Научная статья на тему 'KIMYO FANINI OʻQITISHDA INTERFAOL MEDIAVOSITA VA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI METOD SIFATIDA QOʻLLASHNING AHAMIYATI'

KIMYO FANINI OʻQITISHDA INTERFAOL MEDIAVOSITA VA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI METOD SIFATIDA QOʻLLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
837
200
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kimyo fani / interfaol mediavositalar / metod / zamonaviy pedagogik texnologiya / smart texnologiya / munozara / mustaqil fikrlash / ijodiy izlanish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ismailov Saidjon Azamjonovich

Ushbu maqolada oliy ta’limda kimyo fani va uni oʻqitish metodikasini takomillashtirishda interfaol mediavosita va interfaol ta’lim texnologiyalarni metod sifatida qoʻllashning nazariy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy ilgʻor pedagogik texnologiyalar boʻlajak kimyo fani talabalar egallagan bilim koʻnikmalarni interfaol mediavositalarni qoʻllash orqali oʻzlari mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga undaydi. Oliy ta’limda kimyo fani va uni oʻqitish metodikasini takomillashtirishda interfaol mediavosita va interfaol ta’lim texnologiyalarni metod sifatida qoʻllash talabalar dunyo qarashini kengaytiribgina qolmay, mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga undaydi va ularning tashabbuskorligini oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KIMYO FANINI OʻQITISHDA INTERFAOL MEDIAVOSITA VA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI METOD SIFATIDA QOʻLLASHNING AHAMIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

KIMYO FANINI O'QITISHDA INTERFAOL MEDIAVOSITA VA INTERFAOL TA'LIM TEXNOLOGIYALARNI METOD SIFATIDA QO'LLASHNING

AHAMIYATI

Ismailov Saidjon Azamjonovich;

Nizomiy nomidagi TDPU "Kimyo va uni o'qitish metodikasi" kafedrasi dotsent v/b PhD Umumiy o'rta ta'lim, kasb-hunar ta 'limi va oliy ta 'limda kimyo fani va uni o'qitish

metodikasini takomillashtirish

E-mail: Ismailov.s.@,mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta'limda kimyo fani va uni o'qitish metodikasini takomillashtirishda interfaol mediavosita va interfaol ta 'lim texnologiyalarni metod sifatida qo'llashning nazariy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalar bo'lajak kimyo fani talabalar egallagan bilim ko'nikmalarni interfaol mediavositalarni qo'llash orqali o'zlari mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga undaydi. Oliy ta'limda kimyo fani va uni o'qitish metodikasini takomillashtirishda interfaol mediavosita va interfaol ta 'lim texnologiyalarni metod sifatida qo'llash talabalar dunyo qarashini kengaytiribgina qolmay, mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga undaydi va ularning tashabbuskorligini oshiradi.

Kalit so'zlar: kimyo fani, interfaol mediavositalar, metod, zamonaviy pedagogik texnologiya, smart texnologiya, munozara, mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish.

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7552655

Kirish qismi

Bugungi kunda kimyo fanini o'qitishda interfaol usullaridan foydalanish asosiy metodikaga oid g'oyalar bilan chambarchas bog'liqdir. O'qitishning interfaol shakllari va usullaridan foydalanish, talabalarning kognitiv faolligini faollashtirishga, o'quv materialini mustaqil ravishda tushunishga yordam beradi. Interfaol usullar bilim, ko'nikma, yangi malakalarni ya'ni talabaning asosiy kompetentsiyalari bo'lmish: o'rganish, izlash, fikrlash, hamkorlik qilish kabi o'z ustida ishlab, mashq qilish va rivojlantirish imkonini beradi. Aynan interfaol ta'lim o'qituvchiga bilish faoliyatini tashkil etishga yordam beradiki, deyarli barcha o'rganuvchilar izlanish, o'rganish jarayonida ishtirok etadilar.

Kimyo fanini o'qitishda interfaol tushunchasini o'rganar ekanmiz, "interaktiv, interfaol" atamasi pedagogikada birinchi marta 1975 yilda nemis tadqiqotchisi Xans Frits tomonidan qo'llanilgan.

