Научная статья на тему 'MAKTAB O‟QUVCHILARINI KASB-HUNARNI MUSTAQIL TANLASHGA TAYYORLASHNING NAZARIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI'

MAKTAB O‟QUVCHILARINI KASB-HUNARNI MUSTAQIL TANLASHGA TAYYORLASHNING NAZARIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O‟QUVCHILARINI KASB-HUNARNI MUSTAQIL TANLASHGA TAYYORLASHNING NAZARIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI»

MAKTAB O'QUVCHILARINI KASB-HUNARNI MUSTAQIL TANLASHGA TAYYORLASHNING NAZARIY METODOLOGIK YONDASHUVLARI

O. R. Quylieva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

Ayni paytda jahonda kasbga yo'naltirish ishlarini natijaviylik asosida tashkil etish usullarining ilmiy asoslarini takomillashtirish, o'quvchilarning kasbiy motivatsiyasini oshirishga doir o'quv mashg' ulotlarni joriy etish, kasbga yo'naltirishda kompetentsiyaviy yondashuvga asoslanganlik, o'quvchilarni kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash, o'quvchilarning o'zlari qiziqqan kasblarda o'z iqtidor va imkoniyatlarini erkin ro'yobga chiqarishlari hamda uning o'quv mazmunini, o'qitish shakllari va texnologiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kasb-hunarga yo'naltirish - umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi, tabiat in'om etgan (tug'ma) qobiliyatlarini rivojlantirish ko'maklashish, insonga kasbiy o'zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi bo'lib, uning imkoniyat va ehtiyojlarini xisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta'lim turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo'lgan ehtiyojlarda jamiyatning g'amxo'rligi sifatida namoyon bo'ladi. Kasb-hunarga yunaltirish ishining bosh maqsadi o'ziga xos usullar yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat. Kasb-hunarga yo'naltirishning asosiy maqsadi-yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kelgusi ta'lim yunalishini (akademik litsey yoki kasbhunar kolleji) tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo'lgan extiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.

Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlash jarayoniga, ta'lim jarayoni sifatida qaralishi kerak. Kasbni mustaqil tanlashga tayyorlashni shakllantirishda, kasb tanlovchini ongli va asoslangan kasbiy faoliyat turini tanlash imkonini beruvchi motivatsion munosabatini, kobiliyatni, muhim shaxsiy fazilatlarini ifoda etish va rivojlantirishga o'rgatish kerakki, shu orqali kasb tanlovchining o'zining shaxsiy ichki resurslarini ishga tushurish bilan o'zining kasbiy faoliyatini olib bora olsin.

Kasbiy faoliyat inson hayotida uning ijtimoiy intilishlarini, o'zini namoyon etishni va anglashni ta'minlashning asosi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash mumkinki, kasbga yo'naltirish, ta'lim jarayonida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va

309

ushbu bilimlarni kasbiy faoliyatni ko'nikma va mahoratga aylantirish ta'lim tizimining ustuvor yo'nalishi bo'lishi lozim.

Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartlari asosida turli darajalardagi ta'lim dasturlarining izchilligi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini uz ichiga oladi:

- maktabgacha ta 'lim;

- umumiy o'rta ta'lim;

- kasb-hunar ta'limi;

- oliy ta'lim;

- oliy o'quvyurtidan keyingi ta'lim;

- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

- maktabdan tashqari ta 'lim.

Kasbni to'g'ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyati ko'p jihatdan kasbning qanchalik to'g'ri tanlanishiga bog' liq.Kasbni to'g'ri tanlash har bir maktab o'quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo'lishi uchun uning sog' ligini, o'zlashtirishini va hissiyotlarini xisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda xammadan ko'ra ko'prok qaror topadi va namoyon bo'ladi.

