Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI TABIATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH'

MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI TABIATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / ta`lim-tarbiya / tabiat / atrof muhit / qizil kitob / ekologiya. / Ecology / education / Nature / Environment / Red Book / ecology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dildora Qurbonova Kimsanboyevna, Minojat Sobirova

Mazkur maqola maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini Vazirlar mahkamasining 27.05.2019 yildagi 434-son qarori bilan Ekologik ta`limni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologik sohadagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarini jalb qilgan holda takomillashtirish, bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat ne`matlarini asrab avaylash, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda ekologik bilim va ko`nikmalarini shakillantirishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATION OF CHILDREN IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN THE SPIRIT OF LOVE FOR NATURE

This article consists in the formation of environmental knowledge, consciousness and culture in the younger generation in accordance with the concept of the development of Environmental Education by Decree No. 434 of the Cabinet of Ministers of preschool educational institutions of 27.05.2019, improving science in the ecological sphere with the involvement of innovative technologies, introducing children to nature, preserving.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI TABIATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH»

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

EDUCATION OF CHILDREN IN PRE-SCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN THE SPIRIT OF LOVE

FOR NATURE Dildora Qurbonova Kimsanboyevna1 Minojat Sobirova2 1Andijon State University Teacher of the Department "Ecology and

Botany",

2the Teacher of Biology at the agro-industrial Technical School of

Izboskan

https://doi.org/10.5281/zenodo.12073243

ABSTRACT

Received: 10th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024 KEYWORDS

Ecology, education, Nature, Environment, Red Book, ecology.

This article consists in the formation of environmental knowledge, consciousness and culture in the younger generation in accordance with the concept of the development of Environmental Education by Decree No. 434 of the Cabinet of Ministers of preschool educational institutions of 27.05.2019, improving science in the ecological sphere with the involvement of innovative technologies, introducing children to nature, preserving.

MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARIDA BOLALARNI TABIATGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH

Dildora Qurbonova Kimsanboyevna1 Minojat Sobirova2

1Andijon davlat universiteti "Ekologiya va botanika" kafedrasi o'qituvchisi 2Izboskan agrosanoat texnikumi Biologiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12073243

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th June 2024 Accepted: 17th June 2024 Online: 18th June 2024

KEYWORDS Ekologiya, talim-tarbiya, tabiat, atrof muhit, qizil kitob, ekologiya.

Mazkur maqola maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilarini Vazirlar mahkamasining 27.05.2019 yildagi 434-son qarori bilan Ekologik talimni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq yosh avlodda ekologik bilim, ong va madaniyatni shakllantirish, ekologik sohadagi ilm-fanni innovatsion texnologiyalarini jalb qilgan holda takomillashtirish, bolajonlarni tabiat bilan tanishtirish, tabiat ne^matlarini asrab avaylash, ularga ehtiyotkorona munosabatda bolish, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash hamda ekologik bilim va ko^nikmalarini shakillantirishdan iborat.

Kirish: Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning tabiatga ta'sir etish darajasi ham shunchalik ko'p bo'ladi. Aholi sonining ortishi oqibatida ekologik muammolar ham ko'payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan bog'liq muammolar butun dunyo muammolariga aylanib bormoqda.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, yuridik, gigienik, estetik, pedogogik kabi yo'nalishlari mavjud. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.

Pedogogik yo'nalishlarda ekologik ta'lim va tarbiya berish ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim deganda o'quvchilarga berilishi lozim bo'lgan tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatni tarbiyalashdir. Ekologik ta'lim tarbiyadan bosh maqsad yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o'rgata boriladi.

Ekologik savodxonlik avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashning shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog'liqdir. O'zbek xalqi orasida azal-azaldan tabiatga to'g'ri munosabatda bo'lish, atrof muhitni ozoda tutish, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik qilishni targ'ib etuvchi, odob-axloqqa chaqiruvchi maqollar, ertaklar va hikmatlar bor. Yaxshilikka yetaklovchi xalq og'zaki ijod mahsullarining negizida odob-axloq bilan bir qatorda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishlilik, ona tabiatni asrab avaylashimiz kabi qadryatlar kelajak avlodga singdirib boriladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning mashg'ulotlarida tabiat va undagi rang-barangliklar, ularga bo'lgan munosabatlarni rasmli ko'rgazmalar orqali ifodalash, tabiat bilan tanishtirish masalan:

Aziz bolajon! Sen ko'zing bilan ko'rib turgan daraxtlar, qushlar, tog'u-toshlar, ona zamin bularning barchasi tabiat deb ataladi. Daraxt shoxlarini sindirma, qushlarga ehtiyotkorona munosabatda bo'l. Gulzorlarni payxon qilma, ariq va anhorlarga axlat tashlama. Suv jo'mraklarini behudaga ochib quyma, suvni isrof qilma. Hovli va ko'chalarni, sevimli bog'changni huddi usti-boshing singari toza tut. Tabiat bizning onamiz-uni huddi onang kabi sev, asra. Sen tabiatni sevsang, unga kulib boqsang butun olam ham seni sevadi. Zero tabiatni asrash har birimizning eng oliy burchimiz.