Hozirgi vaqtda pedagogika fanida "interfaol ta'lim, interfaol metod, interfaol mediavosita" tushunchalari shakllanib, takomillashtirilmoqda.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Olimlardan N. Suvorova, S. Zair-Bek interfaol ta'limni interfaol muloqot deb tushunadilar, bunda o'rganuvchilar tanqidiy fikrlashni, qaror qabul qilishni, muhokamalarda ishtirok etishni va boshqa odamlar bilan muloqot qilishni o'rganadilar. [1, 25-27b ;2, 12-son.] M.V. Klarin talabalarning bilim faolligini har tomonlama rag'batlantirish zarurligini ta'kidlaydi, buning uchun har xil turdagi interfaol metodlardan foydalanish, va uning davomida tasavvurga, analogiya va metaforalarga tayanish, kontseptual modellar bilan ishlash va hokazo. [3, 84-b; 4, 56-b]

O. Pometun ta'limda interfaol ta'lim texnologiyalarni va mediavositalarni qo'llash haqida gapirar ekan, u hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o'yinlardan foydalanish, holat va vaziyatlarni tahlil qilish asosida kimyo faniga oid masalalarni birgalikda hal etishni nazarda tutadi, deb hisoblaydi. [5, 12-b] Tadqiqot metodlari

Kimyo fanini o'qitishda interfaol mediavosita va interfaol ta'lim texnologiyalarni metod sifatida qo'llashni tahlil etar ekanmiz, kimyo fanida interaktiv mediavosita - to'g'ridan-to'g'ri kimyo faniga oid fikr-mulohaza yuritish, auditoriya bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega ommaviy axborot vositalaridir. Ularni amalga oshirish mobil telefon, video, sun'iy yo'ldosh va internet aloqasi, kompyuter va video o'yinlar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, interfaol ta'lim texnologiyalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• Munozara

• Kompyuter simulyatsiyalari

• Ishbilarmonlik o'yini

• Keys texnologiyasi

• Smart texnologiyasi

• Ma'ruza xatolar bilan

• Aqliy hujum

• Videokonferensiya

• Vebinar

• Loyiha

Munozara interfaol ta'lim texnologiyalarining turlaridan biridir. Bu ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari o'rtasida muayyan mavzu, vazifa va hodisani birgalikda o'rganish, muhokama qilishdir. Munozara mashg'ulotlarini o'tkazish talabalarning bilim faolligini rag'batlantiradi, muhokama qilinayotgan mavzu bo'yicha dalillarni tayyorlash va o'z pozitsiyasini himoya qilish orqali yangi bilimlarni yanada mazmunli o'zlashtirishga yordam beradi [12; 4714-477-b].

Kompyuter simulyatsiyalari ham interfaol ta'lim texnologiyalarining turlaridan biridir. Ular o'rganilayotgan ob'ekt, hodisaning kompyuter yordamida virtual modeli bilan talabalarning ishini ifodalaydi.

Kompyuter simulyatsiyasi texnologiyasidan foydalanish talabalarga turli sabablarga ko'ra real obyektlar, hodisalar mavjud bo'lmagan sharoitlarda o'zlarining kasbiy faoliyati uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minot majmualari bilan ishlashni o'rganish, nazariy bilimlarni,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

amaliy (kasbiy) ko'nikmalami mustaqil ravishda o'zlashtirish imkonini beradi [13; 1578-1582-b].

Ishbilarmonlik o'yini muammoli kasbiy vaziyatni modellashtirish, masalani echishda ma'lum bir holatga ko'ra ishtirokchilarning roli o'zaro ta'siri jarayonida, qoidalarni o'rnatish, syujetni ishlab chiqish, o'yinchilar jamoalarini va "mutaxassislar guruhini" shakllantirish orqali erishiladi va so'nggi qaror ya'ni masala echimi baholanadi. Ishbilarmonlik o'yinini o'tkazish jamoa qarorlarini birgalikda tayyorlash jarayonida talabalarning kasbiy bilim va ko'nikmalarni egallashda, nostandart kasbiy vazifalarni hal qilishda, mustaqil ta'limni tashkil etishga yordam beradi.