Kasbni mustaqil tanlash kichik yosh davridanoq boshlanib insonning kelajakdagi butun hayotiga ta'sir etadigan zaruriy qaror qabul qiladigan o'spirinlik davrida yakunlanadi. O'quvchi yoshlarni kasb-hunarni mustaqil tanlashga kichik yoshdan tayyorlash uchun ularning psixofiziologik xususiyatlari asosida tashkil etish lozim. Buning uchun ta'lim tizimining maxsus kasbga yo'naltirish dasturi bo'lishi maqsadga muvofiqdir. "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida uzluksiz kasb-hunarga yo'naltirish" to'rt bosqichdan iborat bo'lib, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda uzluksiz kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini olib borish hamda mehnat qilish ko'nikmasini, malakalarini rivojlantirishga mo'ljallangan maxsus dastur amaliyotga kiritilgan. Mazkur dasturda kasb-hunarga yo'naltirishning aniq maqsadlari, vazifa va yo'nalishlari, maktab o'quvchilari bilan olib boriladigan kasb-hunarga yo'naltirish ishlarining bosqichlari belgilab berilgan hamda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi faoliyati yanada takomillashtirish belgilangan, ushbu bosqichlar orqali umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kasbga yo'naltirish ishlarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash sifatida tadqiq qilindi

Psixologik jihatdan shaxsiy mustaqil tanlov bu - o'zi nimani istashi (maqsad, vazifalar, hayotiy rejalar, eng yuksak orzular), o'zini anglash ekanligini (o'zining

310

shaxsiy va jismoniy xususiyatlari), o'zi nimalarni uddalay olishini (imkoniyatlari, moyilliklari, iste'dodi, qobiliyati), undan boshqalar nimani istashini va kutishini (jamoa va jamiyat) anglagan sub'ekt, ya'ni ijtimoiy munosabatlar tizimida faoliyat yuritishiga tayyor sub'ekt. Mustaqil tanlash, munosabatlar sohasiga bog'liq holda hayotiy, ijtimoiy, shaxsiy va kasbiy turlarga bo'linadi. Kasbga o'rgatish singdirilgan ta'limiy-axloqiy asarlarda, hunar o'rganishga doir risolalarida barkamol inson tarbiyasi haqida nazariy va amaliy jihatdan ilgari surilgan. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul Haqoyiq», Sa'diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub», Davoniyning axloqi Jaloliy, «Axloqi Muhsiniy», Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» va boshqalar shular jumlasidandir. Bularning barchasida ma'naviy barkamol shaxsga xos fazilatlarni ta'riflash, ayniqsa, mehnat ahlini ulug' lash, yosh avlodning kasb-hunarni egallashga undash, ustozshogird talablari va tamoyillari muhimdir. Jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan o'rta osiyolik buyuk qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino o'zining "Ishoralar va tanbihlar" ("Alishorat va -ttanbihot") risolasida "Siz o'zingizni inson deb hisoblashdan avval, sizni qaysi jihatlaringiz uchun inson deb bilishlarini anglashingiz lozim", ya'ni inson qaysi jihatlari bilan o'zini shasx deb hisoblashi lozimligi haqida so'z yuritgan.

Kasbga yo'naltirish ko'pchilik mualliflar tomonidan shaxsning psixofiziologik va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganishning yoshlarni va mehnatga layoqatli boshqa yoshdagi guruhlarni ongli va erkin kasbiy mehnat o'zini belgilashga tayyorlashning vositalari va metodlarini ilmiy asoslangan tizimi sifatida tushuniladi.

Shaxsiy o'rnini mustaqil tanlash bu - jamiyatda ishlab chiqilgan va inson tomonidan qabul qilingan, shaxsning qaror topishi mezonlariga nisbatan o'z o'rnini mustaqil tanlashi va o'zini mazkur mezonlar asosida ijobiy namoyon qilishidir. Shaxsiy o'rnini mustaqil tanlashning hayotiy o'rnini mustaqil tanlashdan muhim farqi shundaki, insonlar shunchaki o'zlashtirmaydi, balki yangi rollarni anglab etadi va ma'lum bir ma'noda xatto ijtimoiypsixologik norma ijodi bilan shug' ullanadi.

