Научная статья на тему 'MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘RGATISH JARAYONINING MAVJUD HOLATI'

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘RGATISH JARAYONINING MAVJUD HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta`lim tashkilotlari / respondentlar / tajriba-sinov / tahlillar va natijalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asiljonova Shohsanam Doniyor Qizi

Jadal rivojlanayotgan davrda yashar ekanmiz, yosh avlodga qo`yilayotgan talablar ham zamonaviy tus olib bormoqda. Hozirgi davrda biror bir xorijiy tilni bilmagan yoki o`rganmayotgan insonni topish mushkul ish hisoblanadi. Zero, Karl Marks ta`kidlaganidek, “Hayotiy kurashda Chet tili qurol”. Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining bugungi kunda ingliz tilida o`zlashtirgan bilimlarining qisqacha tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘RGATISH JARAYONINING MAVJUD HOLATI»

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O'RGATISH JARAYONINING MAVJUD HOLATI

Asiljonova Shohsanam Doniyor qizi

Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "Maktabgacha ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi" mutaxassisligi

2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11260439

Annotatsiya. Jadal rivojlanayotgan davrda yashar ekanmiz, yosh avlodga qo yilayotgan talablar ham zamonaviy tus olib bormoqda. Hozirgi davrda biror bir xorijiy tilni bilmagan yoki o rganmayotgan insonni topish mushkul ish hisoblanadi. Zero, Karl Marks ta kidlaganidek, "Hayotiy kurashda Chet tili qurol". Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining bugungi kunda ingliz tilida o'zlashtirgan bilimlarining qisqacha tahlili yoritilgan.

Kalit so^zlar: maktabgacha ta lim tashkilotlari, respondentlar, tajriba-sinov, tahlillar va natijalar.

Аннотация. Поскольку мы живем в эпоху стремительного развития, требования, предъявляемые к молодому поколению, также становятся современными. В наше время трудно найти человека, который не знает или не изучает иностранный язык. Ведь, как сказал Карл Маркс: «Иностранный язык - оружие в жизненной борьбе». В данной статье представлен краткий анализ знаний, приобретаемых сегодня учащимися группы подготовки к школе на английском языке.

Ключевые слова: организации дошкольного образования, респонденты, эксперимент, анализ и результаты.

Abstract. As we live in a time of rapid development, the demands placed on the young generation are also becoming modern. Nowadays, it is difficult to find a person who does not know or is not learning a foreign language. After all, as Karl Marx said, "A foreign language is a weapon in the struggle of life." In this article, a brief analysis of the knowledge acquired by students of the school preparation group today in English is covered.

Keywords: pre-school education organizations, respondents, experiment, analysis and

results.

Kirish

Yurtimizda chet tillarni o'qitishning jadal rivojlanishiga 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan 1875-sonli "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari" nomli Prezident qarori ulkan zamin yaratdi. Ushbu qarorda chet tillarini boshlang'ich sinflardan boshlab o'qitishga joriy etilishi nazarda tutilganligi esa, chet tillarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham o'qitishni yo'lga qo'yish zaruratini keltirib chiqardi[1]. 2017-yil 30-sentabrda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to,g,risida"gi PQ-3035-sonli qarori asosida yurtimizda maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi, bu esa o'z navbatida maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning ilk boshlang'ich bo'g'ini sifatida rivojlanishiga sabab bo'ldi.[2] Shuning bilan birga, yuqorida ta'kidlanganimizdek, maktabgacha ta'lim sohasida xorijiy tillarni o'rgatilishini yanada rivojlanishiga zamin yaratdi.

Ilmiy tadqiqot ishimiz yuzasidan tajriba-sinov doirasida tayyorlov guruhi

tarbiyalanuvchilari uchun savolnomalar tayyorlangan bo'lib, quyida ushbu savolnoma natijalari bo'yicha olingan natijalar taqdim etiladi. Malumot ornida aytishimiz kerakki, mavzu doirasida tajriba sinov ishlarimiz Toshkent, Samarqand va Namangan viloyatlarida olib borilgan.

Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari uchun tuzilgan savolnomada jami 8ta savol mavjud bo'lib, ushbu savollar ularning ingliz tilini qanday o'zlashtirganligini, qaysi til konikmalariga oid bilimlarga ega ekanligini aniqlash maqsadida tuzilgan. Dastlabgi 4ta savol tarbiyalanuvchilarning lug'at boyligini aniqlash doirasida tuzilgan bo'lib, olingan javoblar tarbiyalanuvchilarning sozni naqadar taniy olishi hamda fonetik jihatdan to'g'ri talaffuz qila olishi mezonlariga kora baholandi. Keyingi 4ta savol esa asosan soz birliklari hamda qisqa oddiy gaplar asosida tuzilgan bo'lib, tarbiyalanuvchilarning ingliz tilida produktiv qobiliyatini aniqlash maqsadida kiritilgan.