Keys texnologiyasi talabalarning muammoli vaziyatni tasvirlash shaklida muammoni hal qilishidir. Keys texnologiyasini amalga oshirish talabalarda kasbiy, amaliy muammolarni hal qilishda kompleks yondashuvni qo'llash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi, talabalarda tanqidiy, tahliliy, ijodiy fikrlash, yumshoq ko'nikmalarni rivojlantirishni rag'batlantiradi.

Smart texnologiyasida bilimlar sodda, oddiylik bilan, maqsadli, motivatsion, mazmunli, shuningdek boshqa fan soxalari bilan o'zaro bilan chambarchas bog'lanib, realistik faktlarga asoslangan aniq ma'lumotlar, to'g'ri taqsimlangan vaqt asosida beriladi.

Ma'ruza xatolar bilan, talabalarning ma'ruza davomida o'qituvchi tomonidan rejalashtirilgan xatolarni aniqlashga qaratilgan tahliliy faoliyatni nazarda tutadi.

Ma'ruzada xatolarini topish, so'ng ularni tahlil qilish va tuzatish talabalar bilimini mustahkamlashga, o'quv materialini, uning eng qiyin tomonlarini chuqurroq o'zlashtirishga yordam beradi [14; 1570-1577-b].

Aqliy hujum, talabalarning ijodiy faolligini oshiradi, aniq mavzu bo'yicha mavjud bilimlarini kengaytiradi, tanqidiy va analitik tafakkurini rivojlantiradi.

Videokonferensiya, videomuloqot - muloqot qobiliyatlarini konstruktiv, mantiqiy va qisqacha bayon qilish qobiliyati, bajarilgan ish natijalarini taqdim etish ko'nikmalarini rivojlantiradi [15].

Veb-seminar yoki vebinar, virtual sinf orqali tashkil etilgan bo'lib, unda internet tarmog'iga ulangan kompyuterlar va maxsus dasturiy ta'minotdan foydalangan holda ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini onlayn tarzda olish imkoniyati mavjud [16; 62-68-b].

Vebinar 12-15 kishilik o'quv guruhlari uchun darslarga qo'llaniladi. Vebinarning tavsiya etilgan davomiyligi 1,5 astronomik soatdan (2 akademik soat) oshmaydi.

Trening 25 kishigacha bo'lgan o'quv guruhlari uchun sinflarda qo'llaniladi. Sinf xonasida o'quvchilarning erkin harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilishi kerak, "mashq to'garagida" o'rindiqlarni tashkil qilish imkoniyati ta'minlanishi kerak [17; 82-85-b].

Loyiha usuli 30 kishigacha bo'lgan o'quv guruhlari uchun qo'llaniladi. U yakka tartibda, juftlikda yoki o'quvchilarni guruhlarga bo'lish yo'li bilan (har biri 5-6 kishidan) amalga oshirilishi mumkin. [7, 514-522-b]

Pedagog olimlar M.A. Danilov va B.P. Esipov o'quv jarayonini tashkil qilish maqsadlari va uni amalga oshirish bosqichlariga ko'ra dars o'tish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:

> bilimni egallash;

> malaka va ko'nikmalarni shakllantirish

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

> olingan bilimni amalda qo'llash;

> ijodiy faoliyat;

> olingan bilimni mustahkamlash

> bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish metodlari . [8, 20-b] Natijalar va Muhokama

Hozirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o'zgarishlar, islohotlar ta'lim standartlarini o'zgartirishga, yangi fan kursi, o'quv fanlarini kiritishnigina emas, shuningdek, darslarda qo'llaniladigan metodlarini ham o'zgartirishni, talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta'minlaydigan interfaol mediavositalar va turli interfaol ta'lim texnologiyalarini metod sifatida qo'llash ehtiyojlarini keltirib chiqardi. Shuning sabab xorij pedagogikasida asosiy e'tibor talabalarda ana ushbu xislatlarni hosil qilishga qaratildi [18; 1109-1104]. Tajriba talabalarda aynan shu xislatlar, ko'nikmalarni hosil qilishda dars berishning interaktiv mediavositalari va interaktiv ta'lim texnologiyalrini metod sifatida qo'llash ijobiy natija berishini ko'rsatdi. Aynan ushbu uslublar dars o'tishni turli tarzda amalga oshirishga, ayniqsa, talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlashga qaratilgan [19; 91-