Shaxsiy o'rnini mustaqil tanlash bu - o'ziga xos "men obrazi"ni topish, bu obrazni doimiy rivojlantirish va uni atrofdagi odamlar orasida tasdiqlashdir. Shaxsiy ma'noda o'z o'rnini mustaqil tanlash odamning yosh xususiyatlariga bo g'liq holda turli xil mazmunga ega. Maktabda ta'lim olish yillarida o'z o'rnini topish jarayoni o'quvchilarning o'zini hayotiy vazifasini anglash, shaxsiy imkoniyatlarini bilib olish va o'z kelajagini belgilash ichki ehtiyoji bilan bo g'liq. O'z o'rnini mustaqil tanlashni rivojlantirish maktab o'quvchilarida ularga ijtimoiy jamiyatda qabul qilingan me'yorlarni, qadriyatlarni o'zlashtirishda ularga yordam beradigan hayot faoliyati va o'zini anglash sub'ekti nuqtai nazarini shakllantirish bilan bog' liq. Shaxsning kasb-

311

hunarni mustaqil tanlashi kasbiy faoliyat sub'ektining qaror topishi va rivojlanishini aks ettiruvchi hayot yo'lining mustaqil yo'nalishi sifatida, mehnat sub'ektining kasbiy-hayotiy yo'lini tashkil etuvchi muhim voqealar yig' indisi sifatida ifodalanishi mumkin. Kasbni mustaqil tanlash ko'p o'lchovli va ko'p bosqichli jarayon hisoblanib, unga turli nuqtai nazar bilan qarash mumkin.

1) jamiyat shaxs oldiga qo'yadigan vazifalar miqdori sifatida, ijtimoiy yondashuv;

2) qarorlarni bosqichma-bosqich qabul qilish jarayoni sifatida bo'lib, ular vositasida individ jamiyatdagi mehnatni taqsimlashning shaxsiy afzalliklar va ehtiyojlari o'rtasidagi muvozanatni shakllantiradi,ijtimoiy-psixologik yondashuv;

3) hayotning individual uslubini shakllantirish jarayoni sifatida bo'lib, uning bir qismi kasbiy faoliyat hisoblanadi, - tabaqalashtirilgan-psixologik yondashuv. Oxirgi yondashuv nuqtai nazaridan shaxsning kasb-hunarni mustaqil tanlash individning "Men" kontseptsiyasi sifatida talqin etilib, aniq ijtimoiy sharoitlardagi kasbiy faoliyatda uning tushunishini, kechinmalarini va niyatlarini, predmetli (asosli) harakatlarini aks ettiradi.

Kasbga qiziqishning shakllanishi-inson hayotidagi barqaror o'zgarishlarni shakllanishidir, barqaror o'zgarishlar-kasbni tanlash muammosi ustida ongli fikrlash va yuzaga kelgan turli omillarni taqqoslashdir. Kasbga qiziqishlarni shakllantirishda sub'ekt bilan atrof muhit o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni e'tiborga olish muhimdir, bu esa shakllantirish jarayoniga tuzatish kiritish va nazorat qilish uchun zarur b o'lgan ma'lumotlarni beradi. Muhitning omillarini hisobga olish, shakllantirish jarayonini tez va moslashuvchan bo'lishiga imkon beradi. Individual omillar ham qiziqishning shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Bularga odat, ijtimoiy tajriba, xarakter xususiyatlari, hayotiy xususiyatlar kabi omillardir. Bu omillar shaxsning kasbiy faoliyatga tayyor ekanligining darajasini belgilab beradi.

O'quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining, ota-onalar va zavod jamoatchiligining ko'p yillik ta'lim-tarbiya ishidir. Yoshlarni ma'naviy-psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har tomonlama kamol toptirishning o'zaro bog'liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda qobiliyat va e'tiqod bilan birga o'smirning shaxsi xarakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab yoshlarni boshlang'ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy bog' lik bo'lishi ishchi kasblarini egallashga yo'naltirishning hal qiluvchi shartidir.

312

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni G'G'O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982-modda.

2. Jo'raev R.X., Tolipov O'.Q., Sharipov Sh.S. Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarni kasb-hunar yo'naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. Monografiya. -T.:FAN. 2004. 120 b.

3. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo'llash. O'quv qo'llanma. -Toshkent: O'zROO'MTV, 2007.

4. Sh.E.Ne'matov, O'.O.Tohirov, G.T.Yadgarova, N.Tashbaev. "O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish orqali umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzviyligini ta'minlashning nazariymetodologik asoslari". - Toshkent: O'zPFITI bosmaxonasi,2015.

5. www.eLibrary.ru

6. www.jstor.org

7. www.lex.uz

8. www.metod.uz

9. www.oak.uz

10. www.tashxis.uz

313

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.