Научная статья на тему 'O‘quvchilаrni kаsb-hunаrgа sаmаrаli yo‘nаltirish orqаli umumiy o‘rtа vа professionаl tа’lim uzviyligini tа’minlаsh modeli'

O‘quvchilаrni kаsb-hunаrgа sаmаrаli yo‘nаltirish orqаli umumiy o‘rtа vа professionаl tа’lim uzviyligini tа’minlаsh modeli Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Umumiy o‘rta taʼlim maktabi / professional taʼlim / o‘quvchi / kasb-hunar / tayyorlash va tashxislash bosqichi / model. / Общая средняя школа / профессиональное образование / учащийся / профессия / этап подготовки и диагностики / модель.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Аkbаrov Baxodir Abduraxmonovich, Jo‘rayev Toxirjon Mansurali o‘g‘li, Jamalov Baxriddinxuja Ismoilovich

Maqolada o‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va professional taʼlim uzviyligini taʼminlash bosqichlari va modeli komponentlari tavsiflangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A model for ensuring the continuity of general secondary and professional education by effectively directing students to the profession

В статье описаны этапы и компоненты модели обеспечения связности общего среднего и профессионального образования путем эффективного направления студентов в профессию.

Текст научной работы на тему «O‘quvchilаrni kаsb-hunаrgа sаmаrаli yo‘nаltirish orqаli umumiy o‘rtа vа professionаl tа’lim uzviyligini tа’minlаsh modeli»

O'QUVCHILARNI KASB-HUNARGA SAMARALI YO'NALTIRISH ORQALI UMUMIY O'RTA VA PROFESSIONAL TA'LIM UZVIYLIGINI

TA'MINLASH MODELI

Akbarov Baxodir Abduraxmonovich,

NamMQI Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, P.f.f.d(PhD) Jo'rayev Toxirjon Mansurali o'g'li, texnika fanlari nomzodi dotsent, NamMQI o 'quv-uslubiy boshqarma boshlig 'i Jamalov Baxriddinxuja Ismoilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, NamMQI ta 'lim sifatini nazorat qilish bo 'limi boshlig'i

Annotatsiya: Maqolada o'quvchilarni kasb-hunarga samarali yo'naltirish orqali umumiy o'rta va professional ta'lim uzviyligini ta'minlash bosqichlari va modeli komponentlari tavsiflangan.

Kalit so'zlar: Umumiy o'rta ta'lim maktabi, professional ta'lim, o'quvchi, kasb-hunar, tayyorlash va tashxislash bosqichi, model.

МОДЕЛЬ ОБЕСПЕЧЕНИЯ СВЯЗИ ОБЩЕГО СРЕДНЕГО И ПРОФЕССИОНAЛЬНОГО ОБРAЗОВAНИЯ ЧЕРЕЗ ЭФФЕКТИВНОЕ НAПРAВЛЕНИЕ СТУДЕНТОВ К К4РЬЕРЕ

AK6apoB Баходир Aбдурахмонович, заведующий кафедрой социальных наук

NamMQI, P.ff.d(PhD)

Aннотация: В статье описаны этапы и компоненты модели обеспечения связности общего среднего и профессионального образования путем эффективного направления студентов в профессию.

Ключевые слова: Общая средняя школа, профессиональное образование, учащийся, профессия, этап подготовки и диагностики, модель.

A MODEL FOR PROVIDING CONNECTION OF SECONDARY AND

VOCATIONAL EDUCATION THROUGH EFFECTIVE STUDENT

GUIDELINES TO CAREERS

Akbarov Bahodir Abdurakhmonovich, Head of the Department of Social

Sciences of NamMQI, P.f.f.d(PhD)

Abstract: The article describes the stages and components of the model for ensuring the coherence of general secondary and professional education by

effectively guiding students to the profession.