Ushbu dastur ilovasi "Red-oks reaksiyasi - Kimyo" deb nomlanib, ushbu ilova orqali talabalar, rang-barang tasvirlar va videolarni vizualizatsiya qilish orqali oksidlanishning qaytarilish reaktsiyalar jarayonini kuzatadilar va oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini muvozanatlab oson va qiziqarli tarzda o'rganadilar va bu foydali interaktiv ilovadir [20; 147-148-b].

Kimyoviy reaksiyalarni o'rganish kimyo jarayonining asosiy qismi hisoblanib, ushbu yuqoridagi dastrudan tashqari yana bir foydali "kimyoviy reaksiyalar" deb nomlangan mobil ilova ham kimyoviy reaksiyalarni o'rganishda samarali, ijobiy natijalarni bermoqda [11; 85-90-b].

93-b].

Power plants Domestic coal use

Liquid phase

Agriculture

JOL JRNA L-RESEA RCHS.COM

I

27

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari

«TtTtT

t* r

W Element f pteffl KtelotaUri »Sief

F V florid kislota NaF - och-yaidiil

i * a 1 XloridkiMota NaCl HC104 HMyiM

1 K 1 Bromid kisloU NaBr HBr04 qMfUh-qo'nxir

1 0 1 Yodidkislota Nal hio4 to'q kulrang qattiqkmUi)

Bundan tashqari turli xil web sayt, online, offline dasturlar orqali mavzuga oid bilimni chuqurroq egallab darsda misollarni yechib, ularning javoblarini tahlil qilish ham mumkin. Shuningdek, hozirda dars jarayonida virtual laboratoriyalardan foydalanish ham keng qo'llanilgan [10; 121-125-b].

Ta'limda virtual laboratoriyalardan foydalanishning afzalliklari:

• Yuqori darajadagi uskunalardan virtual foydalanish

• Murakkab tushunchalarni o'rgatish uchun ko'rgazmali qo'llanma bo'lib xizmat qilishi

• Talabalar xavfsizligini ta'minlanganligi

• O'quvchilarni fanga qiziqtirib jalb etish

• Tezkor fikr-mulohazalarni taklif qilish

• O'rganish moslashuvchanligini ta'minlashi

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

• Jismoniy laboratoriyalarga hamyonbop muqobil [9, 864-b]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ushbu tadqiqot mavzusining yangiligi, hozirda kredit modul ta'lim tizimida kimyo fanini chuqurroq o'rganishda mustaqil ta'lim ko'nikmlarini rivojlantirihda ushbu mavzu samarali natijalarini beribgina qolmay, talabalarni o'z ustida yanda ishlashga undaydi [21; 17-

Xulosa qilib aytganda, zamon talab darajasida o'quv jarayonini tashkil etish, kimyo fanini o'qitishda interfaol mediavosita va interfaol ta'lim texnologiyalarni metod sifatida qo'llash alohida ahamiyat kasb etib, ko'zlangan maqsadga erishishni kafolatlashga yordam beradi.

O'qituvchi talabalarning ijodiy fikrlashini shakllantirishga xizmat qiluvchi interfaol mediavosita va ta'lim texnologiyalari talabalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim vositadir. Oliy ta'limda kimyo fanini o'qitishda interfaol mediavosita va interfaol ta'lim texnologiyalarni qo'llash vaqtni tejab, dars mashg'ulotlarini qiziqarli, zamon talabiga xos tarzda o'tishiga va talabalarning ta'lim olishdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi, mustaqil ijodiy fikrlashga o'rgatadi. Interfaol mediavosita va interfaol ta'lim texnologiyasi asosida mashg'ulotlarni olib borish, fanni yanada chuqurroq o'rganishga zamin yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Suvorov, N.I. Interfaol ta'lim: yangi yondashuvlar / N. Suvorova. -M.: O'qituvchi, 2000. -№1. 25-27betlar.

