Научная статья на тему 'MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV USULLARI'

MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fikrlash qobiliyati / zamonaviy yondashuvlar / maktab yoshidagi o‘quvchilar / tanqidiy fikrlash / ijodiy fikrlash / interaktiv o‘quv metodlari / raqamli texnologiyalar. / Thinking skills / Modern approaches / School-aged students / Critical thinking / Creative thinking / Interactive learning methods / Digital technologies.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdusaidov S.U., Umrzoqova B.U.

Ushbu maqolada maktab yoshidagi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy yondashuv usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o‘qituvchilarning roli, kelajakdagi tendensiyalar va yangi innovatsiyalar haqida ham so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACH METHODS IN DEVELOPING THINKING ABILITY OF SCHOOL-AGE STUDENTS

This article examines modern approaches to the development of thinking ability of school-aged students. The article also discusses the role of teachers, future trends and new innovations.

Текст научной работы на тему «MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV USULLARI»

Abdusaidov S. U. asisistent Jizzax Politexnika instituti Umrzoqova B. U.

Baxmal tumani 67- umumta'lim maktabi O'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari

MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNING FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV

USULLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab yoshidagi o 'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda zamonaviy yondashuv usullari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada o 'qituvchilarning roli, kelajakdagi tendensiyalar va yangi innovatsiyalar haqida ham so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: fikrlash qobiliyati, zamonaviy yondashuvlar, maktab yoshidagi o 'quvchilar, tanqidiy fikrlash, ijodiy fikrlash, interaktiv o 'quv metodlari, raqamli texnologiyalar.

Abdusaidov S.

Assistant. Jizzakh Polytechnic Institute

Umrzokovna B.

Deputy director for educational affairs of the 67th comprehensive school of

Bakhmal district

MODERN APPROACH METHODS IN DEVELOPING THINKING ABILITY OF SCHOOL-AGE STUDENTS

Abstract. This article examines modern approaches to the development of thinking ability of school-aged students. The article also discusses the role of teachers, future trends and new innovations.

Keywords: Thinking skills, Modern approaches, School-aged students, Critical thinking, Creative thinking, Interactive learning methods, Digital technologies.

Bugungi kunda dunyo tezkor suratlarda rivojlanmoqda va bilim iqtisodiyoti davriga kirib bormoqda. Ushbu sharoitda yosh avlodning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish nafaqat individual muvaffaqiyat uchun, balki jamiyatning umumiy taraqqiyoti uchun ham nihoyatda muhimdir. Maktab yoshidagi o'quvchilarni tanqidiy, analitik va ijodiy fikrlashga o'rgatish ularning kelajakdagi hayotida muhim rol o'ynaydi, chunki zamonaviy jamiyatda oddiy bilimlarni yod olishdan ko'ra, muammolarni hal qilish, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish ko'nikmalari ko'proq talab qilinadi.

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

32

Ta'limdagi yangilanish faqat o'quvchilarga yangicha bilim berishni nazarda tutmasdan, balki jamiyat, davlat, tabiat va mehnatga munosabat tizimini o'zgartirishni ham ko'zda tutadi. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish borliqni, voqelikni idrok etish usuli sifatida tafakkur jarayonining mahsuli-oliy natijasidir. U faoliyat bilan bog'liq bo'lib, mustaqil ish jarayonida shakllanadi. Narsa va hodisalarning mavjudligi aloqadorlikdan iboratdir. Aloqadorlik buzilsa, mavjudlikda ham o'zgarish ro'y berishini anglash, isbotlash, tushuntirish, fikrlash shakllanishining tadrijiy bosqichlaridir. Fikrlash insonga hayot baxsh etadigan kuchdir. Ya'ni, inson mustaqil fikrlash orqali tirik. Fikrsiz inson yaratish va o'sishga qodir bo'lmagan o'lik jussaga aylanadi. Ta'limda faqat bilimlarni tarkib toptirishga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligining past bo'lishiga olib keladi. Fikrlash qobiliyati rivojlangan o'quvchigina bilimlarni mustahkam o'zlashtiradi. Shu sababli o'quvchilarni fikrlashga o'rgatish juda muhim.