Bolalarni shu orqali tabiat va uning ne'matlari bilan tanishtirish, ko'piroq bilim va ko'nikmalarni oshirish, ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, ekologik muammolarning

s#

Ws,

BOLALAR UCHUN

QIZIL KITOB

SAHIFALARIDAN

O'simliklar dunyosi

\m

1

BOLALAR UCHUN

QIZIL KITOB®

SAHIFALARIDAN

Hayvonot dunyosi ^

Qizil kitob yo'qolib borayotgan yoki yo'qolish xavfida bo'lgan noyob o'simlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat xujjati. O'zbekiston qizil kitobi 1978 da ta'sis etildi. birinchi marta O'zbekiston qizil kitobining faunaga bag'ishlangan qismi 1984 yil nashrdan chiqdi. unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. o'simliklar olamining kamyob, yo'qolib ketish xavfida bo'lgan 163 turi haqida. Umuman, mamlakatimiz hududi yer sharining 0,3 foizini tashkil qiladi. muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda O'zbekiston respublikasi qizil kitobiga kiritilgan 180 dan ortiq o'simlik turi yashaydi. ya'ni, qizil kitobga kiritilgan o'simlik va hayvon turlarining deyarli yarmi muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan tashqarida o'smoqda va. Xorijlik fuqarolarga esa ushbu hayvonni ov qilishning barcha turlari bo'yicha tutishga 3 ming dollar miqdorida to'lov belgilangan. shunday qilib, o'zbekiston "qizil kitobi"ga kiritilgan 2 ta tyanshan qo'ng'ir ayig'ini otish uchun rossiya fuqarosi yevgeniy shirokovga 2021 yil 3 mart kuni №400030 son ruxsatnoma berilgan. Ta'kidlash lozimki, «qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan yilga aniqrog' bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz. o'zbekiston respublikasi «qizil kitob»ida o'simlik va hayvonot turi, oilasi, avlodi, turkumi tartibida alfavit bo'yicha ro'yxatga olingan va har bir o'simlik ko'rgazmali tarzda. Birinchi qizil kitob 1984 yilda, so'ngi nashri 2019 yilda nashr etilgan bo'lib, unga 314 ta o'simlik turi va 206 ta hayvon turlari kiritilgan.

Mashg'ulotlar qiziqarlik va bolalar uchun esta qolarlik o'tkazish maqsadida o'yin tarzida quyidagi mashg'ulotlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Mashgulot mavzusi: Soz oyini.

O'qituvchi qizil kitobga kiritilgan o'simlik va hayvonlar turlari bilan bolalarni tanishtiradi. Shaxmat donasidek bolalar joylashririlib, qizil kitobga kiritilgan o'simlik va hayvon nomini

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

galma-gal aytadi. Takrorlagan yoki topa olmay qolgan ishtirokchilar o'yinni tark etadi. O'yin shu tariqa davom etadi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilar o'qituvchi tomonidan ko'krak nishoni bilan taqdirlanib boriladi.

Xulosa. Demak, ekologik muammolarni bartaraf etish, ekologik bilim va madaniyatni oshirish uchun avvalo yosh avlodni ekologik savodxonligini oshirishimiz ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalari, maktab darsliklarida ekologik muammolar, tabiatni asrab avaylash, tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalshga oid materiallar bilan boyitish, til o'rgatish darsliklarini tabiat manzaralari, o'simlik va hayvonlar bilan o'quvchini suhbat dialoglarini kiritish orqali fanlarni o'zlashtirish bilan hamohang o'quvchida ekologik madaniyatini oshirish, ekologik ongni shakllantirish tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni shakllantirib boradi.

References:

1. Ponomareva I. N. Ekologicheskoe obrazovanie v ros- siyskoy shkole: Istoriya. Teoriya. Metodika : / I. N. Ponomareva, V. P. Solomin; pod red. B. P. Solomina. - SPb., 2004.

2. Praktikum po ekologii / N. D. Andreeva, V. P. Solomin i dr. - SPb., 2000.

3. Rogovaya O. G. Ekologicheskoe modelirovanie: prak- tika. - SPb., 2007.

4. Solomin V. P. Ekskursii v prirodu / V. P. Solomin, I. Ya. Lanina. - SPb., 1999. 6. Selivanov V. S. Osnovbi obm,ey pedagogiki: teoriya i metodika vospitaniya /pod red. V. A. Slastenina. - M., 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.