2. Zair-Bek S. O'qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi /S.Zair-Bek.- M.: Maktab kutubxonasi. - 2001. - 12-son.

3. Klarin M.V. Interfaol ta'lim yangi tajribani o'zlashtirish vositasi sifatida /Klarin M.V. - M.: Pedagogika.2000. №7 84 b.

4. Klarin M.V. Jahon pedagogikasida yangiliklar: so'rov, o'yin va muhokama orqali o'rganish. (Xorijiy tajribani tahlil qilish). /Klarin M.V. - Riga: SPC "Tajriba", 1998. 56-b.

5. Pometun O.I., Pirozhenko L.V. Kundalik dars. Interfaol ta'lim texnologiyalari. / O.I Pometun- K.: A.S.K., 2004. 12-b.

6. Ishmuhamedov R.J. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari»( Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyanoma). / R.J. Ishmuhamedov .: T.0'qituvchi.2013.20-b.

7. Ismailov S.A., The importance of using spinner method, collaborative teaching technologies and the method of working in small groups in teaching chemistry. / S.A., Ismailov // Academic research in educational sciences. (SJIF)2021.p. 514-522

8. Mullaboyev N.A. Mineral o'g'itlar mavzusini o'qitishda yangi axborot va pedagogik texnologiyalaridan foydalanish. / N.A.Mullaboyev .: F:2021.20-b.

9. Ismailov S.A., Kimyo fanidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni axborot texnologiyalar yordamida o'qitish. / S.A., Ismailov // Science and Education. (SJIF) 2022.864-b.

10. Ergashovich, S. I. (2022, December). PREPARATION OF STUDENTS FOR INTERNATIONAL EXAMINATION STUDIES OF FUTURE CHEMISTRY TEACHERS

22-b].

Xulosalar

JOl R\A L-RESEA RCHS. COM

I

29

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

FORMATION OF SKILLS. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 3, pp. 121-125).

11. Ergashovich, S. I. (2022). TASKS AND IMPLEMENTATION OF INTERNATIONAL EVALUATION STUDIES IN UZBEKISTAN. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 2(18), 85-90.

12. Ergashovich, S. I. (2022). THE USE OF INTERNATIONAL ASSESSMENT RESEARCH COMPETENCIES IN THE FORMATION OF THE LITERACY OF FUTURE CHEMISTRY TEACHERS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(12), 471-477.

13. Shernazarov, I., & Xodjabayeva, N. (2022). XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLAR MATERIALLARIDAN FOYDALANISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI. Science and innovation, 1(B8), 1578-1582.

14. Bektosheva, S., & Shernazarov, I. (2022). O 'QUVCHILARDA FUNKSIONAL SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and innovation, 1(B8), 1570-1577.

15. Berdikulov, R. S. (2020). Developmental factor of chemical thinking of future chemistry teachers. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 2020.

16. Berdikulov, R. S. (2017). DEDUCTION OF CHEMICAL THOUGHT. European Research, (5), 62-68.

17. Berdiqulov, R. S. (2022). KIMYO TA'LIMIGA MANTIQ QOIDALARINI INTEGRATSIYALASH TO 'G 'RISIDA. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, (1), 8285.

18. Berdiqulov, R. (2022). DEDUCTIVE ANALYSIS TEACHING CHEMISTRY LOGICAL QUALITATIVE FOUNDATION. Science and Innovation, 1(8), 1109-1114.

19. Исмаилов, С. А. (2023). ОРГАНИЗАЦИЯ ЭКСПЕРИМЕНТАЛЬНЫХ ОПЫТОВ СОВРЕМЕННЫМИ МЕТОДАМИ ПРЕПОДАВАНИЯ ХИМИИ. Journal of new century innovations, 20(4), 91-93.

20. Ismailov, S. A., qizi Avazova, K. E., & Dangalova, A. A. (2022). THEORETICAL BASIS OF USING INTERACTIVE MEDIA RESOURCES IN TEACHING CHEMISTRY. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE, 1(6), 147149.

21. Amanov, R. A. (2023). Formation Of Concepts About the Periodic Law and the Structure of the Electronic Shells of Atoms of Elements. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 16, 17-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.