ta'sir jarayoni ishtirokchilarining hamkorlikdagi faoliyati jadallashadi. Mazkur yondashuvning ahamiyati shundan iboratki, bir-biriga ta'sir etuvchi subyektlardagi o'zgarishlarning mutanosibligi va subyektlararo o'zaro to'g'ri va teskari aloqalarning uzviy bog'liqligining ta'minlanishini nazarda tutadi.

Boshqaruv nazariyasida boshqaruv tushunchasining mohiyati bilan bog'liq bo'lgan bir qancha metodologik yondashuvlar ilgari surilgan. Ular:

a) tizimli yondashuv, bunda boshqariluvchi tizimning tarkibiga kiruvchi obyekt va subyektlarning o'zaro bog'liqligi va bir butunligini ta'minlash;

b) vaziyatli yondashuv, bu jarayonda ta'lim tashkiloti oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishni nazarda tutuvchi muayyan usullarning uyg'unlashuvini ta'minlash;

v) jarayonli yondashuv, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv funksiyalari o'zaro yagona, tadrijiy tarzda bog'langan zanjirni tashkil etishiga erishish kabilar.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori tomonidan pedagogik jarayonlarni boshqarishda ushbu yondashuvlarning barchasiga tayanish lozim. Mazkur yondashuvlarning birortasi asosiy o'rin egallagan taqdirda qolganlarining muayyan elementlari unga uyg'unlashtiriladi. Chunki ushbu yondashuvlarning har biri pedagogik boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining boshqaruv madaniyatini rivojlantirishda dastlab ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish amaliyoti, uning vujudga kelish tarixi, kasbiy kompetensiyaga oid nazariy-metodologik yondashuvlarga yo'naltirilgan tarixiy ma'lumotlarni o'rganish va ulardan pedagogik faoliyatda samarali foydalanish zarur. Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining boshqaruv madaniyati inson madaniyatining tarkibiy qismi bo'lish bilan birga qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Boshqaruvchi madaniyatli bo'lishi shart, chunki maktabgavha ta'lim tashkilotning har bir faoliyati samarali ishlashi uchun uning xodimlari yuksak madaniyatga ega bo'lishlari kerak.

Boshqaruv madaniyati darajasi xodimlar, ayniqsa, boshqaruvchi madaniyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bilan baholanadi. Boshqaruv madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me'yorlarga, jumladan, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy. texnikaviy, estetik me'yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Pedagogika bevosita insonni tarbiyalashni nazarda tutganligi uchun ham unda boshqaruvni ilmiy jihatdan o'rganish yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Endi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorida boshqaruv madaniyatining rivojlantirilishiga kelsak u quyidagi maqsadlar bilan bog'liq:

- birinchidan, boshqaruv madaniyatini yaxshi o'zlashtirgan direktorlar jamiyat va davlat boshqaruvida ham faol ishtirok etadi;

- ikkinchidan, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori har qanday jamiyatning ziyoli qatlami sanaladi va u o'z o'rnida jamiyat va davlat boshqaruvi uchun ertangi jamiyat a'zosini tarbiyalab yetishtiruvchi mutaxassis sanaladi;

- uchinchidan, pedagogik sohada boshqaruv madaniyati qanchalik yuqori darajada o'zlashtirilib, ommalashsa maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari shunchalik uni o'zlashtirib o'z hayoti davomida undan real hayotda foydalanish ko'nikmasiga ega bo'ladi va sohada ham samaradorlikka erishiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., - 95 b. Hasanov R. Pedagogika tarixi. - Toshkent: O'qituvchi, 1996. - 446 b.

3. Djurayev R.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti: O'quv qo'llanma. - Toshkent: Voris, 2006. - 264 b.

4. Лазарев В. С., Поташник М. М. Управление развитием школы. - М., 1995. - 441 с.

5. Поташник М.М. Педагогическое творчество: проблемы развития и опыт. - Киев, 1988. - С. 65.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and

Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.