Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI TAYORLASHNING TIZIMLI YONDASHUVI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI TAYORLASHNING TIZIMLI YONDASHUVI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy moslashuv / imkoniyati cheklanganlik / integratsiya / inklyuziv ta’lim / bilim va ko’nikma / shaxs xususiyatlari / tizimlilik / yondashuv.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Safarova Sanobar Omontashevna

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo’lgan alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda va ta’lim berishda yangicha yondashuv bo’lgan inklyuziv ta’lim to’g’risida so’z yuritiladi. Ma’lumki, psixologik jihatdan, alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishning turli bosqilarida o‘zgalarning ko‘magiga muhtojlik sezadi. Bog’cha muhitida ularga ko‘maklashish har-xil hayotiy vaziyatlarda imkon qadar mustaqil qaror qabul qilishi va ma’lum hatti-harakatlarni ongli amalga oshirishini rag‘batlantirish (motivatsiyalash) hamda jamoaga moslashishini yengillashtirish ko’nikmalarini shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIGA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI TAYORLASHNING TIZIMLI YONDASHUVI»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIGA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNI TAYORLASHNING TIZIMLI YONDASHUVI Safarova Sanobar Omontashevna

Alfraganus University Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10817387

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo'lgan alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda va ta'lim berishda yangicha yondashuv bo 'lgan inklyuziv ta'lim to'g'risida so'z yuritiladi. Ma'lumki, psixologik jihatdan, alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishning turli bosqilarida o'zgalarning ko'magiga muhtojlik sezadi. Bog'cha muhitida ularga ko'maklashish har-xil hayotiy vaziyatlarda imkon qadar mustaqil qaror qabul qilishi va ma'lum hatti-harakatlarni ongli amalga oshirishini rag'batlantirish (motivatsiyalash) hamda jamoaga moslashishini yengillashtirish ko'nikmalarini shakllantiradi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy moslashuv, imkoniyati cheklanganlik, integratsiya, inklyuziv ta'lim, bilim va ko'nikma, shaxs xususiyatlari, tizimlilik, yondashuv.

Alohida yordamga muhtoj bolalarni bolalik davridanoq har jihatdan qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, umuman olganda, jamiyat hayotiga faol integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib kelmoqda. Jumladan, "shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotida va mehnat faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash" va "o'quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishlari, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish" yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining asosiy vazifalarini tashkil etadi.

Bugunga kelib, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya va defektologiyada "imkoniyati cheklanganlik" tushunchasi shartli ravishda ikki jihatdan, ya'ni tibbiy va ijtimoiy nuqtai nazarlardan talqin qilinmoqda. Tibbiyotda imkoniyati cheklanganlik bolada tashxis orqali organik patologiya va disfunksiyani belgilash, pirovardida kasal maqomini berish, ularni tuzatish va ba'zida ajratib qo'yish zarurligi bilan bog'lanadi. Ijtimoiy yondashuvda esa ushbu tushuncha mohiyati bevosita insonning jamiyatga integratsiyalashuvi va moslashuvi bilan bog'liq holda tushunilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, "Ijtimoiy moslashuv - bir vaqtning o'zida uchta darajada: jamiyatda, oilada va shaxsiy-individual darajada yuz beradigan murakkab hodisadir... Bolalarning zamonaviy voqelikka moslashuvi uning shaxsiy ijtimoiy-demografik xususiyatlari (sog'ligi holati, oilaviy ahvoli, ijtimoiy talab) bilan bir qatorda ijtimoiy institutlar: davlat, oila, ijtimoiy xizmatlar va jamoat tashkilotlarining ko'magiga ham bog'liq".

Maktabgacha ta'lim muassasi alohida yordamga muhtoj bolalarning jamiyat faol integratsiyalashuvi va individdan boshqa shaxslar bilan teng maqomga ko'tarilishi uchun muhim omillardan biridir. Bugungi kunga kelib jamiyatimizda alohida yordamga muhtoj bolalarga nisbatan ijtimoiy yondashuvning o'rni olib borilayotgan turli targ'ibot-tashviqot tadbirlari natijasida asta - sekinlik bilan bo'lsa-da, mustahkamlanib bormoqda. Lekin ularning bog'chada tarbiyalanishi, umumta'lim muassasalarida o'qishi bilan bog'liq huquq va ehtiyojlari to'g'risidagi noto'g'ri tasavvurlar ("ular o'zlarini boshqara olishmaydi", "o'zgalar yordamiga muhtoj bolishadi", "ularning ruhiyati o'zgaruvchan" va boshqalar) ham uchrab turishidan ko'z yumib bo'lmaydi. O'z navbatida mazkur toifadagi bolalar tarbiyalanayotgan maktabgacha ta'lim

muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-tarbiyachilarning barchasi ham inklyuziv ta'lim bo'yicha yetarli bilim va malakalarga ega deyish, biroz mushkul.

Alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasiga tayyorlashning tizimli yondashuv modeliga ko'ra, inklyuziv ta'lim mikrotizimdan keyingi mezotizimni tashkil etuvchi tarkibiy qismlardan biridir. Lekin yuqorida keltirilgan qator omillar inklyuziv ta'limning alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasiga tayyorlab borishda bola shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy ijtimoiy institutlardan biri sifatidagi o'rni va ahamiyatini yanada oshiradi.

Inklyuziv ta'lim doirasida yaratilgan dasturlar amalga oshiriladigan tadbirlar shakli va mazmunini belgilashda ularni o'quv jarayonida va darsdan tashqari paytlarda amalga oshirilishida o'zaro muvofiqligiga alohida ahamiyat qaratish lozim bo'ladi. Ya'ni, yuqoridagi ta'lim yo'nalishda beriladigan bilimlar va ko'nikmalar nazariy jihatdan o'quv fanlari mazmuniga singdirilishi bilan bir qatorda amaliy jihatdan darsdan tashqari tadbirlarda mustahkamlanib borilishi zarur.

Ma'lumki, psixologik jihatdan, alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishning turli bosqilarida o'zgalarning ko'magiga muhtojlik sezadi. Bog'cha muhitida ularga ko'maklashish har-xil hayotiy vaziyatlarda imkon qadar mustaqil qaror qabul qilishi va ma'lum hatti-harakatlarni ongli amalga oshirishini rag'batlantirish (motivatsiyalash) orqaligina o'zining ijobiy natijalarini berishi zamonaviy ilm-fanda va amaliyotda o'zining tasdig'ini topmoqda. Ta'lim muassasasining pedagogik salohiyati, metodik va moddiy-texnik bazasi va shu kabi boshqa imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mazkur toifadagi bolalar tarbiyalanayotgan oilalar (ota-onalari, ularning o'rnini bosuvchilar, oilaning boshqa a'zolari) bilan olib boriladigan ishlar ham o'zining alohida ahamiyatiga ega. Buning uchun ta'lim muassasasining inklyuziv ta'lim doirasida yaratilgan dasturi oilalar bilan hamkorlik bo'yicha ham tashkiliy-pedagogik chora-tadbirlarni o'z ichiga olishi ijobiy natijalarni beradi.

Bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalar muammolari bilan jamoat va nodavlat tashkilotlari ham shug'ullanib, qator loyihalar va dasturlarni amalga oshirmoqda. Bizningcha, "Alohida yordamga muhtoj bolalarni bog'cha sharoitiga tayyorlash - ijtimoiy integratsiyalashuvning muhim omili" yo'nalishidagi ijtimoiy hamkorlikni yo'lga qo'yish, jumladan, bu boradagi ta'lim dasturlarini samarali amalga oshirishda mavjud imkoniyatlarni to'g'ri yo'naltirishga zamin yaratgan bo'lar edi.

Alohida e'tibor berilishi lozim bo'lgan jihatlardan biri alohida yordamga muhtoj bolalarning o'ziga xos xususiyalarini va muammolarini inobatga olgan holda sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, defektologiya, tibbiyot kabi fanlarning zamonaviy tadqiqot metodlaridan samarali foydalangan holda o'rganish yuqorida qo'yilgan masalalarni hal etishning yangi shart-sharoitlari va imkoniyatlarini ochib beradi. Ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar, tabiiyki, alohida yordamga muhtoj bolalarni rivojlanishning dastlabki bosqichlaridan boshlab bog'chaga, maktabga va jamiyat muhitida oilaviy hayotga tayyorlab borishning ilmiy-metodologik va amaliy-metodik asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xulosa sifatida aytish joizki, bugungi kunda alohida yordamga muhtoj bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasiga inklyuziv ta'limning, xususan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining imkoniyatlari boshqa ijtimoiy institutlarga qaraganda kengroq, lekin bu jarayonning sifati va samaradorligi boshqa institutlar bilan faol hamkorlikda ishlab chiqilgan alohida dastur asosidagi tizimli tadbirlarni amalga oshirish bilan bog'liq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi 422-XII-sonli qonuni. // O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 78- modda.

2. »Inklyuzivnoye obrazovaniye detey s ogranichennbimi vozmojnostyami» tezislar to'plami. -T., 2008. -S. 191-193.

3. Kalbayeva X. O'zbekiston Respublikasi inklyuziv ta'lim konsepsiyasi.

4. Mo'minova L.R Inklyuziv ta'lim. Dastur. T., 2014

5. Shomaxmudova R.Sh. Maxsus va inklyuziv ta'lim. - T.: "Chashma print", 2011.

6. R.Sh.Shomaxmudova "Maxsus va inklyuziv ta'lim" uslubiy qo'llanma. Toshkent 2011-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.