Quyidagi jadval asosida ilmiy tadqiqot ishimiz respondentlari bo'lgan maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarini savolnoma asosida savollarga bergan javoblari yuzasidan tahliliy malumotlar beriladi.

1-jadval

Viloyatlar

Namangan Samarqand Toshkent viloyati

Respondentlar soni 354 175 194

Savollar Berilgan to^g^ri javoblar

1 313 164 167

2 311 163 161

3 318 148 150

4 298 150 157

5 210 111 113

6 234 114 94

7 221 101 94

8 225 112 85

Yuqorida berilgan jadvaldan shu malum bo ldiki, dastlabgi 4 savo lga tarbiyalanuvchilar

tomonidan nisbatan koproq tog'ri javob berilgan. Buning sababi esa yuqorida keltirilganidek, savollar leksik birliklar va ularning ma'no va to'g'ri talaffuz qilish doirasida tuzilgan edi. Mazkur savollarga berilgan javoblar o'rganilganda maktabgacha talim tarbiyalanuvchilari ingliz tili mashg'ulotlarida so'zlarni-leksik birliklarni ozlashtirish darajasi yuqori ekanligi malum boldi.

Savolnomaning 5-8-savollari tahlil qilinganda tinglovchilarda to'g'ri javoblar soni ancha pasayib ketganligini, aksariyat hollarda tarbiyalanuvchilarning yarmidan koproq qismi savollarga noto'g'ri javob berganligini kuzatishimiz mumkin. 5-6- savollarda asosiy e'tibor "I have..." hamda "It is..." iboralarini bilish va amalda tushuna olish bilan bog'liq bo'lgan bo'lsa, 7-8-savollarning javobi "I can..." iborasini bilish va bajara olish bilan bog'liq. Bu birliklarni bilish,

amalda qo'llay olish ingliz tilida muloqotga kirishish uchun zamin yaratadi, ya'ni tilni produktiv qo'llashga ilk davrlardanoq xizmat qiladi. Ushbu holatdan malum bo'ladiki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili mashg'ulotlari o'qitilishida asosiy e'tibor ingliz tili leksikasini o'rgatish bilan cheklanib qolyapti, tarbiyalanuvchilar igliz tili ta'limiy faoliyati davomida xorijiy tilda yangi so'zlar o'rganish, ularni yodlash va takrorlash bilan kifoyalanishyapti deb xulosa qilishimiz mumkin.

Xulosa

Yuqoridagi ikki savolnoma natijalari umumlashtirilganda, maktabgacha ta'lim sohasida ingliz tili mashg'ulotlari bugungi kunda qanday olib borilayotganligi, sohadagi yutuq hamda kamchiliklar qisman ravshanlashdi. Ingliz tili ta'limiy faoliyatini o'tish, ayniqsa ushbu faoliyat davomida o'qitiladigan bilimlarning naqadar to'g'ri tartibda amalga oshirilayotganligi, tarbiyalanuvchilarni maktab ta'limiga tayyormi yo yo'q ekanligini aniqlash, ingliz tili ta'limiy faoliyatini o'qitishda maktabgacha ta'lim hamda maktab ta'limi o'rtasida uzviylikni ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini ingliz tilida to'laqonli tayyorlash kabi masalalarni ilmiy tadqiqot ishimizda to'laqonli ravishda yoritishga harakat qilamiz.

REFERENCES

1. 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan PQ-1875 "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari"

2. "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3035-sonli qarori

3. Hadfield, Jill (1999). Beginners' Communication Games. England: Longman. Ingvar Sigurgeirsson (1999).

4. Ingvar Sigurgeirsson i samvinnu viö nemendur i Kennarahaskola islands (1995).

5. Jeremy Harmer (2009). Teaching Speaking. Teaching speaking at lower secondary level and EFL learning and second language acqusition. Reading handouts. Reykjavik: University of Iceland - School of Education.

6. Langran, John & Purcell, Sue (1994). Language Games and Activities [Rafran heimild]

7. Shohsanam Doniyorovna Asiljonova (2023). METHODOLOGIES FOR TEACHING ENGLISH IN EARLY CHILDHOOD EDUCATION. Academic research in educational sciences, 4 (5), 632-639.

8. Asiljonova, S (2024). THE CONTENT OF IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING ENGLISH TO CHILDREN OF THE PREPARATORY GROUP FOR SCHOOL. Academic research in educational sciences, 5 (2), 96-102.

9. Kalmuratov T.N. ALGORITHM FOR EDUCATION QUALITY MANAGEMENT IN NONSTATE SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnaliVolume 2 Issue 5. 7 bet

10. Mavlonov N. Sh Approaches to the formation and development of information competence of teachers, J: JournalNX-A multidisciplinary peer reviewed journal 2021-yil fevralda, 45-48

11. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.