Научная статья на тему 'O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordam tashkil qilish yo’llari'

O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordam tashkil qilish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
254
299
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
rivojlanish / yordam ko’rsatish / mehr oqibat / muhtojlik / insonparvarlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nazira Abdullayeva, Feruza Hasanova, S.Xaydarov

Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj rivojlanishda nuxsoni bor bolalarga alohida yordam ko’rsatish to’g’risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordam tashkil qilish yo’llari»

O'zbekistonda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordam

tashkil qilish yo'llari

Nazira Abdullayeva Feruza Hasanova Ilmiy rahbar: S.Xaydarov TMC Instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj rivojlanishda nuxsoni bor bolalarga alohida yordam ko'rsatish to'g'risida fikr yuritiladi

Kalit so'zlar: rivojlanish, yordam ko'rsatish, mehr oqibat, muhtojlik, insonparvarlik

Ways of organizing assistance to children in need of special

assistance in Uzbekistan

Nazira Abdullayeva Feruza Hasanova Scientific supervisor: S.Khaidarov

TMC Institute

Abstract: This article discusses the provision of special assistance to children with developmental disabilities who need special assistance.

Keywords: development, assistance, kindness, need, humanitarianism

Mamlakatimizda alohida yordamga muxtoj bolalar bilan, ishlash ularga yordam ko'rsatish jamiyatda shaxs bo'lib shakllanishida hayotda o'z o'rnini topishda yordam berish uchun ularga keng ko'lamda sharoit va imkoniyatlar mavjuddir. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto'g'ri tarbiya,ta'lim natijasida ham paydo bo'lishi mumkin masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o'qituvchining bolaga noto'g'ri munosabati va boshqa kopgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o'zlashtira olmasligiga olib keladi. Biz yashayotgan jamiyatda biror bir bola e'tibordan chetda qolmaydi, bir bolaga yetti mahalla ota-onadir degan fikr buning isbotidir. Alohida e'tiborga muxtoj bolalar sirasiga nafaqat rivojlanishida nuhsoni bor bolalar, balki noto'liq oilada va oilaviy sharoiti talab darjasida bo'lmagan bolalar kiradi. Bu bolalar jamiatimiz tomonidan qo'llab quvatlanadi, ularga ma'naviy, iqtisodiy ijtimoiy psixologik pedagogik yordam ko'rsatiladi. Ularni manan yetuk shaxs barkamol avlod

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 719 [Ml^^^H

bo'lib, kelajakda o'z oilasi uchun va farzandlari uchun namunali inson bo'lishga ko'maklashish lozim. Maktab yoshidagi alohida yordamga muxtoj bolalar uchun barcha turdardagi ixtisoslashtirilgan maktab internotlar jumladan, aqli zaif bolalar uchun maktab-internotlar faoliyat ko'rsatib kelmoqda. O'rta umumiy ta'lim maktablarda bunday bolalar uchun sinflar, uzluksiz ta'lim tizimida alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb xunarga o'rgatish to'garaklar tashkil qilingan. Hozirgi kunda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham imkonyati cheklanga bolalarning ta'lim va tarbiya olishlari, tibbiy molajalar olib borishlari uchun imkoniatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun xujjatlari bilan mustahkamlab qo'yilgan va ximoya qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi kongvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, "nogiron" so'zi o'rniga "nogironligi bo'lgan shaxs" atamasidan foidalanishni nazarda tutuvchi "nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari to'g'risida"gi qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimiz isboti sifatida rivojlanishda nuqsoni bor yoki nogironligi bor bolalarga uyda ta'lim berish va ushbu ta'limni sifatli olib borilishini ta'lim sifatini yaxshilovchi organlar tomonidan va maktabgacha maktab ta'lim tashkiloti tomonidan alixida nazortga olingan. Uyda ta'lim olayotgan bolalar va imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalarni kasb hunarga yo'naltirish va kasb o'rgatish pedagoglar tomonidan bajarilmoqda. Joriy yilda "zamin" fondi "eshtish qobilyati zaif bolalar uchun ta'limni rivojlantirish" dasturi doirasida Muhhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabda "zamin Educatoin" loixasida start berilib, loxaning asosiy maqsadi eshtish qobilyati zaif bolalarning kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo'llab quvatlash, ularni oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axbarot texnalogiyalari sohasida iqtisoslashtirilgan maktab iternotlar o'quvchilarni malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu loyiha birinchi "Zamin Edukation" o'quv resurs markazi ochilgan Muhhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda loyihaga mo'ljallangan sinfda malumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna

- FM-tizimi o'rnatilgan. Shuningdek har bir o'quvchiga individual eshtish vositalari taqdim etilgan.