Demokratik pedagogikaning asoschisi, mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiy ilg'or fikrlari bilan zamonasining sxolastikaga asoslangan o'qitishning dogmatik usuliga qarshi chiqib, insonning hissiy bilishdan aqliy bilishga borishigacha bo'lgan yo'ldagi ma'rifatning o'rnini ilmiy asoslab berdi. Ulug' olim o'zining «Buyuk didaktika» asarida insonning bilim olish uchun uning butun yoshlik davri, 24 yoshgacha bo'lgan umri sarflanadi, deydi. Shu davrni to'rt qismga ajratib, har bir davr o'ziga mos maktab bo'lishi lozimligini ko'rsatadi. «Avvalo, -deydi u,- tashqi sezgilar vositasi bilan narsalarning o'zlari bilib olinadi, chunki narsalar bevosita sezgilarga ta'sir etadi. So'ngra, o'z navbatida, ichki sezgilar harakatga kelib, tashqi sezgilar yordamida bilib olingan narsalarning in'ikosini o'zida aks ettiradi, mujassamlashtiradi va xotira yordamida, shuningdek, qo'l harakatlari va nutq yordamida ifodalaydi. Shundan so'ng aql ishga kirishadi va batafsil fikr yuritib, hamma buyumlarning o'zaro munosabatlarini puxta o'rganish uchun ularning barchasini o'lchab, taqqoslab ko'radi. Bu esa narsalarni va ular haqidagi fikrlarni to'g'ri tushunib olishga imkon beradi. Nihoyat bularning barchasida iroda o'zining qonuniy kuchini ko'rsatishi lozim. Chunki iroda insonning barcha harakatlarini birlashtiradi va boshqaradi» Demak, olim sezgilardan boshlanadigan bilish bosqichlarini ko'rsatib berar ekan, aqlning mustaqil fikrlashni yo'lga qo'yishini va shuning natijasidagina to'g'ri fikrlarning tushunib olinishini ko'rsatib beradi.

Zamonaviy yondashuv usullari quyidagilar:

1. Interaktiv o'quv metodlari:

- Munozaralar va debatlar: O'quvchilarning tanqidiy va analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun.

- Rol o'yinlari va simulyatsiyalar: Hayotiy vaziyatlarni yechishda ijodiy yondashuvlarni shakllantirish.

2. Loyihaviy ta'lim:

- Loyihalar asosida o'rganish: O'quvchilarga mustaqil va guruhiy loyihalar berish orqali mas'uliyat va hamkorlik qobiliyatlarini oshirish.

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

33

- Tadqiqot va innovatsiyalar: O'quvchilarga yangi g'oyalar va yechimlar topish uchun tadqiqot qilish imkoniyatlarini yaratish.

3. Raqamli texnologiyalar va vositalar:

- Kodlash va dasturlash: Kompyuter dasturlash orqali mantiqiy va tizimli fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

- Onlayn ta'lim platformalari: Khan Academy, Coursera, EdX kabi platformalarda turli kurslardan foydalanish.

- Interaktiv dasturlar va o'yinlar: Ta'lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish uchun raqamli o'yinlar va dasturlar.

4. Kreativ fikrlashni rivojlantirish:

- Ijodiy yozuv va san'at: Hikoyalar yozish, rasm chizish va boshqa san'at turlari orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirish.

- STEM va STEAM dasturlari:Fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika bo'yicha keng qamrovli bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish.

5. Ko'ngilochar va ta'limiy faoliyatlar:

- Ekoklub va ilmiy jamiyatlar: O'quvchilarni ekologik va ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish.

- Madaniy va sport tadbirlari: Jismoniy va madaniy faoliyatlar orqali ijtimoiy va jamoaviy ko'nikmalarni rivojlantirish.

Xulosalarimizga binoan quyidagi amaliy takliflarni berishimiz mumkin:

1. Tanqidiy fikrlashni turli yo'llar bilan belgilash mumkin bo'lsada, uning asosiy tarkibiy qismi -qoniqarli natijaga erishish istagi haqida umumiy kelishuv mavjud va bunga oqilona fikrlash va natijalarga yo'naltirilgan ish orqali erishish kerak.

2. O'quvchilar o'ziga ishonchni orttirish va o'z fikri hamda g'oyalarining kadrini tushunishi, o'quv jarayonida faol ishtirok etishi, turlicha fikrlarni e'tibor bilan tinglashi, o'z hukmlarini shakllantirishi lozim. O'quvchi-yoshlarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish maqsadida oq'ituvchi o'quv mashg'ulot jarayonida rang -barang fikrlar, faollik, tavakkalchilik, fikrlarni kadrlash, fikrlarning qimmatliligi, o'zaro fikr almashuv, tanqidiy fikrlarni ta'minlovchi savollarga ustuvorlik berishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Axadova, K. (2023). Bo'lajak muhandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo'llaniladigan zamonaviy metodlar. O'zbekiston milliy universiteti.

2.Axadova, Komila. "Texnik oliy ta'limda matematikaning mutaxassislik fanlari bilan integratsiyasini ta'minlash vositalari." Science and innovation (2022).

3. J. Khamidov, and K. Akhadova. "THE ROLE OF MATHEMATICS IN THE FORMATION OF DESIGN COMPETENCE OF FUTURE ARCHITECTS AND BUILDING ENGINEERS" Science and innovation, vol. 2, no. A1, 2023, pp. 97102. doi: 10.5281/zenodo.7541432.

4. Axadova, K. "TEXNIKA OLIY O'QUV YURTLARIDA OLIY MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA KOMPETENSIYAVIY

YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH MUAMMOLARI" JizPI Nashriyoti, 2021.

5. Axadova, K. "Bo'lajak muhandislarning matematik kompetentligini rivojlantirish masalalari". Namangan Davlat Universiteti, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.