Научная статья на тему 'Inklyuziv talimning joriy qilinishi va uning amaliy ahamiyati'

Inklyuziv talimning joriy qilinishi va uning amaliy ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
611
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim ta’lim-tarbiya / extiyoj / muhit / nuqson / jamiyat / isloxotlar / individualik / pedagogik mahorat / inklyuziv ta’lim / shaxsiylik faoliyat / bola

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirjalol Muzaffar O’G’Li O’Ktamov, Saodat Usubxonovna Sulaymanova

Taqdim etayotgan maqolamizda hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan alohida yordamga muhtoj bolalar va o’smirlar ta’limi uchun, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda maxsus ta’limning 8 yo’nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko’rishida va eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar) bo’yicha korrektsion ta’lim tashkil etish bo’yicha amalga oshirilayotgan isloxotlar mohiyatiga to’xtalib o’tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Inklyuziv talimning joriy qilinishi va uning amaliy ahamiyati»

Inklyuziv talimning joriy qilinishi va uning amaliy ahamiyati

Mirjalol Muzaffar o'g'li O'ktamov Saodat Usubxonovna Sulaymanova Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Taqdim etayotgan maqolamizda hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan alohida yordamga muhtoj bolalar va o'smirlar ta'limi uchun, ulaming nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda maxsus ta'limning 8 yo'nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, ko'rishida va eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar) bo'yicha korrektsion ta'lim tashkil etish bo'yicha amalga oshirilayotgan isloxotlar mohiyatiga to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: ta'lim ta'lim-tarbiya, extiyoj, muhit, nuqson, jamiyat, isloxotlar, individualik, pedagogik mahorat, inklyuziv ta'lim, shaxsiylik faoliyat, bola

Current practice of inclusive education and its practical

significance

Mirjalal Muzaffar oglu Oktamov Saodat Usubkhanovna Sulaymanova Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: In our article, we present 8 areas of special education for children and adolescents with special needs, taking into account the types and degrees of their disabilities (mental retardation, retarded mental development, speech, we will dwell on the essence of the reforms implemented in the organization of correctional education for children with visual and hearing impairments.

Keywords: education, education, need, environment, defect, society, reforms, individuality, pedagogical skill, inclusive education, personality, activity, child

Jamiyatda yashayotgan har bir shaxsda mehr olish, doim e'tiborda bo'lish, atrof muhitdagi turli ta'sirlardan himoyalanish istagi, shaxsiylik faoliyatini ruhlantirish va mehr muhabat kabi ehtiyojlarga doimo asosiy extiyojlar qatoriga kirgan. Bu kabi xislatlar turli nogironligi bo'lgan insonlar ham bundan xissiyotlarga extiyoj sezadilar. Bu kabi xususiyatlardan tashqari ularning o'ziga xos xususiyatlari va alohida shaxsiy ehtiyojlari ham mavjud bo'ladi.

Shaxsning psixologik xatti- harakati, qiziqishi, qobiliyati va boshqa bir qator jihatlari ham anamaliyalari o'xshash bo'lgan jixatlarda ham ularning bu kabi

xususiyatlari farq qilishiga ko'p bora guvoh bo'lganmiz.

Masalan: Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra va ularning yashash muhiti sababli ikkalasi nogiron bo'lsa ham, bu ularga jamoat av mutaxasislar tomonidan bir xil yordam ko'rsatilishi kerak degan g'oyaga mutlaqo teskari xatti-harakatni ko'rsatadi. Ularning ehtiyojlari aloxida va individual yondashgan xolda qondirilishi lozim. Bu kabi vaziyatlar va muammolar doimo individual yondashgan xolda xal etilganligiga doimo guvoh bo'lib kelmoqdamiz.

Har bir bola individualshaxs sifatida o'ziga xos xususiyatga va takrorlanmas hayotga moslashish jarayonlarini va rivojlanishning turli bosqichlarini va ularga ko'rsatiladigan amaliy yordamni taqazo etadi.

Ayrim toifaga kiruvchi bolalar esa boshqalardan ko'ra ko'proq va individual yordam va e'tiborga muhtoj hisoblanadilar.