Key words: General secondary school, professional education, student, profession, stage of preparation and diagnosis, model.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish jarayonida ahamiyat qaratish lozim bo'lgan ikkita muhim bosqich bo'lib, ular tayyorlash va tashxislash bosqichidir (1-rasm.). Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda ta'lim amaliyotida asosiy e'tibor o'quvchining qiziqish va imkoniyatlarini tashxislashga qaratiladi. Fikrimizcha, o'quvchilarni kasb tanlash jarayoni uchun tashxislashdan oldin uni shu jarayonga ongli ravishda tayyor bo'lishiga tayyorlash lozim.

1-rasm. O'quvchilarni kasb-hunarga samaraliyo'naltirish orqali umumiy o'rta va professional ta'lim uzviyligini ta'minlash modeli

TAt^HM MYAMMO^APH

Tayyorlash bosqichi dars va darsdan tashqari jarayonlarda olib borilib, unda o'quvchilar kasbni to'g'ri tanlashning ahamiyati va zaruratini anglash bilan birga kasb turlari va mehnat bozoriga oid ma'lumotlarga ega bo'lishlari nazarda tutiladi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, umumiy o'rta ta'lim tizimidagi o'quv fanlari mazmunida (texnologiya fanidan tashqari) o'quvchilarni kasb-hunarga oid tushunchalarini shakllantirishga juda kam e'tibor qaratilgan bo'lib, ushbu muammoning ijobiy yechimlarini ishlab chiqish davr talabidir. Umumta'lim fanlari doirasi yoki yo'nalishidagi kasb-hunar turlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni shu fan yoki uning o'qituvchisidan ko'ra ko'proq hech kim bilmaydi yoki o'quvchiga yetkaza olmaydi. Zero, rivojlangan davlatlarda maktab ta'limining asosiy yadrosi o'quvchilarni kasbga to'g'ri yo'naltirish bo'lib hisoblanadi.

Kasbni to'g'ri tanlashni ahamiyati va zaruratining o'quvchi tomonidan anglanishi. Bunda umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari tomonidan kasbni to'g'ri tanlashning ahamiyati va zaruratining ongli ravishda idrok qilinishi o'quvchi tomonidan o'z qiziqishi va qobiliyatiga mos kasbning tanlanishi va shu orqali yetuk malakali kadrlarni tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.

Kasb insonning hayotiy ehtiyojlarini ta'minlaydigan manba bo'lib, u kelgusidagi turmush tarzini belgilab beradi. Kasbni tanlash, ayniqsa, qiziqish va qobiliyatga mos kasbni tanlash atrofdagilar ko'zi o'ngida o'zini ifoda etishni va hayotda o'z o'rni, qadr-qimmatini topishni xohlagan, farovon hayotga erishishga intilgan har bir shaxs uchun asosiy mayoq bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun o'quvchilar tomonidan uning tanloviga jiddiy yondashish talab etiladi.

Kasbni to'g'ri tanlash inson turmushidagi muhim qadam bo'lib, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyati ko'p jihatdan kasbning qanchalik to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Inson tanlagan kasbiga zo'r qiziqish bilan qarasa, bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo'lib, o'z kasbiy ko'nikma va malakalarini doimo rivojlantirib borsa, o'z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o'shandagina u kasbi va mehnatidan qoniqish hosil qiladi va tashabbus bilan faoliyat ko'rsatadi.

Mana shu keltirilgan fikrlardan ko'rinib turibdiki, maktab o'quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo'lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo'lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo'lidagi shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim.

O'quvchining kasb turlari va mehnat bozoriga oid ma'lumotlarga egaligi. Kasb muvaffaqiyatli tanlanishi uchun o'quvchi mavjud kasb-hunar turlari, uning

ijtimoiy nufuzi va yashovchanligi, mehnat bozoriga oid ma'lumotlarga ega bo'lishi, ular tizimlashtirilib, olinayotgan axborotlar tahlil qilinishi, boshqa dalillar bilan solishtirilishi, umumlashtirilishi va ular asosida yangi fikrlar shakllantirilishi lozim.

