Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING FAOLIYAT USLUBINI BOSHQARISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING FAOLIYAT USLUBINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim tashkiloti / funksional vazifalar / boshqaruv uslublari / nazorat boshqaruv / korreksiyalash

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Tashbaev Naim Sadikovich

МТТ direktori ta'lim tashkiloti boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi hamda maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni tizimli va to‘g’ri amalga oshirish borasida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI DIREKTORINING FAOLIYAT USLUBINI BOSHQARISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI DIREKTORINING FAOLIYAT USLUBINI BOSHQARISH

Tashbaev Naim Sadikovich

MTTDMQTMOI ta'lim sifati monitoring bo'limi boshlig'i https://doi.org/10.5281/zenodo.11242786

Annotatsiya. MTT direktori ta'lim tashkiloti boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi hamda maktabgachayoshdagi bolalarni rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan funksiyalarni tizimli va to'g'ri amalga oshirish borasida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tashkiloti, funksional vazifalar, boshqaruv uslublari, nazorat boshqaruv, korreksiyalash.

Maktabgacha ta'lim tizimida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Prezidentimiz bugungi kun uchun o'ta muhim va dolzarb bo'lgan bir qator vazifalarga to'xtalar ekan, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda vujudga kelayotgan yangidan-yangi talablarni har bir inson qaerda va qanday lavozimda ishlamasin chuqur anglashi, ishga, hayotga munosabatini o'zgartirib borishi zarurligini ta'kidlab o'tdilar. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan quyidagi mulohazalar har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarini yanada mas'uliyatliroq bo'lishga, hushyorlikka undaydi: "Ayniqsa, zamonning yurishi, o'zgarishi bilan avvalo rahbarlar, yetakchilar o'zgarishi kerak.

Yurtimizda ta'lim tizimiga mamlakatni barqaror taraqqiy ettirishning muhim omili sifatida e'tibor qaratilayotgani qisqa fursatdayoq o'z samarasini ko'rsata boshladi. Bu xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e'tirof etilmoqda. Biz XXI asr - intellektual taraqqiyot asri, deb ko'p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo o'zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo'lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko'ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo'lib yashaydigan, qat'iyatli shaxs bo'lishi lozim".

Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori ham ta'lim tashkiloti boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa undan ilgor tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o'rganib o'z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvni talab qiladi. Agar maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorida boshqaruv yo'nalishlari boyicha zarur bilim, tajriba, pedagogik mahorat, ko'nikma va malakalar yetarli bo'lmasa ta'lim jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning o'z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini takomillashtirish va natijada o'quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri rahbar boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishidir.

Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yondashuvning boy tarixiy-madaniy an'analari mavjud. Buning isboti sifatida Abu Nasr Forobiy tomonidan bildirilgan rahbarning fazilati to'grisidagi fikrlarni keltirish mumkin. Unda rahbarning tabiatan nozik, farosatli bo'lib, umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi; voqea-hodisalarni xotirasida to'la-to'kis saqlab qoladigan; zehni o'tkir va zukko, o'z fikrini chiroyli sozlar bilan ifodalaydigan, ravshan tushuntira oladigan; ta'lim olishga, bilim va ma'rifatga havasli bo'lib, uning mashaqqatlaridan qochmaydigan; haq va haqiqatni, odil va haqiqiy odamlarni sevadigan, yolg'on va yolg'onchilarni yomon ko'radigan; o'z qadrini biluvchi, oriyatli; tabiatan adolatparvar va o'zi

zarur deb hisoblagan choratadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, sabotli, jur'atli, jasur bolishi kabi insoniy xislatlari alohida ta'kidlab otilgan. Shunga asoslanib aytish mumkinki, bugungi kunda ham maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish ishlari samaradorligida direktorning shaxsiy fazilatlari muhim o'ringa ega. Darhaqiqat, direktor shaxsi va uning ma'naviy sifatlarining qandayligi jamoa a'zolarining hamkorlikdagi innovasion faoliyati, tarbiyalanuvchilarga sifatli ta'lim va tarbiya berilishi hamda sog'lom ijodiy muhitga bevosita ta'sir ko'rsatishiga tajribada ko'p guvoh bolganmiz.

Shu o'rinda qiziq bir fakt: yuqorida sanab o'tilgan umumiy jihatlarni hisobga olgan holda maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarining soha mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o'ziga xos shaxsiy xususiyatlari ham borligi kuzatiladi. Jumladan, ularning muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, o'zaro munosabatlarni o'rnatishda faolligi, intellektual rivojlanganligi, hissiyotga beriluvchanligi, qopollikni yoqtirmasligi, ko'ngilchanligini misol qilib keltirish mumkin.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish va boshqarishda ta'lim tashkiloti barcha xodimlarining o'z mehnat faoliyatlari natijalaridan birdek qoniqish hosil qilishlari, jamoadagi to'gri mehnat taqsimoti, xodimlarda o'z vazifalariga nisbatan mas'uliyat hissining shakllanishi, o'quv jarayonini hozirgi zamon talablari darajasida ilmiy asosda tashkil etish samaradorligi ko'p jihatdan maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlarining funksional vazifalarini qay darajada tushunib yetishi va amalga oshirishiga bogliq boladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti boshqarishda pedagogik xodimlar, ota-onalar va tarbiyalanuvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sir jarayonini kuzatish hamda barcha uchun zarur va qulay bolgan ruhiy muhitni vujudga keltirish ham muhim oringa ega. Buning uchun rahbar maktabgacha ta'lim tashkilotidagi mavjud munosabatlar, tarbiyalanuvchilarning jismoniy, ijtimoy-hissiy va intellektual rivojlanishiga ta'sir korsatuvchi omillar, ya'ni tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi-pedagoglar, ota-onalar bilan ta'lim tashkiloti hamda bolalar o'rtasidagi munosabatlardan yaxshi xabardor bo'lishi lozim. Jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarni o'z vaqtida aniqlash hamda unga ta'sir korsatishning eng maqbul yollarini belgilash, ta'lim-tarbiya jarayonining holati togrisida ishonchli axborotlar toplash, qayta ishlash va obyektiv baholashda yuqorida nazarda tutilgan boxabarlik juda muhim ahamiyatga ega. Shu o'rinda alohida to'xtalib o'tish lozimki, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori ta'limning asosiy maqsadi bolgan ta'lim va tarbiya ishini samarali tashkil etish, maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo'lgan:

- axborot-tahlil;

- maqsadli-motivlashtirish;

- oldindan ko'rish-rejalashtirish;

- tashkiliy-ijrochilik,

- nazorat-tashxis

- tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyalarini tizimli va to'g'ri amalga oshirishi

zarur.

Buning uchun Axborot-tahlil funksiyasi boshqaruvda alohida ahamiyatga ega bo'lib, axborotlarni olish va tahlil qilish boshqaruv tizimining poydevori hisoblanadi. Bundan ko'zlangan birinchi maqsad - pedagogik tizimlar (pedagogik jarayon) to'grisida muntazam ravishda axborotlar to'plab borish, ularni chuqur o'rganish hamda obyektiv baholashdan iborat. Olingan xulosalar asosida boshqaruv faoliyatining strategiyasi, rivojlanish omillarini, aniq chora-tadbirlarni belgilash, ularning bajarilishini tashkil etish va nazorat qilib borishni yo'lga qo'yish lozim. Shuning uchun, axborotlar ishonchli, yangi va foydali bo'lishi zarur.

Oldindan ko'ra bilish-rejalashtirish funksiyasi tashkiliy shakllar, usullar, ta'sir etuvchi vositalarni aniqlaydi, nazoratning me'yori va natijalarini baholashga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogik tizim va uning ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, tartibga solishga imkoniyat yaratadi. Demak, rahbar tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotining holatini, erishgan natijalarini, rivojlanish imkoniyatlari va dinamikasini aniqlash, jamoadagi ruhiy muhit, o'zaro munosabatlar va ehtiyojlarni o'rganish hamda barcha uchun qulay bolgan o'zaro ta'sir jarayonini vujudga keltirish strategiyasini belgilash oldindan ko'rish-rejalashtirish funksiyasining asosini tashkil etadi.

Tashkiliy-ijrochilik funksiyasi boshqaruv faoliyatining barcha yo'nalishlarida o'z ifodasini topadi. Ya'ni, u kadrlar tanlash va joy-joyiga qo'yish, ijrochilarning o'zaro ta'sir etish tizimini shakllantirish, axborotlar to'plash va ularga ishlov berish faoliyatlari bilan bog'liq bo'ladi. Buning natijasida ma'lum bir pedagogik boshqaruvga xos tarkibiy tizim vujudga keladi. Uni samarali amalga oshirish o'zaro ishonch va yordam, har kimga tanlash huquqini berish, faqat maqsadni emas, balki unga erishish mezonlarini ham belgilash, xodimlarning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatlarini to'la namoyon etishlari uchun sharoitlar yaratish, tashabbuskorlikni ragbatlantirish va har bir xodimning mehnatini obyektiv baholash bilan bog'liq bo'lib, jamoada sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitning vujudga kelishida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

Nazorat-tashxis funksiyasi. Nazorat boshqaruv jarayonida amalga oshiriladigan barcha funksiyalar bilan bog'liq boladi. Pedagogik tizimni boshqarish jarayonida ko'zlangan yo'nalishdan ma'lum bir ma'noda og'ishlar ham vujudga kelishi mumkin. Aynan shunday vaziyatlarda yo'l qo'yilayotgan xatoliklarning sababini o'z vaqtida aniqlash va ularni tuzatish usullarini belgilashda nazoratning o'rni juda muhim.

Tartibga solish-muvofiqlashtirish funksiyasi pedagogik tizimning holatini zaruriy, belgilangan darajada ushlab turish, uni yangi sifat darajasiga ko'tarish va pedagogik jarayonda yo'l qo'yilayotgan xatoliklarni tuzatish hamda ishtirokchilarning xatti-harakatlarini tartibga solish uchun xizmat qiladi. Mazkur funksiya yordamida pedagogik tizim subyektlarining faoliyati o'zaro muvofiqlashtiriladi. O'z navbatida, muvofiqlashtirish pedagogik tizimning harakatlanish yo'nalishi bilan barcha bo'g'inlarining o'zaro uygunlashuvida yuqori darajadagi tezkorlikni talab etadi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotida boshqaruvni samarali olib borishda, ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda yuqorida keltirilgan funksiyalarini tizimli va to'g'ri amalga oshirish nafaqat ishtirokchilarning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi, balki maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'limni sifatli tashkil etish va rivojlantirishga ham hissa qo'shadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni.

2. Shodmonova Sh. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi (o'quv-metodik qo'llanma). - T.: "Fan va texnologiya", 2008 y.

3. Bazarova T.Yu., Eremina B.L., Xodimlarni boshqarish, M.: 2GG7 y.

4. Abdullayev A.A. System of information and communication technologies in the education. Science and world International scientific journal 2 (№ 5), 19-21.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and

Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.