Misol keltiradigan bo'lasak, umum ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bir guruh o'quvchilar individual yordam va etiborga muhtoj sezadilar va ularga maxsus qo'shimcha ta'lim-tarbiya va rivojlantiruvchi mashg;ulot tashkil etish uchun extiyoj yug'uladi. Bu esa bugungi kunda «Maxsus ta'lim» jarayonlariga borib taqaladi. Ammo biz o'z etiborimiz manashu kabi muamolarga va maxsus ta'limga extiyoj sezayotgan bolalarga qaratishimiz lozim.

Lekin bir qator muammolar duch kelamiz chunki hozirgi kunda umumiy ta'lim muassasalarida faoliyat yutayotgan pedagog mutaxasislarning «Bu toifaga kiruvchi bolalar bizning bolalarimiz emas ular "Maxsus ta'lim" toifasidagi bolalar degan gaplarini juda ko'p takrorlashlariga guvoh bo'lib kelmoqdamiz. buu kabi bugungi ta'lim-tarbiya tizimiga boshqa va keng ko'lamdagi asoslangan klassifikatsiyalar va "Maxsus ta'lim" ga muhtoj bolalar tushunchalarini o'zgartirish orqali ularga amaliy yordam ko'rsatish va jamiyatda o'z o'rnilarini topishga imkon yaratishga amaliy yordam bermoqda. Umum ta'lim muassasalarida nuqsonlarni turiga ko'ra sharoitlarni o'rganib chiqib yaratish orqali ko'plab maxsus ta'limga muhtoj bolalarni ehtiyojlarini oddiy umum ta'lim muassasalarida ham tashkil etish va u yerning o'zida ham maxsus dastur, darsliklar va yordamchi texnik vositalarni qo'llash imoni yaratiladi.

Bugungi kun jamiyati bu kabi muammolarga javobgarlikni o'z bo'yniga olishi va maxsus yordamga muhtoj bolalarni asosiy muammolarini o'rganish orqali hal etishga amaliy yordam berishi lozim. Har bir jamiyatda va davlatda olib boriladigan isloxotlar ijtimoiy integratsiya jarayonlarini taqazo etadi ammo bu oddiy xal bo'ladigan va tez

amalga oshadiganjarayon emas. Shuning uchun han imkoniyati cheklangan bolalarni ta'lim-tarbiyasi jamiyatda mavjud teng-teng huquqlilik tamoyilli asosida muammosini hal eta olishi, bugungi kunda amalga oshiriladigan siyosiy jarayonlarning dolzarb muammolari qatoriga qo'shilmoqda, bunga saba esa juda ko'plab bolalar turli sabablarga ko'ra ta'lim-tarbiyadan chetda qolib ketmoqda, buesa ularni jamiyatda o'z o'rnilarini topishdagi turli inqirozlarga sabba bo'lmoqa. Inklyuziv ta'limga jalb qlish jarayonlarini amaliy tashkiliy, ilmiy-uslubiy chora-tadbirlarini ko'rib chiqish orqali, ya'ni mutaxassis kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirishga oid tadbir va o'quv jarayonlarini ishlab chiqish va tashkil qilish orqali, alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umum ta'lim muassasalariga jalb qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish lozim.

Yuqorida taqdim etilgan jadval orqali biz turli toifadagi o'quvchilami birgalikdagi faoliyatlarini amaliy tashkil etishda amal qilishimiz va o'quvchilarda shakilantirishimiz kerak bo'lgan xususiyatlarni ko'rishimiz mumin.

Bu kabi amaliy faoliyatlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etishi eng dolzarb masalalardan biridir. CHunki bu qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma'naviy resurslar bilan ta'minlanishga, amalga oshirishga kafolat hisoblanadi.