Dunyoda 60 ming (qiyoslash uchun Rossiyada 20 ming) O'zbekistonda 6 mingdan ziyod kasblar mavjud. Kasb sohasida tanlovni amalga oshirmoqchi bo'lgan o'quvchilar bir nechta kasblarni bilishlari asosida o'z tanlovini amalga oshiradilar. Agar 10 ta kasb haqida tushunchaga ega bo'lsalar, aynan shu 10 ta kasbning birini tanlaydilar. 1000 ta kasbning ta'rifi, tavsifini bilganlarida esa o'zining qiziqishi va qobiliyatiga javob beradigan kasbni tanlash imkoniyati bir necha marta yuqori bo'ladi. Kasb tanlovi inson talablariga to'liq javob berishi uchun kasblar haqida ko'proq bilimga ega bo'lish lozim. Kasb turlari, kasb talab qiladigan aniq faoliyat va amallar, kasbning foydaliligi va uning ijtimoiy nufuzi, ish o'rinlarining mavjudligi kabi parametrlar haqida tushunchalar shakllangan bo'lishi talab etiladi .

Kasblar sohasi dinamik tizim hisoblanib, unda doimiy o'zgarishlar yuz berib turadi. Kasbning yashovchanligi, unga bo'lgan talabning ortishi yoki pasayishi davrlar o'tishi bilan o'zgarib turadi. Shuning uchun o'quvchi regional, global miqyosdagi mehnat bozori haqida ham ma'lumotlarga ega bo'lishi zarur. Misol uchun, O'zbekiston Respublikasida keyingi yillarda Navoiy erkin, Jizzax va Angren maxsus industrial zonalarini tashkil etishga kirishildi. Ushbu industrial zonalarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlari va rivojlantirishning iqtisodiy tendentsiyalariga muvofiq ushbu hududlarda yangi kasblar paydo bo'lishi yoki ayrim kasblarga talab nihoyatda oshishi mumkin. Ta'kidlab o'tish zarurki, kasblar va ularning ijtimoiy nufuzi haqida yaqin va uzoq kelajakka mo'ljallangan prognozlarni ishlab chiqish va ular bilan o'quvchilarni tanishtirish zarur.

Tashxislash bosqichi o'quvchining shaxsiy ehtiyoj, qiziqish, motiv, qobiliyatlarini hamda kasbning o'quvchiga qo'yadigan shartlarini aniqlash va baholashdan iborat bo'lishi lozim.

Shaxsiy ehtiyoj va motivlar asosida biron bir kasbga nisbatan qiziqish kelib chiqadi. Psixologik adabiyotlarda motiv deb insonni ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishga undaydigan, qo'zg'atadigan kuchga, quvvatga aytiladi . Demak, insonning o'z shaxsiy xususiyatlarini ko'rsatish yoki farovon hayotga, obro'-e'tiborga erishishi kabi xilma-xil ehtiyojlari kasb tanlash uchun motiv bo'lib xizmat qiladi.

Inson xarakterida o'zini o'zi namoyon qilish xususiyati mavjud. Bu esa o'z navbatida, har bir shaxsning yagonaligini va noyobligini yuzaga chiqaradi. O'z

noyobligini ko'rsatish insonning eng katta ehtiyojlaridan biri - o'zini-o'zi namoyon qilishga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. Kasb tanlash shaxsiy ish hisoblanganligi bois, ushbu sohada insonning o'z-o'zini nomoyon qilishga bo'lgan ehtiyoji qondirilmaganligi uning o'zida ichki ziddiyatni vujudga keltiradi. Bunday ziddiyatlar o'z navbatida insonda hayotdan qoniqish hosil qilmaslik, loqaydlik, ruhsizlik, hech narsaga qiziqishning bo'lmasligi holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