2020-yil 13-oktiyabrda "Alohida ta'lim extiyojlari bo'gan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-sonli qarori qabul qilindi. Bu hijjat Qonun ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2020-yil 14-oktabirdan kuchga kirgan. Hijjatga ko'ra 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuzif ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi va 2020-2021-yillarda uni amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" tuzib chiqildi. Qonunga ko'ra imkonyati cheklangan nogironligi bor, bolalar extiyojlarini o'z oilasi bilan

yashashlariga har tomonlama bilim, ta'lim tarbiya va tibbiy xizmatdan bekami ko'st foidalanishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlar ularni har tomonlama yetuk avlod bo'lib yetishishlariga zamin yaratadi. Hozirgi kunda imkoniyati cheklangan va nogironligi bor yoshlar orasida o'tgazilayotgan par alimpiadalarda jahon miqiyosida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan bayrog'imizni balandlarga ko'taroyotgan yoshlarimizni fahr bilan tilga olishimiz mumkin, vaholanki sog'ligi va imkoniyati yetarli bo'la turib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmayotgan yoshlarimizni qilayotgan ishlari tabimizni xira qiladi. Chekka xududlarda yashayotgan imkoniyati cheklangan sog'ligida muammosi bor yoshlarimiz, davlatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyat va etibordan chetda emasdurlar, ulani o'qishlari va kasb hunar o'rganishlari uchun birdek e'tibor berilmoqda vaholanki xar bir farzand davlat ximoyasidadir. Imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ish yuritayotgan ijtimoiy pedagog o'zidagi kasbiy mahorat bilan mukammallashgan kompetensiyarni amalda qo'llagan holda faoliyat yuritishi zarurdir. Zero, o'zidagi kamchilik,nuqsonlaridan uyalish va o'ziga bo'lgan ishonchning pastligi mavjud bo'lgan imkoniyati cheklangan bolalarni qay darajada o'ziga bo'lgan ishonchini qaytarish, jamiyat uchun ularning ham o'z o'rni borligini angaltish va jamiyatda ularning imkoniyatlaridan oqilona foydalana olishini singdirish orqali o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritmoqligi zarurdir. Bunda ijtimoiy pedagogdan kasbiy mahorat va bilim malaka talab qilinadi. Jamiyatimizda o'z faoliyati bilan imkoniyati cheklangan yoshlar bilan faoliyat olib boryotgan ijtimoiy pedagoglar talaygina. Ijtimoiy imkoniyati cheklangan bolalar uchun berilayotgan imkoniyatlardan biri bu Davlatimiz tomonidan ajratilgan uy-joylarni va ular uchun layoqatiga mos bo'lgan ish bilan ta'minlash.Yana bir yangilik yetim yoki ota-ona qaramog'ida mahrum etilgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshirildi. Shuningdek bunday talabalar pensiya to'lash muddati amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytirildi. Ularga zarur adabiyotlar sotib olish uchun har yili 1 marta 1 million ikki yuz ming so'm subsidiya berildi. Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qo'llab quvatlash, ularni jamiyatning faol sifatida tarbiyalash barchamizdan jiddiy e'tibor va amaliy harakatlarni talab qiladi. Birorta bola "men yetim yoki nogironman" deb o'ksinmasligi davlatimiz va jamiyatimizning mexridan chetda qolmasligi kerak. Ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o'rgatish, o'qitish barcha sharoitlarni yaratib berish nafaqat vazifa balki, muqaddas burchdir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki biz yashayotgan jamyatda xech bir inson, tili, dini, irqi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar bahtli yashashga xaqlidir. O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov takidlaganlaridek, bolalarimiz bizdan ko'ra bilimli, dono, aqilli, kuchli va albatta bahtli bo'lishlari shartdir. Shuning uchun har bir bolamizni salomatligi va o'sib ulg'ayishiga

ta'lim va tarbiya olishiga e'tibor berishimiz shart. Baholanki kelajagimiz shu farzandlarimiz qo'lidadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axmedova f.m. sotsiologiya. ma'ruzalar matni.-t.: toshdfi, 2008.

2. Bespalko v.p. slagaem^ie pedagogicheskoy texnologii. - m., 1989.

3. Egamberdiyeva n.m. ijtimoiy pedagogika. darslik. t.: 2009

4. G'oyibnazarov e. va matkarimova j.d. sotsiologiya. o'quv qo'llanma.-t.: toshtymi. 1. 5.sulaymon amirqulovich xaydarov. (2024). o'quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o'qitishni didaktik imkoniyatlari. science and education scientific journal. 5.1.b.271-275.

6. Khaydarov s,a. (2023). using technologies in teaching social sciences. galaxy international interdisciplinary research journal (giirj), (pp. 305-309). 11(9).

7. Xa^AapoB, с. (2023). pedagogik faoliyatda o'qituvchi o'zida kompetentlik sifatlarini shakillantirishi. Цифрoвизaция современного 06pa30BaH^: прoблeмa и решение, 1(1), 64-67. https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24652

8. X,a^AapoB, с. a. (2023). тaриx дaрслaридa сaнъaт aсaрлaридaн фoйдaлaнишнинг усуллaри. oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

9. Khaydarov, s. a. (2021). the role of the use of fine arts in teaching the history of the country. international scientific and practical conference. cutting edge-science. In conference proceedings (pp. 41-43).

10. Mukimova, D. I. (2022, October). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR MAKTABLARIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH. In INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY (Vol. 1, No. 4, pp. 159-161).

11. Aripov, Z., & Oripova, O. (2023). ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALAR E'TIBOR MARKAZIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 135-138.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.