Ta'lim-tarbiya soxasida imkoniyati cheklangan bola ham barcha bolalar qatorida bola inson hisoblanadi va u ham jamiyatda tan olinishi, hurmatga sazovor bo'lishi o'z orniga ega bo'lishga haqli, shuningdek u uchun mavjud nuqson bilan atalish pomaqbul (odobsizlik) holat hisoblanib, bola uchun shaxsiy chegaralarni buzush kabi axloqsizlikka tenglashtiriladi

Ta'lim vazirligi mavjud muamolarni xal qilish maqsadida maxsus maktablar qoshidagi alohida bo'lim va muqobil sifatida inklyuziv ishlash usul va uslublari tavsiya etmoqda.

Inklyuziv ta'limga bo'lgan ehtiyoj, jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun

quyidagi imtiyoz va foydali jihatlari bilan axamiyatli hisoblanadi.

> inklyuziv ta'lim maxsus ehtiyojli bolalarga doimo o'z oilasi, mahallasi va qarindosh - urug'lari davrasida bo'lish imkoniyatini yaratadi;

> inklyuziv ta'lim bolalar uchun ta'lim sifatini yaxshilovchi katalizator vazifasini bajaradi;

> bolalarni turar joylaridan uzoqda bo'lgan internatlarga joylashtirish ularning uyi, oilasi, jamiyat hayotida ishtirok etish huquqiga to'sqinlik qilar edi;

> uyidan, oilasidan, ota-ona mehridan uzoqda bo'lgan bola diydasi qattiq bo'lib o'sadi, va bu uning psixologiyasida chuqur iz qoldirar edi.

> Oila bola uchun tarbiya maskani bo'lib qoladi

Yuqoridagi fikrladan xulosa qiladigan bo'lsak Maxsus ehtiyojli bolalarni umum ta'lim muassasalariga qabul qilinishi jamiyatda ulani o'z o'rnilariga ega bo'lishlari o'zlarini huqu va imkoniyatlaridan foydalana olishlari uchun ham muhum omildir. Ammo bu bo'lajak mutaxasislardan kasbiy tayyorgarlik va kuchli tajribani talab qiladi

Har bir bola etiborda.

Hech bir bola ta'limdan chetda qolmasligi lozim...

Foydalanilgan adabiyotlar

1. «Inklyuziv ta'lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

2. Imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil yetish to'g'risida muvaqqat NIZOM. O'RXTV 234-sonli buyrug'i T.,19 sentyabr, 2005.

3. "Maktablar hamma uchun"- "Bolalarni qutqaring jamg'armasi" -2002 yil.

4. "Maktablarin olqishlab-inklyuziv maktablardagi nogiron o'quvchilar"-YuNESKO - 1999 yil.

5. Sarsengali, B., & Shagyrbai, A. (2022). Дiни философиядагы мейiрбан жэне кемел адам TYcirnri. Вестник КазНУ, Серия Религиоведение, 32(4), 50-59.

6. Ориббоева, Д. Д. (2022). O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA YO'NALTIRISHDA IJTIMOIY KOMPETENTLIKNI TA'SIRI: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.8. 08.045 Oribboyeva Dilafro'z Dadamirzayevna NamDU Psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (8), 314-318.

7. Oribboyeva, D. D. (2019). STUDY OF SOCIAL COMPETENCE IN PSYCHOLOGICAL RESEARCH. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(4), 288-292.

8. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

9. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

10. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экономика и социум, (8 (87)), 42-45.

11. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

12. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O 'QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

13. Kamolova Azimaxon Odiljon qizi. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG'ULOTLARI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY G'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of national scientific research, 2(8), 60-66. https://doi.org/10.5281/zenodo.8320633

14. Камолова Азимахон Одилжон кизи. (2024). ИСЛОМ ДИНИ ТАЪЛИМОТИДА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИНИНГ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТДАГИ АМАЛИ АХАМИЯТИ. Results of national scientific research international journal, 3(1), 201-207. https://doi.org/10.5281/zenodo.10581873

15. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). USING CASE STADE TECHNOLOGY IN LEGAL EDUCATION FOR TEENAGERS. Экономика и социум, (8), 42-45.

16. Oribboyeva, D. D., & Ikromova, D. (2024). Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasining o'ziga xosligi, aqli zaiflik turlari. Science and Education, 5(1), 287-291.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.