O'quvchilarni kasb faoliyatining har xil turlariga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish kasb tanlash jarayonining muhim tarkibiy qismidir. Qiziqish -insonning alohida insonlar, predmetlar yoki voqea-hodisalarga nisbatan muhim munosabatiga aytiladi. Agar o'quvchida qiziqish bo'lmasa, uni kasbni to'g'ri tanlashga tayyorlash mumkin emas. Hech narsaga qiziqishi yo'q o'quvchi bo'lmaydi. Qiziqishlar va qobiliyatlar soni ham kimdadir ko'proq, kimdadir ozroq bo'ladi. Ularning qaysidir biri ravshan ko'rinib turadi, ba'zilarining mavjudligini esa o'quvchining o'zi ham bilmaydi.

Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogik faoliyati bilan bevosita bog'liq. Ta'limni hayotiy jarayonlar bilan bog'lash, uyg'unlashtirish, o'quvchilarning individual-tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb-hunar shaxsdan mustahkam irodani, aqliy jiddiylikni, chidam va sabr-toqatni talab qiladi.

Kasbning o'quvchiga qo'yadigan shartlarini aniqlash. Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarini samarali kasb-hunarga yo'naltirishda kasbning bo'lajak mutaxassisga qo'yadigan talablarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Kasblar o'z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda insonga o'z talablarini qo'yadi. Shaxsning jismoniy kuch va imkoniyatlariga tayangan holda yo'lga qo'yiluvchi kasbiy faoliyat mutaxassisdan jismonan baquvvat, mustahkam xarakter, kuchli iroda egasi bo'lishini talab etadi. Shuningdek, barqaror diqqat, uzoq muddatli e'tibor, umumiy jarayonni birdek nazorat qila olish, harakatlarni o'ta darajada aniqlik bilan bajarish, yuzaga kelgan vaziyatlarga to'g'ri baho bera olish, ushbu vaziyatlardan chiqib keta olish yuzasidan oqilona qaror qabul qilish, shaxsiy xatti-harakat mohiyatini tanqidiy baholash kabi layoqatlarning mavjud bo'lishi jismoniy faoliyatni olib boruvchi mutaxassisga mazkur jarayonda vaqtni tejash, yutuqlarga erishish, shuningdek, olib borayotgan faoliyatidan moddiy va ma'naviy manfaat ko'rish imkoniyatini yaratadi.

Keng dunyoqarash va tafakkurga, boy tasavvurga, kuchli xotira, ijodiy layoqat hamda yuksak hissiyotlarga ega bo'lish bo'lajak mutaxassis tomonidan

aqliy kuch-quvvatni taqozo etuvchi kasb-hunarlar bo'yicha muvaffaqiyatli faoliyat yurita olish imkonini beradi. Ushbu holatlardan ko'rinib turibdiki, o'quvchi tanlamoqchi bo'layotgan kasbining unga qo'yadigan talablaridan boxabar bo'lishi lozim.

O'quvchining aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari va qiziqishlarini tekshirish, baholash, qaror qabul qilish qilish. Insonning biror sohada qobiliyati yuqori bo'lsa, boshqasida past bo'lishi mumkin. O'quvchilarning kasb tanlashdagi muhim vazifalaridan biri - har kim o'zining qobiliyatini qaysi sohada eng yuqori ekanligini tekshirish va baholashdir.

O'quvchilarning qobiliyati har xil bo'lishi munosabati bilan har kim o'zining eng kam vaqt sarf qilib egallashi va eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo'lgan kasbini tanlashi kerak.

O'quvchi kasb turlari, mehnat bozoriga oid ma'lumotlar va o'zining shaxsiy ehtiyoj, motiv va qiziqishlari va kasbning o'quvchiga qo'yadigan shartlari asosida kasb tanlar ekan o'zining aqliy qobiliyat va jismoniy imkoniyatlarini tanlangan kasb xususiyatlariga to'g'ri kelishini ob'ektiv holatda tekshirib ko'rishi, baholashi, agar ushbu kasb to'g'ri kelmaydigan bo'lsa, qayta aloqa o'rnatishi va yakuniy qarorga kelishi lozim. Ushbu jarayon ham inson ehtiyoj va qiziqishlarining o'zgaruvchanligi ta'sirida dinamik xususiyat kasb etadi.

Ushbu tahlillardan ko'rinib turibdiki, yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlash masalasiga mamlakat kelajak istiqbolining muhim sharti sifatida qaralmoqda. Bu jarayon shaxsni aqliy, axloqiy, mehnatsevarlik, estetik va jismoniy jihatdan kamol toptirish bilan, ya'ni butun ta'lim-tarbiya jarayoni, uning butun kompleksi bilan uzviy birlikda va hamjihatlikda amalga oshiriladi.

Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo'lgan yoshdan boshlanadi. Ana shu paytdan e'tiboran bolalarni bo'lg'usi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o'rganish zarur.

Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani olishlari va shu bilan birga o'zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin.

Bizning fikrimizcha, umumiy o'rta ta'lim tizimining sifat va samaradorligini belgilovchi eng asosiy mezonlardan biri bu o'quvchini maqsadga muvofiq ravishda, ya'ni, jamiyatga eng katta foyda keltiradigan darajada, uning shaxsiy va kasbiy sifatlarini e'tiborga olgan holda kasbiy tafakkur asosida kasbga yo'naltirishdir. Ma'lumki, yetishib chiqayotgan raqobatbardosh mutaxassislar

jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta'lim tizimining asosiy maqsadi ham xar tomonlama jismoniy va ma'naviy rivojlangan barkamol avlod va malakali mutaxassislarni yetishtirishdan iboratdir. Bunday mutaxassislarni yetishtirishda xar bir fan va uning mazmunida berilayotgan ma'lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, o'qitilayotgan har bir fanning o'quvchiga berayotgan bilim, ko'nikma va malakalarining asosiy negizida shu fan yo'nalishiga oid kasb-hunar turlari, uning jamiyatda tutgan o'rni va o'ziga xos xususiyatlari, shu soha egasidan talab etiladigan shaxsiy va kasbiy sifatlar hamda bu kasb orqali erishish mumkin bo'lgan yutuqlar to'g'risida kerakli ma'lumotlar berilishi lozim. Ya'ni, o'quvchilarni mustaqil ravishda ongli kasb tanlashga yo'naltirish umumiy o'rta ta'lim tizimidagi ta'lim jarayonining asosiy yadrosini tashkil etishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akbarov B. A. Японияда укувчиларни касб-хунарга йуналтиришнинг узига хос хусусиятлари // "Хал; таълими" журнали. - 2021. - Т. 1. - №. 1. - С. 104.

2. Akbarov B. A., Bunyod N. Formation of professional thinking as a prerequisite for the successful activity of a specialist // Conferencea. - 2022. - С. 58-62.

3. Akbarov B. A. Узлуксиз таълим тизимида электрон таълим мухити ва унинг талаблари // "Узлуксиз таълим тизимида табиий фанлардан электрон ресурсларни яратиш ва уларни тадкикот килиш муаммолари ва ечимлари" мавзусидаги республика илмий-амалий конференцияси материаллари. УзПФИТИ, - Тошкент. - 2020. -Б. 87-89.

4. Jalolov А. Kasb qanday tanlanadi. - T.: Yangi asr avlodi, 2010. -186 b.

5. Haydarov F.I. O'quv faoliyati motivatsiyasi: Monografiya. - Toshkent: Fan, 2005. - 122 b.

6. Sharipov Sh., Shonazarov R. Kasb tanlashga yo'llash fanidan metodik qo'llanma. - Toshkent, 2007.

7. Yadgarova G.T. O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish jarayoniga ta'sir etuvchi omillar. // Maktab va hayot, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.